Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Super-kontrakt narxlari (kunduzgi)

Yuqoridagi suratlar orqali 2022 yil uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

‼️ Bu yerda 10 foizlik chegirma qo‘shib hisoblangan. Ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan oxirgi summa mana shu.

PDF variant bu yerda (qidiruv imkoniyati bor).
https://drive.google.com/file/d/1suZ7echWvt6N56rAHkJpWZ52GYGebE3r/view

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari "perevodchilar" uchun ham taalluqli.

Ⓜ️ @Xushnudbek

🎓 Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1🔥1
❗️Stenford universitetiga qabul qilinish jarayoni bo‘yicha foydali ma’lumotlar (I qism)

Har yili 44 000-47 000 nafar abituriyent Stenford universitetiga kirishga talabgor bo‘ladi. Ushbu arizalar orasidan qabul komissiyasi 2000 ga yaqin talabanigina tanlab oladi. Ular orasidan 1700 ga yaqin birinchi kurs va almashinuv dasturi orqali 30 nafar talaba qabul qilinadi. Umumiy nomzodlarning 3,7 foizigina universitetga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Bu yerda raqobat Garvardga qaraganda yuqoriroq.

Stenford universiteti nimasi bilan mashhur?

Stenford dunyodagi universitetlarning global reytingida 4-o‘rinni, obro‘si bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi (THE World University Rankings, 2020). AQSHning U.S. News & World Report agentligi tuzgan reytingda Stenford universiteti turli yo‘nalishlari bo‘yicha top-10 ro‘yxatga kirgan.
Stenford universiteti va uning homiylari har yili talabalarning ilmiy tadqiqotlari va loyihalariga 1,63 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. 2020 yilda universitetda 16424 talaba tahsil olgan va ular bilan 2219 nafar o‘qituvchi ishlagan. Ulardan 17 nafari Nobel mukofoti sovrindorlaridir.

Bakalavriatning eng mashhur yo‘nalishlari - muhandislik, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar va san’at.

Talabalarni tanlashda universitet qabul komissiyasi to‘rtta prinsipga asoslanib yakuniy qaror qabul qiladi:
- akademik o‘zlashtirish;
- intellektual qobiliyatlar;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar;
- shaxsiy fazilatlar.
Stenfordning bakalavriat yo‘nalishiga kirish uchun minimal yoki ma’lum bir belgilangan o‘tish bali yo‘q, ammo abituriyentlar uchun majburiy va ixtiyoriy talablar mavjud.

Bakalavrga hujjat topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- Coalition yoki Common Application orqali universitetning ariza shaklini to‘ldirish;
- tavsiya etilgan mavzulardan biri bo‘yicha 500-650 so‘zdan iborat insho yozish;
- ACT yoki SAT imtihonini topshirish;
- arizaga maktab shahodatnomasidan ko‘chirmani ilovani taqdim qilish;
- sinf rahbari va ikkita o‘qituvchining tavsiyanomasini taqdim etish.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21
❗️ Kontrakt to'lovlarini qaysi muddatgacha to'lash kerakligi?

OTMlar kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olayotgan talabalarga quyidagi sanalarda kontrakt to'lashni talab qilishmoqda:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15.09.2022 gacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 15.09.2022 gacha; belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini 01.01.2023 gacha, 75 foizini 01.04.2023 gacha va 100 foizini 01.07.2023 gacha.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12👎2🍌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

❗️Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchi talabalar hamda o'qishga kirish uchun tun-u kun mehnat qilayotgan abituriyentlar.

Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.


Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44🍌7🔥3
Esingizdami, maktab davrlarimizda o‘qituvchilarimiz o‘rtaga savol tashlarkan, a’lochilarga qarab:
-Biladiganlar jim tursin! – deyishardi. Bilmaydiganlar gapirtirilardi.
Ulg‘aygach ko‘rdikki, hayotda ham ayni shu talab: biladiganlar jim turishga majbur, bilmaydiganlar esa gapirtiriladi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍59🍌18🔥9
⚡️ 15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

✅ Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

👨🏻‍🎓 Joriy yilda 39 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 30 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

▶️ Shundan 14 746 nafar (48,7 😵 abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

❕ Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍16😢8👏5
O‘zbekistonda yoshlar tashkilotlarining asosiy vazifasi etatizmni shakllantirish bo‘lib qolmoqda – Siyosatshunos

“Men bugun Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifalarga ham to‘xtalmoqchi edim.

Masalan, Yoshlar ishlari agentligi saytiga kirib ko‘rganimda, ularning oldiga yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish vazifasi qo‘yilmaganini ko‘rdim. Ularning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa bu etatizmni shakllantirish (etatizm – davlatni jamiyat taraqqiyotining yuqori natijasi va maqsadi hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy, hal qiluvchi omili deb hisoblovchi ijtimoiy tafakkur yo‘nalishi – tahr.). Ya’ni ularning oldiga yoshlarning davlatni yaxshi ko‘rish va unga moyilligini, sodiqligini kuchaytirish vazifasi qo‘yilgan. Bu vazifa bugun ham saqlanib qolyapti.

Xo‘sh, O‘zbekiston uchun qanday sinf, qanday yoshlar kerak?

Menimcha, bu tashkilotlarning oldiga yoshlarda huquqiy davlatchilik nima, inson huquqlari nima, yoshlar uchun kelajakda qanday siyosiy partiyalar kerak, O‘zbekiston parlamenti qanday bo‘lishi kerak va biz qanday yoshlarni shakllantirishimiz kerak, degan savollar qo‘yilmayapti”,
– dedi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20👏1🍌1
Zerikkanlar bormi?😉
Bir taklif bor edi.


​​Keling biroz mushohada qilamiz))
5 yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasiz))
"5 yildan so'ng men.." deb boshlang va javoblaringizni kommentariyaga yo'llang!

Qani kettik✍✍✍

Rasmiy guruhimiz: @TalabaUz_Group

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24😢5🍌1
Nodavlat @talim_live.pdf
290.7 KB
❗️ "Diplomi Oʻzbekistonda oʻtadimi?"

Bugungi kunda 34 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 34 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda o'tadi (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Litsenziyasi bor OTMlar soni yana ortmoqda, Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasining ushbu sayti orqali barchasini ko'rib olishingiz mumkin ➡️ https://tdi.uz/uz/ntm/ot

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14🍌3
⚡️Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20🍌5
«Kecha o‘qituvchim edi, bugun esa bemorim!» — Bu gapni jarroh aytayabdi va ustozining qo‘lidan o‘pib, boshiga surib, jarrohlik amaliyotiga kirishdi.

Izoh: Suratga ozgina tikilib, biroz fikr yuritdim – O‘lim to‘shagidagi muallim bir vaqtlar o‘zi o‘qitib, tarbiya bergan o‘quvchisining qo‘lida. Nimani o‘rgatgan? Nimani o‘qitgan? Harholda, o‘quvchi ayni ustozidan o‘rgangan ilmiga ko‘ra ish tutadi...

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢48👍35👎2