Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Samarqand shahrida 6-7 noyabr kunlari “Samarkand Half Marathon” boʻlib oʻtadi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar musiqiy-madaniy dasturga ega bo'lib, barcha poygalar faqat 7 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Ma’lumot uchun, har yili noyabr oyida Samarqand yarim marafonida minglab odamlar qatnashadi. Turli yoshdagi, turli shahar va mamlakatlardan kelgan odamlar. Marafon ishtirokchilarini xayriya maqsadi birlashtiradi. Joriy yilda “Samarqand yarim marafoni” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniyat muassasalariga ishga joylashtirishga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

Ro’yxatdan o’tish uchun: samarkandhalfmarathon.uz

🎓Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Germaniyada kredit modul tizimi qanday ishlaydi?

✅ Germaniyada hamma oliy ta‘lim dargohlari shunday tizimda tashkil etilganki, ya'ni hech qanday qat'iy ko‘rsatma yo‘q, talaba hamma narsani o‘zi tanlaydi, o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib fanlarni ham o‘zi tanlaydi, bu yerda qachon qaysi ma'ruzaga borish, qachon qaysi fandan imtihon topshirish, bularni hammasini o‘zi tanlaydi. Bundan tashqari barcha professorlar, kafedradagi har bir o‘qituvchi xuddi instagramda blogerlar obunachilar uchun kurashgandek izlanishi kerak. Ma‘lum bir professorning ma'ruzasiga faqat uni eshitishni istagan talabalargina boradilar. Chunki odamlarni ma‘lum bir joyga borishga majburlab bo‘lmaydi! — "O‘zbekistonlik" filmidan parcha.

P/s. Mana aslida kredit modul tizimi qanday ishlashi kerak. Talabalarda qanday imkoniyatlar borligini ko‘rib yig‘lab yuborasiz, shunchaki dahshat. Bizning tizimda faqat talaba pul to‘laydigan qismi ishlaydi.

🎓 Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍70😢6🤬5
Ijarachilarni haydab chiqarish boshlandi. Bunda har doim ham mulkdor aybdormi?

Boshpana, ijara masalasi tobora keskinlashmoqda. Talabalar joylashib ulgurmay turib, safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarning kelishi vaziyatni butunlay izidan chiqarib yubordi. Aslida ijara muammosi xorijliklar kelgunicha ham jiddiy edi. Ayrim insofsiz ijara beruvchilar vaziyatdan foydalanib ijarada yashovchilarni ochiqdan-ochiq haydab yuborishgacha borishmoqda.

Shunday manzara tasvirlangan kamida ikkita videolavha tarqaldi va ko‘pchilikning qalbini larzaga soldi. Birinchisida nogiron farzandi bor ayolning ijara uydan haydab chiqarilishi aks etgan. Yetib kelgan homiylar bir necha oyga pul to‘lashga tayyor ekanliklarini bildirsalar ham uy egasi fikrida qat’iy turib oladi.

Ikkinchisi yanada qiziq, ko‘rinishidan talaba qizlar hali yashash uchun ikki kun muddatlari borligini, o‘sha boshqalar beradigan qimmat narxni berishga tayyor ekanliklarini aytsalar ham, uy egasi haydashda davom etadi, hatto olingan pullarni sochib, buyumlarni tepib yuboradi (Ma’lumot uchun, keyinchalik bu lavha teatrlashtirilgani ma’lum qilindi, ammo bu muammo yo‘qligini anglatmaydi).

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari har ikki uy egasiga nafratlarini berkitishmayapti, insofga chaqirishyapti va hatto bo‘ralatib so‘kishyapti ham. Ijarada yashovchilarning huquqlari himoyalanmagani, narx-navo haddan ziyod oshib ketgani bilan hech kim shug‘ullanmayotgani, davlat jarayonga mutlaqo aralashmayotganidan shikoyat qilayotganlar talaygina.
Batafsil…

🎓 Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Universitetimizni tezroq qurib bering !!!"

Talaba bor, universitet esa yo‘q, aniqrog‘i bitmagan. Yoshlar ijarama-ijara sarson. Bo‘lajak IT chilar kompyuterlarsiz o‘qishmoqda. Mas’ullar befarq.

🔺Gap Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Nurafshon filiali haqida ketmoqda.

❓Yoshlarni qiynayotgan kim?
❓Nega ikki yildan buyon qurilish ishlari paysalga solinmoqda?
❓Bundan kim manfaatdor?

Bizni aldamang, yoshlarni aldamang!

©Yoshlar kundaligi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬66👍19😱14
Kichikligingda otang seni oyoqlaring loyga botib ifloslanishidan xavfsirar edi. Endi nima uchun sen katta bo‘lgach uning boshini loylarga bulg‘amoqdasan?!

© Jasur Hasan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢97👍54🤬20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dekan o‘qishda va uyda 😂

«Qaytar dunyo» deb bekorga aytishmaydi. Oxirigacha ko‘ring.

Kursdoshlar gruppasiga yuborib qo‘yamiz.👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣53👍11👎3
❗️NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MA'LUMOT

💠 Nostrifikasiya bu xorijiy davlatda berilgan ta'lim to'g'risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti.

1️⃣ Qonunchilikka ko'ra xorijiy davlatda oliy ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
2️⃣ Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish to'g'risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yаgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
3️⃣ Bunda 
- o'rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
- oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi bo'yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yig'im undiriladi.
4️⃣ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan belgilangan yig'imning 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.
5️⃣ YIDXP orqali murojaat qilinganda yig'im davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun belgilangan yig'imning 90 foizi miqdorida undiriladi.
6️⃣ Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
7️⃣ Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta'lim olgan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha test sinovi topshiradi.
8️⃣Test natijalari bo'yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).
9️⃣ 2022 yil 1 yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo'yilgan bo'lishi talab etiladi.
🔟 Xorijiy davlatlarda umumiy o'rta, o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlari to'g'ridan-to'g'ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3😍1
⚡️Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

17 oktabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.

Shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga O'zgidromet tomonidan quyidagi takliflar:

1. 🏠Imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak.

2. 😷Koʼchada boʼlganda, albatta tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim.

3. 🚑Nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, koʼzlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yoʼtal paydo boʼlganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim.

4. 💦Shuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalarning oldida xoʼl sochiqlarni yoyib qoʼyish tavsiya etiladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22😢4🤣2
- Vatan qachon xarob bo‘ladi?
- Qachonki johil qahvaxonada o‘tirgani va universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.

© Mubashshir Ahmad

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👏60👍26😢16
#Achinarli_holat #Ogoh_boʻling

❗️Talaba qiz qamaldi.

Deputat Rasul Kusherbayev yozishicha, 18 yoshli talaba qiz internetda ”ta'qiqlangan” video koʻrgani va uni tanishiga yuborganligi uchun 4 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi!

❗️Hurmatli talaba yoshlar ogoh boʻling!

❌ Hech qachon norasmiy taqiqlangan diniy materiallarni telefoningizda olib yurmang, oʻzingiz ham koʻrmang! Jazo juda keskin - yoshingizni umuman farqi yoʻq!

Yaqinlaringizni ham ogoh qilib qoʻying!!

🎓Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢36🤬15👍9
🇩🇪 Work and Travel Germany!

👨‍💻 Germaniyada "Work and Travel" dasturi uchun qabul boshlandi!

🔔 Deadline: 15-Noyabrgacha

💼 Ish o'rni:
- Ishlab chiqarish
- Logistika
- Omborxona

💸 Maosh:
• €9.5 netto (soliqlarsiz)

⚠️ Talablar:
• Erkaklar / Ayollar
• 18 - 30 yosh
• Universitet va Kollej 1-2-3-kurs talabalari uchun
• Hech qanday til bilish talab etilmaydi

📝 Kerakli hujjatlar:
- Milliy va xorijiy pasport
- Talabalik guvohnomasi

Agentligimiz tomonidan barcha xujjatlarni rasmiylashtirish:
💳 Viza
✈️ Aviachipta
💼 Ish joyiga kuzatib borish
🏪 Ijtimoy ximoya ko’rsatish
📹 Muddatli va doimiy manitoringni tashkillashtiradi.

* Hoziroq murojaat qiling va 31% chegirmaga ega bo'ling!

✅ "Work and Travel" 2022-yilda olingan vizalar

✍️ Onlayn konsultatsiya va CV yuborish

☎️ 78 1470030

📹Instagram l 💬Telegram l 🕸Website
👍12
❗️28 ta OTM World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.

👏E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

☑️ Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

🎓Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18❤‍🔥5👎1
Tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma — https://stipendiya.edu.uz/ orqali qabul qilinmoqda.

Tanlov yo‘nalishlari:
1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);
2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);
3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);
4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);
5. Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota).
Ⓜ️ OO’MTV

🎓Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9👏1
Farzandingizni tibbiyot soxasini tanlasa yo chet elda o‘qiting yoki o‘qitmang.

Ham o‘qish tizimi rasvo ham tibbiyotchilarning axvoli xaminqadar. Masalan, men Andijon tibbiyot institutida o‘qiganman. Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishimni davom ettirdim. Har ikkisiga 10 balldan 3 ball beraman.

6-9 yillik umrini kamida yarmini bexuda ishlarga sarf qilinadi.

Ko‘p kursdoshlarimni orzulari yer bo‘ldi. Ichida armon bilan vrachlik qila olmay boshqa ishlarda yurishibdi. Soxada qolganlari ham kasbidan juda rozi emas.

♦️ Gapimga qo‘shilmaganlar esa farzandlaringizni albatta shu yerda o‘qitib ko‘ringlar. Keyinroq albatta qo‘shilasizlar.

Xullas shunaqa.

Ⓜ️ @acramov

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍59👎8😢8
IIV akademiyasiga boshqa OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish taqiqlab qo‘yiladi

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilari o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash hamda o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilab berilmoqda.

Unga ko‘ra, kursant va tinglovchilar nizomda belgilangan talablarga muvofiq Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i buyrug‘iga asosan yoki akademiyada tashkil etilgan kengash qaroriga muvofiq o‘qishdan chetlashtiriladi. Ularni o‘qishga qayta tiklash masalasi ham aynan ushbu tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, nizom loyihasida kursant va tinglovchilar o‘qishini ko‘chirish tartibiga ham alohida to‘xtalib o‘tilib, bunda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari o‘qishi akademiyaga ko‘chirilmasligi bilan bog‘liq alohida tartib joriy etilmoqda.

Loyiha qabul qilinishi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash va o‘qishlarini ko‘chirish tartibini belgilashga xizmat qiladi.

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Talabalik - oltin davrim !

🤫 Talaba do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang.

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20🔥1👏1
❗️ Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

🚩 Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍30🌚1
Filippindagi ijtimoiy tarmoqlarda kollej imtihonlarida "anti-cheating hats" kiygan talabalarning suratlari tarqalib, insonlarning tabassumiga sabab bo‘ldi.


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣47👍15🤨4
#yengillik

⚡️⚡️Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🔥2👏1