Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Rasman: Dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi

✅ Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

➖1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
➖2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
➖3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➖4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍101👎18🔥13😱10🥰9🤔4🤩3👏2😁1🤬1
FVV AKADEMIYASI 2022-QABUL MANDAT.pdf
435.6 KB
✅ O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2022/2023-o'quv yili uchun yakuniy (test) natijalari.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍17👏5🥰2🤔2🤬1
⚡️ Navbatdagi mandat: Jamoat xavfsizligi universiteti ham yakuniy natijalarni e'lon qildi!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70👏8👎6❤5🔥4🎉3🥰2😁2
⚡️ Agar siz o’zingizni omadsiz abituriyentman deb hisoblasangiz ushbu javoblar varaqasiga boqing.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😱493😁98😢71👍56🤯56👎18🤬13🤩9❤8👏8🔥7
​​​Qizlarga mazza, kontrakni toʻlash uchun foizsiz kredit olsa boʻladi 😅

✅ Avva xabar qilganimizdek Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❗️Ammo ko‘pchilik buni yaxshi tushunmagani sababli, yani 14 foiz ekanu degan tushunchaga kelgani bois Xushnudbek batafsil barcha yuzaga kelgan savollarga javob berdi.

❓Kredit kimlarga beriladi?

✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

❓Toʻlash qachondan boshlanadi?

✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍89🥰7❤4😁3🤬3
⚡ Rektoratdan jiddiy topshiriq keldi.

Rektoratdan uy hayvonlari bilan rasmga tushib jo’natilsin degan topshiriq keldi.

Katta ehtimol bilan talabalarni uyida nechta qo’y va mollar borligini bilish uchun o’ylab topilgan xiyla bo’lsa kerak. Shunga qarab kontrakt narxini belgilashadi. Keyn talaba o’sha xayvonlarni sotib kontrakt to’laydi.

(c) Sarcasm

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁440👍54🤬47👎24🤯22❤4😱4🔥3🎉3🥰2🤩2
⚡️Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍81👎16🥰5👏4🔥3🤬3❤2🤯2😁1🤔1
⚡️"Mandat bugun, 26-avgust kuni chiqmaydi, 27-avgust kuni ham chiqmasligi mumkin. Umuman, qachon chiqishi hali aniq emas. Bu haqida rasmiy manbalarimiz ma’lum qildi." - deb yozmoqda Masofaviy ta'lim kanali.

🤔 Umuman olganda qachon chiqadi, nega chiqmayabdi deb asabingizni buzishingiz, turli xil yolgo'n bot va kanallarga kirishingiz shart emas. Sabr qilib, chin ko'ngildan duo qilib tursangiz, mandat qachon chiqsa, o'shanda natijani bilib olasiz. Ungacha vahima qilgandan foyda yo'q.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤬414👍228😢47😁44👎27🤯19🙏16🔥10😱6❤5👏3
⚡️ Kecha va bugunni eng ko'p ishlatilgan gapi - Mandat qachon chiqadi?

😉 Bo'lajak talabalar esa talaba bo'lmasdan bu kanalga obuna bo'lishmoqda: @Talabalar
😁338🤣106🤬84👍59🔥17🐳9😱7👎5🤔4❤2🎉1
📸 Dalada ishlayotgan abituriyentlardan Davlat test markaziga alangalik salom!

😎 Mandatni birgalikda kutamiz👇
👉 @TALABALAR | Tarqatamiz
🤣184👍46😁16👏9🤬8❤1🔥1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandatni kutayotgan abituriyent va uning yaqinlarining hozirgi ahvoli 😅

🤲 Sabr qilganlarga yuqori natijalar nasib etsin! Mandat chiqsa albatta kanalda birinchilardan boʻlib e'lon qilamiz!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁104🥰27🙏21👍20🤬12😢7👎2👏2🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅 56.7 balldan kam ball toʻplagan qizini erga berayotgan ona

Onaizorning baxtiyorligini qarang.
Axir, qizining kamolini ko'rish ulkan baxtku! 😁

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁187👍30🤬21👎11😢11🌭7❤5🔥5🤯4🎉1🤩1
⚡️Kontrakt miqdori taxminan qanchaga oshishi kutilmoqda?

✅ Xabaringiz bor, oliy ta'lim muassasalarining kontrakt to'lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog'lab qo'yilgan. MHTEKM:

Hozir – 822 ming so'm
Endilikda – 920 ming so'm

MASALAN: bir yo‘nalish uchun kontrakt narxi MHTEKMning 18 barobariga teng bo‘lsa;

➖ Joriy o'quv yilida: 18×822 000 =14 796 000 ming so‘m.
➖ Yangi o'quv yilidan:
18×920 000 = 16 560 000 ming so‘m bo‘ladi.

〽️ O'rtadagi farq: 1 764 000 so'm.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👎121🤬110👍48😱24🥴9😁5🤯3❤1🤔1
​​​​​«Mandat» haqida she’r yuborishibdi

Qorong‘u kechada Google'ga boqib,
DTM akalardan seni so‘raymen.
Ular esa asta boshini bukib,
Aytadir men buni qaydan bilamen.
Bilmayman, bu mandat bunchalar go‘zal,
Byujet bo‘lmasam gar bo‘larman kasal.

Boshimni olaman abituriyentlar kanali bor yoqqa
Boshlayman undanda seni so‘rmoqqa
Ulda aytadir uchradim DTM degan yoqqa
Ular ham jo‘natdi meni bir yoqqa.
O‘sha yoqda ko‘rdim mandat bir go‘zal,
Byujet kirmasam gar bo‘larman kasal.

Telegram yangiliklarini kezib,
Komentlarda seni so‘rab qolaman,
Ular ham aytmaydi yuragim ezib,
Endi ayt men seni qaydan bilaman.
Ey mandat bilaman sen shunchalar go‘zal,
Byujet kirmasam gar bo‘larman kasal.

Men suyib, men suyib, kimni suyibman?
Men suyib belafz mandatni suyibman.
Uningchun o‘qibman, tayyorlanibman,
Bor pulni repetitorga berib qo‘yibman.
Men suygan mandatjon shunchalar go‘zal,
Byujet kirmasam gar bo‘larman kasal


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍199😁81👎18🤬17👏11❤9🔥9🥰6🤔4
⚡️Bugun 27-avgust hali ham ammo mandatdan darak yo'q.

✅ Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 20-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak. Bugun, 27-avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni, demak.

❗️Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish hisoblanadi.

👉 Maxsus bot: @Mandatlar_2022bot

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍348🤬194👎29😢23😁21❤10🔥9🤯9🥰7🤔2
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

✅ 2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @Mandatlar_2022bot
👉 @Mandatlar_2022bot
👉 @Mandatlar_2022bot
👉 @Mandatlar_2022bot

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍396👎56❤43👏42🤔35🤯30🤬27🥰26🎉26🔥24😁19
⚡ Mandat ham chiqdi kimlarningdir boshiga baxt qushi qoʻndi, qolganlar esa oʻqishga kirdi!

👉 @Talabalar kanali | #tabassum
🤣1.27K👍249😢192😁112🤬93🎉68🕊46❤32👏23🙏21🔥19