Talabalar | Rasmiy kanali
83.5K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistratura bo‘yicha ikkita muhim yangilik

✅ Batafsil ushbu reportajda, magistraturaga kirmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'yishni unutmang...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍17
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi

🔰
Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

📌 Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

✅ Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

📆 Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27🥰5🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Bayramga eng yaxshi sovga bu...

😉 Tezda kerakli insonlarga yuboramiz, ertaga bayram!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁39👍27👏2🤣2
🎓 O'qish davridagi haqiqatlar...

😁
"Talaba" – boshpanasiz devona!
😅 "Stipendiya" – nomi ulug‘, surpasi quruq!
😴 "Ma'ruza" – eng shirin alla!
🫤 "1-parta" – jonidan to‘ygan!
😰 "Doskadagi talaba" – o‘zing uchun o‘l yetim!
🤠 "Domla va talaba" – Ali bobo va qirq qaroqchi!
😬 "Imtihondagi talaba" – tashqarisi yaltiroq ichi qaltiroq!
😱 "Kafedra" – borsa kelmas ko‘cha!
🤩 "Oxirgi parta" – yettinchi osmon!
😎 "Tanka" – og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boy bolasi gapirsin!
🥳 "Zvanok" – biz kutgan kunlar!
🤓 "Starosta" – chiqmagan jondan umid (xaloskor) .

Davom ettirish sizdan...


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍73😁34❤‍🔥4🔥4🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo'lsin!

🎓 @Talabalar kanali jamoasi sizlarga kelgusi o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, o'qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilab qoladi! Talabalik – oltin davringiz ma'no va mazmunga to'la bo'lsin!

🇺🇿 Shu yurt bizniki, kelajak bizniki. Xalqimizga va jamiyatimizga foydasi tegadigan yetuk kadr bo'lish nasib aylasin!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍77🎉22👏11❤9🔥3🤣2👎1🤬1
🎓 #Profil_uchun

Aziz do'stim...!
Sizni 17-noyabr - "Xalqaro talabalar kuni" bilan tabriklayman...!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🎉48👍21❤11👏3🕊3👎1
🎁 Studentlar Bayram Muborak ENDI 😄

🎓 Barcha talabalarni 17-noyabr Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tabriklayman. Kontraktingiz kamayib, stipendiyangiz koʻpaysin!

🥳 Yaxshi kunda qilingan niyyat amalga oshadi deganlar, siz ham yaxshi niyat qilavering 😉

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🔥41👍34🎉21😁16👏7❤5🕊2
😊 Diqqat bugun so'nggi kun 🔥

💠 Konkurs bayram kuni, ya'ni bugun soat 23:59 da yakunlanadi va ishtirokchilar telefonlar va pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:


🥇1-o'rin: Inoi telefoni 📱
🥈2-o'rin: Artel telefoni 📱
🥉3-o'rin: 500,000 ming so'm 💰
🏅4-o'rin: 400,000 ming so'm 💰
🏅5-o'rin: 300,000 ming so'm 💰
🏅6-8o'rinlar: 200,000 so'mdan 💰
🏅9-10-o'rinlar: 100,000 so'mdan💰


🏆 Hurmatli a'zolar tanlovda faol bo‘ling va pul yutuqlarini birini yutib oling. Hammasi halol va ishonchli, Barchaga omad!

😉 ISHTIROK ETISH UCHUN 👇

https://t.me/talabalar_bot?start=
👍26❤7
​​​​🥳 Talabalar uchun bayram tabrigi🥳

🤗😴 Har tong uyquga to'yib uyg'onib shoshib soatga qaraganda endigina 6:00 bo'lgan bo'lsin!

🤗🙊 512 minglik stipendiyasi ortib qolib, kafe restaranlarga borsin!

🤗😝 Kanspekt qilish man etilib, darslarda faqat bilganini gapirish bo'lsin!

🤗😜 Kontrakt miqdori hammaning himmatiga qarab belgilansin!

🤗🤩 Bilimi yetarli bólgan kuni diplom berilib, o'zini tiklab olishi uchun qo'shimcha mablag' ajratilsin!

😅✍ Tilaklarni kommentda davom ettiramiz, talaba do'stlarga yuborib qo'yamiz, kanalga taklif qilamiz!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍110❤16😁16🔥8🥰3🎉1
Kim nima desa desinu, bayram bayramdek bo'lsinda, qani kelilar bayramga😅

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59🤣52😁18👏5🌭5❤3
​​🎉 17 Noyabr xalqaro talabalar kuniga atab she'r.

O‘qishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulug‘, 
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq, 
Dilda g‘urur, dilda surur, 
Handon erur talaba.

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb, 
Bazan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
G‘amga botmay ishlat miyya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yo‘lingni bur talaba.
 
Bo‘lmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa startsa. 
O‘z bilganingdan qolmasang ham, 
Xo‘p-xo‘p deb tur talaba. 

Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas, 
Talaba degan semiz bo‘lmas. 
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas 
Rost gap shudir talaba. 

Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yig‘lar, 
Sho‘ring qurur talaba. 

Zachyo‘t dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir go`r talaba. 


Talaba kursdoshlaringizga yuborib qo‘ying😉

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍100🤣32😁21👏7❤6👎4🤩3🥰2❤‍🔥1
​​​⚡️​​17-noyabr — "Xalqaro talabalar kuni"

Xalqaro talabalar kunining tarixi:


1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog'liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini (1918-yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan. 1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

P/s: rasmda Yan Opletal va uni dafn etish marosimi tasvirlangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍105🎉21😱19🔥11👎5❤3🤯3
⚡️“Uzbekistan Airways” talabalar uchun chegirma e’lon qildi.

✅ 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun faqat talabalarga 50 foiz chegirma e’lon qilindi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍90👎7❤4🥰2😁2
⚡️Endi universitetda professional kibersportchilar tayyorlanadi.

✅ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o‘quv yilida “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat yo‘nalishi ochiladi. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, o‘qishni tugatgandan so‘ng talabalar professional kibersportchi diplomini olishadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍109😁51👎19🤔4🤬4👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅 Bu – mo'jiza...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😢40👍23😁13❤4🔥3🤔1
⚡️Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

✅ Batafsil:
https://telegra.ph/Talaba-10-soatdan-ortiq-dars-berishi-mumkin-emasmi-08-24

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39😱5👏2
Talabalar shiori: 😎😂

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁111🤣42👍25🥴5🔥4👎3👏2👌2
⚡️Kontrakt to'lash muddati yana uzaytirildi!

✅ Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍41😁13
😂 ​Sessiya bu - ...

​🔔 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

🔔 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

🔔 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

🔔 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

🔔 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

🔔 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

🔔 Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

🔔 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

🔔 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

🔔 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

🔔 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁75👍52💯8🤣5🥰3😱3🕊1