Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Yangihayot tumanida joylashgan "Tashkent Index" majmuasida 10 mingga yaqin talabalar uchun vaqtinchalik yotoqxonalar tashkil etilmoqda.

Bu yerda yoshlar uchun ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Bir hafta davomida qo‘shimcha shkaf va kerakli moslamalar ham taqdim etiladi. Har bitta xonaga kondisioner o‘rnatilib, oynalar pardalar bilan bekitiladi. Qizlar uchun alohida, o‘g‘il bollar uchun alohida xonalar tashkil etiladi. Ovqat qilish uchun maxsus joylar ham yaratiladi. Ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xavfsizlik ta’minlab boriladi. Talabalarning dam olish kunlari mazmunli o‘tishi uchun velosiped va boshqa jihozlar ham taqdim etiladi. Majmuadan metroning yaqin bekatlarigacha uzun navbatlarni oldini olish maqsadida shattl-baslar yo‘lga qo‘yiladi.

❕Ayni damda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Toshkent shahrida joylashgan oliygohlar rektorlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimi va boshqa mutasaddilar talabalar uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha fikr almashishmoqda.

Ps: Shunchaki respect! Olqishlaymiz va duo qilamiz👍👍 Talabalar ham "5 yulduzli" mehmonxonalarda yotishsin😉

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍82👎8👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sen dunyoga tasodifan kelmading - ruhlantiruvchi rolik!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18🔥3🍌1
❗️ “Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident.

Oliy ta’lim muassasalari hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍73👎10🍌3
❗️ Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍29👎8🍌2
⭕️☑️Talabalar kontraktini toʻlaganda daromad soligʻidan ozod boʻladimi ❓

Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqida tushuncha berib o'tdi

Hozir talabalarning kontrakt toʻlash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida koʻpchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun oʻtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʻi ushlanmaydi:

1) fuqaro oʻzining kontraktiga oʻtkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga toʻlmagan farzandining kontraktiga oʻtkazsa;
3) er yoki xotin turmush oʻrtogʻining kontraktiga oʻtkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota oʻz farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln soʻmini toʻgʻridan-toʻgʻri institut hisobiga oʻtkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qoʻyish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln soʻm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun oʻtkazgan 1 mln soʻmdan 12%lik daromad soligʻi ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln soʻmdan soliq olinadi.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan toʻlov oʻtkazilsa hech qanday imtiyoz qoʻllanmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26🍌2👏1
​Bir kun hayotinga “U” kirib keladi...

O’sha kuni ob-havo hech qachon bunchalik yoqimli bo’lmaganini payqaysan...

O’sha kuni birinchi marta hayotga juda tashna bo’lasan...

“U” ni ko’rganingda atrof “portret” rejimiga tushib qoladi...

Sen bilan har xil mo’jizalar sodir bo’la boshlaydi...

“U” senga eng sevimli faslingdagi yoqimli sayrlaringni eslatadi...
Eh stipendiyam, stipendiyam 😭

🎓Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣53👍19🔥4
Super-kontrakt narxlari (kunduzgi)

Yuqoridagi suratlar orqali 2022 yil uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

‼️ Bu yerda 10 foizlik chegirma qo‘shib hisoblangan. Ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan oxirgi summa mana shu.

PDF variant bu yerda (qidiruv imkoniyati bor).
https://drive.google.com/file/d/1suZ7echWvt6N56rAHkJpWZ52GYGebE3r/view

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari "perevodchilar" uchun ham taalluqli.

Ⓜ️ @Xushnudbek

🎓 Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1🔥1
❗️Stenford universitetiga qabul qilinish jarayoni bo‘yicha foydali ma’lumotlar (I qism)

Har yili 44 000-47 000 nafar abituriyent Stenford universitetiga kirishga talabgor bo‘ladi. Ushbu arizalar orasidan qabul komissiyasi 2000 ga yaqin talabanigina tanlab oladi. Ular orasidan 1700 ga yaqin birinchi kurs va almashinuv dasturi orqali 30 nafar talaba qabul qilinadi. Umumiy nomzodlarning 3,7 foizigina universitetga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Bu yerda raqobat Garvardga qaraganda yuqoriroq.

Stenford universiteti nimasi bilan mashhur?

Stenford dunyodagi universitetlarning global reytingida 4-o‘rinni, obro‘si bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi (THE World University Rankings, 2020). AQSHning U.S. News & World Report agentligi tuzgan reytingda Stenford universiteti turli yo‘nalishlari bo‘yicha top-10 ro‘yxatga kirgan.
Stenford universiteti va uning homiylari har yili talabalarning ilmiy tadqiqotlari va loyihalariga 1,63 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. 2020 yilda universitetda 16424 talaba tahsil olgan va ular bilan 2219 nafar o‘qituvchi ishlagan. Ulardan 17 nafari Nobel mukofoti sovrindorlaridir.

Bakalavriatning eng mashhur yo‘nalishlari - muhandislik, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar va san’at.

Talabalarni tanlashda universitet qabul komissiyasi to‘rtta prinsipga asoslanib yakuniy qaror qabul qiladi:
- akademik o‘zlashtirish;
- intellektual qobiliyatlar;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar;
- shaxsiy fazilatlar.
Stenfordning bakalavriat yo‘nalishiga kirish uchun minimal yoki ma’lum bir belgilangan o‘tish bali yo‘q, ammo abituriyentlar uchun majburiy va ixtiyoriy talablar mavjud.

Bakalavrga hujjat topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- Coalition yoki Common Application orqali universitetning ariza shaklini to‘ldirish;
- tavsiya etilgan mavzulardan biri bo‘yicha 500-650 so‘zdan iborat insho yozish;
- ACT yoki SAT imtihonini topshirish;
- arizaga maktab shahodatnomasidan ko‘chirmani ilovani taqdim qilish;
- sinf rahbari va ikkita o‘qituvchining tavsiyanomasini taqdim etish.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21
❗️ Kontrakt to'lovlarini qaysi muddatgacha to'lash kerakligi?

OTMlar kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olayotgan talabalarga quyidagi sanalarda kontrakt to'lashni talab qilishmoqda:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15.09.2022 gacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 15.09.2022 gacha; belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini 01.01.2023 gacha, 75 foizini 01.04.2023 gacha va 100 foizini 01.07.2023 gacha.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12👎2🍌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

❗️Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchi talabalar hamda o'qishga kirish uchun tun-u kun mehnat qilayotgan abituriyentlar.

Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.


Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44🍌7🔥3
Esingizdami, maktab davrlarimizda o‘qituvchilarimiz o‘rtaga savol tashlarkan, a’lochilarga qarab:
-Biladiganlar jim tursin! – deyishardi. Bilmaydiganlar gapirtirilardi.
Ulg‘aygach ko‘rdikki, hayotda ham ayni shu talab: biladiganlar jim turishga majbur, bilmaydiganlar esa gapirtiriladi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍59🍌18🔥9