Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Guliston xalq ta’limi bo‘limi Telegram kanalida agressiv mazmundagi post qoldirildi.

Ta’lim tizimidagilar ISLOMOFOB bo'lsa dardingni kimga aytasan?! Ko’nsang shu ko’nmasang пошёл deyishibdi ochiqchasiga.

* Hozirda post kanaldan o’chirilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬75👍48👏6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

❔ Savol: Test topshiriqlarini ishlash uchun abituriyentlarga qancha vaqt beriladi? Abituriyentda chet tili sertifikati mavjud bo‘lsa, unga beriladigan vaqt o‘zgaradimi?

✅ Mazkur savollarga yuqoridagi videoda to‘liq javob berilgan.

📹 To‘liq intervyu: https://youtu.be/LpsLFtxv8C4

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍12🤔4😁1
❗️TATUda 2022-2023 o'quv yilidan kontrakt narxlari va qabul kvotasi.

35 ta OTM o'zini o'zi moliyalashtiradigan bo'ldi va shuni evaziga kontrakt narxlar keskin ko'tarilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬104👍19😁8
❗️SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘tgan o‘quv yilida tashkil etilgan bo‘lib, unda biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari hamda pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetlari mavjud.

Filialda 2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida sport faoliyati (kurash) hamda ijtimoiy ish: bolalar bilan ishlash yo‘nalishlari yopilib, yangi boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi.

- Shuningdek, filialda yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ochildi, - deydi filial qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvar Sobirov. – Ushbu yo‘nalishga 50 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Ayni paytda filialda 702 nafar talaba tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilidan filialda 12 yo‘nalishda ta’lim beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37🐳22👎4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi talabalarga baho qo‘yib berish evaziga 2,3 mln so‘m pora olgani uchun 13,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

U talabalardan 3 bahoga 100 ming, 4 va 5 baholarga 150 ming so‘m pul talab qilgan va jami 2 million 300 ming so‘m pulni olayotganda qo‘lga olingan.

P.s: Guruh sardori (староста) pulni o'qituvchiga berayotgan vaqtda IIB tomonidan ushlangan ekan.

Nima bo'lgan taqdirdayam tanganing ikki tomoni bo'ladi.
Nima deb o'ylaysiz, guruh sardorining bu ishi to'g'rimi? Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35🐳22👎16
❗️Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.

Hukumat qarori (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra endilikda,

• fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;

• fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi;

• fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi;

❗️ Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.

Manba edu.uz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍50🐳29❤3
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti transformatsiya qilinadi

Prezidentning “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” joriy yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

✅ 2022/2023-oʻquv yilidan yangi avlod oliy taʼlim muassasasi – “Smart Universitet” konsepsiyasi asosida Universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.

⏩ Universitetda ilmiy-tahliliy yoʻnaltirilganlik va akademik yaxlitlik taʼlim texnologiyalari hamda ularni taʼminlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida akademik faoliyat yo‘lga qo‘yiladi.

🔄 Har yili kamida 10 nafar professor-oʻqituvchi, doktorant va magistrant xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.

➡️2025-yil 1-yanvargacha Universitet jurnali Scopus xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

☑️ Universitet professor-oʻqituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.

🗓 2022/2023-oʻquv yili ikkinchi semestrida Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan talabalar almashinuvini nazarda tutuvchi ichki akademik mobillik dasturlari asosida bir semestrga mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tashkil etiladi.

📝 2022/2023-oʻquv yilidan iqtidorli talabalar ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi.

🔘 Universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39👏6🔥3
“Universitetlar bugun bilim markazi emas” - professor O‘zbekiston universitetlarini 3 yillik qilishni taklif qildi

Ko‘rasiz, yaqin orada bu an’ana bizga ham yetib keladi. Talabalar ikkinchi va uchinchi kurslardan universitetlarni tashlab ketishni boshlashadi. Chunki biz bilimga asoslangan jamiyatda yashayapmiz. 20 yil avval bilimning markazi universitetlar edi. Hozir qutblar o‘zgara boryapti, deydi Azamat Akbarov.

“Boursa National” kompaniyasi ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov Kun.uz’ga bergan intervyusida talabani to‘rt yil universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, universitetlarni 3 yillikka o‘zgartirish taklifi bilan chiqdi.

“Bir narsani tushunish kerak, 2030 yilga borib universitetlar bajaradigan vazifa va maqsadlar butunlay o‘zgarib ketadi. Ular transformatsiya bo‘ladi va shaklini o‘zgartiradi. Masalan, o‘sha vaqtga borib oddiy o‘quv markazlari ham universitet bo‘lishi mumkin. Chunki o‘quv markazlari hozir bozor talab qilgan ko‘nikma va malakaga ega bitiruvchini yetkazib beryapti.

Ya’ni bugun o‘quv markazlar deylik, IT’ni o‘rganishga ehtiyoji bor insonga bu sohani 6 oyda o‘rgatib, uni ming, bir yarim ming dollarli ishga tayyor kadr qilib yetkazib beryapti. Talaba bu holatni ko‘rarkan, nima uchun men 4 yil o‘qishim kerak, deya o‘ylay boshlaydi.

1980-90 yillardan boshlab amerikalik talabalar orasida universitetlarini tashlab ketish holatlari ko‘paygan. Masalan, biz bilgan IBM, Apple, Facebook yoki WhatsApp asoschilari ikkinchi, uchinchi kursdan universitetni tashlab ketgan. Bu qiziqishlarning susayishidan emas, ular o‘sha muddatda o‘zi istagan bilimga ega bo‘lishdi va o‘ylashdiki, biz yaxshisi o‘z startaplarimizni davom ettiramiz.

Ko‘rasiz, yaqin orada bu an’ana bizga ham yetib keladi. Talabalar ikkinchi va uchinchi kurslardan universitetlarni tashlab ketishni boshlashadi. Chunki biz bilimga asoslangan jamiyatda yashayapmiz.

20 yil avval bilimning markazi universitetlar edi. Hozir qutblar o‘zgara boryapti.

Men hozir sizni qo‘rqitadigan bir misol aytaman. Bugun universitetlar internetda bor bo‘lgan ma’lumotni o‘qitib, talabadan kontrakt puli olyapti. O‘qituvchi internetdan ma’lumotni olyapti va uni taqdimot shaklida darsga olib kirib, talabaga nimadir tushuntirishga harakat qilyapti. Bu ham yetmagandek, o‘sha narsani taqdimotga qarab o‘qib beryapti. Kerak bo‘lsa, imlo xatoliklari bilan o‘qib beryapti.

Hozir universitetlar bilim manbayi hisoblanmaydi. Amerikaga boring, insonlar Silikon vodiysida 7-8 oylik kurslarni bitirib, katta ishlarga kirishyapti. Hech kim ulardan bakalavr diplomini so‘ramaydi.

Nima uchun biz talabalarni to‘rt yil ushlab turishimiz kerak? Yevropa to‘laligicha 3 yillik ta’limga o‘tib bo‘ldi-ku. Nima uchun, sababi bitta – raqamli va tezkor rivojlanayotgan dunyoda birinchi kursda beriladigan bilimlar to‘rtinchi kursda eskiryapti”,
– dedi professor.

O‘zbek oliy ta’lim tizimining bugungi og‘riqli muammolariga bag‘ishlangan suhbatni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ⓜ️ Kun.uz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍142👏11👎7
❗️Shoshiling

⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

✅ Bugun
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinadi.

❇️ Abituriyentlar kun yakuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish bilan birga o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

❕ Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishni tavsiya qiladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/v1bzwnBPaxI

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20🐳16🤯3
O’qishni tamomlaganingni nishonlab o’tirgan vaqting ishsizlar soni yana 1taga ko’paygani hayolingga kelib qolsa…

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁170👍31😢19
❗️ Abituriyentlar diqqatiga

150ming soʻm toʻlov qilishga ulgurmaganlar, bugun 18:00 gacha vaqtingiz bor.

✅ "Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin" - deb xabar bermoqda Davlat test markazi

📨 To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlarga yuborib qo'ying !

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14😁9👏4
❗️ Magistraturaga topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga

Magistratura mutaxassisliklariga kiradigan, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlarini "qizil" diplomga bitirgan(umumiy o'rtacha balli 86 bo'la turib lekin "qizil" diplom bo'lmasa o'tmaydi, faqat "qizil" bo'lishi kerak diplom) bitiruvchilar uchun sertifikatsiz topshirish imkoni yaratildi.

Eslatma❗️❗️❗️

Bu imtiyoz faqat òz oliygohingizga òtadi, ya'ni talaba òzi tamomlagan oliygohga topshira oladi, boshqalariga emas!

U yo'nalishlar kvotadan tashqari imtiyozli yo'nalishlar hisoblanadi, shuning uchun ularga imkoniyat berilgan, qolgan yo'nalishdagi, imtiyoz bilan tugatgan talabalar hamma qatori chet tili sertifikati bilan topshiradi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎34🐳18👍16
⚡️Testga nimalar olib kirish mumkin?

✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ kepka yoki panama;
✅ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastroʻmol;
✅ kalit.

❗️Quyidagilar mumkin emas:

❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka (ichkarida beriladi);
❌ suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26👏3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz dindoshim!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍17🤩5🕊3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅ Zamonaviy kasblardan biri bo'lgan Mental arifmetikasini o’rganib, dars bering va oyiga 4-5 mln so'm daromad qiling

⚡️Zamonaviy ustozlar uchun talabgir va dolzarb sohani o'rganish fursatini qo'ldan boy bermang.

🧮Mental arifmetikasini o'rganing, qo'shimcha darslar o'ting va daromadga ega bo'ling!
Biz sizni :
📝 100% Bepul oʻquv oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va oʻquv qurollari bilan;
📗 Dars oʻtish metodlari, oʻyin texnologiyalari va qoʻllanmalari bilan;
📲 200 dan ortiq Elektron darsliklar toʻplami bilan ta'minlaymiz, shuningdek;
🏢 Oʻquv markazi ochish va oʻzingizni kichik biznesingizni boshlashingiz uchun tavsiya va maslahatlar beramiz.
📜 Kurs yakunida esa litsenziyaga ega sertifikat olishga muvaffaq bo'lasiz.
Ushbu sertifikat bilan siz bog'chalarda, o'quv markazlarida va maktablarda tashkil etilgan to'garaklarda ishlab yuqori daromadga erishishingiz mumkin.

🏃‍♂Shoshiling kurslarda qatnashish uchun 29-iyulgacha roʻyxatdan oʻting va 100.000 soʻmlik chegirmani qoʻlga kiriting 💸
Navbatdagi guruhlarda darslar 1 avgustdan boshlansdi.

6 kun ichida Mental arifmetikasini o'rganib ish boshlang.

Murojaat uchun
📞+998930034380
📞+998903479831
📞+998339701320
@Kamola_1320
@EcsTasyy_21

❗️Fake va litsenziyasiz markazlarga aldanib qolmang .
👍14
#diqqat #eslatma

❗️Kelgusi yildan texnikumni bitirganlar oliygohga imtihonsiz kirishi bekor qilinadi.


“Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, dedi davlat rahbari.

❗️Eski nizom bo‘yicha texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega edi.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍36👎11😁11
❗️Samarqand davlat chet tillari instituti xodimi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Samarqand davlat chet tillar institutida tyutor vazifasida ishlovchi Sh.T. fuqaro F.ni 3 500 AQSH dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasining 1-kursini tugatganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berish orqali o‘zi ishlayotgan institutning 2-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍21🐳16👎9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Perevodchi"lar diqqatiga

— 2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

👉 my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

— Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

☝️Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍48🤯5👎4