Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
😊😊😊😊😊😊

❗️O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p boʻlgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin

✅ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri bunday bitiruvchilar soni koʻp boʻlgan OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb topilishi mumkinligi haqida rektor va masʼul prorektorlarni ogohlantirdi.

📝 Batafsil — http://dy.uz/f1sp9

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59
😊😊😊😊😊😊

⚡️Sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ish joyidan qanday imtiyoz berilishini bilasizmi?

✅ Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.

📝 Asos: O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67🤣37😢5👀5✍4🤓1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Toshkent oliy o‘quv yurtlari tirbandliklarni kamaytirish uchun shahar chetiga ko‘chirilishi mumkin

✅ Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poytaxtdagi tirbandliklar oliy o‘quv yurtlari dars vaqtida 33 foizga oshadi.

✅ Yirik oliy o‘quv yurtlarini shahar tashqarisiga ko‘chirish, tirbandlikni kamaytirish jahon tajribasi ekanligi ham ta’kidlangan. Shu sababli tirbandlikni kamaytirish maqsadida oliygohlarni Toshkent shahri tashqarisiga ko'chirish ehtimolligi istisno qilinmaydi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37😢29🤣13🤔4👀2
😊😊😊😊😊😊

🇹🇷 Zilzila episentri bo‘lgan Xatay viloyatining birgina omon qolgan shaxri Erzin.

➡️Xatay viloyati Erzin shahrining yosh hokimi Okkesh Elmaso‘g‘li:

"Men xatto 1 ta binoning noqonuniy qurilishiga ruxsat bermadim. Ular mendan g‘azablanishdi, tanqid qilishdi va quyidagi so‘zlar bilan qo‘rqitishdi: "halol bo‘lgan bitta senmi?" Lekin xozir vijdonim bezovta qilmayapti".

☝️ Ma’lumot uchun, Erzin shahri hududida bironta ham bino qulab tushmagan. Erzin – bu vayronagarchilik bo‘lmagan yagona hudud...

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🔥8⚡4👏1
😊😊😊😊😊😊

❗️Talabalik yaxshi-da!

Uy ishidan qochgani,
Shahar tomon chopgani,
Yaxshi bir qiz topgani,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir mehnat qilmaysan,
"Yer chopaman" demaysan,
O'qib olim bo'lmaysan,
Talabalik yaxshi-da!

Tun yarmi ham kelmaydi,
Birov bilib yurmaydi,
Uydagilar ko'rmaydi,
Talabalik yaxshi-da!

Talaba bu erkin qush,
Kunduz o'qish tunda ish,
Ko'rinadi har xil tush,
Talabalik yaxshi-da!

Puli bo'lsa boyvachcha,
Kursdosh qizlar shaytoncha,
Do'stlarning soni ancha,
Talabalik yaxshi-da!

"O'qishdan chiqar" deb yor,
Gulhayo, Zebo, Dildor,
Hali unga... bunga bor,
Talabalik yaxshi-da!

Qo'llarida burda non,
Ovqat yeydi har zamon,
Joni shu bilan omon,
Talabalik yaxshi-da!

Qizlar bilan yuradi,
Sahar o'n bir turadi,
Stipendiya tushadi,
Talabalik yaxshi-da!

Tushmaydi unga oylik,
Puli bor - bitta choylik,
Stipendiya bu boylik,
Talabalik yaxshi-da!

O'n ikki oy ro'zada,
Hayolda osh yesada,
Cho'ntak qurg'uq tozada,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir yukmas birovga,
Jonin tashlar olovga,
Tuxum solar palovga,
Talabalik yaxshi-da!

Soxta shoir talaba,
Bu she'r hazil. Talaba
Bir kun qilar g'alaba,
Talabalik yaxshi-da!


✍ Soxta shoir

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🤣39⚡7🤓5🤝5🕊3❤‍🔥2✍1🔥1
😊😊😊😊😊😊

📌 10-11 sinf o‘quvchilariga fanlarni tanlab o‘qish imkoniyati yaratiladi

🇺🇿 Joriy yilgi Davlat dasturi loyixasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

✅ Bunda:

👉 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;

👉 5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;

👉 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

🗄 Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🤣8👀8🤝6🔥3🤓3⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Jamiyatda kitobxonlik darajasini rivojlantirsak, davlatimiz ham rivojlanadi!

📚 Amerikada umumiy aholining 73% foizi kitobxon, Xitoyda esa bu ko'rsatkich 70% foizni tashkil qiladi.

🌐 Kuchli 10talikda eng pastki o'rinlarda Janubiy Koreyada 37%, Turkiya 39%, Germaniya 50%, va hattoki Rossiyada 53% aholi kitobxon hisoblanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥12⚡2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣108👍11🤓4⚡3🔥3👀3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Bugun buyuk bobomiz shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavullud topgan kun hurmatli yoshlar... 😂

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣177👍66🤓11🔥8🕊8❤‍🔥4⚡4🤝4✍2🐳2👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

🇺🇿 O‘zbekcha kredit-modul tizimi

✅ Ko‘p bor oliy ta’lim tizimida joriy qilin(ayot)gan kredit-modul tizimi haqida gapirilmoqda, o‘rni kelganda bu bilan balandparvoz gaplarni gapirib, maqtanilmoqda. Kredit-modul tizimi yaxshi, ammo uni ham o‘zimizga moslashtirishdi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🔥4🤝4🐳2⚡1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Nodavlat oliygohlardan boshqa OTMlarga o'qishni ko'chirish tartibi

➡️ Nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish xorijdan o'qishni ko'chirish tartibi bilan bir xil asosda yilda bir marotaba iyul-avgust oylarida amalga oshiriladi. O'qishni ko'chirish belgilangan test (kasbiy, ijodiy) asosida o'tkazilib, yetarli ball to'play olgan talabalar o'qishi ko'chiriladi.

➡️ Nodavlat oliygohdan boshqa nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirishda, o'qishni ko'chirish tartibi talabani qabul qilayotgan oliygoh tomonidan qonun doirasida (test, suhbat) belgilanadi.

😄 O'qishni ko'chirishda kvota mavjud emas hamda yetarli ball to'plab olmagan talabalar super kontrakt sosida o‘qishni ko‘chirishi mumkin.

🗂 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o'tish ballari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan

© Manba: Nodavlattalim

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥1
😊😊😊😊😊😊

🍋 Talabalar soni 1 mlndan oshdi

📈 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.

✅ Shundan: 

👨🏻‍🎓 Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
👩🏻‍🎓 Talaba qizlar – 495,6 ming nafar.

🗓 2021 yilning 1 yanvar holatiga xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🤓11🔥3⚡1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

📆 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli natijalari tasdiqlandi.

📌 Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22
😊😊😊😊😊😊

⚡️ To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi

✅ Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 marti etib belgilandi.

📂 Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤣6⚡2✍1🔥1
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Farg'onadami? Namangandami? Xullas 21 yoshli talaba otasiga zarda qilib, o‘zini o‘zi yoqib yubordi

✅ Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 2002-yilda tug‘ilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.
Guruh rahbari talabaning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan. O‘z navbatda ota o‘g‘liga telefon orqali tanbeh bergan.

✅ Shundan so‘ng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqo‘rg‘on tumani «Nurafshon» MFY hududidagi dala-adirlik maydoniga o‘zi bilan birgalikda benzin yonilg‘isini olib kelib, o‘zini ustidan quyib, o‘zini yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan.

✅ X.X.ni yonib jarohat olganligini ko‘rib qolgan fuqarolar unga yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib kelishgan. Tibbiy ma’lumotga ko‘ra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50 foiz qismida chuqur kuyish jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

✅ Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢139👍27👀12🤔6⚡3🕊2🔥1
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Toshkentda o‘qish davrida talabalar faolligi yo‘ldagi tirbandliklarni 11 km gacha ko‘paytiradi — PMTI

✅ Toshkent shahrida boshqa viloyatlarga nisbatan narxlarning nisbatan yuqoriligi, talabalar turar joyining yo‘qligi va ijaraga berish narxining qimmatligi ta‘lim xarajatlarining bir necha barobar oshishiga olib keladi.

📝 Batafsil — http://dy.uz/Sjf84

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🤓5🤝5🔥2
😊😊😊😊😊😊

🇺🇿2023-yilda ilm-fan va innovatsiyalarga qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum boʻldi

🟢Soʻnggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion soʻm ajratilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan ijtimoiy sohalarga masʼul rahbarlar yigʻilishida maʼlum qilingan.

➡️Qayd etilishicha, 2022-yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy taʼlimga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.

🟢Yigʻilishda soʻnggi yillarda olimlarning ish haqi oshirilishi, ilm-fan hamda innovatsiyalarga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi yoʻnalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.

☝️Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi taʼkidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng targʻib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash boʻyicha vazifalar belgilandi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Sherzod Shermatovning yonidagi bu yigit Jizzax viloyati, Baxmal tumanining Baxmal qishlog‘idan — Xosilmurod Abduxoliqov. U 100% grant bilan AQShning Yale universitetiga o‘qishga kiribdi.

“10-sinfda 2-3 oy tayyorlanib IELTS’dan 7,5 ball oldim. 1 yil davomidagi o‘qishda portfolio, loyihalarim, o‘rganganlarimdan so‘ng SAT imtihonidan 1500 natijasini ko‘rsatdim. 2022-yilning dekabrida Yelga qabul qilinganligim haqida xat oldim, quvonchim cheksiz edi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, THE reytingi bo‘yicha Yale universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari ro‘yxatida 9-o‘rinda turibdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov ham shu universitetning bitiruvchisi hisoblanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥12🤓6
😊😊😊😊😊😊

😂 Izohsiz ….

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣216😢12👀10🔥8👍5🤓3🤔2👌2👎1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✅Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥1👀1