Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️O‘zbekistonning 30 ta oliygohi dunyodagi yetakchi OTM ro‘yxatiga kiritildi

Reyting «Times Higher Education» tomonidan tuzib chiqilgan

Top 30 da yuqori pog'onada turgan OTMlar:

1) Toshkent davlat agrar universiteti
2) Toshkent davlat yuridik universiteti
3) Toshkent tibbiyot akademiyasi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍90👎12🔥5
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Jahon tillari universiteti talabasi o'zini to'rtinchi qavatdan pastga tashlab, halok bo'lgani aytilmoqda. Voqea bo‘yicha rasmiy xabarni kutib qolamiz. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg ♡ ㅤ ❍ㅤ …
❗️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur voqeani tasdiqladi:

«29 aprel kuni taxminan soat tonggi 8:10 lar atrofida talaba o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv hakaratlari olib borilmoqda», deyiladi universitet rasmiy bayonotida.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱37😢27👍10
❗️Jahon tillari universitetidagi o‘lim holati bo‘yicha norasmiy ma’lumot…

Talaba namanganlik bo‘lgan va u Universitetda ikkinchi bosqich Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti (ingliz tili)da o‘qigan. (O'g'il bola ekanligi aytilgan)

Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, yetti qavatli binoning to‘rtinchi qavatidan o‘zini tashlab yuborgan talaba, o‘z joniga qasd qilishdan avval telefonida kimdir bilan gaplashgan. Ayni paytda telefoni tekshirilmoqda.

Holat o‘rganilmoqda…

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢134👍35🤬26
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reportaj

❗️TALABANI 4-QAVATDAN O‘ZINI TASHLASHGA NIMA MAJBUR ETGAN?

Bugun Jahon tillari universitetining talabasi o‘zini to‘rtinchi qavatdan pastga tashlab, halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Makon tv muxbiri voqea yuz bergan joydan reportaj tayyorladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢67😱18🤔17
❗️Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston davlat universiteti talabasi D.R. fuqaro D.B.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 500 AQSH dollari evaziga ushbu universitetga o‘qishga kiritish qo‘yishni va’da qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro S.E.ni Guliston davlat universitetdagi tanishlari orqali ushbu universitetning “Jismoniy tarbiya” fakultetining 2-bosqichidan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍55🤬37😱12
Qutlug' Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin!

🌙 Barchamiz uchun eng go'zal ayyom va duolar ijobat qilinajak kun bo'lmish — Ramazon Hayit bayrami bilan sizni qutlaymiz.

Ushbu kunda qilinajak toat-ibodatlaringiz, umid ila duoga qo'l ochganingiz hamda xayr-u ehsonlaringiz qabul bo'lishini tilagan holda, bayram shukuhi xonadongizga fayz-u baraka, siz va yaqinlaringizning qalblariga iymon va ilm nurlarini ulashishiga sababchi bo'lsin, deb qolamiz.

🤲 Ramazon oyida qilingan ezgu amallar yanada davomli va fazilatlarga boy bo'lishini niyat qilib, "Talaba.uz" jamoasi yana bir bor barchangizni qutlug' ayyom — Ramazon Hayit bayrami bilan muborakbod etadi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35🔥16❤8
❗️OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Mazkur loyiha tashabbuskori Adliya vazirligi ekan. Imtiyoz bor joyda kamida ikkita narsa doim bo‘ladi: korrupsiya va tanish-bilishchilik. Bundan tashqari, imtiyozlar tenglikning buzilishiga ham sababchi bo‘ladi. Imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilishini esa olqishlash kerak. Adliya, malades!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍97🤔17👏12
#yaxshi_kayfiyat
#arxiv

Poytaxtda o‘qib yurgan talaba qishloqdagi dadasiga xat yozibdi:

- $alom dada! $og‘-$alomat yurib$izmi. Pen$iyaga xam chiqib oldizmi? Onamni $og‘liklari yax$himi? $inglimni ka$al bo‘ldi deb eshitdim, $og‘-$alomat bo‘lib qoldimi? $alom bilan o‘g‘lingiz $ardor».

Otasi xatni o‘qib javob yozibdi:
- O‘g‘lim, yaxshi o‘qib yuribsanmi? Hali pensiyaga chiqqanim YO‘Q. Onangni mazasi YO‘Q. Singling kasal bo‘lgani YO‘Q. Sinfdosh do‘stlaring bizni YO‘Qlab turishibdi. Xavotir olishinga xojat YO‘Q. Salom bilan dadang...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁355👍46🤔7
❗️TATU talabasi avtohalokat oqibatida vafot etdi.

4-may kuni Samarqand - Toshkent yo'nalishi bo'yicha harakat qilib kelayotgan yengil mashina avtohalokatga uchrashi oqibatida, mashina ichida bo'lgan TATU 4-kurs talabasi halok bo'ldi.

5-maydan o'qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4-may kuni poytaxtga yo'l olgan.

Yaqinlariga va oila a'zolariga sabr tilaymiz. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢433😱33👍29
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍15🎉5❤1
❗️GREEN CARD o'ynab qo'yganlar diqqatiga...

8-may kuni soat 22:00 dan keyin 2023-yil uchun green card javoblari chiqishni boshlaydi.

Faqat ushbu havola orqali natijangizni bilib olishingiz mumkin:
https://dvprogram.state.gov/ESC/

Barchaga omad, yaxshi xabar eshitish nasib qilsin😉

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍65👎6🔥4
❗️Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1,5 oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍64👏12🔥6
​#imtiyoz #medal

❗️ Oltin va kumush medallar OTMlarga kirish uchun imtiyoz beriladimi?

Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini 🥇 oltin va 🥈 kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Mazkur nizomga muvofiq, oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44👎20😁7
#rasman
❗️Green Card natijalar chiqa boshladi. Barcha ishtirokchilarga omad.. Yaxshi xabar eshitish nasib qilsin hammaga)))


Natijalarni ushbu havola orqali bilib olasiz
https://dvprogram.state.gov/default.aspx

Natijalarni ko'rish ancha qiyin, sabab hozirgi vaqtda millionlab odamlar ko'rish uchun harakat qilyapti. Ertagacha ishlab qolsa kerak))

Kanalimiz a'zolaridan kimgadir chiqib qolsa, hursandchilikni biz bilan baham ko'ring)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍56🎉7🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️9 may - Xotira va qadrlash kuni

Xotira — abadiy, qadr — muqaddas

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45👎3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Urush harakatlari ketayotgan Ukrainadan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish istagini bildirgan o‘zbekistonlik talabalar muammolarga duch kelmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱17👍8👎2