Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
Hozirgacha olingan milliy sertifikatlar ham o‘zgaradimi?

◼️ Endi milliy sertifikat imtihonida talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

Qonun hujjatlarida ortga qaytish mumkin emasligi sababli, oldingi sertifikatlar A va A+ kabi darajalanmagani uchun bu talab oldingi sertifikatlarga amal qilmaydi.

Rash modeli joriy etilgungacha bo‘lgan olingan sertifikatlar to amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchida qoladi.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👀4🔥2❤1🤪1
📖 Kitob o‘qish bilan qanday foyda ko‘rsa bo‘ladi?

👀 Qimmatli bilimlarga ega bo‘lish;

🧠 Miyani mashq qildirish;

💡 Diqqat jamlash qobiliyatini yaxshilash;

📚Xotirani yaxshilash;

😊 Rohatlanish;

👥 Boshqalarni tushunish qobiliyatini shakllantirish;

🎤 Muloqot ko‘nikmasini yaxshilash;

😡 Stressni kamaytirish;

✔️ Aqliy salomatlikni yaxshilash;

🟢 Uzoqroq yashash mumkin.

💬 Siz ham kitob o‘qiysizmi? Agar o‘qimayotgan bo‘lsangiz, bu foydalardan bebahra qolmaslik uchun o‘qing.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2👏2❤1🤝1
😉 Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari

➖ Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.

➖ Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!

➖ Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling! 

➖ Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!

➖ Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

➖ Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍18🔥5🤝1
⚡️Bitiruvchi talaba yakuniy attestatsiyani qanday topshirishni o'zi tanlaydi

◼️ Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko'rinishida topshirilishi mumkin.

1️⃣ Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

2️⃣ Diplom loyihasi himoyasi;

3️⃣ Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥2👏1🤣1
🔥Xotirjamlikka eltuvchi sabablarni o'zingizga aytib turing

✔️ Qalb xotirjamligim hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo‘ladi.

✔️ Yo‘limda uchragan har bir kishiga sog‘lik, baxt va mufaqqiyat tilayman.

✔️︎ Har bir do‘stimni uning qandaydir iste’dodi borligiga ishontiraman.

✔️︎ Har qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko‘raman va har bir niyatim amalga oshishi uchun harakat qilaman.

✔️︎ Faqat yaxshi narsalarni o‘ylayman, faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.

✔️︎ Boshqalarning yutug‘idan xuddi o‘z yutug‘imdek quvonaman.

✔️︎ O‘tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.

✔️ Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.

✔️︎ Xavotirlanmaslik uchun xotirjam, g‘azablanmaslik uchun kechirimli, qo‘rqmaslik uchun kuchli bo‘laman va muammolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15👍9🔥6
⚡️ Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi

Prezident qaroriga ko‘ra, shu yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishi diplom ishi, magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadigan bo‘ldi.

Bu degani agar talabada biror startap loyiha bo‘lsa, yana o‘tirib 60 betlab diplom yozishi shartmas. Xullas, bilimni gapda emas, amalda ko‘rsatsa, ballini olib ketaveradi.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏5
❗️ Yaxshi o‘zlashtirishga xalaqit beradigan yomon odatlarni bilasizmi?

Ularni topib jamlashga harakat qildik. Ko‘ring, agar sizda qaysidirlari bo‘lsa, ularni tuzatishga harakat qilishingiz mumkin.

📱Chalg‘itadigan narsalarning bo‘lishi. Telefonni hadeb tekshirib ko‘rish, televizorni bir yoqib ko‘rish kabi odatlar o‘qishga xalaqit beradi.

🔙 Kechiktirish. O‘zlashtirish uchun zarur ma’lumotlarni keyinroq o‘rganarman deb qoldirib qo‘yish va oz qolganda ularning hammasini o‘zlashtirib olaman deb o‘ylash. Buning imkoni kamligini, bo‘lsa ham, samaradorlikka ta’sir qilishini bilamiz.

⌛️Vaqtni taqsimlashga e’tibor qaratmaslik. Qaysi payt nimani o‘rganish, unga qancha vaqt ajratishni to‘g‘ri rejalashtirmaslik betartiblikka, betartiblik esa yaxshi o‘qiy olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.

📖 Juda tez o‘qish. Matnlarni o‘qiyotganda o‘qish tezligini haddan oshirib yuborish eslab qolish va ma’noni tushunishga xalaqit berishi mumkin.

🚶 Murakkab bo'limlarni o‘zlashtirishdan qochish. Qaysidir mavzu sizga qiyinlik qilsa, uni tashlab ketish osonrog‘ini o‘qish yechim emas. Bu umumuy fanni tushunmay qolishga, imtihon vaqtida shu mavzudan tushadigan savollarni yecha olmay qolishga sabab bo‘lishi mumkin.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏1
🥳 Kelayotgan RAMAZON munosabati bilan online til kurslariga 30%lik CHEGIRMA!

Assalomu alaykum xurmatli ilmga ishtiyoqmand do'stim. Sizlarga «Al Andalus» jamoasi, kelayotgan yangi Ramazon oyini o'zgacha xolatda kutib olishingiz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

15-30 yanvargacha
📌 Arab tili
📌 Koreys tili
📌 Ingliz tili
📌 Rus tili

Online kurslarini "Ramazon" promokodi orqali 30%lik chegirmada xarid qiling.

💰 Kurs narxi: O'rtacha 200ming so'mni tashkil etadi.

🦾 «AL ANDALUS» - Arzon va Sifatli tarzda, Tajribali Ustozlardan Ilm Oling  va Maqsadlaringizga Biz Bilan Erishing!

Aloqa uchun ⬇️
📞+998900441649
📧 @Alandalus_admin

Online ro'xyatdan o'tish: https://forms.gle/BaV7825Dx27gMhtH7

📍Biz bilan dunyoning istalgan nuqtasida ta'lim oling.
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 DIPLOM - bu oddiy qog'oz emas...!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣77👍4🔥3👀1
🔥 Natijalarga erishing!

💪 Eng katta motivator — ma’lum bir ishda taraqqiyotga erishishdir.

O‘z faoliyatingizga qanday baho berishingiz sizning oldinga intilishingizga va yutuqlaringizdan quvonishingizga bog‘liq. O'z erishayotgan yutuqlaringizdan xursand bo'lgan holda yangi maqsadlar qo'ying.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19⚡3👏2🔥1
Forwarded from Toshkentliklar 🇺🇿|Расмий канал
🏛 Toshkent shahridagi IMC Academy hamda Buyuk Britaniyaning Pearson education bilan hamkorlikdagi BTEC foundation dasturi 2024- o'quv yili uchun qishki qabul boshladi!

2024-yilning fevral oyida Foundation darajasida oʻqishni boshlang, muvaffaqiyatli bitiruvchilar O'zbekistondagi xalqaro universitetlarda (MDIS, TMS va boshqalar), xorijiy universitetlar filiallarida, qo'shma ikki diplom dasturlarida, ( IMC Krems, LSE&UoL, Ural) yoki chet elda 2-kursga oʻtish imkoniyatiga ega bo’ladi.

🏆 Afzal tomonlari:
➡️ Grant o‘rinlari;
➡️ Ingliz tilida ta'lim;
➡️ Xalqaro standartlar bo'yicha ta'lim;
➡️ Davlat OTMga o'qishni ko'chirish;
➡️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➡️ Work & Travel;

Ta'lim yo'nalishlari:
🤝 Biznes boshqaruvi
💻 Axborot texnologiyasi

📆 Hujjatlar 8-fevralgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

🔔 Kirish imtihonlari 10-fevral kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
(TDIU 2-bino 2-qavat IMC Academy)

🔗 Hujjat topshirish uchun havola

☎️ Murojaat uchun:
+998909950110 (telegram)
+998997618909 (telegram)

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
✅Rasmiy Telegram kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
😊😊😊😊😊😊

​📝 Eh talaba, talaba...

Qoʻlda eski diplomat,
Turar tikka sarvqomat,
Unga kulgani omad,
Eh talaba, talaba.

Yilda bir bor kiyinar,
Ozgʻinligi bilinar,
Domlalarga ilinar,
Eh talaba, talaba.

Toʻyib yemaydi ovqat,
Qoldi suyagi faqat,
Kun-u tun o‘qir “doklat”,
Eh talaba, talaba.

Imtixonga oz qoldi,
Boshga ne kunlar soldi,
Domla jonimiz oldi,
Eh talaba, talaba...

Yurar baho ololmay,
Choʻntakka pul sololmay,
Darslariga qololmay,
Eh talaba, talaba.

Yotoqxona manzili,
Charchab osilar tili,
Baʼzan oʻksinar dili,
Eh talaba, talaba.

Kitoblari hayoti,
Sessiyadir mamoti,
Kim ham eshitar dodi?
Eh talaba, talaba.

Uy qidirib sargardon,
Yoqtirgan soʻzi arzon,
Buzilgandir oshqozon,
Eh talaba , talaba,

Gemoglabin tushmoqda,
Boshidan xush uchmoqda,
Uni sinov quchmoqda,
Eh talaba, talaba.

Bizni kutar kelajak,
Kulib boqar gʻalaba.
Ilmimiz boʻlar tirgak,
Biz talaba, talaba.

Budir omad, bu oq yoʻl,
Boshimizdan yogʻsin doʻl,
Maqsadga beraylik qoʻl,
Biz talaba, talaba.

(Hazil sheʼr)

Davomi bor....👇

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🤣6🔥4👏4👀2⚡1👌1🤝1
Talabadan - talabalar uchun! 🎓

Hammaga salom! 🚀 Mening ismim Muxlisa va men dunyoning eng nufuzli universitetlar qatoriga kiruvchi, Italiyaning Rim shahrida joylashgan, Sapienza universiteti magistratura talabasiman!

Agar siz ham chet elda o'qishni orzu qilsangiz, lekin qiyinchiliklardan qo'rqsangiz va qayerdan boshlashni bilmasangiz, men yordam berish uchun shu yerdaman! 🌟

🔍 Quyidagilarni taklif qilaman:

- mos universitet tanlash
- hujjatlarni topshirish
- jarayon davomida shaxsiy yordam
- hujjatlarni rasmiylashtirish

💼 Mening tajribam:

- Stipendiya orqali bepul ta’lim
- Agentliklarsiz mustaqil qabul
- Yangi muhitga muvaffaqiyatli moslashish


📬 Men bilan qanday bog'lanish mumkin:

1. Instagram sahifamga o'ting
2. Menga shaxsiy xabar yozing
3. Orzularingiz va savollaringiz bilan o'rtoqlashing!

🚨 DIQQAT, Talabalar! 🚨
✨ Universitetlarga qabul boshlandi, hujjatlarni topshirish vaqti cheklangan! ✨

⏰ Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! Birgalikda orzuingizdagi kelajakni yaratamiz!
👍29🤣4⚡3❤1
❗️Energiyangizni o'g'irlaydigan 5 odat

1. Bittada ko'p narsalarni reja qilish

Kunlik reja tuzayotganingizda qilinishi kerak bo'lgan yumushlar 2tadan 6tagacha bo'lishi kerak. 6 tadan ko'proq bo'lsa, diqqatingiz bo'linadi. Ishlaringiz bajarilmay qoladi.

2. Hamma ishni oxirgi daqiqada qilish

Bu odat insonni shoshilishga undaydi. Shoshilgan inson ko'proq xato qilishga moil bo'ladi. Bundan tashqari, shoshilish - insonni stressga tushirib qo'yadi.

3. Boshingizdagi salbiy senariylarni o'ylash

Salbiy narsalar haqida o'ylash insonni tushkun holga olib keladi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni tushuradi.

4. O'zingizni boshqalar bilan solishtirish

O'zingizni boshqalar bilan solishtirish - o'zingizga bo'lgan ishonchni tushurib yuborishi mumkin.

Yodda saqlang, hammaning sharoiti har xil. O'zingizning sharoitingizdan kelib chiqib, qo'lingizdan kelgani barcha ishni qiling. Shuni o'zi kifoya.

5. Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib turish

Hozirgi vaqtda diqqatni chalg'ituvchi eng katta omillardan biri - bu ijtimoiy tarmoqlar. Kun mobaynida ularni tekshirib turish - vaqtingiz suvga oqizish bilan barobar.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏8🔥4⚡2
⚡️ Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi

◼️Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.

📄 Bundan tashqari, qaror bilan:

➖ tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

➖ tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥5👀5
⚡️ Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

📌 Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

✅ Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤣10👀7
🔥 Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

📎 Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

📎 Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

📎 Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

📎 Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

📎 Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤4👌3
📢 Соғлиқни сақлаш ва таълим тизимидаги ислоҳотлар бўйича Лойиҳа офисларига ишга таклиф этамиз!

Агар сиз соғлиқни сақлаш ёки таълим тизими ривожланишига ўз хиссангизни қўшиш, келгуси йилларда миллатнинг саломатлиги ва билимини шакллантириш ислоҳоти билан шуғулланадиган жамоа аъзоси бўлиш истагида бўлсангиз, ушбу имконият айнан сиз учун!

Асосий вазифалар:
• Таълим ва тиббиёт соҳасидаги амалдаги ёндашувлар ва тажрибалар таҳлили;
• Ушбу соҳаларни ислоҳ қилиш бўйича янги ғоя ва ечимлар ишлаб чиқиш;
• Халқаро экспертлар ва ташкилотлар билан ҳамкорлик ўрнатиш.

Лойиҳа офисига тиббиёт ёки таълим тизимида чет элда ўқиган ёки ишлаган мутахассислар зарур. Агар сиз ушбу соҳаларга хисса қўшиш ниятида бўлсангиз резюме (CV) ва ушбу соҳаларни қандай ислоҳ қилиш тўғрисида фикрингизни ёзиб, @projectofficevacancybot ботига жўнатинг.

❗️Диққат: ботни ишга туширгандан сўнг, резюмени юклаб, юборишингиз сўралади.

Тиббиёт ва таълимда тарихий ислоҳотларни амалга ошириш учун жамоага қўшилинг!
👍8👏4❤2🤝2
✈️ Sun'iy intellekt imtihon oladi

👍 25-yanvar kuni Ibrat Academy marafoniga ro'yxatga olish boshlandi. Talabgorlar 31-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Imtihon 2 bosqichda:
1. “Ibrat Academy” ilovasi orqali til ko’nikmalari 15 kun mobaynida AI (Sun'iy intellekt) tomonidan inson omili aralashuvisiz onlayn tekshirib boriladi.

2. AI saralagan 100 nafar ishtirokchi maxsus oflayn mock IELTS imtihonidan o'tadi (bunda "Ibrat Academy" ilovasidan olingan sertifikatga ham ega bo'lishi zarur).

2-bosqichda yuqori natija ko'rsatgan 7 nafar ishtirokchi Londonga 7 kunlik ta’lim sayohati yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Mock IELTSdan 7 va undan yuqori ball olganlar 1 mln so'm miqdorida mukofot olishadi.

🏆 Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!

➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android

P.S. Marafon haqida to’liq ma’lumot.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏5🔥2
❔O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?

✔️ 4 ta:
➖ Kunduzgi;
➖ Kechki;
➖ Sirtqi;
➖ Masofaviy.

Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥3👏2⚡1