Talabalar | Rasmiy kanali
83.4K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.73K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29🤯6❤2
«Yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi. Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun – 1 million 200 ming so‘mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi» — Shavkat Mirziyoyev.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍42🔥8👏8😁7🤔3
⚡️Rasman: 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74🥰16🤬6🔥2❤1
⚡️ Koʻpchilik tushunmayapti. Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

✅ Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati mavjud

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

👉 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha taʼlim yoʻnalishlarida dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida;

👉 Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yoʻnalishida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❗️Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi boʻyicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va toʻlov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37🤬5❤3🤔3🔥2
⚡️Pedagogika yo'nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori (PQ–289-son, 21.06.2022 y.) imzolandi.

✅ Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;
➖ Namangan davlat pedagogika instituti;
➖ Guliston davlat pedagogika instituti;
➖ O'zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
➖ Andijon davlat pedagogika instituti;
➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;
➖ Termiz davlat pedagogika instituti;
➖ SHahrisabz davlat pedagogika instituti;
➖ CHirchiq davlat pedagogika universiteti;
➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti.

✅ 2022/2023 o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida) olib boriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍65👏13🤬9🥰5😁2🤔2🔥1🎉1
⚡️Testga kirish uchun qancha to'lov qilinadi?


✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming so'm to'laydi.

Test sinovi o'tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming so'm miqdorida to'lovni amalga oshirishi kerak.

Kimlar to'lovdan ozod qilingan:

— ta'lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to'liq davlat ta'minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “YOshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❗️ESLATMA: to'lovni amalga oshirmagan abiturientlar test sinovlariga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni bo'lib-bo'lib amalga oshirsa ham bo'ladi, faqat 20 iyulga qadar (o'sha kuni ham) to'lanishi shart.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍41🔥7👏3🤬3❤1🥰1🤔1
⚡️ Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍40❤10😢10🤬4😁3🔥2🤔2👏1
#hayotiy

Jiyanim “41” sonini daftarning bir betiga toʻldirib yozib borgani uchun bogʻcha opasidan “muzqaymoqchali besh” olibdi. Talabalar esa “ozgʻingina uch” uchun 23 list referat yozyapti

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁422😢60👍43🤬38👏22🤔16🔥11🤯10❤9🤩6
⚡️Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana o’qish joyini o’zgartirsa bo’ladimi?


🔰 JAVOB: Ha, bo’ladi.


Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.❌

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.

To’lovda ham xuddi shunaqa. Tezroq imkonini topib, to’lovni amalga oshiring. Garchi har yili ko’p marta ogohlantirilsa ham, oxirgi kungacha to’lovni qilmasdan, “voy, esimdan chiqib ketibdi, muddatni uzaytirib beringlar” deya so’rovchilar ko’plab topiladi.

Manba: Xushnudbek.uz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍57❤4🔥4😢4👏3🤝2
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

🔹 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

🔹 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍78🤬23🤔9🤯6😢6🥰2😁2❤1🔥1👏1
Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍213👏33❤29😢22🔥20😁16🤔15🤯10🤣8👌4🆒2
👍1.21K🤬243🥰187❤163🤔72🎉52🔥44👏40😢38🤩37🤯30
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalik - oltin davrim 😅🎓

Barchaga yaxshi kayfiyat!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁169👍50🤬10🤣9👏7😢7🤩7🤔5🤪2⚡1🔥1
❗️ Joriy yilda baʼzi OTMlarning ayrim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlimga qabul boʻlmaydi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

⚠️ Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70😢11🤬10👏6😁4❤3😱3🔥2🤝1
Imtihonda 😂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁433👍69😢17🤩16🔥14❤10🤔7👏6🎉6🤬5🥰3
⚡️Rasman: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍141😢31👏29😁22🤬22🤯17🤔10🎉8👎2
#ulashing

📄 2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

🏢 Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

🖼 Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74❤8👏7🥰3🔥2
“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... 😅😄

☺️ Salom Ota, qalaysiz,
😉 Kunimga siz yaraysiz,
🙄 Nega unday qaraysiz,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤔Darsda hayol suraman,
🤭 Ijarada turaman,
😍 Sizni yaxshi ko'raman,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

😔 Rosti, aytmadim qo'shib,
😭 Yig'lagim kelar jo'shib,
😫 Stipendiya tushib,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

😁 "O’qish" deya chopgandik,
😌 Oxir kamol topgandik,
😅 Yozda beshga yopgandik,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi.😢

😪 Kunimiz o'tar arang,
🤯 Asablar bo'lar tarang,
🤕 Holimizga bir qarang,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤑 Byudjet edi zo'rimiz,
🤤 Shunga edi to'rimiz,
🤷‍♀️ Qurib qopdi sho'rimiz,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

🤭 Ota, o'yga botasizov,
😌 Novvasni ham sotasizov,
😜 Yoki qarzga botasizov,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😂

✍ Navro'z ZIYO

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁353👍165😢71👏26🤬19🔥16❤15🤩14🤯8🥰5🎉5