Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma — https://stipendiya.edu.uz/ orqali qabul qilinmoqda.

Tanlov yo‘nalishlari:
1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);
2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);
3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);
4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);
5. Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota).
Ⓜ️ OO’MTV

🎓Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9👏1
Farzandingizni tibbiyot soxasini tanlasa yo chet elda o‘qiting yoki o‘qitmang.

Ham o‘qish tizimi rasvo ham tibbiyotchilarning axvoli xaminqadar. Masalan, men Andijon tibbiyot institutida o‘qiganman. Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishimni davom ettirdim. Har ikkisiga 10 balldan 3 ball beraman.

6-9 yillik umrini kamida yarmini bexuda ishlarga sarf qilinadi.

Ko‘p kursdoshlarimni orzulari yer bo‘ldi. Ichida armon bilan vrachlik qila olmay boshqa ishlarda yurishibdi. Soxada qolganlari ham kasbidan juda rozi emas.

♦️ Gapimga qo‘shilmaganlar esa farzandlaringizni albatta shu yerda o‘qitib ko‘ringlar. Keyinroq albatta qo‘shilasizlar.

Xullas shunaqa.

Ⓜ️ @acramov

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍59👎8😢8
IIV akademiyasiga boshqa OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish taqiqlab qo‘yiladi

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilari o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash hamda o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilab berilmoqda.

Unga ko‘ra, kursant va tinglovchilar nizomda belgilangan talablarga muvofiq Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i buyrug‘iga asosan yoki akademiyada tashkil etilgan kengash qaroriga muvofiq o‘qishdan chetlashtiriladi. Ularni o‘qishga qayta tiklash masalasi ham aynan ushbu tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, nizom loyihasida kursant va tinglovchilar o‘qishini ko‘chirish tartibiga ham alohida to‘xtalib o‘tilib, bunda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari o‘qishi akademiyaga ko‘chirilmasligi bilan bog‘liq alohida tartib joriy etilmoqda.

Loyiha qabul qilinishi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursant va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash va o‘qishlarini ko‘chirish tartibini belgilashga xizmat qiladi.

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Talabalik - oltin davrim !

🤫 Talaba do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang.

🎓 Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20🔥1👏1
❗️ Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

🚩 Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍30🌚1
Filippindagi ijtimoiy tarmoqlarda kollej imtihonlarida "anti-cheating hats" kiygan talabalarning suratlari tarqalib, insonlarning tabassumiga sabab bo‘ldi.


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣47👍15🤨4
#yengillik

⚡️⚡️Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari

📆 2022-yil 1-noyabrdan boshlab ingliz tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi.

▶️ Mazkur jarayon ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgani sababli gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari (ingliz tilidan) bo‘yicha maxsus videorolik tayyorlandi.

📌 Videorolikda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni o‘tkaziladigan dasturdan qanday foydalanish kerakligi to‘liq tushuntirilgan.

🖥 Shuningdek, test.dtm.uz sayti orqali dasturdan foydalanib ko‘rish va jarayon bo‘yicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lish mumkin.

❕ Mazkur tartib ko‘p darajali tizimda o‘tkaziladigan imtihonlarga taalluqli bo‘lib, har bir daraja uchun alohida o‘tkaziladigan imtihonlarga tegishli emas.

📹 Videoni HD formatda ko‘rish uchun: https://youtu.be/OavjrbMq8I0

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11
2023- yil fevraldan Xalqaro Amiti Universiteti talabasi bo’lishni istaysizmi ?
Biz sizga 3 oyda tayyorlanishingizga yordam beramiz
☎️ 71 207 50 06
📞 88 123 80 80

https://amitykurs.uz/
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

☝️Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14
Toshkentda xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

31 oktabr-4 noyabr kunlari Toshkentda INFOLIB – 2022 XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi.

«Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida 2-4 noyabr kunlari poytaxtdagi OʼZEKSPOMARKAZ majmuasida Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.

Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🔥6👎1
🤩 IT sohasini o'rganish uchun 5 sabab

• Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, IT -mutaxassislari O‘zbekistonda eng ko‘p ish haqi oladigan xodimlar qatoridan joy olgan;
• "Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni
reja qilganmiz. — Shavkat Mirziyoyev;
• "O‘zbekiston Rossiya va Belarusga muqobil IT-autsorsing markaziga aylanmoqchi" —
Forbes;
• IT-mutaxassislari masofadan ishlash imkoniyatiga ega;
• Sohaga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda
.

🤔 Qayerdan o'rgansam bo'ladi?

Professional ustozlar, saralangan o'quvchilar, zamonaviy muhit, 24/7 formatdagi bepul kovorking sizni «Najot Ta'lim»da kutmoqda.

⚡️ Ro'yxatdan, ta'lim oling va IT sohasi vakiliga aylanib, o'zingiz uchun yangi kasbni kash eting.

👉 Ro'yxatdan o'ting

*Hozirgacha markazning dasturlash yo'nalishi bitiruvchilarining 70 foizi o'z ishiga ega bo'lgan.
👍11
⚠️Talaba yigit bilan telegram messenjerida tanishgan "qiz" aslida tovlamachi yigit bo‘lib chiqdi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi, talaba F.B. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida o‘zini "Tojiboyeva Rayxon" deb tanishtirgan noma’lum shaxsga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini ishonib, unga messenjer orqali yuborganligini, noma’lum shaxs fotosuratlarni olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uchun 900.000 so‘m pul talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini "Tojiboyeva Rayxon" deb tanishtirgan noma’lum shaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi 1999 y.t., J.Sh. ekanligi aniqlangan.
J.Sh.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda IIV kiberxavfsizlik markazi.

P.s: Boshqalar ko'rishi mumkin bo'lmagan fotosuratlarni hammaga ham yuboravermangda)) Aks holda yopiqlik qozon qachondir ochiladi 😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣55👍12🤬4
Vatan shaxsiy manfaat jamiyat manfaatidan ustun qoʻyilganda magʻlubiyatga uchraydi.

Jasur Hasan tarimasi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥24👍5💯3
🔴Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi joniga qasd qildi.

Paxta va yengil sanoat fakulteti 1- kurs talabasi 26-oktyabr kuni tunda 40 dona qon bosimi tushuruvchi tabletka ichib o‘z joniga qasd qilgan. Talabaning ahvoli og‘ir, hozir Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat bo‘limida koma holatida ekanligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

P.s: Institutga birinchi qadamini qo‘yib ta’lim olishiga endigina ikki oy bo‘lgan talabani o‘z joniga qasd qilishiga nima sabab bo'ldi ekan? Nima bo'lgandayam sizni uyingizda ota-onangiz ne umidlar bilan kutyapti. Axmoqlik qilib qo'ymang!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢29😱12👍11
❗Samarqanddagi OTMlar noyabr oyida faoliyat yuritmaydi

Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari noyabr oyida ma’lum muddatga o‘qishni to‘xtatib, talabalarga javob berib yuborishi mumkin.

Bunga sabab sifatida 11-noyabr kuni Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlarning birinchi sammiti ko‘rsatilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣46👍39🤬37
Agar "davra"da hamma telefon oʻynab oʻtirganda bittasi chiqib:

— "Eyy yigʻishtirlaring telefonni, gaplashgani keldikmi yoki telefon oʻynagani?" desa.

Bilingki telefonini quvvati tugagan boʻladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣78👍9👏1
❗️OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e'lon qilindi.

✅ 2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Manba: Davlat test markazi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7
Oʻqi, otang kabi johil boʻlma.
Oʻqi otang kabi, johil boʻlma.

© Rashidxon Akram

1ta vergul nimalarga qodir a?!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍152👏40🔥11
⚡️Rasman! Toshkent shaxrida "PERFECT UNIVERSITY" nodavlat oliy ta’lim muassasasi ish boshladi

📝 "PERFECT UNIVERSITY" eng dolzarb 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlaydi. Talabalarga malakali xorijiy va mahalliy pedagoglar jamoasi sifatli ta’lim beradi.

✅ Qabul jarayonlari shu yil 27-oktyabrdan 15-noyabrga qadar davom etadi.

📚 Yo‘nalishlar:
- Iqtisodiyot (sohalari bo‘yicha);
- Dasturiy injiniring;  
- Pedagogika va psixologiya;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
- Tarix.

👉 Onlayn hujjat topshirish:
qabul.perfectuniversity.uz

☎️ +998555000250
🌐 perfectuniversity.uz
📍 Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 220-uy.

Telegram | Instagram | Facebook
👍8🍌4🤣3