Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
📌 Bugundan akademik litseylarga ham qabul boshlanadi

▶️ Bugun, 20-iyundan e’tiboran 2022/2023 o‘quv yili uchun akademik liseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlanadi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

➖joriy yilda 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma;

➖3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

➖o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

☝️Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:

➡️ o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik liseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);

➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.

✔️ Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

➡️ Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik lisey uchun hujjatlar litsey.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Manba: @Eduuz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54👏5❤1👎1🤔1🤯1
Kamida 60 ta yo'nalish universitetlardan texnikumlarga o'tkaziladi

Bu haqda Prezident raisligida hozir bo'lib o'tayotgan videoselektorda ma'lum qilindi.

Misol uchun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yo'nalishlarini texnikumlarga o'tkazish bo'yicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar o'nlab topiladi.

SHu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga oliygohlarda o'qitilayotgan kamida 60 ta yo'nalishni texnikumlarga o'tkazish topshirildi.

© xushnudbek

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍100🤔23👏8🔥4🥰2😁2😢2😱1🤬1
⚡️2022/2023 o‘quv yilida masofaviy ta'lim shakli joriy etilgan 12 ta OTM ro'yxati va qabul kvotalari:

1. O'zbekistan milliy universiteti
2, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
3. Toshkent moliya instituti
4. Andijon davlat universiteti
5. Buxoro davlat universiteti
6. Qoraqalpoq davlat universiteti
7. Urganch davlat universiteti
8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
9. Toshkent arxitektura - qurilish instituti
10. Toshkent davlat yuridik universiteti
11. Toshkent davlat transport universiteti
12. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍87🤬12👏6🔥5🤯1
❗️20-iyundan boshlab:

➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti va my.gov.uz portali orqali boshlandi.

➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

➖ 2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍54🤬10🤯8🤔2🔥1👏1😱1
❗️Abituriyentlar diqqatiga

Imtihonlar oldidan yogurt va tuzlangan karam yeyish foydalidir.

Achitilgan ovqatlar (masalan, yogurt yoki tuzlangan karam) iste’mol qilish ijtimoiy fobiyadan, turli ijtimoiy qiyin vaziyatlardan va imtihonlar kabi boshqa odamlar bilan aloqa qilishdagi asossiz qo‘rquvni yengishga yordam beradi.

Gap shundaki, fermentlangan ovqatlar asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan foydali bakteriyalarni (probiotiklar) manbai hisoblanadi.

Abituriyentlarga jo‘natib qo‘ying!

Abituriyentligimda kun taqsimotim quyidagicha edi: 5 soat uyquga, yarim soat shaxsiy ehtiyojlarga, yarim soat umumiy ovqatlanishga, qolgan 18 soat vaqtni esa: 9 soatini 3,1 ball beradigan, 6 soatini 2,1 ball beradigan, 3 soatini 1,1 ball beradigan fanlarga sarflar edim. Mana shu kun tartibi bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganman va bilganmanki mehnat qilsa, tartib bo‘lsa xohlagan o‘qishga kira olish mumkin ekan!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍134🤬14👏11😁8😱6🤔5❤3🥰2
#Perevod_2022

⚡️O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!

Jumladan;

➖ xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;

➖ respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;

➖ birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

➖ oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;

➖ to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

➖ talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

➖ oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

➖ maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;

➖ talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38🤬14😁3🔥2👏2🤯1
❗️Surxondaryo viloyatida tegishli ruxsatnomasiz xususiy universitet tashkil etib fuqarolardan pul undirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.J. va S.S. o'zaro til biriktirib, “U.A.” MCHJni tashkil etishib, so'ngra internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochishib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o'qishga qabul boshlanganligi haqida xabarlar berishib, ushbu universitetda o'qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln so'mini to'lov pullari sifatida qabul qilib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilayotganligi ma'lum qilingan.

"Hurmatli ota-onalar va abiturientlar!

Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to'lovlarini amalga oshirishdan avval, ularning O'zbekiston Respublikasida tan olinganligiga
rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritishingizni so'rab qolamiz", deyiladi departament axborotida.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍35🤬17😱5🤯1
O‘qituvchi: yozgan insholaring bir xil bo'lib qolmasin bir biringdan ko‘chirmalaring

O‘quvchilar: Hop ustoz

1 - O‘quvchi: bugun sening kuning
2 - O‘quvchi: sening bugun kuning
3 - O‘quvchi: kuning bugun sening
4 - O‘quvchi: kuning sening bugun


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁334👍36🤬13👏11❤6🤩6🤔3😱2🤯1😢1
⚡️ Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Grantda g‘olib bo‘lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍50🔥42👏11🤬11🤩9❤1🤔1
⚡️DTM: IELTS sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi va test sinovini yechishdan ozod qilinadi

➖ Vazirlar Mahkamasining qarorida barcha tillar uchun tegishli bo‘lgan sertifikatlar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan. Besh yarim va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga topshiradigan imtihonida chet tili fani bo‘lsa, maksimal ball beriladi. O‘sha fandan test sinovini yechishdan ozod qilinadi.

© Bu haqda DTM ma’lum qildi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍82🤬24👏13❤6🥰6😱6😁3🔥1
​👨‍🎓 Talaba lug’ati 😎

▪ Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
▪1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
▪ Imtihon – “Dahshat”
▪ Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
▪ Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
▪ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
▪ Universitet – “Javohirlar sandig’i”
▪ Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
▪ Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
▪ Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
▪ Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
▪ Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
▪ Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
▪ Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
▪ Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
▪ Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
▪ Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
▪ Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…
😁

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍194😁76❤20🥰19👏16🎉6🤯3🤬3😱2🔥1
❗️Ayrim OTM tegishli yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

➡️ Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

✅ Bunda ularning pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

⚠️ Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍66🤬22👏7🤔1
#mem

Pul umuman rol oʻynamaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁417👍58🤬27🤔20🔥16😢6🤩6🤯5🎉4😱3
❗️Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko'ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

❗️2024/2025-o'quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

🔰Bunda:

▫️dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o'tkaziladi;
▫️dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o'rganiladi;
▫️kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

🔘 2024-yil 1-yanvarga qadar:

▫️Universitet faoliyatida “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to'liq joriy etiladi;
▫️Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi.

🗓 2023-yil 1-martgacha umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍79😁8🤯7🤬5😱4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat test markazining
http://my.dtm.uz sayti orqali;
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

✅ pasport;
✅ diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
✅ toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍62🤩5🤔4👏3😁2⚡1
Ótish ballari @Abituriyentlari.pdf
2 MB
📊 2021 yilgi o‘tish ballari!

Bu faylni xozir xamma izlayapti! Chunki ushbu PDF faylda 2021 yilgi kirish imtihonlarida qayd etilgan minimal o‘tish ballari keltirilgan.

O‘zingizni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballarini topishingiz mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini
@mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Guruhlarga tarqatib yuboring!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍63❤3👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shavkat Mirziyoyev: «OAV xodimlari bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi».

«27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni».

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍43😁10👏6🤬2🥰1
"Talaba"- kulturniy devona,
"Stipendiya"- xalqaro yordam,
"Ma'ruza"- eng shirin alla,
"1-parta"- do'zax eshigi,
"Doskadagi talaba"- Vatandan yiroqda,
"Domla va talaba"- Ali bobo va qirq qaroqchi,
"Imtixondagi talaba"- murdalar gapirmaydilar,
"Kafedra"- dvaryanlar mahallasi.
"Ohirgi parta"- xayrli tun.
"Tanka"- haloskor ruh.
"Zvanok"- jinlar hayqirigi,
"Startsa"- Western union pul o'tkazishning eng qulay va oson usuli.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍93😁86🔥9❤8🤩3👏2
Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
— Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan?
Talaba:
— 1400 so‘m ekonom qilish uchun.
Kishi:
— Undan ko‘ra taksini orqasidan yugur 10 000 ekonom qilasan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁380👍46🤔37👏9🤬9❤7🤯6🔥2😢2🥰1🤩1