Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓ Imtihonlar ochiq havoda o‘tadigan bo‘ldi, abituriyentlarga qanday sharoit yaratiladi?

✅ Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari ochiq xiyobon va stadionlarda bo‘lishi belgilandi. Ularning ro‘yxati tasdiqlandi va bu to‘g‘risida Davlat test markazi abituriyentlar va ularning ota-onalariga xabar berdi. Qanday tashkil etilishiga keladigan bo‘lsak, birinchi yil emas, uchinchi yil testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda tashkil qilyapmiz.

54ta stadion va xiyobon tanlab olingan. U yerda barcha sharoitlar yaratiladi. Birinchidan, abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash, Face-ID orqali tekshirib kiritish, undan keyin har bir guruhga kamera, ikkitadan nazoratchi qo‘yishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, test jarayonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi. Har domgidek ruchka, suv beriladi. Agar maxsus komissiyaning tibbiy niqob berish haqida qarori qabul qilinsa, niqob ham tarqatiladi. O‘tgan yilga solishtiradigan bo‘lsak, tashkilotchilik sifati undan-da yaxshiroq bo‘lishiga harakat qilamiz.

❓ Yoz oyi bo‘lgani uchun havo harorati juda issiq, abituriyentlarga bosh kiyim tarqatish ko‘rib chiqilmayaptimi?

✅ Ikki yil davomida bosh kiyimlar tarqatildi. Bu yil hali bu haqda bizga topshiriq yo‘q, chunki joylar tayyorgarligi endi boshlandi. O‘ylaymanki, ochiq joyda bo‘lsa, bosh kiyim ham beriladi. Agar abituriyentlar o‘zining bosh kiyimi bilan kelsa ham, bunga hech qanday cheklov bo‘lmagan.

Abituriyentlarga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🤬7👎3
Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etiladi

«Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.

2022/2023 o‘quv yilida Urganch davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Urganch davlat pedagogika institutida boshlaydi.

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

Pedagogika, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta’limi, O‘zbek tili va adabiyoti, O‘zga tilli guruhlarda rus tili, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, Jismoniy madaniyat, Texnologik ta’lim.

Magistratura mutaxassisliklari:

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi, Musiqa ta’limi va san’at, Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).

Urganch davlat pedagogika instituti faoliyatini moliyalashtirish 2022 yilda respublika budjetidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Yangidan tashkil etilayotgan Urganch davlat pedagogika institutining dastlabki faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan joriy ta’mirlash va zarur jihozlarni xarid qilish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Urganch davlat universitetining Urganch shahri, Gurlan ko‘chasida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi hamda mavjud barcha jihozlari bilan birgalikda Urganch davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍38👎6🐳4
⚡️Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan kirishlari mumkin:

📄Biometrik pasport (yashil rangli);
📄ID-karta;
📄Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
📄Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
📄Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

☝️Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍30🐳7👎3
❗️Qoraqalpog‘iston hududidagi internet bilan bog‘liq nosoziliklar tufayli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishda qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish muddatlarining uzaytirilishi kutilmoqda.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22🐳7👎5
❗️Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆 Ma’lumki, 2022-yil 20-iyundan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

✅ Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz:

📋 Hozirda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda va Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan hamda uning ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.

📌 Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlarning huquqlari aslo cheklanmaydi va ular onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari uchun tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍38🐳30👎12
❗️Oliy ta’lim muassasalarining talablardan “aylanma varaqa”ni barchadan birdek “qog‘oz shaklda” 
to‘ldirib kelishni talab qilishi 
noto‘g‘ri va
 Farmon talablariga nomuvofiq hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur holatlar tahlil qilinib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son
 Farmonida belgilangan talablar ayrim oliy ta’lim muassasalari
 tomonidan bajarilmayotganligini ko‘rsatib, qisqa muddatda Farmonda yuklatilgan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bu bo‘yicha barcha davlat oliy ta’lim muassaslariga ko‘rsatmalar kiritish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilmoqda.

Adliya vazirligi barcha oliy ta’lim muassasalarini hamda tizimida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlarini
 aholini ovora qilmaslikka, ulardan qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan hujjatlarni, shu jumladan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirishni talab qilmaslikka, Farmonda belgilangan talablar ijrosini so‘zsiz ta’minlashga chaqiradi. Shuningdek, aholidan asossiz va ortiqcha hujjat talab qilinishi yoki ularning ovoragarchiligiga yo‘l qo‘yilishi 
mansabdor shaxslar uchun javobgarlikni keltirib chiqarishi to‘g‘risida ogohlantiradi.

© Adliya vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39🐳18❤‍🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Do you speak English? 😜

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁54🐳17👍10
❗️Ertadan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

👉 transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;

👉 transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

❗️Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44🐳17🌭11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz dindoshim!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤‍🔥17🐳13👍9
O‘qishni bitirdik ammo uni tasdiqlovchi hujjatni berilishidan darak yo‘q.

Bilasizmi, diplom aslida hechqanday ahamiyatga ega emas albatta, chet elda.

Bizda esa aslida hech qanday qiymatga ega bo‘lmasa ham bitirishing bilan ikki yarim millionlik oylik kutib turadigan ishxonang ham diplom so‘raydi baxtga qarshi.

Barcha OTMlarda DAKlar tugaganiga ancha bo‘lganiga qaramay, haligacha diplomdan xabar ham yo‘q. Nega bunday deyishsa, ko‘plab mutasaddilar "ishga joylashganlik to‘g‘risidagi qog‘oz" olib kelib berilishi kerakligi to‘g‘risida aytishyotgan ekan.

Iya, ishga joylashgani borsang diplom so‘rasa? Diplomingni o‘qishingdan so‘rasang,
Ishga joylashganlik to‘g‘risida spravka so‘rasa bu nima degan gap,
Ishlam kallame qolyapdiku?

Hechqaysi davlatda bunday emas!
O‘qishni tamomladimi, diplomini o‘z vaqtida qo‘liga tutqazadi. Qolaversa, sobiq talaba keyin ishga joylashadimi, joylashmaydimi... Qiziq emas. Qolganiga aralashmaydi.

Biz hali ham son va tashqi dizayn uchun ishlaymiz. Sifatni nima ekanligi yodimizdan ham chiqib ketgan. Biz hujjatlarda paloncha talaba ishga joylashdi degan uzun ro‘yxatni prezidenti oldiga olib kirib berish uchun ishlaymizmi nazarimda.

Magistraturaga chet elga topshirgan talabalarning ko‘pchiligi o‘qishidan qolib ketgan, nega desangiz chet el universitetlari magistraturaga topshirgan talabalardan diplom so‘ragan va ular hozirgacha diplomlarini bera olganlari yo‘q. Yiqilganlari yiqildi. Yiqilmagan bazi talabalar "o‘qiydi" degan spravka bilan yoki DAK natijalari yaxshi chiqsa diplom beriladi degan spravka bilan cho‘zib yuribdi.

Xudo insof bergurlar. Magistraturaga topshiradiganlarni o‘ylanglar. Chet elda o‘qib ko‘tarilib ketsa, suratini ilib faxrlanish bo‘yicha sizlarga yetadigani yo‘q (OTM ma’muriyati) lekin yordam so‘rab oldingizga kelsa o‘lgan buvisidan spravka so‘ramaysizlar xolos.

Xullas kariyera qiladigan yoshlarni oyog‘iga bolta urmanglar!
Manba

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍74🤬35👏6
Suratda eng xatarli maxluq tasvirlangan . U sababli har yili millionlab insonlar vafot etadi.

Uning yonida esa akula turibdi :)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁85👍27😢8
❗️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022 yil 27 iyulga qadar (27 iyul kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlarga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🐳29👍26👎11
#diqqat #perevod2022

❗️O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo'yicha 4 ta xizmatdan foydalangan holda talabalar o‘z o'qishini ko‘chirishi va qayta tiklashi mumkin.


1) O‘qishni tiklash.
2) O‘qishni ko‘chirib tiklash.
3) O‘qishni ko‘chirish.
4) Ta‘lim shaklini o‘zgartirish.

❗️E‘tibor qarating: "O‘qishni ko‘chirib tiklash" xizmatida o‘qishdan chetlatilgan talabalar boshqa ta‘lim muassasasiga mos bo‘lgan yo‘nalishga perevod qilib, o‘z o‘qishini tiklashi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Tushunishimizcha perevod vaqtida belgilangan yangi tartibning 2 toifadagi talabalar ro'yxatiga kirmaydigan talabalar shu holatdagina o‘z o‘qishini o‘zining viloyatiga perevod qilishi mumkin ekan.

Ya'ni talaba o‘qishdan chetlatiladi, shundan keyin talaba o‘z viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga perevod qila oladi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39👎5👏4
Amakimning o‘g‘li Moskva universitetlarining biriga biologiya fakultetiga grant asosida o‘qishga kirdi.

Amakim esa tish tirnog‘i bilan u yerda o‘qishiga qarshi chiqyapti. O‘zimizga, «Milliy gvardiya»ga o‘qishga topshiradi deb turib olgan. Kecha kuni bilan xato qilayotganini amakimga tushuntira olmadim.

Nega bizni jamiyat odamlarini miyasiga yigitlar uchun eng zo‘r kasb: Milliy gvardiya, Ichki ishlar, GAI;
Qizlar uchun esa eng munosib kasb: o‘qituvchilik, hamshiralik, tikuvchilik; - degan eskicha fikrlar o‘rnashib qolgan?

Nega ota-onalar o‘g‘lim, bor sendan zo‘r rassom chiqadi yoki ilm fan bilan shug‘ullan demaydi? Qizlarga, sendan zo‘r sportchi, muhandis, programmist chiqadi deb aytmas ekan? Jamiyatimizda o‘z orzusini farzandida amalga oshirmoqchi bo‘lgan ota-onalar ko‘p.

Farzandning orzu istaklari bilan kim qiziqadi?

Ⓜ️ Facebook

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍148👏26👎14
❗️ Ta’lim krediti bo‘yicha xotin-qizlarga yengilliklar berildi

Prezidentning «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, belgilandiki, xotin-qizlarga:

➖ tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;

➖ ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

➖ ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;

➖ ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

➖ «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍18🔥2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalardan
#SAMDU

"Assalomu alaykum men SamDU Raqamli texnologiyalar talabasiman. Bizni shu fakultetega kirganimizdan buyon uyoqdan buyoqqa sarson sargardon qilishib kòchirtirib yurishdi hech qachon sharoiti òrtacha joyda òqimadik doim axvoli oģir bòlib qolgan binolarda òqidik mana bu safar kòchgan bino xam shunday edi, lekin hozirgi qilishayotgan qiliqlari oshib tushdi.

Bizga yakuniy imtixonlarini iyulni oxirigacha belgilashdi ammo biz òqiyotgan paytimizdan òqiyotgan binomizni restovratsiya qilishga tushib ketishdi indamadik, endi biz nimadir sòrasak dekanatga keling fakultetga deyishadi u yerga borishga odamni oyoģi tortmaydi sababi chang tuproq juda bizni ustimizdan kulishyapti.

Talaba odammi òzi? Qishda sovuqda muzlab òqidik ģing demadik endi buzilgan fakultet oshib tushdi"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍57🤬43🤯14
Guliston xalq ta’limi bo‘limi Telegram kanalida agressiv mazmundagi post qoldirildi.

Ta’lim tizimidagilar ISLOMOFOB bo'lsa dardingni kimga aytasan?! Ko’nsang shu ko’nmasang пошёл deyishibdi ochiqchasiga.

* Hozirda post kanaldan o’chirilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬75👍48👏6