Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reportaj

❗️TALABANI 4-QAVATDAN O‘ZINI TASHLASHGA NIMA MAJBUR ETGAN?

Bugun Jahon tillari universitetining talabasi o‘zini to‘rtinchi qavatdan pastga tashlab, halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Makon tv muxbiri voqea yuz bergan joydan reportaj tayyorladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢67😱18🤔17
❗️Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston davlat universiteti talabasi D.R. fuqaro D.B.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 500 AQSH dollari evaziga ushbu universitetga o‘qishga kiritish qo‘yishni va’da qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro S.E.ni Guliston davlat universitetdagi tanishlari orqali ushbu universitetning “Jismoniy tarbiya” fakultetining 2-bosqichidan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍55🤬37😱12
Qutlug' Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin!

🌙 Barchamiz uchun eng go'zal ayyom va duolar ijobat qilinajak kun bo'lmish — Ramazon Hayit bayrami bilan sizni qutlaymiz.

Ushbu kunda qilinajak toat-ibodatlaringiz, umid ila duoga qo'l ochganingiz hamda xayr-u ehsonlaringiz qabul bo'lishini tilagan holda, bayram shukuhi xonadongizga fayz-u baraka, siz va yaqinlaringizning qalblariga iymon va ilm nurlarini ulashishiga sababchi bo'lsin, deb qolamiz.

🤲 Ramazon oyida qilingan ezgu amallar yanada davomli va fazilatlarga boy bo'lishini niyat qilib, "Talaba.uz" jamoasi yana bir bor barchangizni qutlug' ayyom — Ramazon Hayit bayrami bilan muborakbod etadi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35🔥16❤8
❗️OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Mazkur loyiha tashabbuskori Adliya vazirligi ekan. Imtiyoz bor joyda kamida ikkita narsa doim bo‘ladi: korrupsiya va tanish-bilishchilik. Bundan tashqari, imtiyozlar tenglikning buzilishiga ham sababchi bo‘ladi. Imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilishini esa olqishlash kerak. Adliya, malades!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍97🤔17👏12
#yaxshi_kayfiyat
#arxiv

Poytaxtda o‘qib yurgan talaba qishloqdagi dadasiga xat yozibdi:

- $alom dada! $og‘-$alomat yurib$izmi. Pen$iyaga xam chiqib oldizmi? Onamni $og‘liklari yax$himi? $inglimni ka$al bo‘ldi deb eshitdim, $og‘-$alomat bo‘lib qoldimi? $alom bilan o‘g‘lingiz $ardor».

Otasi xatni o‘qib javob yozibdi:
- O‘g‘lim, yaxshi o‘qib yuribsanmi? Hali pensiyaga chiqqanim YO‘Q. Onangni mazasi YO‘Q. Singling kasal bo‘lgani YO‘Q. Sinfdosh do‘stlaring bizni YO‘Qlab turishibdi. Xavotir olishinga xojat YO‘Q. Salom bilan dadang...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁355👍46🤔7
❗️TATU talabasi avtohalokat oqibatida vafot etdi.

4-may kuni Samarqand - Toshkent yo'nalishi bo'yicha harakat qilib kelayotgan yengil mashina avtohalokatga uchrashi oqibatida, mashina ichida bo'lgan TATU 4-kurs talabasi halok bo'ldi.

5-maydan o'qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4-may kuni poytaxtga yo'l olgan.

Yaqinlariga va oila a'zolariga sabr tilaymiz. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢433😱33👍29
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍15🎉5❤1
❗️GREEN CARD o'ynab qo'yganlar diqqatiga...

8-may kuni soat 22:00 dan keyin 2023-yil uchun green card javoblari chiqishni boshlaydi.

Faqat ushbu havola orqali natijangizni bilib olishingiz mumkin:
https://dvprogram.state.gov/ESC/

Barchaga omad, yaxshi xabar eshitish nasib qilsin😉

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍65👎6🔥4
❗️Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1,5 oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍64👏12🔥6
​#imtiyoz #medal

❗️ Oltin va kumush medallar OTMlarga kirish uchun imtiyoz beriladimi?

Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini 🥇 oltin va 🥈 kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Mazkur nizomga muvofiq, oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44👎20😁7
#rasman
❗️Green Card natijalar chiqa boshladi. Barcha ishtirokchilarga omad.. Yaxshi xabar eshitish nasib qilsin hammaga)))


Natijalarni ushbu havola orqali bilib olasiz
https://dvprogram.state.gov/default.aspx

Natijalarni ko'rish ancha qiyin, sabab hozirgi vaqtda millionlab odamlar ko'rish uchun harakat qilyapti. Ertagacha ishlab qolsa kerak))

Kanalimiz a'zolaridan kimgadir chiqib qolsa, hursandchilikni biz bilan baham ko'ring)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍56🎉7🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️9 may - Xotira va qadrlash kuni

Xotira — abadiy, qadr — muqaddas

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45👎3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Urush harakatlari ketayotgan Ukrainadan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish istagini bildirgan o‘zbekistonlik talabalar muammolarga duch kelmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱17👍8👎2
❗️Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shart

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlardan biometrik pasport, yoki ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

Shu bois, 16 yoshga to‘lgan (o‘quv yili oxiriga qadar to‘ladigan) bitiruvchilar o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍33😱6👏2
⚡️ Qishloq xo'jaligi sohasida xalqaro universitet tashkil etildi

— Prezident qarori bilan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti faoliyati yo'lga qo'yildi.

Universitet Qishloq xo'jaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti tomonidan ta'sis etiladigan to'liq akademik va moliyaviy mustaqil bo'lgan davlat ishtirokidagi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

✅ Ta'lim grant va to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2022/2023 o'quv yilidan universitetda quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari tashkil etiladi:

— Aqlli qishloq xo'jaligi;
— Agronomiya;
— Biotexnologiya;
— Agroiqtisodiyot;
— CHorvachilikni rivojlantirish;
— Oziq-ovqat xavfsizligi;
— Agrologistika.

🧾 Bitiruvchilarga hamkor universitetning diplomi beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28🔥3❤2
❗️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 4 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi institutda o‘tkazgan o‘rganishlari davomida moliyaviy hujjatlarning qonunchilikka zidligi, budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi, ish haqi va stipendiya to‘lovlarining noto‘g‘ri to‘langanligi hamda davlat xaridlarida qator qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Batafsil: https://kun.uz/uz/10230267

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱36👍18🤬9
​❗️Vazirlik abituriyentlardan uzr so'radi!

“Fanlar majmuasidagi o‘zgarishlar mutaxassislik OTMlar tomonidan asoslab berilgani uchun kiritiladi. Masalan, filologiyada ham chet tili tarixdan ko‘ra muhimligi asoslab berilgan. Men bu yo‘nalishda mutaxassis emasman, lekin soha mutaxassislari xorijiy til muhimligi taklifi bilan chiqishgan.

To‘g‘ri, bu yerda biroz kechikish bor: bu yashiradigan holat emas. Lekin bu yo‘nalishga hujjat topshiruvchi barcha abituriyentlar uchun sharoit bir xil. Qaysidir hududda eskicha, qaysidir OTMda yangicha emas.
Bu bo‘yicha bir nechta OTM fikrlar beradi va ular muhokama qilinadi.

Xohlaymizmi-yo‘qmi, o‘zgartirish kiritish vaqt talab qiladi. To‘g‘ri, abituriyentlarga ozgina noqulaylik tug‘diryapti, ulardan uzr so‘raymiz. Abituriyentlarga qolgan vaqtini to‘la sarflab imtihonga tayyorgarlik ko‘rishlarini taklif etamiz”, 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎96👍35🤬33