Talabalar | Rasmiy kanali
83.2K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
😅 #tabassum_vaqti

😂 Talabalar yotoqxonasi oldida tarvuz sotishning oqibati

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁115👍23👎7🥰2
⚡️XUSHXABAR! TAʼLIM KREDITINI OLISHGA ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH IMKONIYATI YARATILDI!

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:
☑️Kreditga ariza yuborishda arizachi:
- pasporti yoki ID raqami;
- Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
- FISH kiritiladi.

☑️Manzil:
- Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

☑️Kredit maʼlumotlari:
- Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

☑️Kredit olish jarayoni quyidagicha:

▪️Onlayn ariza qoldirish;
▪️Arizani ko‘rib chiqish;
▪️Hujjatlarni rasmiylashtirish;
▪️Kredit ajratish.

📌Ariza yuborish uchun 👉 BU YERNI👈 bosing.

© Talimgaoid_perevod

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37❤3👎2🥰1
⚡️Barcha talabalar, super kontraktda oʻqimoqchi boʻlganlar kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomani ortiqcha navbatlarsiz, odamlar aralashuvisiz olishlari mumkin. Platforma avtomatik ravishda super kontrakt uchun 10% chegirmada hisoblab beradi.

👉 Bugundan xorijdan oʻqishni koʻchirib kelganlar ham onlayn shartnoma olishlari mumkin boʻladi.

👉 Hozirga qadar 10 mingdan ortiq talaba qizlar taʼlim kreditini olgan. Hozir kredit olish jarayonlari toʻliq onlayn tizimga oʻtkazilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍16🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

☝️ Mutlaqo to'g'ri gaplar!

Ukalar, singilar, hali endi o'qishga kirgan yoki kirish niyatidagi talabalarga maslahat bergan bo'lardik: "Pulni orqasidan quvmang, o'zingiz qilayotgan ishga mehr bering, izlaning, mutaxassis bo'ling, pulni o'zi qidirib keladi. U qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar!

To'g'ri milliarder qilmas, lekin sizga yetarlicha keladi!


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍55🔥7👎3🥰2❤1
⚡️ ​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍23👎5👏3🥰2
Shundaylar bormi tez yuboramiz 😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣134😁18👍12👎5🤔3🥰2😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡ Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi

✅ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish uchun ariza bergan va testda o‘tish balini ololmagan talabgorlar ham, agar o‘zlari xohlasa, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👎27👍14😁6🥰5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅 Hozirgi kundagi baʼzi unversitetlardagi qizziq holatlar 00:00

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍72😁51😢14👏6🔥3👎2🥰2❤1
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.
11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.
13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.
15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.
16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70❤7🥰5🔥3😁1
❗️ “Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident.

Oliy ta’lim muassasalari hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍46🔥5👏4🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abduqodir Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan o‘qishga kirayotganlar haqida gapirdi

✅ Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning ishontirishicha, yetarli bilimi yo‘q bola super-kontrakt bilan o‘qishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi. U kredit-modul tizimi ta’limdagi korrupsiyani yo‘qota olishini da’vo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1 yil vaqt berishlarini so‘radi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27👎5🤔3🐳2🥰1
⚡Taʼlim krediti olish uchun talim-krediti.uz onlayn platformasidan foydalaning

Platforma orqali barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar taʼlim krediti olish uchun arizalarini onlayn yoʻllashlari mumkin.

▪️Mazkur sayt Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍12👎3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vazir oliy taʼlimdagi muammolar uchun alohida Telegram-raqam yozib berdi

✅ Abduqodir Toshqulov oliy taʼlim muassasalaridagi individual masalalar uchun +998970362896 Telegram-raqamiga murojaat qilishni soʻradi. Muammo oʻrganilishi uchun murojaat qilgan shaxs anonim boʻlmay, oʻz ism-familiya, manzili va telefon raqamini qoldirishi talab qilinadi.

👉 https://kun.uz/uz/91384109

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍23🥰2👎1
#status

Shunchaki omadi keldi demang,
Uyqusiz tunlarimdan xabaringiz yo'q!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍108😢20👏14🥰7😁6🔥5
😁 Kanalimizdan sizga sovg'a

🤗 Rasmga tabrik izlab qiynalib o‘tirmasligingiz uchun biz sizga har bir yaqiningizga atab tabriklar tayyorlab qo‘ydik.

🙂 Marhamat tanlang 👇
👍15🤬9😱5🥰4🔥2🤣2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLIY TA'LIM nomli qisqa metrajli film

©
Feruz Bahodirov filmi

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍24👏3🥰2
📌 SamDCHTI talabalari yotoqxonaga joylashishlari uchun 14-sentabridan onlayn ariza topshirishlari mumkin

Xabaringiz bor, Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 14-, 15-, 16- va 17-sentabr kunlari berkitiladi.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar turar joylariga joylashish yuzasidan arizalar berish onlayn tartibda manager.samdchti.uz platformasi orqali joriy yilning 14-sentabridan 20-sentabrigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍25👎2🥰2🤯2😢2🤔1
⚡️Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi

“Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.

Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta’lim kreditini yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda o‘qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uchun subsidiyalar ko‘paytiriladi.

Oliy ta’lim vazirligiga oldinroq 207 ta texnikum faoliyatini o‘rganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq bergandi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o‘tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍41👎3🥰2❤1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📌Eslatma:

➡️ Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

➡️ Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍22👏5🥰2❤1