Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#talabaga_yengillik

⚡️Endi talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin


📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 “OTM shartnoma” to‘lovi xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling
@eduu

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12🍌3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔎 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetiga hujjatlar qabuli davom etmoqda

📍 Poytaxtning qoq markazida joylashgan universitetda 9 ta yoʻnalishdan birida taʼlim olishingiz mumkin.

👨‍💻 Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

❗️1 yillik kontraktni oldindan to'lagan abiturientlarga 10% chegirma beriladi.

🤵 Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish imkoniyati mavjud.

📥 Hujjatlar qabuli: Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'cha, 6-uy

☎️ Telefon: +998 78-113-29-99

☑️ Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

💬 Murojaat uchun bot: @tiftuzbot

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Xazil xuzul qilamizmi yo‘qmi,
o‘tirishlarda, ko‘cha-ko‘yda o‘ziga ogoxlantirmay, bir birimizni rasmga olishni beodoblik deb bilaman.
Ovqatlanayotganda, kulishib suhbatlashib o‘tirganda chettan rasmga olmanglar.
Yoki ogohlantiring:
“Akalar rasmga olyapman” deb.
Kamiga:
•Zimdan olingan rasmlarni ijtimoiy tarmoqda, izohlarda mayna qilish uchun foydalanmaylik azizlar.

Kamoliddin Muhammad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍96🔥5🍌4
«Ulug‘bek» jamg‘armasi huzurida o‘quv kurslari tashkil etiladi, bitiruvchilar vazirliklarga ishga tavsiya qilinadi

“Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi huzurida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari vazirligi, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslarini tashkil etish taklifiga rozilik beriladi.

O‘quv kurslari asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xo‘jalik birlashmalarida matematik statistika, dasturiy ta’minot asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, ular asosida boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‘yicha o‘z ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqa oladigan mutaxassislar tayyorlash;

davlat boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish borasida ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, davlat boshqaruvida raqamli texnologik yechimlarni integratsiya qilish bo‘yicha malaka oshirish tizimini joriy etish;

iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarini tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlashda raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich darajadagi mutaxassislarni tayyorlash.

Belgilab qo‘yilishicha, o‘quv kurslariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga javob beradigan respublikada faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari tanlov asosida qabul qilinadi, bunda:

birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib oshirib boriladi;

ta’lim olish muddati kadrlar buyurtmachilari bilan kelishilgan holda Blended learning-aralash ta’lim texnologiyasi asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, o‘quv kurslari bitiruvchilari Axborot texnologiyalari vazirligi va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tavsiyanomalari asosida vazirlik, idoralar, davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik tashkilotlariga ishga qabul qilishga tavsiya qilinadi.

Ⓜ️ Kun.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12
🎓UYDAN CHIQMASDAN TALABA BO’LING❗️
💥BARCHA UCHUN AJOYIB IMKONIYAT❗


🏛Toshkent shahridagi
"PERFECT UNIVERSITY" ga onlayn hujjat topshiring va hoziroq shartnoma asosida talaba bo’ling!


✂️SHARTNOMA TO'LOVINI 4 qismga BO'LIB TO'LASH IMKONI HAM MAVJUD!

Hozirda birinchi kursga talaba bo'lganlar 2023-yil sentyabr oyidan ikkinchi kursga o'tib o'qishni davom ettiradi.
👇
qabul.perfectuniversity.uz

Bizda hechqanday ortiqcha to’lovlarsiz ikkinchi kursga ham perevod qabuli mavjud:
👇
transfer.perfectuniversity.uz

☎️ 55-500-02-50

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 220-uy.
(Mo'ljal Sampi institut binosi va Sampi bozor "korzinka" supermarket qatori)

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍9
❗️Dunyoning top-10 universitetlari.

✅ Ushbu reyting kelgusi 2023-yilga taalluqli bo‘lib, barcha o‘rinlarni AQSH va Buyuk Britaniya universitetlari egallagan:

1. 🇬🇧 Oksford (suratda)
2. 🇺🇸 Harvard
3. 🇬🇧 Kembrij
4. 🇺🇸 Stenford
5. 🇺🇸 MIT
6. 🇺🇸 Kalifornia texnologiya instituti
7. 🇺🇸 Prinston
8. 🇺🇸 Berkli Kaliforniya universiteti
9. 🇺🇸 Yel universiteti
10. 🇬🇧 London Imperial kolleji.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍31👎2
Vaqtinga o‘zing xo‘jayin bo‘lgan kuning baxtlisan, afsuski o‘zbeklar orasida hech kimni baxtli bo‘lishga haqqi yo‘q.

-Sen o’zbeklar orasida ekansan qaysidir davradan, shunchaki bu suhbat vaqtingni olayotgani uchun turib ketishga haqqing yo’q.
-Sen o’zbeklar orasida ekansan, qaysidir qarindoshing uch kun to’y qilsa sen ham uch kunlab o’sha to’yda qatnashishing kerak.
-Maktabda, oliygohda keraksiz tadbirlar, ishdagi majlisvozlik, hammasi sening vaqting evaziga qilinadi. Hech kim sendan bu vaqtda nima ishlar biland band bo’lishingni, kunlik, haftalik rejalaring qanday ekanini so’rab o’tirmaydi. Sening vaqtinga sendan boshqa hamma xo‘jayin.
Shularni o’ylab o’tirib bir narsaga qaror qildim. Mabodo Umraga borsam 15 kunlik ziyorat uchun, bir oylik ta’til olaman. Bir hafta kuzatishlari, bir hafta kutib olishlari uchun yetib qolar-a? )))
Aslida natijaga erishish uchun "yo’q" deyishni ham o’rganish kerak.
Ortiqcha odatlarimiz va ularni bajarishga bizni majbur qilayotganlarga "yo’q" deya olgan kunimizdan boshlab rivojlanishni boshlasak kerak.
Ortiqcha vaqt ajratib shu yergacha o’qiganlarga esa alohida rahmat😊

©️ Otabek Jo'raxojaev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍73👏9👎2
O‘zbekistonlik talaba Peterburgda «Yil talabasi» tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Sankt-Peterburgdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovida Sankt-Peterburg Davlat o‘rmon xo‘jaligi universitetida ta’lim olayotgan Asad Avezov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov doirasida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan 35 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 156 nafar talaba taqdimotlari final bosqichida baholandi. Nufuzli hakamlar baholari natijalari ko‘ra, 23 nafar talaba tanlov sovrindorlari qatoridan joy oldi.

«Yil talabasi» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Sankt-Peterburg shahari mutasaddilari, fan, ta’lim va madaniyat sohalari vakillari ishtirok etdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23🔥6🏆3
Yaponiyada qordan elektr toki olish sinab ko‘rilyapti

Qordan olinadigan elektr toki arzon va tabiat uchun boshqa tiklanadigan energiya manbalaridan ko‘ra zararsizroq bo‘lishi mumkin.

Yaponiyaning Aomori shahrida dekabr-mart oylarida qordan elektr toki olish usuli test qilib ko‘riladi. Shahar Forte texnologik startapi va Tokio elektraloqa universiteti bilan hamkorlikda ishlamoqda. Shaharning turli joylaridan yig‘ilgan qor belgilangan maktab hovuziga olib borib bo‘shatiladi.

Loyiha mualliflarining tushuntirishicha, qor va quyosh harorati elektr energiyasini ishlab chiqarishda asosiy vosita bo‘ladi. Ya’ni issiqlik uzatish quvurlari qorga joylashtiriladi. Tashqarini esa quyoshning harorati isitadi. Haroratdagi bu qarama-qarshilik turbina ichidagi sovitish suvida harakat oqimini paydo qiladi. Bu oqim esa elektr ishlab chiqarish uchun turbinani aylantiradi.

Loyiha muallifi Tokio elektraloqa universiteti dotsenti Koji Enokining aytishicha, bu jarayon quyosh energiyasi kabi samarali elektr energiyasini ishlab chiqarishda qo‘l keladi, shuningdek quyosh energiyasi narxidan ham arzonroqqa tushadi.

Aomori shahar ma’muriyati yo‘llardagi qorlarni tozalash uchun har yili o‘n millionlab dollar sarflaydi. Yig‘ilgan qor esa okeanga tashlanadi. Agar qordan energiya olish rejasi o‘zini oqlasa, bu sanaot zavodlari uchun ham qo‘l keladi. Ular o‘zlarida mavjud qordan juda arzon narxlarda elektr olishga erishishlari mumkin. Loyiha mualliflari startapni Yevropaning qor ko‘p yog‘adigan hududlarida ham sinab ko‘rishmoqchi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🍌3🔥2
#xotira

Kim biladi mana shu multfilmlarni?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍84😍41🐳5
Qoraqalpoq tili kuni barchamiz uchun ham e’tiborli sana. Chunki qoraqalpoq do‘stlarimiz bizga qondosh, dindosh va tildosh yelkadosh hamdirlar.

Bu kun barchangizga muborak boʻlsin ☺️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37😍13👎3
O‘zbekiston Koreyadan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilmoqchi

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vitse-prezidenti Leye Yun Yong bilan uchrashdi.

Muloqot davomida mamlakat turli hududlarida KOICA loyihalarini rivojlantirish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, Koreya Respublikasidan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilish, bilimni baholash markazlarini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

Joriy yil 17 noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda Kasb-hunarga o‘qitish sohasi loyihalari sarhisobi va rivojlanish usullari mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8🤣4❤‍🔥1
«Ixtiyoriy» degan to‘n kiydirilayotgan majburiy obuna

Har yil oxirida mana shu muammo qalqib chiqadi va azaliy bahslar boshlanib ketadi. «Odamlar gazeta o‘qimay qo‘yishdi», «Ixtiyoriy obunani hech kim bekor qilgani yo‘q», deydi bosma nashrlar xodimlari. «Baribir obuna qildirilyapmiz», «Pulni ushlab qolgani yetmaganday, gazeta ham kelmaydi», yozg‘iradi ikkinchi tomon.

Darhol ta’kidlashimiz kerak — bu borada ahvol ancha o‘nglangan. Chunki yaqin o‘tmishda obuna go‘yoki davlat siyosati, budjet xodimlariga nashrlar uchun pul to‘lash qonuniy majburiyatdek qaralardi. Avval vazirliklardan, keyin mahalliy hokimiyatlarda muayyan jadvallar ishlab chiqilar, har bir tashkilot qaysi nashrga obuna bo‘lishi shartligi bo‘yicha «tepa»dan aniq topshiriqlar tushirilardi. Hatto bu qog‘ozbozlikdan ham eringanlar budjet xodimlari maoshidan shartta chegirib olib, «obunaga» deya rasmiylashtirib ham qo‘ya qolishardi.

Odamlar o‘z haq-huquqini anglay borishi, yangi siyosatning talabi va boshqa qator jihatlar ortidan bu boradagi o‘zibo‘larchiliklarga barham berildi. Ammo so‘nggi signallar shuni ko‘rsatmoqdaki, hanuz shifokor va muallimning oyligiga chang solish istagida bo‘lganlar, obunaga «ixtiyoriy» degan tus berib, aslida majburlayotganlar uchrab turibdi.

Samarqanddan xat oldik:

«Biz tibbiyot xodimlari o‘zi ko‘p oylik olmaymiz. Lekin barcha bo‘g‘in xodimlariga «O‘z ixtiyorim bilan...» deb xat yozdirib olib, shifokorlardan 1 mln so‘mdan, hamshiralardan 600 ming so‘mdan ushlab qolishyapti. O‘tgan yili ham shunday qilingan. Lekin bir yil davomida birorta gazeta yoki jurnal kelganini bilmaymiz», — deyiladi unda.

Bunday xatlarga xos jihat, «faqat iltimos, shaxsimizni sir saqlang», deya yakunlangan bunisi ham. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli. Shifokor hanuz bemorning qo‘liga qaraydi, ishidan doim kamchilik topish mumkin. Tanish-bilishlar orqali bir amallab, poralar berib 0,25 stavkaga ilashib turgan hamshiraga ham bosh og‘riq mutlaqo kerak emas.

Ⓜ️ Kun.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11👎2🤬2
Davolash va pediatriya ishi yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga❗️

Impuls tibbiyot instituti xorijdan va yurtimizdagi oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun qabul jarayonlarini boshladi.

🎓 Ta'lim yo'nalishi:
➖ Davolash ishi, kunduzgi

✅Afzalliklar:

- O'qishni ko'chirishdagi fanlar farqi uchun qo'shimcha to'lov talab qilinmaydi;
- Har semestrda grant yutib olish va keyingi semestr uchun bepul tahsil olish imkoniyati;
- " Work and travel Germany " dasturi asosida Germaniyada amaliyot;
- USMLE xalqaro o'qitish dasturi asosida tahsil olish;

(Litsenziya — №047559, 09.11.2022y)

👉 Oliygoh haqida batafsil ma'lumot

➡️ Onlayn ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3OB9Qqd

📍Manzil: Namangan shahar, G'ishtko'prik MFY, K. Otamirzayev ko'chasi, 1-uy.

📞 +998881425855
📞 +998974505855
📞 +998883765855
👍4
Parijda Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi o'tkazildi

Joriy yil 28–30 noyabr kunlari Parij shahrida Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi o‘tkazildi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshqulov boshchiligidagi 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasaci rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi hamda Fransiya tomondan 150 dan ziyod rektorlar, ilmiy va ishlab chiqarish doira vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur forumdan kutilayotgan natijalar:

1. Yurtimizda Fransiyaning kamida 2 ta universiteti filialini ochish;

2. Mavjud 2 ta qo‘shma ta’lim dasturini 10 taga yetkazish;

3. Akademik mobillik asosida doktorant, magistr va talabalar almashinuvini barobarlarga ko‘paytirish.


Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili an’anaviy tarzda o‘tadigan «Campus France–2022 uchrashuvlari» doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Fransiya universitetlari rektorlari, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy ta’limi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Forumni «Campus France» tashkiloti rahbari Donaten Issard xonim kirish so‘zi bilan ochib, ta’lim sohasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasiga alohida minnatdorlik bildirdi. So‘zga chiqqanlar ikki davlat hamkorligi, jumladan oliy ta’lim sohasidagi aloqalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkentdagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI 2022/2023 yil qabuli davom etadi!

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy G'oya
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

✅ Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
📚 Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

📲 Onlayn hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️
+99899-8203238
☎️ +99890-0111526
☎️ +99890-0462989
☎️ +99890-0111526

🗺 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt | Lokatsiya
👍4🍌1
Yagona portal orqali subsidiyaga ariza topshiruvchilar ro‘yxati kengaydi

Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ham bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Buning uchun talabgorlar kalendar yil har choragi birinchi oyi 10-sanasiga qadar my.gov.uz’dagi «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatini tanlab, ariza yuborishlari lozim.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitish texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi: 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja; mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari; pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; pedagog kadrlar xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalari ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish bepuldir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7
❗️Tezkor: Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi

Bu haqida onlayn brifingda aytib o’tildi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎48🤬15👍11
#biroz_tabassum

- Bundan keyin, og'a, ini, qarindoshlarni ishga olish yo'q. Tushunarlimi?!

- Xo'p dada.
- Tushunarli pochcha.
- Xo'p aka.
...
..
.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👎4👍2