Talabalar | Rasmiy kanali
82.9K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
❗️Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko'ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

❗️2024/2025-o'quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

🔰Bunda:

▫️dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o'tkaziladi;
▫️dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o'rganiladi;
▫️kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

🔘 2024-yil 1-yanvarga qadar:

▫️Universitet faoliyatida “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to'liq joriy etiladi;
▫️Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi.

🗓 2023-yil 1-martgacha umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍79😁8🤯7🤬5😱4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat test markazining
http://my.dtm.uz sayti orqali;
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

✅ pasport;
✅ diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
✅ toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍62🤩5🤔4👏3😁2⚡1
Ótish ballari @Abituriyentlari.pdf
2 MB
📊 2021 yilgi o‘tish ballari!

Bu faylni xozir xamma izlayapti! Chunki ushbu PDF faylda 2021 yilgi kirish imtihonlarida qayd etilgan minimal o‘tish ballari keltirilgan.

O‘zingizni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballarini topishingiz mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini
@mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Guruhlarga tarqatib yuboring!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍63❤3👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shavkat Mirziyoyev: «OAV xodimlari bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi».

«27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni».

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍43😁10👏6🤬2🥰1
"Talaba"- kulturniy devona,
"Stipendiya"- xalqaro yordam,
"Ma'ruza"- eng shirin alla,
"1-parta"- do'zax eshigi,
"Doskadagi talaba"- Vatandan yiroqda,
"Domla va talaba"- Ali bobo va qirq qaroqchi,
"Imtixondagi talaba"- murdalar gapirmaydilar,
"Kafedra"- dvaryanlar mahallasi.
"Ohirgi parta"- xayrli tun.
"Tanka"- haloskor ruh.
"Zvanok"- jinlar hayqirigi,
"Startsa"- Western union pul o'tkazishning eng qulay va oson usuli.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍93😁86🔥9❤8🤩3👏2
Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
— Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan?
Talaba:
— 1400 so‘m ekonom qilish uchun.
Kishi:
— Undan ko‘ra taksini orqasidan yugur 10 000 ekonom qilasan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁380👍46🤔37👏9🤬9❤7🤯6🔥2😢2🥰1🤩1
#abituriyentlar #qabul2022

❗️Qabul boshlandi!

Bugundan DTMning
my.dtm.uz sayti orqali yo’nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍121🔥12🤬11🤔9❤6🤩3😢2👎1😁1
#Eslatma

Talabadan hech qachon pul kerakmi deb so‘ralmaydi, Ma kerak bopqolar deb beriladi. Hurmatli otalar 🤦‍♂😁

👉 @Talabalar
😁437👍63🔥23👏15❤9🤔5🤬5🎉4🤩4
⚡️ Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.dtm.uz saytiga joylashtirildi

👨🏻‍💻 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

✅ Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍51🤔5🥰2🤯2❤1
❓Testga kirish uchun qancha to'lov qilinadi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming so'm to'laydi.

Test sinovi o'tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming so'm miqdorida to'lovni amalga oshirishi kerak.

Kimlar to'lovdan ozod qilingan:

— ta'lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to'liq davlat ta'minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “YOshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❗️ESLATMA: to'lovni amalga oshirmagan abiturientlar test sinovlariga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni bo'lib-bo'lib amalga oshirsa ham bo'ladi, faqat 20 iyulga qadar (o'sha kuni ham) to'lanishi shart.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍47🤬16🔥5❤2
⚡️Bugun 30 iyun — O‘zbekistonda " Yoshlar kuni ".

Bayramingiz muborak bo‘lsin O‘zbekiston Yoshlari!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤89👍35🎉35🤩13🔥7🥰6🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022

❗️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍38👏8❤4🥰1
⚡️ 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan e'lon qilingan muhim yangiliklar

👉 Xususiy ta'lim muassasalarida IT-texnologiya bo'yicha o'qish istagidagi yoshlarga 20 mln so'mgacha bo‘lgan miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi.

👉 "Maktab o'quvchilarini axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganishga majbur qilamiz" Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport san'at madaniyat yo'nalishidagi to'garaklar uchun har bir yoshga 300 ming so'mdan to'lanadi.

👉 Maktab o'quvchilari (14-17 yosh) ham Yoshlar daftarida ko'zda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar. Imtiyozlar turi 11 tadan 25 taga ko'paytiriladi.

👉 Ayollar va Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning hamma farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o'quv qurollari sotib olish harajatlari 100 foiz davlat zimmasidan olib beriladi.

👉 Texnikumlarga qabul yiliga 2 marotaba tashkil etiladi. Talabalar uchun "DAVLAT GRANDI" sonini 2 barobarga oshiramiz deydi.

👉 Texnikumlar uchun taʼlim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.

👉 2022/2023-o'quv yilidan boshlab Maqom xonandaligi, maqom cholg'u ijrochiligi va baxshichilik yo'nalishiga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma pullari to'liq davlat tomonidan to'lab beriladi.

👉 Fortepiano ijrochilarini tayyorlash bo'yicha qabul 3 barobarga ko'paytiriladi. Ushbu yo'nalishda ham yangi qabul qilingan talabalarning kontrakti to'liq davlat tomonidan qoplab beriladi.

👉 Har yili oliygohlarning sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt toʻlovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan toʻlab beriladi.

☝️Ushub imkonyatlar haqda Prezident 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazilgan bayram tadbiridagi nutqida maʼlum qildi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍86👏12🔥7❤3🎉3🥰1
⚡️Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29🤯6❤2
«Yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi. Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun – 1 million 200 ming so‘mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi» — Shavkat Mirziyoyev.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍42🔥8👏8😁7🤔3
⚡️Rasman: 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74🥰16🤬6🔥2❤1
⚡️ Koʻpchilik tushunmayapti. Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

✅ Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati mavjud

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

👉 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha taʼlim yoʻnalishlarida dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida;

👉 Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yoʻnalishida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❗️Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi boʻyicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va toʻlov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37🤬5❤3🤔3🔥2