Talabalar | Rasmiy kanali
83.5K subscribers
1.97K photos
736 videos
118 files
3.73K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
Sessiya yaqin qolganda talabalarni aytgan qoʻshigʻi😁

Bozorga chiqbdi qulpunay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib ilinib olvolay
Domlamni koʻrgani boraman

Kursdoshlarlar yoʻlimni toʻssa ham
Poyimga tikanlar oʻssa ham
Bir pochka (g)ul olib boʻlsa ham
Domlani koʻrgani boraman

Kirsam ham 10 minut kech qolib
Haydamas baqirib dod solib
Darsida uxlamay 5 olib
Domlamni koʻrgani boraman

Domlam domlam domlam domlam
Men oʻqigan kitobni yozgan - Domlam

Aytmaylik kursdoshlar gʻamini
Bildirmay NB lar sonini
Sessiyada olayin koʻnglini
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamni yaxshisin oshiray
Dekandan aybini yashiray
Sessiyada mehrini toshiray
Domlamni koʻrgani boraman

5 talash 4 talash qilmayin
Manga koʻp unga oz demayin
Boshini ogʻritib kelmayin
Domlamni koʻrgani boraman

Xammadan yaxshisiz deb atay
Bemehr koʻnglini yumshatay
Aytganin qilib men yayratay
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamdur buyukim savlatim
Men uchun goʻyoki davlatim
Yodimga olib men da'vatin
Domlamni koʻrgani boraman


© Rustamov Abdulhamid NamMTI talabasi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍196😁89👏23🔥18❤8🤔5🥰4😱1
#tabassum_vaqti 😅

Talaba adabiyotdan imtihon topshiryapti. Yozuvchini tug‘ilgan yili esida-ku, vafot etgan yili esida yo‘q ekan. O‘qituvchi:
— Yozuvchini vafot etgan yilini ayting!
Talaba:
— Uni o‘ldi deyishga tilim bormaydi. U men uchun doim tirik...🥲😂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁374👍66🔥17🤩11👏10😱2🤬2🎉1
⚡️Lisenziyaga ega bo'lmagan soxta oliy ta'lim muassasalaridan ogoh bo'ling!

✅ So'nggi paytlarda Ta'lim inspeksiyasi telegram botiga ayrim fuqarolar “Termiz shahridagi “UNIVERSITY AT-TERMIZIY” MCHJ tomonidan berilgan diplomlar O'zbekistonda oliy ta'lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

📑 Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta'lim tashkilotiga O'zbekistonda oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish huquqini beruvchi hech qanday lisenziyaga ega emasligini ma'lum qiladi.

📃 Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta'lim inspeksiyasidan oliy ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun lisenziya olmagan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍16🤯2🔥1
⚡️​​Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abituriyentlikdan to magistraturagacha

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

Bu bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlarimiz uchun katta imkoniyatdir, nazarimda. Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyat — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha boʻlgan tizim.

Sababi o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot.

© alisher_sadullaev

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍57❤4👏4🤩3🥰2
​⚡️Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍72👏15😁7🔥6🥰4🤬3🤩2🤔1
😂 #tabassum_vaqti #Sessiyada

🙁 Talaba: Iltimos, domla, menga yana bitta savol bering.
🧐 Domla: Ho'p, yoningizda qancha pulingiz bor..?

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁398👍39😱31🤬28👏18🤯12😢9❤7🔥6🎉6🤔4
⚡️ Imtiyozlar guldastasi – OTMlarga o‘qishga kirishda kimda qanday imtiyoz bor?

✅ “Mard o‘g‘lon”, “Nihol” va Zulfiya nomidagi mukofotlar egalari, turli-tuman tanlovlar g‘oliblari, organ xodimlari va o‘rmonchilarning farzandlari, hokim yordamchilari va muayyan hudud yoshlari uchun uchun eksklyuziv imtiyozlar.

👉 https://kun.uz/uz/04585895

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤬62👍31👏9😱9🔥4😁3
#tabassum_vaqti

Kechki hayollar 😃

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁148👍38❤9🤩7👏6🔥5🎉2🤔1
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤32👍17🥰8🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi❓

✅ Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍28🤔3❤2😁2
⚡️ Test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

✅ Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

👉 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
👉 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👉 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

📌 Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etildi:

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
👉 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ Demak 2022-yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🥰3❤1
⚡️ Oltin va kumush medallar OTMlarga kirish uchun imtiyoz beriladimi?

✅ Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini 🥇 oltin va 🥈 kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Mazkur nizomga muvofiq, oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍60👏8😁7😢7😱4🤯1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 Izohni o'zingiz yozing. 😁

P.s: Eng yaxshi izohlarga layk ayamaymiz !

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁288👍82😢64❤13🤩11🔥9🥰4
OTMlarga_kirishdagi_imtiyozlar_2022-yil.pdf
3.8 MB
#Abituriyentlarga

❗️Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar ro‘yxati.

❔ Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

🗓 Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

✅ Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

🏢 Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

❕ Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍55
❗️​Bilasizmi?! O'tgan yilgi abituriyentlarning 36% qismi 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, o'tgan yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan. Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.🤦‍♂️

❓56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kirish ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham koʻrish mumkinki, kirish ballari anchayin past, Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍128🤯23😱16❤12🔥8😁3👏2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27❤2🤬1
⚡️ Talabalarga akademik ta’til tartibi quyidagicha:

2021-yil 3-iyuldagi 344-sonli qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

▪️Nizomga ko‘ra:
- harbiy xizmatni o‘tash;
- salomatligini tiklash;
- homiladorlik va tug‘ish;
- bolalarni parvarish qilish;
- oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

▪️Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

▪️ Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra muassasa rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37🥰3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalarga yotoqxona qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!

⚡️Endi Siz yotoqxona qurib, katta imtiyozlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26🥰3
⚡️Davlat test markazining ma’lum qilishicha, bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o‘tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi belgilab qoʻyilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍41👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Motivatsiyani udari 👊

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤬220😁120👍28🤯27👏13😢8❤6