Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍🕸

2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi


📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥3⚡2👏1
🌙 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik tilab qolamiz. Keyingi hayitlarni ham ko'rishni Olloh o'zi yetkazsin✨

🕋 Hayit muborak aziz dindoshim✨

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡8❤6👍2🔥2👏2
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

😊😊😊😊😊😊

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🤝3🔥2⚡1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓❓❓

⚡️Xususiy ya’ni Nodavlat universitetlarning bitiruvchilari va Davlat universitetining bitiruvchilari oladigan diplomning farqi bormi?

Yuqoridagi videoni ko’rish davomida siz ushbu savolga batafsil javob olasiz.


‼️ Ushbu videoni Nodavlat universitetlarning diplomi o’tmaydi, u bilan ishga kira olmaysan degan tanishingizga yuborib qo’ying!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏3👌2🔥1
🤔 Qiyshiq chiziqni topib ko'ringchi!

Aytishlaricha, agar hamma chiziqlar qiyshiqdek ko'rinsa siz juda charchagansiz! :)

Topganlar, izohlarda yozib qoldiring.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18❤6👍6👌6🤣5👀4🤪4⚡1🔥1🤝1
🗓 Sizda 25-iyungacha muddat bor!

❌ To'lov kechiksa, testga kiritilmaydi!
🚫abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

🚫 agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

🚫Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

🚫 Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

🚫 fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥3🤪3⚡1👍1👏1👀1
Huquqshunoslik_UZB.pdf
74.2 KB
❓Imtihonda qanday savol tushadi?
⚡️Namunaviy testlar e'lon qilindi!

📄Bu fayllar — BMBA saytida yuklangan namunaviy test topshiriqlari, shunga o'xshash test kirish imtihonida ham sizga tushadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏8⚡2👍2🔥1
⚡️ Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini toʻlab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.


🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13❤11⚡2🔥1🤝1
📈 ​Abituriyentlar yarim million bo'ldi!

3 kundan keyin OTM va kollej/texnikumlarga qabulning 1-bosqichi tugaydi. Bugun 10:00 holati bo'yicha yarim milliondan ortiq, ya'ni 506.788 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Avvalgi yillarda-chi?

➖ 2024-yilda – 894 279 nafar
➖ 2023-yilda – 1 018.000 nafar;
➖ 2022-yilda – 1 214 232 nafar;
➖ 2021-yilda – 948.000 nafar;
➖ 2020-yilda – 1 484 085 nafar;
➖ 2019-yilda – 1 066 925 nafar;
➖ 2018-yilda – 675 049 nafar;
➖ 2017-yilda – 729 950 nafar;
➖ 2016-yilda – 663 304 nafar
abituriyent hujjat topshirgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14❤5⚡3👏2👀2👌1
⚡️Abituriyentlarga muhim eslatma! 

⏳2025-yil 25-iyun soat 23:59 – Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning SO‘NGGI SANASI! 

❌So‘nggi kunlarga qoldirmang! Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin. 

🔹 ERTA RO‘YXATDAN O‘TING! 
🔹 Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring! 
🔹 Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang! 

ℹ️ 25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi! 

✅Eslatma: 
✔️ Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring. 
✔️To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling. 
✔️So‘nggi kunlarda tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin – hozirroq harakat qiling! 


🌐Ro‘yxatdan o‘tish: my.uzbmb.uz 

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👏3⚡2🔥1
🌟 IMTIHONGA KIRISHDA TALABALAR UCHUN DUOLAR:

Imtihon oldi, tahajjud va zikrlarni ko’paytiring. Ota onangizdan, muallimlaringizdan duo oling. Va quyidagi duolarni ko’paytirib, Allohga tavakkul qiling:

🌟“Hasbunallohi va nimal vakil”
Bizga Allohning o’zi kifoya, U qanday yaxshi vakil.

🌟“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”.
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.


🌟“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤30🔥12👍4⚡3👏3