Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️«2021-yilda talabalar yotoqxonasi bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayapti», — dedi Prezident bugungi yig‘ilishda.

Bugungi kunda ehtiyoji bo‘lgan talabalarning 90 ming nafari yotoqxona bilan ta’minlangan, xolos. Misol uchun, 2022-yilda xususiy sherikchilik asosida 19 ming o‘rinli 47 ta talabalar yotoqxonasini qurish belgilangan bo‘lib, subsidiyalar uchun budjetdan 180 milliard so‘m ajratilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍128❤9🔥4😢4
O‘zbegimning qizlari

Siz borsizki hayot bor,
Siz borsizki najot bor,
Sizga hali dunyo zor,
O‘zbegimning qizlari:
To‘marisning izlari.

Qoshga o‘sma qo‘yasiz,
Atlas ko‘ylak kiyasiz,
Qadringizni bilasiz,
O‘zbegimning qizlari:
Nodiraning izlari.

She’r yozish sizga xosdir,
Zulfiyadan merosdir,
Ko‘zlaringiz charosdir,
O‘zbegimning qizlari:
Zulfiyaning izlari.

Yigitlarning orisiz,
Alpomishlar yorisiz,
Sizsizlarning zorisiz,
O‘zbegimning qizlari:
Barchinoyning izlari.

Go‘zallikda tengsiz siz,
Samodagi yulduzsiz,
Kecha ham kunduzsiz,
O‘zbegimning qizlari:
Layli Shirin izlari.

Ta’rifizga shoir ham,
So‘z topolmas oh alam,
Omas yor sizga har dam,
O‘zbegimning qizlari:
Moma-havo izlari.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍349❤96🔥31😁28😢8🕊1
⚡️ Magistraturada tahsil olayotgan barcha qizlarning kontrakt puli toʻliq byudjetdan qoplanadi, ayollar uchun alohida universitet ochiladi.

📃 Bugun Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan davlat rahbari, xususan, quyidagilarni ta’kidladi:

✅ Kelgusi oʻquv yilidan boshlab magistraturada tahsil olayotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini byudjetdan toʻliq qoplash uchun har yili 200 milliard soʻm ajratiladi;

✅ 2022-2026-yillarda Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi doirasida Toshkent shahrida xotin-qizlar uchun alohida universitet va kollejlar tashkil etiladi;

✅ Barcha talabalarga taʼlim shartnomalarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kreditlar beriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍104❤7🔥2😁2😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bino qurish bilan ovoramiz, ta’lim sifatichi?

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍64❤8😁6🔥5
😅 Talabalar haqida ikki qator she'r.

​​Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.

Arz qilamiz kimga ham,
Bankda ozi pullar kam.
Isbot uchun har yili,
Dekan minar jiguli,

Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba,
Zato bizlar TALABA...

😊 Talabalarga yuborib qo'yamiz!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍271😁67❤34🔥28😢3😱1
⚡️ Tibbiyot OTMlarining talabalariga yashash joyida amaliyot qilish mumkin bo‘ldi

▪️2022/23-yillarda barcha tibbiyot OTMlarining bitiruvchilari 1 semestrlik amaliyotni o‘z hududida o‘tashi mumkin bo‘ladi. Nazariy darslar esa masofaviy shaklda o‘tiladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38😁8
Studentlar uchun she'r 😁

Abetsiz qolgan kunlar aro,
Uyqusiz qolgan tunlar aro,
Shuncha o'tgan yillar aro,
Studentga achinaman.

O'qish qiyin yotib bolmas,
Pulsiz zachot yopib bolmas,
Domlalar hech pulga toymas,
Studentga achinaman.

Ovqatlarga qorin to'ymas,
Makoron yeb ko'nglim ozmas,
Dars qilgani qo'lim bormas,
Studentga achinaman.

✍
Hayrullayev Jasurbek

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍104😁54🔥15😢15❤8
⚡️Perevod qilinadi — Ukrainadagi oʻzbek talabalar oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettirishi mumkin

✅ Oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, viloyat hokimlari boshchiligida komissiya tashkil etilishi belgilandi.

«Bugungi kunda Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni koʻryapmiz», dedi prezident.

Ushbu talabalarning aksariyati tibbiyot, transport, aviatsiya, iqtisodiyot, muhandislik, IT yoʻnalishlarida oʻqishmoqda.

Oliy ta’lim va tashqi ishlar vazirlikari, shuningdek viloyat hokimlaridag iborat komissiya bir hafta muddatda Ukrainadan qaytgan talabalarni oʻzimizdagi oliygohlarda oʻqishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Oʻzbekistonda davom ettirish istagi boʻlgan talabalar soddalashgan oʻqishini tartibda koʻchirishadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍102😢16❤8😁7🔥6
⚡️ Soxta oliy ta’lim muassasalaridan ogoh bo‘ling!

Ayrim fuqarolar Ta’lim inspeksiyasiga “O‘zbekistonda AITE “Academy of innovative technologies in education” nodavlat ta’lim muassasasi oliy ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun lisenziyaga egami? Ushbu muassasa orqali MDH davlatlaridagi boshqa OTMlarda masofaviy oliy ta’lim olsak, diplomlarimiz yurtimizda tan olinadimi?” deb murojaat qilishgan.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini lisenziyalovchi organ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Academy of innovative technologies in education” nomli tashkilotga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun (2022 yil 9 mart holatiga) lisenziya berilmagan.

Shuningdek, ushbu tashkilot orqali MDH davlatlaridagi OTMlarda masofadan turib o‘qib olingan diplomlar ham tan olinmasligini ma’lum qilamiz.

Murojaat qilgan fuqarolarmiz ushbu tashkilotga kontrakt sifatida ma’lum miqdorda pul ham to‘lashganini ma’lum qilishgan. Ushbu holatga bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

Hurmatli yurtdoshlar! Agar qaysidir tashkilot Sizga o‘zini nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida tanishtirsa, vakolatli organ – Ta’lim inspeksiyasidan olingan lisenziyani ko‘rsatishlarini so‘rang yoki inspeksiya sayti (https://tdi.uz/uz/page/nodavlat-oliy-ta-lim-tashkilotlari)ga kirib, o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍62❤7🔥7😢7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Ukrainadan qaytib kelgan talabalarning o‘qishni davom ettirishi haqida

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58🔥6❤5😁5😢1
❗️Talabalik yaxshi-da!

Uy ishidan qochgani,
Shahar tomon chopgani,
Yaxshi bir qiz topgani,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir mehnat qilmaysan,
"Yer chopaman" demaysan,
O'qib olim bo'lmaysan,
Talabalik yaxshi-da!

Tun yarmi ham kelmaydi,
Birov bilib yurmaydi,
Uydagilar ko'rmaydi,
Talabalik yaxshi-da!

Talaba bu erkin qush,
Kunduz o'qish tunda ish,
Ko'rinadi har xil tush,
Talabalik yaxshi-da!

Puli bo'lsa boyvachcha,
Kursdosh qizlar shaytoncha,
Do'stlarning soni ancha,
Talabalik yaxshi-da!

"O'qishdan chiqar" deb yor,
Gulhayo, Zebo, Dildor,
Hali unga... bunga bor,
Talabalik yaxshi-da!

Qo'llarida burda non,
Ovqat yeydi har zamon,
Joni shu bilan omon,
Talabalik yaxshi-da!

Qizlar bilan yuradi,
Sahar o'n bir turadi,
Stipendiya tushadi,
Talabalik yaxshi-da!

Tushmaydi unga oylik,
Puli bor - bitta choylik,
Stipendiya bu boylik,
Talabalik yaxshi-da!

O'n ikki oy ro'zada,
Hayolda osh yesada,
Cho'ntak qurg'uq tozada,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir yukmas birovga,
Jonin tashlar olovga,
Tuxum solar palovga,
Talabalik yaxshi-da!

Soxta shoir talaba,
Bu she'r hazil. Talaba
Bir kun qilar g'alaba,
Talabalik yaxshi-da!


✍ Soxta shoir

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍239😁45❤19🔥8😢7👏3🎉3
⚡️ Yuridik universiteti uchun imtihon fanlari o‘zgaradi.

✅ Asosiy blokdagi tarix fani o‘rniga huquqshunoslik fanidan imtihon olina boshlanadi. 2023-yilgi qabuldan boshlab o‘zgarish amalga oshiriladi.

OTM 2023-yilda hujjat topshiradigan abituriyentlarni hozirdan Davlat va huquq asoslari, Konstitusiyaviy huquq asoslari fanlarini o‘rganishlari kerakligi haqida ogohlantirdi.

👉 BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/yuridik-universiteti-fanlar-ozgaradi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍93😢21😁11🔥10❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁 Lirik chekinish qilaylik

Aytishlaricha, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi hammani oldida sevgilisiga sevgi izhor qilgandi, janjal boshlandi. Haqqini ham olishga ulgurdi. Ushbu holat esa fakultet QVZ jamoasining "Xafa bo'lish yo'q" ko'rsatuviga taqlidan namoyish etilgan sahna ko'rinishidan kesib olingan holatdir.

Chet el seriallarini ko'p ko'rishning oqibati shunaqa bo'ladi. O'zbekcha yakun bo'ldi oxiri!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍121😁69😢11❤9🔥8
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤52👍39😁4🔥2
⚡️O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

✅ “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

👉 Batafsil — http://dy.uz/Rzd4c

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍106🔥9❤3😢2👏1
⚡️ Milliy test tizimi bo'yicha savollarga javoblar.

❓Sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?
- Sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar sertifikatdagi oʻzlashtirish 60 va undan yuqori foizga mos ravishda oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan proporsional ball beriladi.Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.

❓Sertifikat olish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?
- Ro‘yxatdan o‘tish, "my.dtm.uz" sayti orqali amalga oshiriladi.
Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abiturientlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” (
my.dtm.uz sayti) orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

❓Ro‘yxatdan o‘tganligimni qanday bilishim mumkin?
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar kiritilganidan so‘ng talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.Talabgor to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

❓Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?
- To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.

❓ Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasini qanday bilishim mumkin?
- Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zining shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin.

❓Test sinovi natijalarini qanday bilishim mumkin?
- Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 20(yigirma) ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

❓Necha ball to‘plasam sertifikat olishim mumkin bo‘ladi?
- Sertifikat olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plash zHa, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.

❓
Sertifikatning amal qilish muddati?
- Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.

❓Ijobiy natijaga erishsam, sertifikatni qanday olishim mumkin?
- Sertifikat elektron shaklda beriladi.

❓Test sinovi balidan qoniqmasam, qayta topshirishim mumkinmi?
- Ha, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🔥5😁1😱1
​​​​​​⚡️ Bu yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball – 280.5 boʻladi-mi?!

✅ Hurmatli abituriyentlar, joriy yilda 5 ta fandan imtihon boʻlishi mumkin. Bu Prezident qarori belgilangan. (Oxirgi 2 yildagi istisno tariqasida bu qaror bekor qilingan edi)

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:

📚 Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.

📚 Matematika - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 31.5 ball.

📚 Oʻzbekiston tarixi - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.

✅ Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94.5 ball.

👉 Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha:

📚 1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

📚 2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✅ Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

✅ Umumiy holda, 2022/2023 oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 105 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.

❗️Xabarni abituriyentlarga yetkazing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍226😢108😁22❤17🔥9😱6👏2🎉1
​🎓 Talabalar uchun 5 ta qoida:

1-qoida: Domla doimo haq☝
2-qoida: Agar domla nohaq bo'lsa birinchi qoidaga qaralsin☝
3-qoida: Siz 4 ta fanni domlalar istagan narxda yoping shunda 5-fanni o'zingiz xohlagan narxda yopib berishadi 💸
4-qoida: Domlalar bilan hech qachon ovqatlanmang🍲, aks holda och qolishingiz mumkin
5-qoida: Sessiyagacha o'qishdan📖 ko'ra, ko'proq pul💵 ishlab topish haqida o'ylang shunda yaxshi baholarga yopish ehtimolingiz yuqoriroq bo'ladi.


(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring😁)

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁474👍158😢56🔥35😱34👏31🤩16❤11🎉10
⚡️ Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍94😢37😁9🔥5🎉3😱2❤1🤩1