Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️DIQQAT NATIJALAR E'LON QILINDI.

16-avgust kuni imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari e'lon qilindi

Abituriyentlar necha ball to'plaganlarini ushbu botlar orqali bilib olishlari mumkin

👉 @Mandat1Bot

👉 @Mandat_V1Bot

👉 @Mandat_V2Bot

👉 @Mandat2022_UzBot

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ID raqam va QR kod orqali bilib olish imkoniyati yaratildi.

Qaysi fanlardan nechta ishlaganingizni ko'rish uchun QR koddan foydalaning.

Haqiqiy mehnat qilgan abituriyentlarimizga yaxshi ball to'plaganini ko'rish nasib qilsin.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18🐳10🍌9
❗️DIQQAT NATIJALAR E'LON QILINDI.

17-avgust kuni imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari e'lon qilindi

Abituriyentlar necha ball to'plaganlarini ushbu botlar orqali bilib olishlari mumkin

👉 @Mandat1Bot

👉 @Mandat_V1Bot

👉 @Mandat_V2Bot

👉 @Mandat2022_UzBot

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ID raqam va QR kod orqali bilib olish imkoniyati yaratildi.

Qaysi fanlardan nechta ishlaganingizni ko'rish uchun QR koddan foydalaning.

Haqiqiy mehnat qilgan abituriyentlarimizga yaxshi ball to'plaganini ko'rish nasib qilsin.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18👎3🍌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz dindoshim!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍13🍌6😍3
#Qabul2022

❗️ Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

📆 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 18:00 da boshlanadi.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

©Davlat test markazi

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🌚7👎1
#Bilasizmi

❗️Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Manba:edu.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍39👎2😱1
#Ichki_o‘qishini_ko‘chirish

⚡️ Ichki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

⛔️Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

⌛️Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22-avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berildi.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Manba: edu.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22😢1
Иккинчи таълим жадвал.pdf
169.3 KB
#Ikkinchi_ta‘lim #Suhbat

⚡️⚡️⚡️Toshkent moliya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2022/2023 o‘quv yilida Toshkent moliya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 25-avgustidan boshlanadi.

Yuqoridagi faylda suhbat o‘tkazish vaqti, joyi havola qilinmoqda.

Eslatma:
Toshkent moliya institutiga sirtqi taʼlim shaklida ikkinchi oliy taʼlim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari belgilangan muddatlarda institutning "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti joylashgan binolarda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.

Lokatsiya📍
moliya.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🏆25👍20😢4
Mandat seni tog'angmas🙅‍♂(Prod.by Kholboev)

Abee2Rent
#music_time

Mandat seni tog‘angmas (parodiya)

Bugundan boshlab mandat temada😅

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣91👍20😱10
❗️ Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✔️Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

➡️ xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

637 ta talabgor esa tanlovda ishtirok etmasdan imtiyozga ega bo‘lganlar. Bular:

➡️ davlat stipendiantlari — 296 ta;

➡️ kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

➡️ kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

➡️ ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

☝️Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Manba: @Eduuz

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎1🔥1
Forwarded from Abituriyentlar.uz
#Tezkor
30-avgust kuni Toshkent shahrida TMC xalqaro universitetiga kirish uchun onlayn imtihon bo‘lib o‘tadi

Institut O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan nodavlat OTMlaridan biri hisoblanadi.

Britaniya ta’lim tizimi va “2+2” yoki “Singapurda pullik amaliyot” kabi dasturlarning o‘ziga xosligi tufayli TMC institutiga bilimdon talabalarning qiziqishi ortib bormoqda.

🔥 TMC xalqaro instituti afzalliklari:
➖ 2+2 dasturlari;
➖ Work & Travel imkoniyati;
➖ 3-kursdan Singapurda maosh toʼlanadigan amaliyot;
➖ The University of Northampton diplomi;
➖ Xalqaro ish tajribasi;
➖ Chet ellik oʼqituvchilar;
➖ 10 ta grant oʼrinlari.

❗️Imtihon 3 bosqichda onlayn tarzda o'tkaziladi:
1. Reading
2. Writing
3. Speaking

✅ Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:
https://tmci.uz/entrance-exam-sign-up-form/

☎️ Batafsil telefon orqali:
+998712070032 | @tmcihelp
+998712070049
+998953000111
+998955000999

Telegram
👍14👎1
❗️ Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

🖥 Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

📆 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎1
❗️Kulishni ham yig'lashni ham bilmaysiz...

Olx saytida chiqqan e'lon.

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢174👍21👏16
Tinib tinchimagan abituriyentlar-ee))

Mandatni kutaverib, qo'llari ishga ham borgani yo'q.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👏62👍29👎7
​​Talabalarga muhim tavsiya!

Orangizda ko'pchilik ingliz tilini o'rganib, IELTS sertifikatini olishni maqsad qilgan. Kimdir o'quv markazga boradi, kimdir esa mustaqil ravishda o'rganishga harakat qiladi.

Biz eng samarali yo'lni sizga tavsiya qilamiz. Poytaxtimizda joylashgan, IELTS ballari 9.0 gacha bo'lgan ustozlar ta’lim beruvchi "Cambridge" o'quv markazi yaqinda yurtimizda ilk marotaba gibrid ta'lim tizimini yo'lga qo'ydi. Endilikda o'quvchilar nafaqat an'anaviy, balki onlayn tarzda ham bir vaqtning o'zida ta'lim olishlari mumkin.

🔗 Gibrid ta’lim haqida batafsil
👍31👎2
#kontrakt

❗️Kontrakt miqdori yangi o‘quv yilidan boshlab taxminan qanchaga oshishi
kutilmoqda?

Xabaringiz bor, oliy ta'lim muassasalarining kontrakt to'lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog'lab qo'yilgan. MHTEKM:

Hozir – 822 ming so'm
Endilikda – 920 ming so'm

🔰 MASALAN: bir yo‘nalish uchun kontrakt narxi MHTEKMning 18 barobariga teng bo‘lsa;

➖ Joriy o'quv yilida: 18×822 000 =14 796 000 ming so‘m.
➖ Yangi o'quv yilidan:
18×920 000 = 16 560 000 ming so‘m bo‘ladi.

〽️ O'rtadagi farq: 1 764 000 so'm.

🎓Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎145🤬119👍30
#Akademik_litsey
#Sharh

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
@eduuz

🎓Talaabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎2🤬1
😳 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan.

Ming afsuslar bo‘lsinkim, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Bu yarmidan ko‘pi degani! Bu dahshat! Dahshat, o‘rtoqlar!

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz yanada og‘irlashgan. O‘tgan yili 36% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 51,2% ga chiqdi. Albatta, bunda majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar miqdori kamaytirilib, mutaxassislik faniga katta urg‘u berilgani ham sabab bo‘ldi.

2022 yilda eng yomon ko‘rsatkich, xuddi o‘tgan yilda bo‘lganidek Toshkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

Demak, Toshkent viloyatida xalq ta’limi darajasi butun Respublika bo‘yicha eng yomon.

9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olishgan. Faqat 5 tagina hududda bu ko‘rsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan. Bu qaysi hududlar, deb o‘ylaysiz? Albatta, bu hududlar ta’lim darajasi birmuncha yaxshi bo‘lgan — Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridir. Lekin umumiy olganda bu yerlarda ham ahvol xursand bo‘ladigan holatda emas.

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.

Ya’ni 2 bahoga o‘qiganlar ham taxminan 35-55% natija ko‘rsata olishi kerak (66 balldan yuqori).

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin o‘rtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 51,2% foizi, aniqrog‘i 550 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) test topshirilgan fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi🤦‍♂️

YARMIDAN KO‘PI!!!

(albatta, test bilimlarni baholashning eng maqbul varianti emas, ammo bu umuman boshqa masala)

©️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍48🤬10😱8
#mandat
#abituriyentdan

Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mandat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...😉😂

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

🤪🤪 Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

🤪 Alpomish mandatni ushlab hey menga qara deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Va'da berib kechikasan, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam... 🤣🤣🤣

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...

Mandatni kutayotgan abituriyentlarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍96👎16😢10