Talabalar | Rasmiy kanali
82.9K subscribers
1.97K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana o’qish joyini o’zgartirsa bo’ladimi?


🔰 JAVOB: Ha, bo’ladi.


Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.❌

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.

To’lovda ham xuddi shunaqa. Tezroq imkonini topib, to’lovni amalga oshiring. Garchi har yili ko’p marta ogohlantirilsa ham, oxirgi kungacha to’lovni qilmasdan, “voy, esimdan chiqib ketibdi, muddatni uzaytirib beringlar” deya so’rovchilar ko’plab topiladi.

Manba: Xushnudbek.uz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍57❤4🔥4😢4👏3🤝2
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

🔹 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

🔹 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍78🤬23🤔9🤯6😢6🥰2😁2❤1🔥1👏1
Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍213👏33❤29😢22🔥20😁16🤔15🤯10🤣8👌4🆒2
👍1.21K🤬243🥰187❤163🤔72🎉52🔥44👏40😢38🤩37🤯30
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalik - oltin davrim 😅🎓

Barchaga yaxshi kayfiyat!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁169👍50🤬10🤣9👏7😢7🤩7🤔5🤪2⚡1🔥1
❗️ Joriy yilda baʼzi OTMlarning ayrim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlimga qabul boʻlmaydi

❗️Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

⚠️ Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70😢11🤬10👏6😁4❤3😱3🔥2🤝1
Imtihonda 😂

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁433👍69😢17🤩16🔥14❤10🤔7👏6🎉6🤬5🥰3
⚡️Rasman: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍141😢31👏29😁22🤬22🤯17🤔10🎉8👎2
#ulashing

📄 2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

🏢 Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

🖼 Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍74❤8👏7🥰3🔥2
“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... 😅😄

☺️ Salom Ota, qalaysiz,
😉 Kunimga siz yaraysiz,
🙄 Nega unday qaraysiz,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤔Darsda hayol suraman,
🤭 Ijarada turaman,
😍 Sizni yaxshi ko'raman,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

😔 Rosti, aytmadim qo'shib,
😭 Yig'lagim kelar jo'shib,
😫 Stipendiya tushib,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

😁 "O’qish" deya chopgandik,
😌 Oxir kamol topgandik,
😅 Yozda beshga yopgandik,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi.😢

😪 Kunimiz o'tar arang,
🤯 Asablar bo'lar tarang,
🤕 Holimizga bir qarang,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤑 Byudjet edi zo'rimiz,
🤤 Shunga edi to'rimiz,
🤷‍♀️ Qurib qopdi sho'rimiz,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

🤭 Ota, o'yga botasizov,
😌 Novvasni ham sotasizov,
😜 Yoki qarzga botasizov,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😂

✍ Navro'z ZIYO

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁353👍165😢71👏26🤬19🔥16❤15🤩14🤯8🥰5🎉5
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

👨🏻‍💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

🔚 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

Manba: @eduuz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍52👏7🤔7❤4🥰3❤‍🔥1🤣1
⚡️O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA❓

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

☝️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

IZOH: Yuqoridagi miqdorlar stipendiyasiz bir yillik kontrakt miqdoriga nisbatan hisonlanadi. Masalan 6 mln kontrakt bo'lsa, shuning 1,5 barobari va hokazo tarzida. Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishga rozi bo'lgan talabalar OTM tomonidan imtihondan o'tgan talabalar kelishlari so'ralgan vaqtda ular ham borishlari mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍66😱36🤬12🤯7😁6🔥4🥰2❤1
O'tib borayotir muborak kunlar
Allohning rahmati yog'ilmish tunlar
Ko'zlarda yosh ila tilaymiz tilak
Arafa kuningiz bo'lsin muborak

Bugun barq urar falakdan iymon
Bugun ushalmoqda jamiyki armon
Bugun ijobatdir xar qaysi tilak
Kirib kelayotgan Hayit muborak

Bu kun aytiladi Allohga kalom
Bu kun aytiladi ming xil taborak
Yaqinlashib kelayotgan bayramlar sultoni
Qurbon Hayit Muborak
!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍63❤23👏6🥰1
#Qabul2022
📌 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar(Pasport yoki ID kartasi yo’qlar) OTM qabul komissiyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istalgan oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

✅ Bunda fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

❕ Boshqa toifadagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ular my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍27👏6🤔1
Yangi yo‘nalishlar-2022.pdf
302.5 KB
#Qabul2022

❗️ Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍47😱8🥰3👏3🔥2🤬2❤1🤣1
🌙 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik tilab qolamiz. Keyingi hayitlarni ham ko'rishni Olloh o'zi yetkazsin.

🕋 Hayit muborak aziz dindoshim !

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤38👍22🥰14👏4🔥1
⚡️O'qishni ko'chirishda 5 ta fandan imtihon topshiriladi

✅ Xorijiy oliygohlar va yurtimizdagi xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun talabalar 5 ta fandan imtihon topshiradilar. Bular:

➖ 2 ta mutaxasislik fanlari
➖ 3 ta majburiy blok fanlari


Perevodchilar to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball 189,0 ni tashkil etadi. Ya'ni test olish tartibi 2021-yilgi abituriyentlarniki singari bo'ladi (savollar soni bo'yicha ham)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍84🤬22🔥16🤯13👏7❤6😁3
⚡️Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan kirishlari mumkin:

📄Biometrik pasport (yashil rangli);
📄ID-karta;
📄Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
📄Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
📄Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

☝️Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍46🤔5🔥4👏3❤1
❓ Imtihonlar ochiq havoda o‘tadigan bo‘ldi, abituriyentlarga qanday sharoit yaratiladi?

✅ Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari ochiq xiyobon va stadionlarda bo‘lishi belgilandi. Ularning ro‘yxati tasdiqlandi va bu to‘g‘risida Davlat test markazi abituriyentlar va ularning ota-onalariga xabar berdi. Qanday tashkil etilishiga keladigan bo‘lsak, birinchi yil emas, uchinchi yil testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda tashkil qilyapmiz.

54ta stadion va xiyobon tanlab olingan. U yerda barcha sharoitlar yaratiladi. Birinchidan, abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash, Face-ID orqali tekshirib kiritish, undan keyin har bir guruhga kamera, ikkitadan nazoratchi qo‘yishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, test jarayonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi. Har domgidek ruchka, suv beriladi. Agar maxsus komissiyaning tibbiy niqob berish haqida qarori qabul qilinsa, niqob ham tarqatiladi. O‘tgan yilga solishtiradigan bo‘lsak, tashkilotchilik sifati undan-da yaxshiroq bo‘lishiga harakat qilamiz.

❓ Yoz oyi bo‘lgani uchun havo harorati juda issiq, abituriyentlarga bosh kiyim tarqatish ko‘rib chiqilmayaptimi?

✅ Ikki yil davomida bosh kiyimlar tarqatildi. Bu yil hali bu haqda bizga topshiriq yo‘q, chunki joylar tayyorgarligi endi boshlandi. O‘ylaymanki, ochiq joyda bo‘lsa, bosh kiyim ham beriladi. Agar abituriyentlar o‘zining bosh kiyimi bilan kelsa ham, bunga hech qanday cheklov bo‘lmagan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍91👏17🤯11🤔9❤6🥰5😁3👎1🎉1
Yangi javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling⬇️

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi.

❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍52😱22😢7🤬4🔥3😁3🤯2🙏2❤1