Talabalar | Rasmiy kanali
83.3K subscribers
1.97K photos
736 videos
118 files
3.73K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Talaba ishlashi mumkinmi?

✅ Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍35💯9❤5
❗️Talabalik yaxshi-da!

Uy ishidan qochgani,
Shahar tomon chopgani,
Yaxshi bir qiz topgani,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir mehnat qilmaysan,
"Yer chopaman" demaysan,
O'qib olim bo'lmaysan,
Talabalik yaxshi-da!

Tun yarmi ham kelmaydi,
Birov bilib yurmaydi,
Uydagilar ko'rmaydi,
Talabalik yaxshi-da!

Talaba bu erkin qush,
Kunduz o'qish tunda ish,
Ko'rinadi har xil tush,
Talabalik yaxshi-da!

Puli bo'lsa boyvachcha,
Kursdosh qizlar shaytoncha,
Do'stlarning soni ancha,
Talabalik yaxshi-da!

"O'qishdan chiqar" deb yor,
Gulhayo, Zebo, Dildor,
Hali unga... bunga bor,
Talabalik yaxshi-da!

Qo'llarida burda non,
Ovqat yeydi har zamon,
Joni shu bilan omon,
Talabalik yaxshi-da!

Qizlar bilan yuradi,
Sahar o'n bir turadi,
Stipendiya tushadi,
Talabalik yaxshi-da!

Tushmaydi unga oylik,
Puli bor - bitta choylik,
Stipendiya bu boylik,
Talabalik yaxshi-da!

O'n ikki oy ro'zada,
Hayolda osh yesada,
Cho'ntak qurg'uq tozada,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir yukmas birovga,
Jonin tashlar olovga,
Tuxum solar palovga,
Talabalik yaxshi-da!

Soxta shoir talaba,
Bu she'r hazil. Talaba
Bir kun qilar g'alaba,
Talabalik yaxshi-da!


✍ Soxta shoir

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍94😁28🔥5❤‍🔥2🥰2🤩2😍2❤1👏1
✨ Kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

😇 Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


🤖 @Ismga_tabriklarbot - tabrik yasang!!!

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍31🥰10❤9❤‍🔥5
⚡️Kredit-modul tizimida talabalar o'qishdan chetlatilmaydi

✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" muvofiq, barcha OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan.

🟥Kredit-modul tamoyili ikki asosiy masalaga ahamiyat beradi:
🟢talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;
🟢talabalarning bilimlari reytingi asosida baholash

Unga ko'ra, universitetlarda o'tiladigan har bitta fan kredit orqali hisoblanadi. Misol uchun, bir fan 4 kredit tizimidan, 6, 7 kreditgacha belgilanishi mumkin. Bunda talaba o'qish semestrlari davomida fanlardan belgilangan kreditlarni yig'ishi kerak. Belgilangan kreditlarni yig'a olmagan, darslarda faol qatnashmagan yoki dars qoldirgan talabalar o'qishdan haydalmaydi. Ular tizimidan qarzdor hisoblanib, belgilangan kreditlarni yig'ish uchun pul to'lab, qayta o'qish va imtihonlarni topshirishi mumkin bo'ladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👎19😁4🔥3🤔1
⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yili
da oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍18👎4
⚡️ Kontrakt to'lovining oxirgi muddati 1-noyabr etib belgilandi

✅ Bakalavriat va magistraturaga  tavsiya etilgan hamda o'qishini ko'chirib kelgan talabalar uchun kontrakt to'lovini to'lashning oxirgi muddati 1-noyabr sanasi etib belgilandi.

✅ To'lov qilishga ulgurmaganlar tezroq kontrakt to'lovini amalga oshirishingiz lozim.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👎49👍22😁7🔥2👏1
⚡️ Endi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona 24 soat davomida kechayu kunduz uzluksiz ishlaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍62🥱9🤣5😁4🔥3🤩3
👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

✅ Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍156👏32❤5🔥3🥰3😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Stipendiya miqdoriga qarab 🎻skripka chaluvchi talaba...
Stipendiyalarni oshiraversakmikina

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁53👍13😱4🤔3
⚡️DTM kelasi yilgi testlar tuziladigan darsliklar ro‘yxatini e’lon qildi

2022/2023-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati DTM saytidagi https://dtm.uz/info/textbooks sahifasida e’lon qilindi.

Bunda o‘zingizga kerakli fan va tilni tanlagan holda, darsliklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍23❤‍🔥5👎3❤1🤔1
😅 ​Sessiya bu - ...

​🔔 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

🔔 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

🔔 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

🔔 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

🔔 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

🔔 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

🔔 Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

🔔 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

🔔 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

🔔 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

🔔 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍59🤣46😁9💯2🥰1
⚡️Rossiyadagi talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga imtihonsiz koʻchirishlariga ruxsat berildi

✅ Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍28❤4🤯2
😁 Sizga JUMA kuni uchun tabriklar

🤗 Rasmga tabrik izlab qiynalib o‘tirmasligingiz uchun biz sizga har bir yaqiningizga atab tabriklar tayyorlab qo‘ydik.

🙂 Marhamat kerakligini tanlang 👇
👍5
⚡️115 mln dollarlik 18 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish boʻyicha maslahat xizmati bitimi imzolandi

✅ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida loyiha qiymati 115 mln dollarlik jami 18 000 oʻrinli 17 ta talabalar turar joylarini qurish boʻyicha Maslahat xizmati bitimi imzolandi.

👉 Batafsil

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍24👏11🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba qoʻrqmadi, bor kamchilikni boricha aytib tashadi!👏🏻

✅ Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakulteti 2 kurslariga hemis va modul tizimiga oʼtish munosabati bilan majlis oʻtkazilgan va bunda talaba taʼlim tizimida qanday kamchiliklar borligini ochiq-oydin aytgan.

✅ Bundan tashqari talaba taʼlim tizimini GM'ning sifatsiz holatiga ham taqqoslagan.

🤦🏻‍♂️ Lekin bu savol va murojaatga tegishli mutasaddilar javob bera olmagan.

🔥 Talabaga shunchaki RESPECT

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍156🔥23👏14🤩4💯4👎2😁2
⚡️ OTM talabasi hamda bitiruvchisini ishga qabul qilgan tadbirkorga subsidiya beriladi

Prezidentning «Muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorlar «ustoz-shogird» an’analari asosida hududlardagi yosh tadbirkorlarga ko‘maklashishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/26659814

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍28❤10
👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Talabalar - sutemizuvchilar sinfiga kiradi.

3 ta turi bor: 1 - Grand 2- kontrak 3- super kontrak. U asosan 3-4yil, ko'pi bilan 5-7yil umr ko'radi. Yer yuzining institut bor joyda tarqalgan. Faqat mehmonxonalarda uchramaydi. Ko'proq yotoqxonada yashaydi. Doim tayyor ovqat bilan abetlanadi: buxonka, rolton, tuxum sevimli taomi. Ovqat manbayi stipendiya.
O'ziga xos xususiyatlari: o'ta itoatkor, har qancha xo'rliklarga chidamli. 1-2 kun yemay, ichmay, uxlamay yura oladi. Yilda 2 marta katta miqdorda ehson qiladi. So'z boyligi domlani aldashga yetadi. Regeneratsiyasi kuchli: yillik yo'qotilgan vaznni yozgi ta'tilda tiklay oladi.


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁93🤣62👍27🔥5🌭5❤‍🔥3🥰3👏2
​⚡️Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

✅ Endilikda oliy ta’lim muassalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

✅ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxasisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

✅ Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👏23👍18👎16
⚡️Samarqand davlat chet tillari institutida "zamdekan" pora bilan ushlandi

✅ U Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti Samarqand filialiga $6000 evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37😱19👎8🤯4😁3🤔3
⚡️ Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !

✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

🚩 Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍64❤35👏5🌚4🔥2👎1