Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️E’LON!

Osiyo kubogi final uchrashuvini OTMda ham jonli ko‘rish mumkin!

🔰Ma’lumki O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi finaliga qadar muvaffaqiyatli yo‘lni bosib o‘tdi.

➡️ Bugun, soat 18.00 Toshkent shahridagi “Bunyodkor” o‘yingohida terma jamoamiz Saudiya Aribistoni yoshlari bilan final bahsiga kirishadi.

✔️ Shu bois, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari hududlari va talabalar turar joyida joylashgan katta LED ekranlar orqali final o‘yinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

👏 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtdoshlarimizga omad tilagan holda barchani yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qoladi!

🇺🇿 OLGʻA O‘ZBEKISTON!!!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍89🔥13🎉6
❗️Rasman: Bugun, 20-iyun kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍81🔥11😁6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qabul_2022.

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat test markazining http://my.dtm.uz sayti orqali;
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

✅ pasport;
✅ diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
✅ toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍61😱3🔥2
❗️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2022-yil 26-27-28-may hamda 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍18
❗️Abituriyentlar diqqatiga

Imtihonlar oldidan yogurt va tuzlangan karam yeyish foydalidir.

Achitilgan ovqatlar (masalan, yogurt yoki tuzlangan karam) iste’mol qilish ijtimoiy fobiyadan, turli ijtimoiy qiyin vaziyatlardan va imtihonlar kabi boshqa odamlar bilan aloqa qilishdagi asossiz qo‘rquvni yengishga yordam beradi.

Gap shundaki, fermentlangan ovqatlar asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan foydali bakteriyalarni (probiotiklar) manbai hisoblanadi.

Abituriyentlarga jo‘natib qo‘ying!

Abituriyentligimda kun taqsimotim quyidagicha edi: 5 soat uyquga, yarim soat shaxsiy ehtiyojlarga, yarim soat umumiy ovqatlanishga, qolgan 18 soat vaqtni esa: 9 soatini 3,1 ball beradigan, 6 soatini 2,1 ball beradigan, 3 soatini 1,1 ball beradigan fanlarga sarflar edim. Mana shu kun tartibi bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganman va bilganmanki mehnat qilsa, tartib bo‘lsa xohlagan o‘qishga kira olish mumkin ekan!

Abituriyentlar bo‘shashmanglar, mehnat qilsangiz albatta bu yil talaba bo‘lasiz!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍70🐳53🌚15
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
❗️DTM: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍17🕊6👏2
❗️Surxondaryo viloyatida tegishli ruxsatnomasiz xususiy universitet tashkil etib fuqarolardan pul undirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.J. va S.S. o'zaro til biriktirib, “U.A.” MCHJni tashkil etishib, so'ngra internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochishib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o'qishga qabul boshlanganligi haqida xabarlar berishib, ushbu universitetda o'qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln so'mini to'lov pullari sifatida qabul qilib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilayotganligi ma'lum qilingan.

"Hurmatli ota-onalar va abiturientlar!

Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to'lovlarini amalga oshirishdan avval, ularning O'zbekiston Respublikasida tan olinganligiga
rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritishingizni so'rab qolamiz", deyiladi departament axborotida.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍26🐳17😁14
❗️Bu yilgi test yopiq binolarda oʻtkaziladi

Bu yilgi test agar davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari boʻlmasa, albatta yopiq binolarda oʻtkaziladi.

Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan taʼminlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oraligʻida yozishga joy qoldiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🐳82👍33🌭10
#ikkinchi_mutaxassislik

⁉️ SAVOL:

O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish tartibi qanday?

✅ JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi to‘g‘risida” gi nizomga ko‘ra. Oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar quyidagi ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) maʼlumotni olishlari mumkin:

✔️ o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha;

✔️ bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha;- magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot olish mumkin bo‘lgan turdosh magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) maʼlumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🕊37🐳18❤‍🔥16
❗️DTM: IELTS sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi va test sinovini yechishdan ozod qilinadi

➖ Vazirlar Mahkamasining qarorida barcha tillar uchun tegishli bo‘lgan sertifikatlar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan. Besh yarim va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga topshiradigan imtihonida chet tili fani bo‘lsa, maksimal ball beriladi. O‘sha fandan test sinovini yechishdan ozod qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44🐳25👎5
#Perevod_2022

❗️O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!

Jumladan;

➖ xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;

➖ respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;

➖ birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

➖ oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;

➖ to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

➖ talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

➖ oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

➖ maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;

➖ talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍42🤔10❤7
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤26❤‍🔥19🕊19
❗️Ayrim OTM tegishli yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

➡️ Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

✅ Bunda ularning pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

⚠️ Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🐳47👍46👎4
❗️Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko'ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

❗️2024/2025-o'quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

🔰Bunda:

▫️dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o'tkaziladi;
▫️dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o'rganiladi;
▫️kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

🔘 2024-yil 1-yanvarga qadar:

▫️Universitet faoliyatida “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to'liq joriy etiladi;
▫️Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi.

🗓 2023-yil 1-martgacha umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35🐳28😱3
Talaba.uz | Ta'lim portali
#savodingga_ot_tepgurlar ❗️AT-TERMIZIY xususiy universiteti emish)) Ahvol shu bo'ladigan bo'lsa, bu yerda o'qimagan ma'qul. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲ ʲᵒᶦᶰ…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Surxondaryoda ochilgan "At-Termiziy universiteti" soxta ekani ma’lum bo‘ldi.

73 nafar fuqaro kontrakt pulini to‘lab bo‘lgan

P.s: Oldinroq kanalimizda to'g'ri yozishni ham bilmaydigan bu universitetni tanqid qilib chiqqan edik...

Eng qizig'i 1998- yil tug'ilgan yigit boshchiligida ochilgan ekan))

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤯48👍23😁21
Kasb tanlashni o'ylayotgan va ustoz bo'lishni xohlayotganlarga ajoyib taklif !

"Mental kids" o'quv markazi Mental arifmetika kadrlarini tayyorlash kursiga taklif etadi !
Endilikda siz ushbu kursni tamomlab, talabgir va daromadli kasb egasi bo'lasiz.

Kursda nimalar beriladi va o'rgatiladi :
- Mental arifmetika amaliy va nazariy bilimlari;
- Bolalar bilan ishlash pedagogikasi;
- Dars o'tish uchun metod va qo'llanmalar;
- Ishga joylashish uchun konsultatsiya;
- Pedagoglik kursni bitirganlik sertifikati;

Kurs davomiyligi: 12 kun

Talablar:
- Kamida 18 yosh va xohish bo'lsa bas 😊

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling !🏃
Guruhda
joylar soni chegaralangan 🔥

Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: @Mental_admin
Tel: 949467499
👍16🔥3👎2
❗️Beshta yo‘nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim ma’lumotlar


5️⃣ Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

✅ 5ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

❗️5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

❓fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.


‼️ Joriy yildan ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.

⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

🎓 Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

✅ 5ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Ya’ni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

‼️‼️‼️
Iltimos, 5 ta yo‘nalish tanlayotganda o‘z imkoniyatlaringizni yaxshilab hisobga oling, o‘qishga sharoitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garchi sharoitingiz bo‘lmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Chunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farg‘onalik bo‘lsangizu, lekin Surxondaryoda o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, o‘zgalardan norozi bo‘lib yurgandan foyda yo‘q.

©Xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍81🤯11👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Shavkat Mirziyoyev: «OAV xodimlari bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi».

«27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni».

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🐳35👍21🌚7
IT Park universitetiga kirish imtihonlari boshlandi!

Testlar faqat ingliz tilidan. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

IT sohasida bakalavr darajasiga 3 yilda ega bo'lish imkoni.

Xalqaro
kompaniyaning professionallaridan o'rganing.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi @itpu_bot

Savollaringiz bo'lsa, bizning Call-markazimizga qo'ng'iroq qiling: +998 55 503 99 99
👍15👎4
OTMlarga_kirishdagi_imtiyozlar_2022-yil.pdf
3.8 MB
#Diqqat

❗️Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar.

Barcha abituriyentlarga ulashing👆

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍32🤯5👎2