Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
❓Javoblar varaqasini qanday bo'yash kerak?

✅ Javob: Tanlangan javobga tegishli bo‘lgan doiracha to‘liq bo‘yalmasa, och rangli pasta yoki boshqa rangda bo‘yalgan bo‘lsa, javoblar varaqasini o‘qish qurilmasi bo‘yalgan doirachani tahlil qila olmaydi. Bunday holat bo‘yicha abituriyent e’tirozi qabul qilinmaydi.

✅ Shuning uchun, titulni to'g'ri bo'yashni yaxshilab o'rganib oling, hurmatli abituriyentlar!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍152🤬38🙏15🤯10👎6🔥5👏4😱4❤3😢2🥰1
⚡​​O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

✅ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.S. boshqa bir fuqaro F.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍61👏14👎7🔥4🥰3🤯2❤1🤔1
Hop-paaa, abituriyentlarga mazza boʻladi endi! 😉

Hech bir abituriyent hatto oʻylab koʻrmagan xushxabar eʼlon qilindi!

Bugungi xushxabarni oʻqib ularning boshi osmonga yetdi👇
👍152🤬89🐳28🤔18👎15❤13🤩11😁9🔥3🥰2👏1
​​⚡️Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

✅ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

📑 Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

✅ Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Ya’ni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍89🔥5👏4🤬2❤1
⚡️ Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

❕ Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

📑 Ruxsatnomani yuklab olish tartibini @Mandatlar_2022bot orqali bilib oling

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍135🐳17😢13🎉13🙏8🥰7❤3😱3🤔2
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📑 Ruxsatnomani yuklab olish tartibini @Mandatlar_2022bot orqali bilib oling

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍170🎉27🤬13👏9🤯8🤩6😁3😱3🥰2😢2
#Qabul2022
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

✅ 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

📥 Ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olishingiz mumkin

👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot

📆 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.
👍44👏12😱1
🎓 ABITURIYENTLARGA

Oʻtdi qancha ilm izlab kun,
Oʻtdi qancha uyqularsiz tun,
Shuncha umid, mashaqqat uchun,
Abituriyent — boʻling talaba.

Ishonasiz rosa oʻzingiz,
Yetayabdi bunga koʻzingiz.
Alloh yoruq qilib yuzingiz,
Abituriyent — boʻling talaba.

Xasadchini qoʻying shoshirib,
Doʻstu yorni baxtin oshirib.
Imtixonni aʼlo topshirib,
Abituriyent — boʻling talaba.

Haqqa yetib aytgan nolangiz,
Quvonchlardan oqib jolangiz.
Suyuntirib ota onangiz,
Abituriyent — boʻling talaba.

Ha oʻzingiz yoqtirgan joyda,
Grant bilan, choʻntakka foyda.
Mandat chiqib, manashu oyda,
Abituriyent — boʻling talaba.

Siz uchundir qilar duoyim,
Zafarlarni tilayman doyim.
Omadingiz berib Xudoyim,
Abituriyent — boʻling talaba.

✍ Odilbek Qodirov

Oliy taʼlim muassasalariga imtixon topshiradigan yaqinlarga yuborib qoʻyamiz😊. Sizlarga omad yor boʻlsin.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍134🥰53👏16❤10🔥5😢2
⚡️ Bu yilgi barcha Abituriyentlar test topshiriqlarida savollarni barchasiga 100% tog'ri javob bera oladi, chunki:

100% natijaga erishish uchun👇
😁143🤬134👍73👎18🥰17👏15❤9🔥5😱5🤔1
😄 Biz yoshlar umuman kutmagandik!

⚡️Endi imtihonga shpargalka olib kirishga urunmang, chunki DTM oʻzi beradi


✅ DTM tarixida ilk marta abituriyentlarga imtihon vaqti savollar kitobi bilan birga eng asosiy matematik formulalar ham tarqatiladi.

Yaʼni endi bu kabi formulalarni shpargalka qilib yoki yashirincha olib kirish shart boʻlmaydi. Abituriyentlar tarqatilgan formulalardan bemalol foydalanib, test savollariga javob topishlari mumkin boʻladi.

Avvalgi yillarda kimyo fanidan topshirayotganlarga Mendeleyev davriy jadvali, fizikadan topshirayotganlarga esa fizik kattaliklar roʻyxatini tarqatish yoʻlga qoʻyilgandi.

🎓 @Talabalar kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍269🤬45👏18👎14😁12❤10🎉7🤯6🤔5🔥3😢1
⚡️Tibbiyot boshlaydi, iqtisodchilar tugatadi!

🌀 Imtihon sanalari bo'yicha taqsimlash:

✅ 8-9-10 avgust - Tibbiyot yo'nalishlari, shuningdek Kimyo-biologiya ixtisoslashtirilgan fanlar yo'nalishlari bo'yicha

✅ 11 - 12 avgust - asosan pedagogika, psixologika yo'nalishlari va maktabgacha ta'lim yo'nalishi.

✅ 13-avgust - texnik yo'nalishlar uchun boshlanadi va 19-avgustgacha davom etadi

✅ 14-avgust - yuridik yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bir kunda topshiriladi.

✅ 15-avgust - iqtisodchilar uchun boshlanadi va shu kabi yo'nalishlar bo'yicha oxirgi imtihon kunigacha davom etadi.

✅ 16-17-18 avgust - asosan filologiya yo'nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tadi

⚠️ ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍133🤯7🔥3🥰2🤔1
​​⚡️Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Ya’ni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📑 Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish uchun bot: @mandatlar_2022bot

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍95👏11🤯6🥰4😁1
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤100👍34🐳15🥰8🔥5
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini ko‘chirishga oid arizalar qabul qilishning so‘nggi kuni. O‘qishini xorijdagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi davlat va nodavlat oliygohlardan boshqa bir davlat OTMga ko‘chirmoqchi bo‘layotganlar arizalarni bugun, 5 avgust soat 23:59 ga qadar topshirishlari kerak.

✅ Bunda arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️
my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍51🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umrida birinchi marta testga kirayotganlar, ushbu videoni albatta ko'ring!

📹 DTM abituriyentlarga eslatish maqsadida, test sinovlarini o‘tkazish tartibi bo'yicha maxsus video lavhani e'lon qildi. Buni har bir abituriyent ko'rishi va mumkin bo'lmagan holatlarni oldindan bilib olishi shart. Kech bo'lgach "bilmagan edim" deya afsuslanishning foydasi yo'q.

✊ Videoni maksimal tarqatib tashlaylik!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59❤5
⚡️ Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida abituriyentlarga berilgan testlarni yechish uchun qancha vaqt beriladi?

➖ Majburiy fanlar 3 ta boʻlib, har biri 10 tadan savol boʻladi, jami 30 ta savol. Har bir toʻgʻri javob uchun esa 1,1 ball. Umumiy 33 ball hisoblanadi. Belgilangan vaqt esa 1 soatni tashkil qiladi.

➖ Asosiy fanlar 2 ta boʻlib, har biri 30 tadan savol. 1-fan savollari uchun 3,1 balldan, jami 93 ball. 2-fan savollari uchun 2,1 balldan, jami 63 ball. Asosiy fanlar blokini ishlash uchun jami 2 soat (har bir fan uchun bir soatdan)

⏱ Demak, abituriyentlarga kirish imtihonlarida jami 3 soat vaqt beriladi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ball.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍58👎3👏2
Domla va talaba sessiyada:

Domla:
Samalyotda 300 g'isht bor edi. Bittasi tushib ketdi. Nechta qoldi?
Talaba: Albatta 299 qoladi.
Domla: Ha to'g'ri. Tuyani 3 ta xarakat bilan muzlatkichga qanaqilib joylimiz?
Talaba: Birinchi muzlatkichni ochamiz, tuyani joylimiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Sigirni 4 ta xarakat bilan qanaqilib muzlatkichga joylaymiz?
Talaba: Birinchi muzlatkich eshigini ochamiz, tuyani chiqazamiz, sigirni joylaymiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Keyingi savol: o'rmon qiroli sher tug'ulgan kun o'tkazdi. Hamma hayvon bordi yu bittasi bormadi. U qaysi hayvon? Talaba: Albatta sigir borolmadi. Chunki, u muzlatkichda.
Domla: Ha buyam to'g'ri. Chol timsoxli ko'ldan suzib o'ta oladimi?
Talaba: Ha o'ta oladi. Chunki tumsoxlar sherni tug'ilgan kunida ku.
Domla: Ha bunisi ham to'g'ri. Lekin chol suzib o'tolmay cho'kib o'ldi. Nega?
Talaba: Qariganligi uchun yarmida charchab qolib cho'kib ketgan.
Domla: Yo'q topolmading. Cholni boshiga samalyotdan tushgan g'isht tushib o'ldi. Bor qayta topshirasan sessiyadan o'ta olmading.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣243😁105👍68🤯15😢6❤5😱5👏4🥰2🤔2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Padariga lan'at, bunaqa o'qishini!

😉 Mana shunaqa, o'qimaydigan ho'kiz talaba va abituriyentlarga videoni yuborib qo'ying!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤣175😁123👍32🤬9😢9👏7😱4🥰3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonga tayyorlanyabsilami😅❓

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁109👍45🤬16😢6👎4🤔2👏1
#Qabul2022
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

✅ 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

📥 Ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olishingiz mumkin

👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot
👉 @Dtmuzb_mandatbot

📆 Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.
👍63😁9🥰5