Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
​​⚡️O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA❓

✅ Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

☝️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤯61👍57🤔12😱5🥰3👏3✍1❤1
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🥰56👍29👏9
⚡️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

➡️ Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

❌ Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

© @Eduuz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🥰4👏4🤯1
⚡️ Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

▪️“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

▫️kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
▫️mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
▫️o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
▫️xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
▫️bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58🤬14❤8🤩4🤯3😁2
#tabassum_vaqti

- Institutga kettik😎
- O'qishgami👀
- Yo'q qizlarni o'rashga😂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁263🤬61👍44❤14🤔12🤯6🤩5🔥4🥰4👏3😱3
⚡️ Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

✅ Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍83🥰17👏13❤5🔥2🤔1
⚡️“Magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilmoqda” — Abduqodir Toshqulov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetining talaba-yoshlari bilan uchrashuvda tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga ham toʻxtalgan. Xususan:

«Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanidan topshiriladigan imtihonni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqayapmiz. O‘zi shundoq ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi», — degan Abduqodir Toshqulov.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍91🔥15😱11🤩7😁5🤔1
Har kun ertalab ''bugun qaysi fanlar bor ediiiiiii'' deb o'ylayotgan men…))

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁234👍39❤10👏10🤯8😱4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar qaysidir fanni o‘zining OTMsida emas, boshqa OTMda ham o‘qishi mumkin bo‘ladi.

▪️"Masalan, Moliya institutida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talaba biror fanni Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin. Faqat buning uchun OTMlar o‘rtasida shartnoma bo‘lsa yetarli", – deya ma’lumot berdi Oliy ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Vohid Zayniddinov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39❤3🔥3
Fanlar majmuasi 2022 @DTM_Axborotnomasi.pdf
9.4 MB
⚡️ Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍32🤯3🔥1🤬1
​​⚡️ Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 bo‘ladi

✅ Joriy yilda xuddi o‘tgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 bo‘ladi.

👉 Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

✅ XULOSA: joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍81🤬38👏10🔥3🤔2
O'zbekistonda yillarning nomlanishi

1991-yil "Alisher Navoiy yili"
1992-yil "Hamshiralar yili"
1993-yil "Ahmad Yassaviy yili"
1994-yil "Mirzo Ulug'bek yili"
1995-yil "Ibn Sino yili"
1996-yil "Amir Temur yili:
1997-yil "Inson manfaatlari yili"
1998-yil "Oila yili"
1999-yil "Ayollar yili"
2000-yil "Sogʻlom avlod yili"
2001-yil "Onalar va bolalar yili"
2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili"
2003-yil "Obod mahalla yili"
2004-yil "Mehr-muruvvat yili"
2005-yil "Sihat-salomatlik yili"
2006-yil "Homiylar va shifokorlar yili"
2007-yil "Ijtimoiy himoya yili"
2008-yil "Yoshlar yili"
2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili"
2010-yil "Barkamol avlod yili"
2011-yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili"
2012-yil "Mustahkam oila yili"
2013-yil "Obod turmush yili"
2014-yil "Sogʻlom bola yili"
2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili"
2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili"
2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"
2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"
2019-yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"
2020-yil "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"
2021-yil "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍135👏14❤13🥰5🤔3🔥1😱1
#tabassum_vaqti

Ovqatga tegma 😁

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁236👍51😢10🤩8🤬6🔥5❤3🤯2😱2
⚡️ 2022/2023 o'quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi na'munasi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍140😱26👏14🤬12😁8🤯7🎉6❤5😢5🤔4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Savol: O'tgan yili ta'lim yo'nalishi bo'yicha fan bloklari 1-fan 3.2 ball, 2-fan 3.1 ball ko'rinishida baholangan edi, lekin bu yilda 1-fan 3.1 ball, 2-fan 2.1 ball ko'rinishida baholanar ekan. Bu esa abituriyentlar yo'nalish tanlashlariga ta'sir qiladi. Bunday o'zgarish qilinishining sababi nimada?

✅ Javob: Videoda A.Xoliqov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshligʻidan

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍26🤯16🤬6🔥4🤔2
⚡️2022 yil may oyidagi barcha dam olish kunlari – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:

➖ 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖ 3 may, seshanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni;
➖ 4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 5 may, payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
➖ 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni.

📆 Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2-may yoki 3-may kuni nishonlanadi. Hayit 2-mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, qo‘shimcha dam olish kunlari 3–4 - may kunlariga belgilanishi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍199👏31🤬11🤩11🔥10❤9😁7😱7🎉1
Ertalabdan yomg'ir yog'ib, chang-g'uborlar bosilib, rasa havo ochilibdimi 😍😊

@Talabalar | Uyg'oning 🥱
🥰545👍182❤78🤔43😁36😢27🤬19🔥16👏12🤯7🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ukraina davlatidan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza bergan 600 dan ortiq talabalarning murojaatlari soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

✅ Ba haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i A.Xoliqov ma’lumot berdi.

✔️ Shuningdek, joriy yilda xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari qaysi mezonlarga ko‘ra belgilanganligi ham izohlandi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍39👏6🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar nega hukumat qaroridan norozi?

✅ Bir guruh abituriyent qizlar davlat test imtihonlariga atigi 3 oy qolganda fanlar majmuasi oʻzgarishidan norozi. Bir necha yil bir fandan vaqti, umri, mablagʻini ketkazib tayyorlansa, imtihon arafasida fanlarni almashtirib qoʻyish yosh abituriyentlar uchun adolatsizlik, ruhiy zarba emasmi?

🎥 Ular oʻz noroziliklarini videomurojaat shaklida bildirishmoqda.

♻️Iltimos ushbu videoni koʻproq ulashib, tarqatib yuboringlar, zora yuqori rahbarlarga yetib borib, qarorni oʻzgartirishsa.
©Olimjon Haydarov

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍125🤬26👏18🔥6🤯5😁3🤔2🎉2🤩1
⚡️"Talaba"ning haftaligi:

Dushanba - bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
Seshanba - og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
Chorshanba - Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.
Payshanba - haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
Juma - shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
Shanba - kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
Yakshanba - iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ?

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁620👍90😢29👏20🔥17🤯15🤬13🥰11🤔11❤10🤩8