Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3+2 dasturi asosida Rossiyaga o‘qishga yuborilgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘chada qolgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada bo‘lib turgan yigirmaga yaqin yigit-qizlarning prezidentga murojaati tarqaldi. O‘zbekistonliklar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan aldanishgani, ayni paytda boshqa davlatda ko‘chada qolib ketganliklaridan shikoyat qilishadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬21👍20😱6
❗️​​Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

✅ Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

Talabalar rasmiy kanali 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🍌21👎2
Talaba.uz | Ta'lim portali
3+2 dasturi asosida Rossiyaga o‘qishga yuborilgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘chada qolgani aytilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada bo‘lib turgan yigirmaga yaqin yigit-qizlarning prezidentga murojaati tarqaldi. O‘zbekistonliklar Farg‘ona jamoat salomatligi…
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaati yuzasidan rasmiy munosabati bildirdi:
 
❕Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Rossiya Federasiyasining Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Davolash ishi” va “Stomatologiya” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.
2019 yil 27 martda ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq, o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun Davolash ishi yo‘nalishida 3 yil O‘zbekistonda va 3 yil Rossiya Federasiyasida, Stomatologiya yo‘nalishi uchun 3 yil O‘zbekistonda, 2 yil Rossiya Federasiyasida o‘qishi belgilangan.
Ushbu shartnomaga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilida Stomatologiya yo‘nalishiga 50 nafar, Davolash ishi yo‘nalishiga 50 nafar talabalar qabul qilingan.
2021-2022 o‘quv yili yakuni bo‘yicha Stomatologiya yo‘nalishida tahsil olgan 46 nafar, Davolash ishi yo‘nalishida tahsil olgan 40 nafar talabalar 3-bosqichni bitirib, 2022 yilning 21 avgust kuni Rossiya Federasiyasining Kuban davlat tibbiyot universitetiga o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i G.Mamatxanova, Xalqaro fakultet dekani M.Ashurova, dekan o‘rinbosari A.Abdug‘aniyevalar boshchiligida yuborilgan.

❕Joriy yilning 25 avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Stomatologiya yo‘nalishi 3-bosqichni bitirgan talabalaridan imtihon olingan. O‘tkazilgan imtihon natijalariga ko‘ra, Stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 46 nafar talabalardan 25 nafari belgilangan ballni olib, o‘qishni davom ettirishga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talabalar belgilangan balldan past baxo olib, imtihondan o‘ta olmagan.
Imtihondan o‘ta olmagan talabalar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat bo‘yicha joriy yilning 27-avgust kuni Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov, jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, muhokama qilindi. Institut ma’muriyati Kursk davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati bilan bog‘lanib, imtihondan o‘ta olmagan talabalarning o‘qishini ushbu universitetda davom ettirish bo‘yicha muzokara olib borib, ijobiy hal qilganligi uchrashuv qatnashchilariga tushuntirildi.

❕Aytish kerakki, imtihondan o‘ta olmagan talabalar Kursk davlat tibbiyot universitetida o‘qishini davom ettirsa, o‘qish uchun belgilangan kontrakt to‘lovi o‘zgarmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, talabalarning yuqorida ko‘rsatilgan universitetlariga borish xarajatlari ham institut tomonidan to‘liq qoplab berilishi haqida ota-onalar va talabalarga tushuntirildi.

Ⓜ️ Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍48🍌8👎1
Pastkashlik boʻlsa shunchalik boʻlar.

Yaqinda Malayziyada muaytay boʻyicha Osiyo chempionati boʻldi. Chempionatdan oldin bir tanishim aloqaga chiqib delegatsiyaga yordam (tarjimon) kerakligi va pulini berishini aytdi.

Odatda bunaqa payt birorta studentni toʻgʻrilab qoʻyaman, harna 3-4 soʻm pul ishlab oladi deb. Sportchilar kelishidan oldin, Jamshid degan yigit (tushunishimcha federatsiya boshligʻi) aloqaga chiqdi. Bir talaba yigit bilan bogʻlab qoʻydim.

27 ta sportchi keldi, 10 kun ularni olib yurishdi. Ketar chogʻida esa kelishilgan pulni bermasdan survorishibdi.

Endi aloqaga chiqsam, "u yigitni 10 kun mehmon qildik, shvedskiy stol restoranlada ovqatlandi, biza bilan qimmat mehmonxonada turdi, endi uyalmasdan pul so'ravotti" degan javobni oldim 🤦. (12 minutlik audio xabar yuboribdi, shvedskiy stolni 15 marta minnat qilgan).

Odam degan shunchalik past boʻlishini bilmagan ekanman. Xizmatini qilgan odamga, ovqatni minnat qilib, pulini bermay ketibdi.

Butun boshli muaytay federatsiyasini 400$lik obroʻsi yoʻq ekan. Bir bechora talabani aldashga kuni qolgan boʻlsa.

p.s. Post chiqishidan oldin federatsiyani ogohlantirdim. Endi ming'ir-sing'ir qilib kemalaring. Pastkashlar.

©️ Anvar Nazrulloh

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬194👍69🍌11
Talaba.uz | Ta'lim portali
Pastkashlik boʻlsa shunchalik boʻlar. Yaqinda Malayziyada muaytay boʻyicha Osiyo chempionati boʻldi. Chempionatdan oldin bir tanishim aloqaga chiqib delegatsiyaga yordam (tarjimon) kerakligi va pulini berishini aytdi. Odatda bunaqa payt birorta studentni…
Chindanda pastkashlikning eng yuqori cho‘qqisi bo‘libdi.

Butun dunyoda shunday, agar sinxron tarjimon olib yuradigan bo‘lsangiz, uning xizmat haqqidan tashqari yashash joyi va yeb-ichishini ko‘tarasiz. Mana bu pastkashlar esa "yeb-ichganing bilan hisobimiz to‘g‘ri bo‘ldi" deb pulini bermay ketvoribdi.

O‘zi bizda ishlatib pulini bermaslik davlat tashkilotlari darajasiga chiqqan ish shekilli.

Menda ham ajoyib bir keys bor. Agar bugun kechgacha ijobiy hal bo‘lmasa sizlarni undan voqif qilaman. Odamni ishlatib pulini bermaydigan tashkilotlar juda ko‘p ekanligiga yana bir misol bo‘ladi.

©️ Bakhtiyor Sheraliev

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍92🤬51😱4
Talaba.uz | Ta'lim portali
Pastkashlik boʻlsa shunchalik boʻlar. Yaqinda Malayziyada muaytay boʻyicha Osiyo chempionati boʻldi. Chempionatdan oldin bir tanishim aloqaga chiqib delegatsiyaga yordam (tarjimon) kerakligi va pulini berishini aytdi. Odatda bunaqa payt birorta studentni…
Facebookdagi shov-shuvdan soʻng muaytay federatsiyasi talabaning pulini beribdi. Hammaga katta rahmat. Post o'chirilmaydi. Ibrat boʻlsin.

©️ Anvar Nazrulloh

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍113🔥12👏6
❗️2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida:

➖ davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;

➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍29👎13😢10
Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

©eduuz


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍31🍌6👏2
❗️Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanadi!

Samarqandga o‘qishga kirgan abituriyentlar ham o‘qishni 26-sentyabrdan boshlashadi!

✅ Joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT (Shanxay xamkorlik tashkiloti) ning navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTM laridan istisno tarzida o‘qishni sentyabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 26-sentyabrdan) boshlaydi.

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentyabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Samarqand shahridagi maktablarda o'quv jarayoni 19-sentyabr sanasidan boshlanadi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍34👎4
❗️Dars jarayonlari 5 sentyabrdan boshlanadi

✅ Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

➖1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
➖2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
➖3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➖4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👎6🔥3
СУПЕР_КОНТРАКТНИНГ_МИНИМАЛ_МИҚДОРИ+_1.pdf
628.5 KB
❗️Rasman: super-kontraktlar narxi 10 foizga tushirildi

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o‘quv yilida barcha oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

📌Ushbu fayldagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.|

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍31👎4🔥2
Bayram muborak boʻlsin :)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢109👍30💯10
Talabalik muborak boʻlsin 😅

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢61👍47🤣20
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

🔸 39 962 nafari — davlat granti;
🔸 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

Ⓜ️ Davlat test markazi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍54🤬15👎4
❗️TATU talabasi avtohalokat natijasida vafot etdi.

Samarqanddan Toshkentga o'qishga qaytayotgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3- bosqich talabasi Z.X avtohalokat tufayli vafot etdi. Bu haqida universitet norasmiy kanali xabar qildi

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢156😱6👍5
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️TATU talabasi avtohalokat natijasida vafot etdi. Samarqanddan Toshkentga o'qishga qaytayotgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3- bosqich talabasi Z.X avtohalokat tufayli vafot etdi. Bu haqida universitet norasmiy kanali xabar qildi Inna lillahi…
❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra avtohalokat natijasida 4 nafar talaba vafot etgan. Qolgan 3 nafar talaba haqida ma'lumot to'planmoqda.

Ehtiyot bo'linglar hurmatli talabalar. Sizlarni uyingizda ota-onangiz va yaqinlaringiz kutmoqda!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢136👍9😱9
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani
⚡️ Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

👨🏻‍🎓 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.

❌ Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

📱 Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

✅ Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

🔹 55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
🔹 35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
🔹 33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

Ⓜ️ Davlat test markazi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39🔥3🍌3
❗️ Doimo yodingda tut!

Sen yashasangda o'lsangda, kunlar o'taveradi, soylar o'sha o'sha oqaveradi.

Quyosh ko'tarilib botaveradi, har kungi vazifasini bajaraveradi.

Lekin sen, ha sen shularni o'qiyotgan sen, shunchaki hech kim bo'lib o'lma! Ortingdan faqatgina yaxshiliklar qoldir, savoblar qoldir, ehsonlar qoldir, duolar qoldir.

Insonlar seni unutadi, avlodlar yangilanadi, eskilar yana va yana o'ladi.

Lekin sen nimadir qoldir...

Bilki hamma ketguvchi, Robbisiga yetguvchi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍118🔥21👏9
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta‘lim — har yili minglab bilimsiz talabalarni yetishtirib, formani bilimdan ustun qoʻygan tizim.

Kelajakda rivojlangan davlat boʻlish-boʻlmasligimiz faqat va faqat ta‘limga bogʻliq.

Toʻliq koʻrsatuvni koʻrish! 👇🏻
https://youtu.be/eGp6VIVzyIk
👍68🔥20😢7