Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️ TEZKOR: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari belgilandi.

Bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bilan birozdan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Edu.uz telegram kanaliga joylanadigan videosharh orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

➡️ O‘tish ballarini yo‘nalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma: 👉 @infoeduuz_bot
🌐 info.edu.uz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍34❤7😱5😢3👏2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘qishni ko‘chirish haqidagi e’loniga sharh

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍33🤔2
#abituriyentlar_uchun

⁉️ Qaysi hududda o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori?

2021 yilda talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha kanalimizda maʼlumot bergan edik. Lekin aytganimizdek, bu umumiy abituriyentlarning soni ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Yaʼni aholisi ko‘p hududdan ko‘proq talaba chiqqan, bu tabiiy hol.

Foizga nisbatan olsak, reyting umuman boshqacha chiqadi. Bunday reytingda Buxoro viloyati yaqqol ustunlik qilmoqda. Mazkur viloyat abituriyentlarining 26,8%i talaba bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (24,6%) hamda Farg‘ona (23,4%) viloyatlari egallagan.

O‘qishga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo (17,8%), Sirdaryo (17,3%) hamda Toshkent viloyati (15,9%) egallagan.

✅ Talaba bo‘lgan abituriyentlar foizi bo‘yicha hududlar reytingi quyidagicha:

➖ Buxoro – 26,8%;
➖ Navoiy – 24,6%;
➖ Farg‘ona – 23,4%;
➖ Qoraqalpog‘iston – 22,4%;
➖ Namangan – 21,6%;
➖ Toshkent shahri – 21,6%;
➖ Xorazm – 21%;
➖ Samarqand – 19,2%;
➖ Jizzax – 18,9%;
➖ Andijon – 18,3%;
➖ Surxondaryo – 17,9%;
➖ Qashqadaryo – 17,8%;
➖ Sirdaryo – 17,3%;
➖ Toshkent viloyati – 15,9%.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍101😱62🥰17🤯12🤬12🔥7❤4🤔2
Menga mana shu ochki juda yoqdi. Shunaqasidan 71ta kerak. Men va leksiyada bir o'tiruvchi guruhdoshlarimga 😁

P/s: Guruhdoshlaringizga jo'nating)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁195👍50😱18🔥11🤔6🤬5🎉5❤4👏4
⚡️O'qishni ko'chirishda bo'lib o'tgan ovozli chatdan:

➖ O‘qishni ko‘chirishda talabalar ham 5 ta fandan imtihon topshiradi

➖ O‘qishni ko‘chirishda chet tilidan berilgan sertifikat inobatga olinmaydi.

➖ O‘qishni ko‘chirishda 4 fandan farq bo‘lsa, yoki oshib ketsa, o‘quv kursi tushadi.

➖ Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish talabida bo'lganlar 15-iyuldan 5-avgustgacha
transfer.dtm.uz orqali amalga oshiriladi - Abduvali Xoliqov

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍75😢31🔥11😱10🎉2🥰1🤯1
⚡️Toshkentda magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan kafedra mudiri va uning sherigi pora bilan ushlandi

✅ Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabasi U.X. fuqaro R. ni institut kafedra mudiri orqali magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, kafedra mudiri M.E. talaba U.X.dan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58😱39🤬7👏6🔥4
#tabassum_vaqti 😅

Bir talaba grıpp bo'lıb qolibdi. Aptekaga kırıb: Menga Grıppga qarshı dorı bersangız debdi. Aptekachi ayol:
Xo'p mana bunı 5 mahal ovqatdan keyın ıchasız desa, talaba:
Vayvoo! 5 mahal ovqatnı qayerdan topaman men deyamish
😅

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁323👍55😢16🤬11🔥8🥰6👏5😱2
#tabassum_vaqti

Men: Ingliz tili menga kerak emas, o'qimayman...

10 yildan so'ng men...😕

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁324👍32😱32🤔16😢13🤯12🤬8❤6🎉3👏2🔥1
⚡️ 5 blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

⚠️ Unutmang: Javoblar varaqasi faqatgina bir marta beriladi. Xato qilgan abituriyentlarda boshqa imkoniyat mavjud bo‘lmaydi!

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍86🥰6🤔5👏3🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti

Kursdosh qizlarni sevmang...😁

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁234👍55❤15🤬12🔥8🤯7🥰5🤔4😱3
​​⚡️Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

✅ Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

♻️ Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

📑 Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi.
---------------------------------------------------

✅ 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54❤5👏4😢4🔥2🤬1
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.
11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.
13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.
15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.
16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍208🔥24👏13🥰12❤9🤔8😁5😢3🤯2🤬2
#tezkor #xushxabar

⚡️ Endi talabalarga stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi


🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan boshlab stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi.

➡️ Shuningdek, aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022-yilning 1-oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelinib, ular hududlarda, shu jumladan, olis tumanlarda o‘rnatiladi.

© Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍162😁18❤9🥰8🤔8🔥2🤯2
#xushxabar

⚡️5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayollar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi
.

👉 Batafsil ma'lumotlar

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍238🤬65👏27❤11🔥11😁11🤩11🤔7🤯5🎉2
Talabalar | Rasmiy kanali
#xushxabar ⚡️5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayollar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. 👉 Batafsil ma'lumotlar 🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇 https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
⚡️ Yuqoridagi Vazirlar mahkamasining qarori ayni paytda muhokamada bo'lib, unda yozilishicha:

✅ Kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq qabul qilinadi.

👉 Qaror loyihasi bilan batafsil tanishib chiqish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/59490

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍67👏17🤬16❤7😁6🤯2🔥1
Ingliz tilida: Here

Rus tilida: здесь

O'zbek tilida: shu yerda, shu yoqda, shag'da, shetta, shuetta, shekka, shuda sho'tta, shayda, sheyda, shuyda shera, shyarda, bu yerda, bag'da, betta, batta, bag'da, berda, bo'tta, bu yoqda, mana bu yerda, manetda, mashitta, mashag'da, mamberda, minyakta, metta, merda, meda, mada, mag'da....

😅 Yana bo'lsa davom ettiramiz👇

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁503👍87👏34🔥25🤯22🤩18😱13😢10🥰8🤔6🎉5
⚡️Xorijda o‘qiyotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasiga quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmasligi belgilab qo‘yilgan:

➖ davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

➖ masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;

➖ mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganda;

➖ xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍50🤔5❤3👏1
#tabassum_vaqti 😂

Talabalikda aralashtirib ovqat yeyish, ya'ni "Aralashtirma, qorning og'riydi", "Qovunni ustida suv ichma, iching o'tadi", "Isitib ye", "Katta-katta ye", "Kechagi ovqatni tashlavor, aynib qolibdi", "Qani, boshlang, sizdan keyin" va hokazo degan narsalar yo'o'o'q.😆

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁347👍77😢22❤14🔥12🤬9🤔7👏2
#Albatta_hazil

Universitet yotoqxonasidagi holat😂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁421👍52🤔28😱28🔥24🤬21👏15🤯13😢9🤩5❤3
⚡️Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori (675-son, 04.11.2021 y.) bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizomga ko‘ra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.

Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

🗓 Suhbat jarayoni har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Natijalarga ko‘ra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

❕Tavsiyanomalar faqatgina berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.

Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.

© Huquqiy axborot

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍82🤬21👏12❤8😁1