Talabalar | Rasmiy kanali
83.4K subscribers
1.97K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Taʼlim krediti olish istagida boʻlgan talabalar diqqatiga!

✅ Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida talim-krediti.uz platformasi ishga tushirildi.

✅ Platformadan foydalanish imkoniyatlari haqida ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍14👎5🤔1
✨ Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

😇 Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


🤖 @Ismga_tabriklarbot - tabrik yasang!!!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🥰22👍15❤‍🔥6🎉3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

👉 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
✅ o‘z mablag‘lari;
✅ jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
✅ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

❗️To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

◽️ Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
▫️to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
▫️bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
▫️OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

© Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27🎉7❤2👎2🤔2
⚡️ Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

🚩 Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59❤7👏6🐳3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Ikkinchi bosqichgacha fanlarni yaxshi o‘zlashtirmagan talabalarga oliy ta’lim diplomi berilmaydi” – Abduqodir Toshqulov

✅ “Mutaxassilik fanlarini o‘zlashtirishga qiynala boshlagan talabalarga texnikum diplomi beriladi” – deydi oliy ta’lim vaziri.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤬56👍22😁7❤2👎2🤯1
⚡️Taʼlim krediti olish endi yanada osonlashdi

🪪 Talaba xotin-qizlar foizsiz, talaba yigitlar esa asosiy stavkada taʼlim krediti olishi mumkin. Ikkalasida ham taʼlim kreditini qaytarish oʻqishni tugagach boshlanadi va 7 yilga beriladi.

🖥 Endilikda Moliya vazirligining talim-krediti.mf.uz sayti Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining kontrakt.edu.uz sayti bilan integtratsiya qilindi. Ya'ni endi siz Xalq bankidan taʻlim krediti olmoqchi boʻlsangiz talim-krediti.mf.uz saytiga shaxsiy maʻlumotlaringizni kiritganingizda sizning taʻlim maʻlumotlaringiz va kontrakt summasi maʻlumotlari Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining kontrakt.edu.uz saytidan avtomat tarzda keladi.

✅ Hurmatli talabalar! Siz ham taʼlim krediti olmoqchi boʻlsangiz, talim-krediti.mf.uz sayti orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍32🔥4👎2
⚡️Oliy maʼlumot olish uchun 3 yil oʻqiladigan ta'lim yoʻnalishlari borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda koʻrsatilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish muddati 3 yil etib belgilangan. Ya'ni agar siz ushbu 7 ta yo'nalishdan birini tanlasangiz, universitetni 4 yilda emas, 3 yilda bitirasiz.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍43👎10🐳4
⚡️❄️ Issiqroq kiyinamiz: O‘zbekistonda qor yog‘ib, 5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

✅ Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi mintaqalaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi.

✅ Respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati +5 darajagacha pasayadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍44😱28🔥7👎6❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

☝️Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍16❤3👏2
QO'LLANMA @TKTIUZ.pdf
916.7 KB
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️

⚡️ Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun oliy ta'lim bilan bog'liq jarayonlarni qamrab oluvchi maxsus qo'llanma (me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'plami)

Ushbu qo'llanma yordamida:

✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi;
✅ O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi;
✅ Ta’lim kreditlarini olish tartibi;
✅ Talabalar turar joyida yashashning umumiy qoidalari;
✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi;
✅ Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibi;
✅ Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi haqida bilib olishingiz mumkin.

✅ Hurmatli talabalar ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqib, o'z huquq va majburiyatlaringizni bilib oling!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👏6🥴6❤1
🎓 "Talaba xalq maqollari" turkumidan

😂Mashinang yo‘q bo‘lsa ham, “Tankang” bo‘lsin;
😅Talabani urma-so‘kma “Tankasiz” qoldir;
😂Yuz marta iltimosdan, bir marta tanka surgan yaxshi;
😅Bir “Tanka”ga yetti mahalla ota-ona;
😂“Tanka”siga qarab, talabasini ol;
😅Tankalaring zo‘r bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur;
😂Talabani talaba qiladigan ham,
Abituriyent qiladigan ham “Tanka”;
😂Bo‘ladigan talaba "Tankasi"dan ma’lum.
😅Tanka sessiya paytida sinaladi;
😂Tanka achitib gapirar, Talaba kuldirib;
😅Bir tankani qirq talaba bo‘lib yer;
😂Talaba egiladi, bukiladi lekin sinmaydi;
😅Bahosini qo‘yib, Tankasini so‘rama...


✍ Komentariyada davom ettirish sizdan, talaba-do'stlaringizga yuboring.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍75😁29👎11🤣5😱3❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Taʼlim krediti olish istagida boʻlgan talabalar diqqatiga!

✅ Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida talim-krediti.uz platformasi ishga tushirildi.

✅ Platformadan foydalanish imkoniyatlari haqida ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍13👎2🌭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅 Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilariga 1 stavkada ishlashga ruxsat berildi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🕊5❤1
⚡️Talaba ishlashi mumkinmi?

✅ Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍35💯9❤5
❗️Talabalik yaxshi-da!

Uy ishidan qochgani,
Shahar tomon chopgani,
Yaxshi bir qiz topgani,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir mehnat qilmaysan,
"Yer chopaman" demaysan,
O'qib olim bo'lmaysan,
Talabalik yaxshi-da!

Tun yarmi ham kelmaydi,
Birov bilib yurmaydi,
Uydagilar ko'rmaydi,
Talabalik yaxshi-da!

Talaba bu erkin qush,
Kunduz o'qish tunda ish,
Ko'rinadi har xil tush,
Talabalik yaxshi-da!

Puli bo'lsa boyvachcha,
Kursdosh qizlar shaytoncha,
Do'stlarning soni ancha,
Talabalik yaxshi-da!

"O'qishdan chiqar" deb yor,
Gulhayo, Zebo, Dildor,
Hali unga... bunga bor,
Talabalik yaxshi-da!

Qo'llarida burda non,
Ovqat yeydi har zamon,
Joni shu bilan omon,
Talabalik yaxshi-da!

Qizlar bilan yuradi,
Sahar o'n bir turadi,
Stipendiya tushadi,
Talabalik yaxshi-da!

Tushmaydi unga oylik,
Puli bor - bitta choylik,
Stipendiya bu boylik,
Talabalik yaxshi-da!

O'n ikki oy ro'zada,
Hayolda osh yesada,
Cho'ntak qurg'uq tozada,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir yukmas birovga,
Jonin tashlar olovga,
Tuxum solar palovga,
Talabalik yaxshi-da!

Soxta shoir talaba,
Bu she'r hazil. Talaba
Bir kun qilar g'alaba,
Talabalik yaxshi-da!


✍ Soxta shoir

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍94😁28🔥5❤‍🔥2🥰2🤩2😍2❤1👏1
✨ Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

😇 Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


🤖 @Ismga_tabriklarbot - tabrik yasang!!!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍31🥰10❤9❤‍🔥5
⚡️Kredit-modul tizimida talabalar o'qishdan chetlatilmaydi

✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" muvofiq, barcha OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan.

🟥Kredit-modul tamoyili ikki asosiy masalaga ahamiyat beradi:
🟢talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;
🟢talabalarning bilimlari reytingi asosida baholash

Unga ko'ra, universitetlarda o'tiladigan har bitta fan kredit orqali hisoblanadi. Misol uchun, bir fan 4 kredit tizimidan, 6, 7 kreditgacha belgilanishi mumkin. Bunda talaba o'qish semestrlari davomida fanlardan belgilangan kreditlarni yig'ishi kerak. Belgilangan kreditlarni yig'a olmagan, darslarda faol qatnashmagan yoki dars qoldirgan talabalar o'qishdan haydalmaydi. Ular tizimidan qarzdor hisoblanib, belgilangan kreditlarni yig'ish uchun pul to'lab, qayta o'qish va imtihonlarni topshirishi mumkin bo'ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👎19😁4🔥3🤔1
⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍18👎4
⚡️ Kontrakt to'lovining oxirgi muddati 1-noyabr etib belgilandi

✅ Bakalavriat va magistraturaga  tavsiya etilgan hamda o'qishini ko'chirib kelgan talabalar uchun kontrakt to'lovini to'lashning oxirgi muddati 1-noyabr sanasi etib belgilandi.

✅ To'lov qilishga ulgurmaganlar tezroq kontrakt to'lovini amalga oshirishingiz lozim.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👎49👍22😁7🔥2👏1
⚡️ Endi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona 24 soat davomida kechayu kunduz uzluksiz ishlaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍62🥱9🤣5😁4🔥3🤩3