Talabalar | Rasmiy kanali
84.5K subscribers
1.96K photos
736 videos
117 files
3.71K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
🆔 “086-forma”ni Yagona portal orqali olish mumkin

✅ Yagona portal (My.gov.uz)dagi “Sog‘liqni saqlash” bo‘limida ushbu xizmat ishga tushirildi.

✅ Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, ma’lumotnoma portalda shakllanishi uchun fuqaro avval tegishli tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍10👀4🔥2⚡1🤝1
❗️1- iyundan xususiy universitetlarda qabul boshlandi

✅ O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026–2027 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlandi.

✅ Faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi.

🗓 Qabul jarayoni odatda iyun–sentyabr oylarida davom etadi.

✅ Shuningdek, kelgusida har bir xususiy oliygoh uchun qabul kvotalari belgilanishi rejalashtirilgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👏3🤣2⚡1🔥1
⚡️Toshkentda talaba qiz o‘qituvchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida O‘zDJTU talabasi bo‘lgan 2004-yilda tug‘ilgan qiz va uning tanishi — 51 yoshli Xitoy fuqarosi rashk sabab 1998-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi tomonidan pichoqlangan.

Xitoylik erkak voqea joyida vafot etgan, talaba qiz esa ikki kun o‘tib shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisadan so‘ng universitetda faoliyat yurituvchi erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlardan talaba-qizlarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar, shilqimlik va tazyiqlarga yo‘l qo‘ymaslik mazmunidagi kafolat xati (tilxat) olingan.

Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀16❤15🔥11
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati
 
Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan.

Kitoblar ro'yxati quyidagicha:

1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar"
2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon"
3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor"
5. Mirmuhsin "Me’mor"
6. Choʻlpon "Kecha va kunduz"
7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon"
8. Abdulla Oripov "Sohibqiron"
9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni"
10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi)


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36🔥4👏4⚡2👌2👍1
⚡️ Ertadan 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡13❤11🔥4👍3👏2
❗️Qabul-2026 ochildi

✅ Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔔 Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍4⚡2🔥2🤣1👀1🤝1
☺️ ALFRAGANUS UNIVERSITETI YEVROPADA TAN OLINGANI HAQIDA XABARLAR TARQALMOQDA

👍 Gap shundaki universitet Yevropaning EQAS sertifikatini qo’lga kiritgan edi. O’tgan oyda universitet Amerikaning bir qator nufuzli universitetlariga tashrif buyurib qoshma ta’lim dasturi bo’yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.

🤝 Qayerda o’qisam ekan deyotganlarga ushbu yangilikni yuborib qoying!

🔵Qabulga oid savollar: 78 122 75 57
🔵T/m: @Alfraganus_callcenter
🔵T/m kanal: @Alfraganusuniversity
🔵Instagram: havolalink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2👌2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

⚡️Rasman: 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi


🔰 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤50🔥6⚡4👍2👏2👌1👀1
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirish mumkin – hatto talabalar ham

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin.


🖊 Buning uchun, 5-iyun va 25-iyun oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin.

➡️15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.

✅Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi.

⚠️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas.

☝️Yana bir muhim jihat: OTMlarda tahsil olayotgan talabalar ham abituriyent sifatida hujjat topshirib koʻrishlari mumkin. Bu oʻzi xoxlamagan yoʻnalishga oʻqishga kirib qolgan talabalar uchun ikkinchi imkoniyat degani.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35🔥2👏2👌2👍1🤣1
⚡️Abituriyentlar, ID-karta olishni unutmang

✅ Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari tugagunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥6⚡3👏1
⚡️Qabul ro‘yxatidan o‘tgan abituriyentlar soni 71 446 nafarga yetdi

━━━━━━━━━━━━━━━━
🖥 Ro'yxatdan o'tganlar
       71 446 nafar
      📈 +27 526  (+62.7%)  (o'tgan yilga nisbatan)
      2025-yil: 43 920 nafar

🎓 Shundan:
🔹 Joriy yil bitiruvchilari:  32 468
🔹 Avvalgi yil bitiruvchilari:  38 978

👥 Jins bo'yicha taqsimot
🙎🏻‍♂️ Erkaklar:  42 250  (59.1%)
      ▰▰▰▰▰▰▰▱▱▱▱
🙍🏻‍♀️ Ayollar:  29 196  (40.9%)
      ▰▰▰▰▰▱▱▱▱▱▱

📚 Ta'lim tili bo'yicha
🇺🇿 O'zbek:  63 021  (88.2%)
🇷🇺 Rus:  7 386  (10.3%)
📗 Qoraqalpoq:  888  (1.2%)
🌐 Boshqa:  151  (0.2%)

━━━━━━━━━━━━━━━━
📍 Hududlar bo'yicha taqsimot
1. Toshkent shahri — 15 460 nafar (21.6%)
2. Samarqand viloyati — 7 942 nafar (11.1%)
3. Andijon viloyati — 6 779 nafar (9.5%)
4. Farg‘ona viloyati — 6 286 nafar (8.8%)
5. Qashqadaryo viloyati — 5 308 nafar (7.4%)
6. Namangan viloyati — 4 523 nafar (6.3%)
7. Navoiy viloyati — 4 372 nafar (6.1%)
8. Xorazm viloyati — 3 900 nafar (5.5%)
9. Jizzax viloyati — 3 631 nafar (5.1%)
10. Buxoro viloyati — 3 478 nafar (4.9%)
11. Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 2 629 nafar (3.7%)
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 521 nafar (3.5%)
13. Sirdaryo viloyati — 2 372 nafar (3.3%)
14. Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 1 506 nafar (2.1%)
15. Nurafshon shahri (Toshkent viloyati) — 619 nafar (0.9%)
16. So'x tumani — 120 nafar (0.2%)


🕔 09.06.2026  18:47 holatiga

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26🔥6👏5👌3
🇦🇪 BAAda TO‘LIQ GRANT asosida o‘qish imkoniyati

Sharjadagi Al Qasimia University talabalarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

🎓 Bepul ta’lim

💰 Har oy 1500 AED (410$) stipendiya

🏠 Bepul yotoqxona va 3 mahal ovqat

🧕 Qizlar uchun alohida kampus va xuddi shu sharoitlar

📚 Arab tilini bilmasangiz ham muammo emas — tayyorlov kursi mavjud

📅 2026/2027 o‘quv yili qabuli davom etmoqda

👤 16–24 yoshdagi bitiruvchilar hujjat topshirishlari mumkin

TARJUMAN EDU sizga quyidagilarda yordam beradi:

✅ Hujjatlarni tarjima qilish
✅ Hujjatlarni tekshirish
✅ Universitetga topshirish
✅ Qabul natijasigacha kuzatib borish

🌐 Ariza topshirish: tarjumanedu.com

💬 Bepul konsultatsiya:
@TARJUMAN_EDU

📢 Grantlar va qabul yangiliklari:
@tarjumanedu
❤16👍2
Bakalavr_kvota_grant.pdf
8.5 MB
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi

✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan.

✅ Davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29⚡3🔥2🤝2👀1
❓ Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak? 

✅ Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish bepul, avvalgi yillarda bitirganlar 206 ming so‘m to‘lashi kerak.

✅ To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi. To‘lovni 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart.

❓ Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
➖ taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
➖ Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
➖ to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
➖ nogironligi bor shaxslar;
➖ ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8⚡4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡ Davlat va nodavlat OTMlar diplomi o'rtasida farq bormi?

✅O'zbekistonda litsenziya asosida faoliyatini olib borayotgan har qanday xususiy oliygoh beradigan diplom, davlat oliygohi beradigan diplom bilan bir xil yuridik kuchga ega.

⏺ Bazi davlat universitetlari tomonidan bilib-bilmasdan xususiy universitetlarni raqobatchi sifatida ko'rganligi uchun yoki dushman ko'zi bilan qaraganligi uchun aholi o'rtasida xususiy universitetlar diplomi o'tmaydi degan salbiy fikrni tarqatishga harakat qilyapti. — Rasul Kusherbayev


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👏7🤣7⚡1
⚡️Qaysi yo'nalishlarda o'qishni 3 yilda tamomlash mumkin?

Ko'pchilik abituriyentlar bakalavriat 4 yil davom etadi deb biladi. Biroq ayrim yo'nalishlarda o'qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Quyidagi ta'lim yo'nalishlarida ta'lim muddati uch yiletib belgilangan:

➡️ Musiqa ta'limi
➡️ Jismoniy madaniyat
➡️ Texnologik ta'lim
➡️ Chaqiriqqacha harbiy ta'lim
➡️ Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport
➡️ Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
➡️ Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi
➡️ Agrokimyo va tuproqshunoslik
➡️ Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
➡️ Ipakchilik va tutchilik;
➡️ O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
➡️ Suv bioresurslari va akvakultura
➡️ Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.

📝Bitiruvchilarga umumiy tartibdagi bakalavr diplomi beriladi — o'qish muddati qisqa bo'lsa-da, diplom maqomi farq qilmaydi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👏7🤣4🔥3👀2🤝1
❓ O’qishni ko’chirish arizasi nima sababdan rad etilishi mumkin?

✅ Yangi reglamentga ko‘ra, talabaning arizasi faqatgina quyidagi 3 ta asosga ko‘ra rad etilishi mumkin:

❌ kerakli hujjatlar to‘liq yuklanmagan bo‘lsa;
❌ noto‘g‘ri, soxta yoki yolg‘on ma’lumotlar kiritilgani aniqlansa;
❌ arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida bajarilmasa.

Muhim jihat: Ushbu 3 ta sababdan tashqari boshqa har qanday vajlar bilan arizani rad etish mutloq taqiqlanadi.

❓ Xatoni tuzatish imkoniyati bormi?

✅ Ha, bor. Agar hujjatlaringizda biror bir kamchilik aniqlansa, ariza topshirish muddati (5-avgust) yakunlangandan keyin ham ularni tuzatib, qayta yuborish uchun sizga qo‘shimcha 5 ish kuni muddat beriladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17⚡2👍1🔥1👏1
⚡️ Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha?

✅ Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan davlat oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan amaldagi minimal o‘tish ballari quyidagicha:

✅ Unga ko‘ra:

➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball
(maksimal 189,0 ballning 36%);

➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.


‼️ Eslatma: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

✅ Ushbu minimal o'tish ballari o'tkan yili tasdiqlangan bo'lib, joriy yilda o'zgarish bo'lishi kutilmayapti.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26⚡4🔥4👏4🤝3
☺️ BIR VAQTNING O‘ZIDA IKKITA DIPLOMGA NIMA DEYSIZ?

🟤Alfraganus universiteti Amerika qo’shma shtatlarining Logan universiteti bilan imzolagan bitimi natijasida endi sizga Amerika diplomi orzu emas, real voqelikdir.

🟤Eng zamonaviy universitet deb topilgan Alfraganus universitetining omadli talabalari safiga qo’shiling!

🔵Qabulga oid savollar: 78 122 75 57
🔵T/m: @Alfraganus_callcenter
🔵T/m kanal: @Alfraganusuniversity
🔵Instagram: havolalink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
✅ ​Abituriyentlar uchun ilm olish sirlari

1⃣ Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

2⃣ Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

3⃣ Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

4⃣ O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

⚡️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤55🔥15👍8🤣6👏4👌3🤪1