Talabalar | Rasmiy kanali
83.6K subscribers
1.97K photos
738 videos
118 files
3.73K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#tabassum_vaqti #hazil 😂

Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
— Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan?
Talaba:
— 1000 so‘m ekonom qilish uchun.
Kishi:
— Undan ko‘ra taksini orqasidan yugur 4000 ekonom qilasan deyarmush...😅


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁391👍60🤔25🤯17🤩12❤11🔥6🤬6👏4🥰2🎉2
⚡️ "Perevod" imtihoni 5 ta fandan bo‘ladi.

Bu yilgi o‘qishni ko‘chirish imtihonlari 5 ta fandan bo‘lib o‘tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
— Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
— Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O‘zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍144🤬78🤯23😁20❤11😢10🥰9👏6
⚡️​​3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

✅ Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

📑 Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

🎥 A.Toshqulovning aytishicha keyingi yillarda 2-kursdan boshlab dars berishlari mumkin bo'ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍121👏16🥰12🤬3
⚡️Yuridik texnikum bitiruvchilarini OTMga qabul qilish tartibi

▪️Qarorga ko‘ra, bitiruvchilar yo‘llanma uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn ariza topshiradi.

Nomzod uchun talablar:

▫️har bir fan bo‘yicha reytingi 71 va undan yuqori (sirtqi yoki masofaviy taʼlimdagilar uchun 85 va undan yuqori);
▫️chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikat;
▫️maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida faolligi, shaxsiy yutuqlar;
▫️ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etish.

✅ Yo‘llanma olganlar hujjatini 5–25-iyulda OTMga yuboradi. Suhbat 10–25-avgustda o‘tkaziladi.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58🤬3🔥1🥰1
#tabassum_vaqti 😁

Siz qanday ko'rasiz 😂

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁303👍53🤔20🔥14👏10🤯6❤1😢1
#tabassum_vaqti 😅

Men ertalab darsga kech qolsam va meni darsga kech qolganim haqida qisqacha rasmda...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁333👍37😱17🔥9👏7❤5😢3
⚡️2022 yil may oyidagi barcha dam olish kunlari – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:

➖ 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖ 3 may, seshanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni;
➖ 4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 5 may, payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖ 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni.

📆 Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2-may yoki 3-may kuni nishonlanadi. Hayit 2-mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, qo‘shimcha dam olish kunlari 3–4 - may kunlariga belgilanishi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍131👏7🤬7🤯5🔥4😁3🤔3❤1😱1
⚡️Rasman: "Перевод" uchun imtihon 5 ta fan va maksimal ball 189 boʻladi

✅ Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
➖ Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
➖ Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

📝 Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍79😱27🔥8🤬8😢5🤩5❤4🥰1
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.
11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.
13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.
15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.
16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍165👏20❤14😢9🔥7😱6🤔4
❗️Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

“OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🤬11👏5🥰2🤔1
⚡️"Sening kelajaging pul bilan porloqdir. Ertalab ertaroq turda, galstugingni taqib o'qishga kechikmay bor va kontraktingni qolganini ham to'lab qo'y."

©Hurmat bilan Dekan

Kontrakt to'lamaganlar bormi?😁

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁397👍67😢37👏29🔥14🤬14🤔13🤯13❤6🥰6🤩1
Talabalar | Rasmiy kanali
❗️Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi. Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport…
❓Bu yil test topshirish uchun abituriyentlarda faqat ID karta bo‘lishi kerakmi?

✅ JAVOB: Yo‘q, biometrik pasport ham bo‘laveradi.

Xalq ta’limi vazirligining endigina 16 yoshga to‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarga ID karta olish kerakligi haqida tarqatgan ma’lumotidan so‘ng, ko‘pchilik buni noto‘g‘ri talqin qilibdi.

Ya’ni ayrimlar boshqa abituriyentlar ham ID karta olishi shart, biometrik yashil pasport bilan bu yil testga kirib bo‘lmas ekan, degan gaplarni tarqatishmoqda. Ammo bu gaplar mutlaqo noto‘g‘ri.

Testga kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi istalgan hujjatdan biri — yoki biometrik pasport, yoki ID karta bo‘lishi kerak. Biometrik pasporti borlar ID kartaga almashtirishi shart emas.

Shunchaki, 2022 yilda 16 yoshga to‘lgan maktab o‘quvchilari faqat ID karta olishlari mumkin, chunki hozir biometrik pasport berilmayapti. Shu sababli mana shunday noto‘g‘ri gap tarqalib ketgan bo‘lsa kerak.

©@xushnudbek

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54🔥6👏4
⚡️Xorijda o‘qiyotgan talabaning o‘qishi ko‘chirilmasligiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasiga quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmasligi belgilab qo‘yilgan:

➖ davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

➖ masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga;

➖ mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganda;

➖ xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi to‘g‘risidagi so‘rovnomaga salbiy javob olingan taqdirda.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍73🔥6😱4
#tabassum_vaqti 😅

— Dada, dekanimiz meni rosa kuchli deb maqtadi.
— Yo'g'-e?!
— Ha, men bir o'zim butun fakultetni orqaga tortayotgan emishman.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁459👍42🤯20👏18😢8🔥6
​​⚡️ Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi. Qabul shu yildan amalga oshadi!

✅ Namanganda Pokistonning Lahor universiteti bilan hamkorlikda xalqaro universitet tashkil etiladi.

Mazkur oliy o‘quv yurti Yangi Namangan tumanidagi 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq diagnostika markazida joylashishi va ushbu loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan:
👉 Tibbiyot
👉 Stomatologiya
👉 Farmatsevtika
👉 IT (information technology)
👉 Xalqaro huquq
👉 Biznes

📊 Loyiha doirasida 2022—2023-o‘quv yili 500 nafar talaba qabul qilish, 2024-yilga kelib esa ularning sonini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

👉 ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👏40👍38🤔7😱2🤩2❤1
😅 Talabalar haqida ikki qator she'r.

​​Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.

Arz qilamiz kimga ham,
Bankda ozi pullar kam.
Isbot uchun har yili,
Dekan minar jiguli,

Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba,
Zato bizlar TALABA...

😊 Talabalarga yuborib qo'yamiz!


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍76😁39👏12🔥3😢1
​​⚡️O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA❓

✅ Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

☝️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤯61👍57🤔12😱5🥰3👏3✍1❤1
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🥰56👍29👏9
⚡️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

➡️ Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

❌ Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

© @Eduuz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🥰4👏4🤯1
⚡️ Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

▪️“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

▫️kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
▫️mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
▫️o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
▫️xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
▫️bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58🤬14❤8🤩4🤯3😁2