Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#savol_javob #ikkinchi_mutaxassislik #qabul_2022
⁉️ Savol:

Oldingi o‘quv yillari Buxoro davlat tibbiyot institutiga ikkinchi mutaxassislikka qabul bo‘lar edi. Biz oliy maʼlumotlimiz, hujjat topshirmoqchi edik. Bu yil ham ikkinchi mutaxassislikka qabul bo‘ladimi?

✅ Javob:

Hozirgi kunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyoj o‘rganilmoqda. Jumladan, Buxoro davlat tibbiyot institutida ikkinchi oliy maʼlumot olish uchun qabul bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍9🔥1
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

✅ Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

©️Davlat test markazi

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍15🔥1👏1
Eng baland kutubxona qayerda joylashganini bilasizmi?

🔹 Dunyodagi eng baland kutubxona Shanxayda, Marriott mehmonxonasida, taxminan 230 metr balandlikda joylashgan!

Kutubxona mehmonxonaning 60-qavatida (230,9 m) joylashgan boʻlib, Ginnesning rekordlar kitobidan dunyodagi eng baland kutubxonasi sifatida joy olgan.

📖 Kutubxonaga kirish uchun mehmonxona nomeridagi elektron kartochkadan foydalaniladi. Unda xitoy va ingliz tillarida adabiyot, falsafa, tarix kabi turli mavzulardagi 2000dan ortiq kitoblar mavjud.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28😱5❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz dindoshim!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🕊28❤‍🔥7👍7
❗️Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting.

Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.

Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling.

Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

‼️ Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.

Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.

‼️Kelajagingiz uchun mas’uliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing.

© Xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍91🔥13👎6
❗️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilganida bir qator jinoyatlar aniqlandi

Xususan, 6 mingdan ortiq abituriyentning ijodiy imtihon natijalari video tasvirlari saqlanmagan, ijodiy imtihon topshirgan 92 nafar abituriyentning titul varaqalari yuritilmagan va yozma imtihonlar olinmagan, 77 ta abituriyentning amaliy ishlari shifrlanmasdan, maxfiyligi ta’minlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.
Oqibatda ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan 132 nafar talabaning 27 foizi 1-semestr yakuni bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan.

Shuningdek, Davlat qabul komissiyasi tomonidan institutga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’limga qabul qilishga ruxsat etilgan bo‘lsada, sirtqi ta’limga ham ayrim talabalar qabul qilingan.

Bundan tashqari, institutning shtatlar jadvaliga 10 ta shtat birliklari ortiqcha kiritilib, 327 million so‘m asossiz sarflangan, haqiqatda o‘tilmagan 1588 soat darslari uchun 89 million so‘m to‘lanib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍36🐳19👎3
⚡️Rasman: 2022/2023-oʻquv yili uchun Toshkent amaliy fanlar universitetiga qabul boshlandi

📅 Hujjatlar onlayn shaklda 27-iyundan 24-iyulga qadar utas.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Hozirda kunduzgi, sirtqi, kechki ta'lim shakllari boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarga hujjat qabul qilinmoqda:
Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi
• Multimediya texnologiyalari

Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Iqtisodiyot

Tillar va adabiyot:
• O'zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy tili va adabiyoti (Ingliz tili)

Pedagogika va psixologiya:
• Pedagogika va psixologiya
• Maktabgacha ta'lim
• Boshlang'ich ta'lim
• Informatika va matematika
• Tarix

Universitet haqida ko’p uchraydigan savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
👍27👎6🐳5
❗️Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, fuqarodan 5000 dollar olgan institut bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, jiyani S.ning o‘qishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i bilan tanishib qolganini bildirgan. Ushbu shaxs uning ishonchiga kirib, jiyanini dizayn fakultetiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishini aytib, evaziga 5000 dollar miqdoridagi pullarni talab qilganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan 1 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5000 dollar miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45🐳21😁11
Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

▪️“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgan. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

▫️kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
▫️mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
▫️o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
▫️xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
▫️bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👎8🤔2
Xalq ta’limi-2022 (maqsadli).pdf
744.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍21
Sog‘liqni saqlash-2022 (maqsadli).pdf
788.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍11🤩2
Hurmatli abituriyentlar talaba bo'lish uchun qabul boshlandi !

O'zbekistondagi Oliy toifadagi UNIVERSITETLAR ga o'qishga kirishingiz mumkin 🎓

👍 Xorijda ta'lim olayotgan talabalar uchun "PEREVOD" bor!

⏳ Avgustni kutmang, bakalavr diplomiga ega bo'ling.

📕 Yo'nalishlar:
👨‍💻Iqtisod
👩‍🎓 Ingliz tili
👨‍🎓Rus tili
🧑‍🎓Boshlang'ich ta'lim
👩‍🎨Maktabgacha ta'lim
🧑‍🏫 Ped psixologiya
🤵‍♂Tarix
👨‍🎓Moliya
👨‍💼Bank ishi
👨‍🏫Buxgalteriya

👩🏻‍💻 Hoziroq biz bilan bog'laning:

☎️ +998971116550
☎️ +998330113601
☎️ +998770016550
☎️ +998770054146
☎️ +998330012170

@leaderinter_co2
👍13
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi-2022 (maqsadli).pdf
420.9 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍13
Moushn grafika sohasi haqida bilasizmi?

Bir paytning o'zida video, audio va matnli ma'lumotni bir syujetda birlashtirib, qiziqarli holatda yetkazib beruvchi soha moushn grafika hisoblanadi.

«Najot Ta'lim» markazi zamon talabidagi ushbu kasbni o'rganish niyatidagi insonlar uchun moushn grafika kursiga qabul boshlanganligini e'lon qiladi.

🗓 Kurs davomiyligi 7 oydan bo'lib, darslar haftada 3 kun 1 soat 50 daqiqadan bo'lib o'tadi.

Sizda ham talabgir kasbni o'rganish istagi mavjud bo'lsa, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting.

👉 Moushn grafika kursiga ro'yxatdan o'tish

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🐳33👍17
❗️Poytaxtda Toshkent tibbiyot universiteti ochiladi — qonun loyihasi

Yangi universitet Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida tashkil etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👎6👏5
❗️ Joriy yilda baʼzi OTMlarning ayrim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlimga qabul boʻlmaydi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

⚠️ Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍42🐳12🤬8
#abituriyentlarga

❗️Abituriyentlarga test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

✅ Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati boʻlsa va oʻsha fan uchun test sinovidan ozod qilingan boʻlsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi boʻlsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yoʻnalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍26👎5👏3
❗️Joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga to‘ldirish uchun beriladigan javoblar varaqasi.

Abituriyentlarga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19😱5
#tezkor

❗️Rasman: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎13