Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
😂 Bekorga ovora bo'lmanglar....

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣256👍18🤔9⚡7🔥7❤‍🔥4🤝4👀3
😅 Ishyoqmas, tekintomoq, dangasa talabalar uchun 7 qoida:
⠀
1 — Yotadigan krovatingni oʻzingni sevganingdek sev.⠀
2 — Kimdir dam olayotganini koʻrsang, albatta, yordamga oshiq.⠀
3 — Kitob - muqaddas narsa, unga tega koʻrma!⠀
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin boʻlsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sogʻlom boʻladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sogʻayishsin.⠀
6 — Toʻsatdan o‘qiging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, oʻtib ketadi.⠀
7 — Aslo unutma, o‘qish baribir tugamaydi !⠀

😉 Albatta bularga amal qiling! Talabalarga yuborishni aslo unutmang!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣195👍26😢8🔥6🤓6✍2❤‍🔥2👌2👀2⚡1
⚡️ Barcha toifadagi oʻqituvchilar oyligi besh yil ichida to‘rt baravar oshirildi — vazirlik

✅ Ma‘lum qilinishicha, hozirda OTMlar oʻqituvchilarning oʻrtacha oyligi 10 mln soʻmdan yuqori.

Batafsil — http://dy.uz/lGiCR

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣76👍27👀11⚡8🔥5✍4😢3🤓2☃1
⚡️ Talabalar bilan uchrashuv

✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg’ona politexnika institutida yosh ixtirochi talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi. Institut talabasi Asadbek Zokirov tomonidan yaratilgan “Avtomatlashtirilgan savdo shkafi” bugungi kundagi innovatsion loyiha ekanligini ta’kidlab, respublikadagi barcha oliygohlarning talabalar turar joylariga o’rnatilishi kerakligini aytdi.

✅ Talablar tomonidan ixtiro qilingan velodrom I. Abdurahmonovda qiziqish uyg’otdi va ushbu qurilmani ham viloyatdagi barcha maktabgacha ta’im muassasalariga o’rnatish zarurligini ta’kidlab, mazkur masala bo‘yicha viloyat Innovatsiya markazi rahbari Z.Yunusovga alohida topshiriq berdi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥1
​⚡️2023-YIL — «INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM» yili

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni yeʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🤣28🤓6⚡3❤‍🔥2🔥2🤔1
⚡️ Tinib-tinchimagan talabalar konspekt qilishning yangi usulini o‘ylab topishdi va buni amaliyotga tatbiq etishmoqda :)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233🤣148🤓18🤔16✍12👌9👀9⚡4🔥4☃2❤‍🔥2
😂 Sessiyadan o'tganlarga yuboramiz...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣172👍22🤓10🔥7😢6⚡5❤‍🔥3🕊3👀2✍1
😂 Nechinchi kursda o'qiysiz...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣227👍24🤓8⚡2👀2☃1🕊1
😂 Dekanatga kiraverishda eshikka yozib qo'yilgan xabarlardan biri

To'g'risiyamda, bularni qizlar haqida ma'lumot berishdan boshqa ishi yo'qmi)))

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣132👍25👀5🤔4✍1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari qatorida tan olinadimi?

🎙 Ushbu savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21⚡1
​👨‍🎓 Talaba lug’ati 😎

▪ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
▪1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
▪ Imtihon – “Dahshat”
▪ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
▪ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
▪ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
▪ Universitet – “Javohirlar sandig’i”
▪ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
▪ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
▪ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
▪ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
▪ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
▪ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
▪ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
▪ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
▪ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
▪ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
▪ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…
😁

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🤣33❤‍🔥6🤔5⚡3✍1🤓1
Sessiya yaqin qolganda talabalarni aytgan qoʻshigʻi😁

Bozorga chiqbdi qulpunay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib ilinib olvolay
Domlamni koʻrgani boraman

Kursdoshlarlar yoʻlimni toʻssa ham
Poyimga tikanlar oʻssa ham
Bir pochka (g)ul olib boʻlsa ham
Domlani koʻrgani boraman

Kirsam ham 10 minut kech qolib
Haydamas baqirib dod solib
Darsida uxlamay 5 olib
Domlamni koʻrgani boraman

Domlam domlam domlam domlam
Men oʻqigan kitobni yozgan - Domlam

Aytmaylik kursdoshlar gʻamini
Bildirmay NB lar sonini
Sessiyada olayin koʻnglini
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamni yaxshisin oshiray
Dekandan aybini yashiray
Sessiyada mehrini toshiray
Domlamni koʻrgani boraman

5 talash 4 talash qilmayin
Manga koʻp unga oz demayin
Boshini ogʻritib kelmayin
Domlamni koʻrgani boraman

Xammadan yaxshisiz deb atay
Bemehr koʻnglini yumshatay
Aytganin qilib men yayratay
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamdur buyukim savlatim
Men uchun goʻyoki davlatim
Yodimga olib men da'vatin
Domlamni koʻrgani boraman


© Rustamov Abdulhamid NamMTI talabasi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣124👍48👌7✍4🤓4🤝4👀1
⚡️Talaba va domla bir xonada yolgʻiz uchrashib qolganda

Talaba:
➖ Assalomu alaykum, mening pul olmaydigan domlam!

Domla:
➖ Iyaa, keling, keling doim sessiyadan o'tolmaydigan va meni boqadigan talabam. 😁🙊

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣210👍25🤓15🤔9⚡6😢4🔥1
⚡️Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌44👍25🤓9😢5✍4☃1
⚡️ Bolaning talabalik davrigacha eshitadigan gaplari 😄

▶️ Maktab vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi!”
▶️ Kollej vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, oʻqishga kirishing kerak!”
▶️ Institut vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, tugatib ishga kir, muhimi shu!”
▶️ Ishga kirgach: “Uylansang uylanda endi, shuncha paytdan beri birorta qiz topmagansan, tezroq top”.

© Humoyun Xudayorov

🎓@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣255👍37🤓4🔥3🤔2🤝1
⚡️ Maxsus harbiy tuzilmalarda ushbu jadvalni askarlarning kuzatish qobiliyatini tekshirish uchun o‘ylab topilgan.

😍 Bu yerda 1 dan 90 gacha bo‘lgan raqamlarni ketma-ket topish kerak.

▶️ 10-14 daqiqada topsangiz - yaxshi.
▶️ 15-19 daqiqada topsangiz - o‘rtacha.
▶️ 20-25 daqiqada topsangiz - yomon.

🙂 Hoziroq o'zingizni sinab ko'ring...!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🤓5✍4👀4
⚡️ Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati

▪️Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.

▪️Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.

▪️Shvetsiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.

▪️Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.

▪️Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...

▪️Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156😢29🔥15❤‍🔥4⚡3☃3🤔2🤣2✍1🤓1👀1
😂 #kechki_motivatsiya #hazil

– Kunlarning birida, sichqon teshikning yoniga kelib, tashqariga chiqaymi, yoʻqmi, deb qoʻrqib tursa, tashqaridan itning vovullagan ovozi eshitilibdi. Sichqon “it vovullayotgan joyda mushuk boʻlmaydi”, deb, tashqariga chiqsa, vovullayotgan mushuk ekan. Shu payt mushuk shartta sichqonni ushlab, yeb qo‘yibdi va oʻziga oʻzi “Chet tilini bilgan och qolmaydi!”, degan ekan...😅

P.S.: Siz ham kelajakda och qolmay desangiz, birorta chet tilini bilib oling!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣206👍43⚡13😢5🤓5☃3👀3🔥2