Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
😅 #Talabalar #hazil_she'r

😕 O‘qish qiyin bo‘lsa ayb sizdamas,
😒 Mayli domla pora olmasa olmas.
🙅🏻‍♂ Qovoq boshingiz egmang sira,
😏 O‘sha domla baho qo‘ymasa qo‘ymas.
🤯 O‘t qo‘ying yozdirgan leksiyaga,
🙂 Sizday talabani bilmasa bilmas.
😉 Unga Magistr bo‘b ko‘rsatib qo‘ying,
😌 O‘ylamang u baho qo‘ymasa qo‘ymas...!

📩 Talabalarga yuborib qo'ying...!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁215👍126❤28🔥22😢20🤩12😱10👏7🎉5
⚡️ Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant qizlar uchunmi yoki faqat yangi qabul qilinadigan talabalar uchunmi?

❓SAVOL: 1-bosqichida o‘qiyotgan, keyingi yil 2-bosqichga o‘tadigan talabalarning ham magistratura puli qoplanadimi?

✅ JAVOB: 2022/2023 o‘quv yilidan to‘lov kontrakt asosida 1-bosqichga qabul qilinadigan hamda ushbu o‘quv yilida 2-bosqichga o‘tgan magistr xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

📑 Asos: PF-87-son, 07.03.2022-yil

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍99😱13❤11🔥9👏8🤩8😁5
#tabassum_vaqti 😁

Bir student universitet oshxonasiga kiribdi-da oshpazning oldiga kelib “3ta qovurilgan tovuq oyog'idan bering” debdi. Oshpaz “Oooo studentlar kuchayibdimi?” desa, student “Endi 18ta vilka bering” dermish...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁349👍57😢22😱11🤩10❤7👏7🎉6🔥5
⚡️Bitiruvchilar baholarining OTMga kirishda inobatga olinishi haqida

❕ 2022-yil 14-mart kuni “Huquqiy axborot” telegram kanalida 2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shilishi haqida post e’lon qilindi. Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

🔰 Qayd etish kerakki, maktabdagi baholarni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish tartibi 2021-yil 19-noyabrda belgilangan. Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

🖥 Unga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022-2023-o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.

📆 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, ya’ni, 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi.

✅ Bundan ma’lum bo‘ladiki, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59😱12🎉6❤5😢4🔥2🤩2🤬1
Hurmatli Kursdoshlar!

Navroʻz kuni menikiga kelinglar, kurka dimlayman. Bir tomonda shashlik qilamiz, farsh, jiz, tovuq aralash, qozonda qoʻy goʻshtidan shoʻrvacha biqqillab qaynab turadi, baliq pishiramiz, dasturxonni noz-neʼmatlar meva-chevalar bilan toʻldirib tashlayman, keyin katta tort ham aytib qoʻyganman, e xullas, talabalikda mazza qilib oʻtiramiz-da, bir yayraymiz, kelsangizlar boʻldi, hammasi zoʻr boʻladi, oʻyin-kulgu qilamiz, deb kimdir chaqirsa, meniyam aytinglar😅

Kursdoshlarga yuborib qo'ying!😉

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁152👍62🤩18🔥17😢10😱8🎉8👏6❤5🤯1
🌸 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🥰 Sizni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi - Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz!

😊 Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

🌸 Yaqinlaringizni birinchi bo‘lib tabriklash esdan chiqmasin 😊

🤖 Tabrik yasovchi bot:
@Tabriklaruzbot

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍145❤28🎉26👏25🔥12😢9😁1😱1
⚡️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"
nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

📌 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

📌 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍142👏15❤14😁9😱9🎉3
⚡️O‘zbekistondagi kollej va texnikum o‘quvchilariga stipendiyalar to‘lanadi.

Bundan tashqari, ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va boshqa xodimlarining ish haqi oshiriladi. Bu haqda Prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

Stipendiya ajratish tartibini Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022 yil 1 avgustga qadar ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍138😢32👏20🔥14🤩9😱7😁6🎉4❤3
⚡️Rasman: maktabda olingan baholar shu yildan emas, kelasi yildan hisobga olinadi.

✅
Majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

✅ Yaʼni, shu yil emas kelasi yildan kuchga kiradi bu qaror.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍130😢36😁25👏16😱13🤬9🎉6🔥4❤3
😅 Qo‘shnimiz Rayim aka uyimga yugurib chiqibdi, uka sen ham studentsan. Senga savol bor deydi, men qani bering dedim.

🧐 "Jismoniy tarbiya institutini bitirganlar jismoniy shaxs, yuridik institutini bitirganlar yuridik shaxs bo‘ladi-mi?", deydi.

🤦🏻‍♂ Boshim qotib qoldi keyin unga shunday javob berib yubordim: "Bilmayman, men 'tarix'fakultetida o'qiyman! "

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁427👍87👏24😱21😢19❤8🔥8🎉8🤩8
#talabalar #tabassum_vaqti 😅

🙁 - Ertaga aniq 2 olaman
🤦🏻‍♂ - Yaxshi niyat qil
🧐 - Qanaqa?
🤣 - Balki ertaga domla kasal bo‘lib qolib, darsga kelolmas?


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁632👍86🔥21👏18😱16🥰13🎉13❤11🤩8😢4
Top-1000(2022).pdf
3.3 MB
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati.

✅ Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarorga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍47🔥8❤4😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

▪️Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi.

➡️ Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

📌 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26👏2🔥1
Oʻqish paytida talabalarning oʻzaro bir-biriga eng koʻp aytadigan gaplari:

1. Bugun sana nechchi?
2. Hozir nima dars?
3. Kimda ortiqcha ruchka bor?
4. Soat nechchi boʻldi?
5. Yozib boʻlib daftaringni menga berib tur.
6. Ooozgina qarz berib tur, yoʻl kiram qolmabdi.
7. Oshxonaga tushasanmi?
8. Dars tugashiga necha minut qoldi?
9. Yumshoq "h" mi qattiq "x" mi?
10. Telefoningni berib tur.

👆Bu gaplarning birortasini ham eshitmaganman deb inkor qila olmaysiz!
😉👇

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍280😢53❤39😁30🥰19🔥11🎉6🤔5🤯2
😅 Bolaga kitob bering, lekin abituriyentga emas...!

✍ Izoh oʻzingizdan...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁550👍166😱27👏21🔥20🥰19🤔18🤬18🤩16❤14🎉9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi.

✅ Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍75😱45😁16🤬13😢13🔥8👏8❤4🤯3🎉2
⚡️ Ertaga barcha uchun o'qish va ish kuni

✅ Bugun Navro‘z bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 4 va 5 kunlik dam kunlari tugaydi. Ertadan barcha xodimlar uchun ish kuni.

✅ Xulosa shuki, haftasiga 5 kun o'qiydigan talabalar uchun 19-martdan — 23-martgacha ta'til, haftasiga 6 kun o'qiydigan talabalar uchun esa 20-martdan — 23-martgacha ta'til deb e‘lon qilingan.


❗️Ertaga, 24-martdan boshlab barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍98😢61🤬30🔥11🤩6😁3
⚡️Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✅ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin (rasmni oching👆).

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍42👏5😁2
​​ABITURIYENT, UXLAMA!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!


📩 Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍361❤38😁24🥰17😢16👏12🔥9🤩8🤬7🤔6🎉1
⚡️Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

✅ Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

❗️“OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

📩 Barcha abituriyentlarga yetkazib qo‘ying!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍81😱14🥰11❤7👏6🔥3🤬2