Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
O‘zbekiston Koreyadan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilmoqchi

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vitse-prezidenti Leye Yun Yong bilan uchrashdi.

Muloqot davomida mamlakat turli hududlarida KOICA loyihalarini rivojlantirish, hamkorlik sohalarini kengaytirish, Koreya Respublikasidan ko‘ngilli o‘qituvchilarni jalb qilish, bilimni baholash markazlarini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

Joriy yil 17 noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda Kasb-hunarga o‘qitish sohasi loyihalari sarhisobi va rivojlanish usullari mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8🤣4❤‍🔥1
«Ixtiyoriy» degan to‘n kiydirilayotgan majburiy obuna

Har yil oxirida mana shu muammo qalqib chiqadi va azaliy bahslar boshlanib ketadi. «Odamlar gazeta o‘qimay qo‘yishdi», «Ixtiyoriy obunani hech kim bekor qilgani yo‘q», deydi bosma nashrlar xodimlari. «Baribir obuna qildirilyapmiz», «Pulni ushlab qolgani yetmaganday, gazeta ham kelmaydi», yozg‘iradi ikkinchi tomon.

Darhol ta’kidlashimiz kerak — bu borada ahvol ancha o‘nglangan. Chunki yaqin o‘tmishda obuna go‘yoki davlat siyosati, budjet xodimlariga nashrlar uchun pul to‘lash qonuniy majburiyatdek qaralardi. Avval vazirliklardan, keyin mahalliy hokimiyatlarda muayyan jadvallar ishlab chiqilar, har bir tashkilot qaysi nashrga obuna bo‘lishi shartligi bo‘yicha «tepa»dan aniq topshiriqlar tushirilardi. Hatto bu qog‘ozbozlikdan ham eringanlar budjet xodimlari maoshidan shartta chegirib olib, «obunaga» deya rasmiylashtirib ham qo‘ya qolishardi.

Odamlar o‘z haq-huquqini anglay borishi, yangi siyosatning talabi va boshqa qator jihatlar ortidan bu boradagi o‘zibo‘larchiliklarga barham berildi. Ammo so‘nggi signallar shuni ko‘rsatmoqdaki, hanuz shifokor va muallimning oyligiga chang solish istagida bo‘lganlar, obunaga «ixtiyoriy» degan tus berib, aslida majburlayotganlar uchrab turibdi.

Samarqanddan xat oldik:

«Biz tibbiyot xodimlari o‘zi ko‘p oylik olmaymiz. Lekin barcha bo‘g‘in xodimlariga «O‘z ixtiyorim bilan...» deb xat yozdirib olib, shifokorlardan 1 mln so‘mdan, hamshiralardan 600 ming so‘mdan ushlab qolishyapti. O‘tgan yili ham shunday qilingan. Lekin bir yil davomida birorta gazeta yoki jurnal kelganini bilmaymiz», — deyiladi unda.

Bunday xatlarga xos jihat, «faqat iltimos, shaxsimizni sir saqlang», deya yakunlangan bunisi ham. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli. Shifokor hanuz bemorning qo‘liga qaraydi, ishidan doim kamchilik topish mumkin. Tanish-bilishlar orqali bir amallab, poralar berib 0,25 stavkaga ilashib turgan hamshiraga ham bosh og‘riq mutlaqo kerak emas.

Ⓜ️ Kun.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11👎2🤬2
Davolash va pediatriya ishi yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga❗️

Impuls tibbiyot instituti xorijdan va yurtimizdagi oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun qabul jarayonlarini boshladi.

🎓 Ta'lim yo'nalishi:
➖ Davolash ishi, kunduzgi

✅Afzalliklar:

- O'qishni ko'chirishdagi fanlar farqi uchun qo'shimcha to'lov talab qilinmaydi;
- Har semestrda grant yutib olish va keyingi semestr uchun bepul tahsil olish imkoniyati;
- " Work and travel Germany " dasturi asosida Germaniyada amaliyot;
- USMLE xalqaro o'qitish dasturi asosida tahsil olish;

(Litsenziya — №047559, 09.11.2022y)

👉 Oliygoh haqida batafsil ma'lumot

➡️ Onlayn ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3OB9Qqd

📍Manzil: Namangan shahar, G'ishtko'prik MFY, K. Otamirzayev ko'chasi, 1-uy.

📞 +998881425855
📞 +998974505855
📞 +998883765855
👍4
Parijda Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi o'tkazildi

Joriy yil 28–30 noyabr kunlari Parij shahrida Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi o‘tkazildi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshqulov boshchiligidagi 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasaci rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi hamda Fransiya tomondan 150 dan ziyod rektorlar, ilmiy va ishlab chiqarish doira vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur forumdan kutilayotgan natijalar:

1. Yurtimizda Fransiyaning kamida 2 ta universiteti filialini ochish;

2. Mavjud 2 ta qo‘shma ta’lim dasturini 10 taga yetkazish;

3. Akademik mobillik asosida doktorant, magistr va talabalar almashinuvini barobarlarga ko‘paytirish.


Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili an’anaviy tarzda o‘tadigan «Campus France–2022 uchrashuvlari» doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Fransiya universitetlari rektorlari, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy ta’limi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Forumni «Campus France» tashkiloti rahbari Donaten Issard xonim kirish so‘zi bilan ochib, ta’lim sohasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasiga alohida minnatdorlik bildirdi. So‘zga chiqqanlar ikki davlat hamkorligi, jumladan oliy ta’lim sohasidagi aloqalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkentdagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI 2022/2023 yil qabuli davom etadi!

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy G'oya
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

✅ Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
📚 Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

📲 Onlayn hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️
+99899-8203238
☎️ +99890-0111526
☎️ +99890-0462989
☎️ +99890-0111526

🗺 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt | Lokatsiya
👍4🍌1
Yagona portal orqali subsidiyaga ariza topshiruvchilar ro‘yxati kengaydi

Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ham bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Buning uchun talabgorlar kalendar yil har choragi birinchi oyi 10-sanasiga qadar my.gov.uz’dagi «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatini tanlab, ariza yuborishlari lozim.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitish texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi: 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja; mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari; pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; pedagog kadrlar xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalari ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish bepuldir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7
❗️Tezkor: Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi

Bu haqida onlayn brifingda aytib o’tildi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎48🤬15👍11
#biroz_tabassum

- Bundan keyin, og'a, ini, qarindoshlarni ishga olish yo'q. Tushunarlimi?!

- Xo'p dada.
- Tushunarli pochcha.
- Xo'p aka.
...
..
.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👎4👍2
❗️Rasman: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅
2022-yil 5-dekabr kuni ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

📆 Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1
❗️Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati bor.

Hozirda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmagan.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11🔥1
"Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin
."
29-modda.

🇺🇿 Barchamizga Konstitutsiyaning 30 yilligi muborak bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1👏1
❗️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Yil talabasi-2022» institut bosqichi g‘oliblariga rag‘bat pullari berilmayapti

"Institut bosqichi (1-bosqich) talabalari o‘rtasida nizom talablari asosida 7 ta nominasiya bo‘yicha Noyabr oyida o‘tkazilishi topshiriq qilib berilgan. Nizomning 14 va 15-bandlarigaga ko‘ra har bir yo‘nalishdan ya’ni 7 ta yo‘nalishning har biridagi:

1-o‘rin sohiblari BMHning 8 baravari (2,4 mln so‘m), 2-o‘rin egalari BMHning 6 baravari (1,8 mln so‘m) 3-o‘rinni egallaganlari esa BMHning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mablag‘lari bilan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlanishi berilishi lozim.

Ammo institutda yuqoridagi rag'batlantirish mablag‘ari berilmayapti. Yurist Posho: «-senlar o‘tqizgan tanlovlaring noqonuniy, arzlaringni kimga aytsalaring aytaverish bir tiyin ham bermayman» deya ayuhannos solmoqda!

Mana bu (instutning rasmiy saytida e'lon qilingan maqolaning havolasi) orqali institut bosqichining o‘tkazilganini ko‘rishingiz mumkin: https://dsmi.uz/yangiliklar/yil-talabasi-tanlovining-institut-bosqichi-o-tkazildi

Tanlov o‘tdi, aslida kechikib 15-noyabrda o‘tkazilgan instutut bosqichidan keyin, umuman rag‘batlantirishdan ham darak yo‘q edi.

Fidoiy hodimlar orqali shaxsan Rektorga murojaat qilinganidan keyingina Rektorimizning buyrug‘i bilan mas’ullarga talabalarni nizomga asosan taqdirlash topshirig‘i berildi. Hatto yaqindagina boshqa ishga o‘tkazilgani uchun rektorlikdan ketgan mehribon, o‘z talabalarini yaxshi ko‘radigan, sobiq Rektorimiz Ibrohim Jo‘rayev Yuldashevich tomonlaridan ilmiy kengashda rag‘batlantirildik. Gap isboti bilan bo‘lsin: https://dsmi.uz/yangiliklar/yil-talabasi-2022-respublika-ko-rik-tanlovining-institut-bosqichi-g-oliblari-taqdirlandi

Bizga diplom berildi, rag‘batlantirishni 1-2 kunda olasizlar deya aytishdi. Biz ham ana o‘tar bir kun, mana o‘tar bir kun deb, naqd 1 haftani o‘tkazdik!

Shaxsan Vazirning o‘zi talabalarni rag‘batlantiring, ularni moddiy qo‘llab quvvatlang deb ko‘p ma'ruzalarida ta’kidlayotganida Yurist buning teskarisini qilmoqda! Pullarimizni bermayapti.

Dardimizni kimga aytaylik? Oliy ta’limdan buyrug‘ nizom bilan kelsayu institutda bajarilmay tursa. Biz talaba yoshlar bu hodisadan ibrat olishimiz kerakmi? Biz ham ertaga ishga birganimizda yuqoridan kelgan topshiriqlarni bajarmaslikni o‘rganaylikmi?!"

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13🤬5😱4
#talabalardan

❗️Qarshi davlat universiteti talabasidan kelgan murojaatni o'zgartirishsiz havola qilamiz:

"Assalomu alaykum man Qarshi davlat universiteti talabasi boʻlaman. Bilasizki, havo harorati keskin sovib ketdi. Ammo unversitet isitish tizimi ishlamayotganligi sababli xonalar juda sovuq. Bu haqida unversitet ma'muriyatiga aytsak eʼtibor berilmayapti. Bu esa talabalarni unversitetlarga kelmasligiga sabab boʻlmoqda. Yakuniy yaqin qolganini oʻzingiz bilasiz."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍33👎12🤬3
#talabalardan

"Assalomu alaykum men Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabasiman.

Kun judayam sovuq bizning universitet qizlar yotoqxonasida esa isitish tizimi umuman yaxshi ishlamayapti sovuqda xona ichida kurtka shapkada o'tiribmiz. Yotoqxonamiz bu yil kapital remontdan chiqqan bo'lsa ham issiq suv tizimi deyarli yaxshi ishlamaydi. Shuncha qiynalib yashayotganimiz kamdek minnatli yashaymiz, tarbiyachimiz bir og'iz gapirishga qo'ymaydi "uyingda yo'q sharoit bor shukr qil" deydi vaholanki uyimizdagi sharoit buyerdagi sharoitdan ancha yaxshi va uylarimiz issiq. Dekan zamdekanlarga sovuq xonamiz desak foydasi bo'lmayapti. Dardimizni kimga aytamiz hayronmiz😢"


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍41🤬12😢4
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan ❗️Qarshi davlat universiteti talabasidan kelgan murojaatni o'zgartirishsiz havola qilamiz: "Assalomu alaykum man Qarshi davlat universiteti talabasi boʻlaman. Bilasizki, havo harorati keskin sovib ketdi. Ammo unversitet isitish tizimi ishlamayotganligi…
Муносабат

Жорий йилнинг 8 декабрь куни ижтимоий тармоқдаги “TalabaUz” телеграм каналида “Иситиш тизимининг ишламаётганлиги ва мазкур ҳолат талабаларнинг дарсга келмаслигига сабаб бўлаётганлиги” мазмунида хабар ёритилди.

Ушбу ҳолат юзасидан Қарши давлат университети қуйидаги муносабатни билдиради.

Об-ҳавонинг кескин совиб кетиши натижасида электр таъминотида чекловлар бўлгани ҳамда табиий газ босимининг пасайиб кетганлиги олий таълим муассасаси иссиқлик тизимига бевосита таъсир кўрсатмоқда. Бу ҳолат иситиш сифатига ҳам таъсир қилади. Қарши давлат университети мазкур масалага жиддий эътибор қаратиб, муаммоларни бартараф этиш чораларини кўрмоқда. Ҳозирда барча ўқув бинолари ва талабалар турар жойларида иситиш тизимининг барқарор ишлаши таъминланди.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11👎5
#diqqat

❗️Aytishlaricha, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari masofaviy (onlayn) ta’limga oʻtishi mumkin.


🌨 Hozirda, universitetning ayrim kurs talabalari Toshkentdagi noqulay ob-havo va transport muammosi sababli darslarni online tarzda davom ettirishni boshlagan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍78👎10😢2
Onaning qiziga nasihati

Qalb qo‘rim, bebaho boyligim, kipriklarimda asraganim, gul iforligim, jigarporam, jon qizim! So‘zlarimni diqqat bilan tingla va zinhor unutma. Chunki bu dunyoda onangdan yaqinroq do‘st topa olmaysan. Sen bebaho boyligim, xazinamsan. Robbimning eng go‘zal omonati, kelajakning onasisan. InshaaAlloh, poyi qadami jannat, jamiyatning ustozisan. Allohni tanigin, bandalik ta’mini his et va Undan kelgan qismatga rozi bo‘lginki, U ham sendan rozi bo‘lsin! Shuni unutmagin, Alloh seni o‘zingdan ham yaxshi biladi.

Senga nima yaxshi, nima yomonligini O‘zi biladi. Sen uchun eng to‘g‘risi nima ekani faqat Allohga ayon. Jonimning parchasi, oy qizim, axloqsiz kimsalarning badbin o‘ylarida kezishingga toqat qilolmayman. Begona nazardan senga ozor yetishiga ko‘nglim chidamaydi.

Saodat va ehtiromga muyassar bo‘lish faqat Allohga bandalikni his qilishdadir. Allohga osiylik qilib insonlarni mamnun qilishga harakat qilganlar hech qachon baxtli bo‘lmaydilar. Ochiq-sochiq, behayo kiyinish Allohga gunohkor bo‘lishdir. Allohning amrini, oyati kariymani nazar-pisand qilmaslikdir. Tashqaridagi xavfu tahlikaga qaramay uy eshiklarini ochiq qoldirish demakdir.

Bir ayol hammaniki bo‘lmaydi, jon qizim. Bir ayolning jismini hamma ko‘rishi mumkin emas! Ayolga o‘tgan-ketgan qo‘l cho‘zib, teginishi mumkin emas! Allohga gunohkor bo‘lmasang, ehtirom, sharaf va saodat seni hech qachon tark etmaydi, jonim qizim.

Sen hayo va iffatni yopinginki, Alloh seni yomonliklardan, begona nazar, dushmanlik va sharmisorlikdan asrasin! Har doim pok yursang, pokizalar bilan birga bo‘lasan. Chunki Alloh Kitobida shunday marhamat qiladi: “Nopok ayollar nopok erkaklar uchun, nopok erkaklar esa, nopok ayollar uchun. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erkaklar pokiza ayollar uchun”
(Nur surasi, 26- oyat)

Sen husn-latofatingni, ayolligingni shaytonsifat kimsalardan pinhon tut, qizim–jonim. Alloh senga buyurganini ado qil va faqat O‘ziga tavakkulda bo‘l. Sen tasatturni vujuding gavhari kabi bil. Chunki ko‘zi hijobni ko‘rmagan nomardlar ham ko‘p dunyoda. Alloh senga in’om etgan husn va latofatni Uning omonati deb bil va omonatdorlikni go‘zal himoya qil. Omonatdorlikni anglamaydigan, odob-axloqdan bebahra erkaklar ko‘p.

Ayol, ona bo‘lgin va axloqi go‘zal, fe’l-huyi mukammal yigit-qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgin. O‘zligidan, dinidan, Allohdan uzoqlashgan jamiyat muhaqqaq kelajagidan mahrum bo‘ladi. Bu jamiyat oriyatli, mard, himoyachi otalarga, iffatli, hayoli, ma’rifatli onalarga muhtoj. Dunyoni bir silkitib hushini o‘ziga keltiradigan onalar kerak bizga. Gʻarb zulmati girdobida qolib jarohati og‘ir dardlarga mubtalo bo‘ldik. Biz o‘zimizni, o‘zligimizni unutdik. Allohdan hayo qilishni unutdik, bolajonim.

Endi bu jarohatimizga kelajak avlodni go‘zal xulq uzra komil tarbiya qilish bilan malham qo‘yishimiz kerak. Sening zimmangda shu vazifa yuklangan, ona qizim. Hayo libosing, taqvo ziynating, ma’rifat zeboyishing bo‘lsin. Ana shunda sendan ikki dunyoda rozi bo‘laman, gul iforli qizim.

Ⓜ️ Umida Aziz @mezanauz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍27🔥5❤‍🔥1
​❗️Bugun toʻlov-kontrakt pulini toʻlashning so'nggi kuni. Banklar ertaga ishlamaydi!

✅ Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.

Bugun oxirgi kun, chunki 10-dekabrga qadar banklarda bugun rasman oxirgi ish kuni. Shu sababli, bank ishlamagach, kontrakt pulini mobil ilovalar orqali to'lashdan boshqa alternativ usuli yo'q.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎11👍4🔥1
Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:

* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.

* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.

* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.

* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.

* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.

* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.


TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14🔥3👏1