Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
😊😊😊😊😊😊

​​⚡️Bitiruvchilar ID karta olishlari shart!

❌ Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi

✅ Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🕊2🤓2🔥1
😊😊😊😊😊😊

​7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥2🐳2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

Qarshi City’da talaba yigit tomdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgani aytilmoqda

Mazkur voqea bugun, soat 14:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢52👍15👎2
Talabalar | Rasmiy kanali
😊😊😊😊😊😊 Qarshi City’da talaba yigit tomdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgani aytilmoqda Mazkur voqea bugun, soat 14:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan. ✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇 https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😊😊😊😊😊😊

⚡️ RASMIY XABAR: 21-fevral kuni soat 12-10 larda Qarshi shahrida yashagan 22 yoshli yigit (Toshkent Axborot Texnologiyalar universitetida sirtdan ta’lim olib kelgan) ota-onasi bilan yashab kelgan uydan sababsiz chiqib, Navo M.F.Y.da joylashgan ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan o‘zini tashlab yuborib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirish davomida 2019-yilda marhum yigitning ruxiyatida o‘zgarish bo‘lganligi sababli klinikada davollanganligi, shu davrda ham o‘z joniga qasd qilishga urunganligi aniqlandi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢53👍12👀10✍3🆒2🐳1
😊😊😊😊😊😊

😂 Ayniqsa, bu haqiqatni koʻpchilik talabalar yaxshi bilishadi :)

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣125👍11🔥2🤓2🤝1
😊😊😊😊😊😊

⚡️Surxondaryoda talaba birovning kartasidan 75 mln so‘m pullarni "uxlatdi"

U o‘zini bank xodimi deya tanishtirib, plastik karta egasidan sms-xabarnomani qo‘lga kiritgan. Talaba barcha pulni bankomat orqali yechib olgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢49🤣47👍16👀5🤓3⚡1🤔1🕊1🆒1
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri UNESCOning nufuzli xalqaro mukofotiga sazovor bo‘libdi.

📝 BATAFSIL: https://uza.uz/oz/posts/oliy-talim-fan-va-innovatsiyalar-vaziri-unesconing-nufuzli-xalqaro-mukofotiga-sazovor-boldi_456408

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤣29
OTMlar ro‘yxati (@AvazbekY).pdf
285.1 KB
​#bilasizmi

❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

☝️Batafsil yuqoridagi faylda.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27✍2
😊😊😊😊😊😊

Eng qadimgi universitet haqida bilasizmi ?

🏢 Boloniya universiteti dunyodagi eng qadimgi universitet bo'lib, u 1088-yilda tashkil etilgan.

Italiyaning Boloniya shahrida joylashgan oliygohda 87,760 nafar talaba tahsil oladi, ulardan 6,400 nafari xalqaro talabalardir. Mashhur bitiruvchilar orasida uchta papa, ko'plab biznesmenlar va bir qancha italiyalik siyosatchilar bor. Boloniya universiteti 1500 universitetni qamrab olgan OTMlar reytingida 167-o'rinda turadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

Talabalar shunchalik boy bo’lib ketganki, hatto avtobus, metro haydovchilari ularga eshikni ochib beradi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣124👍14🤓4☃3
😊😊😊😊😊😊

❗️1-apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi.
Jumladan:

- o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi;

- IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🤣3
😊😊😊😊😊😊

⚡️ "Toshkent davlat stomatologiya instituti yotoqxonasida sharoitlar yuksak darajada yaratilgani guvohi bo‘ldik. Hatto talabalarga bepul nonushta tashkil qilingan." — deydi Deputat Maqsuda Vorisova

😂 Rostan ham shundaymi stomatologlar...

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣66👍15🤓10
😊😊😊😊😊😊

⚡️Rasman: Ish stajiga ega bo‘lgan ayollar oliygohlarga imtihonsiz qabul qilinadi

✅ Buning uchun xotin-qizlarda kamida 5 yillik ish staji bo’lishi kerak. Ta’lim olgandan keyin esa ular tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha yana 5 yil ishlab berishlari majburiy etib belgilanadi.

📆 O'qish istagini bildirganlarning murojaatlari har yili 1-maydan 1-iyunga qadar Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan elektron shaklda qabul qilinadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤓9👎8⚡2🔥1
😊😊😊😊😊😊

PUBG oʻynaydiganlar bormi safimizda ? 😅

​🔫 Kibersport bo‘yicha yangi yo'nalishi ochiladi. O'qish muddati 3 yil! Qabul shu yildan!

🇺🇿Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yildan an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha:

👉 har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;

👉 har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;

👉 har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri o‘tkaziladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023-2024-o‘quv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi, hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👎4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

😅 Medda o'qidiganlar bormi?

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32👍21🆒6🤣4⚡3👎3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

✈ Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ofitser va harbiy kursantlar bilan tushlik qilmoqda.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50⚡4👎3🔥2👏2🆒1
😊😊😊😊😊😊

📌O‘tgan yilgi o‘qishni ko‘chirishda 5 ta fandan imtihon topshirilgan

✅ Xorijiy oliygohlar va yurtimizdagi xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun talabalar 2022-2023 o‘quv yilida 5 ta fandan imtihon topshirgan. Bular:

➖ 2 ta mutaxasislik fanlari
➖ 3 ta majburiy blok fanlari


Perevodchilar to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189,0 ni tashkil etgan. Ya’ni test olish tartibi 2021-yilgi abituriyentlarniki singari bo‘lgan.

Ammo 2023-2024 o‘quv yildagi tartibda o‘zgarish bo‘lish-bo‘lmasligi ma’lum emas

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Toshkent shahrida jamoat transportida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari joriy etilishi kutilmoqda. Bunda:

➖Bir martalik to‘lov, agar naqd bo‘lsa, 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1800 so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda;
➖bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
➖ ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
➖ avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.
➖Shu bilan birga, jamoat transportidan kunlik faol foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar (6 ming so‘m) joriy etiladi.
➖Har bir avtobus yo‘nalishiga ikki nafardan nazoratchi biriktiriladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34👎8⚡4👏3🔥2
😊😊😊😊😊😊

⚡️Magistraturaning ​ qishki qabulida kontraktga o‘qishga kirgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladimi?

✅ JAVOB:
Ha, to‘lab beriladi.

Huquqiy asoslari:
1⃣. Prezidentning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni;
2⃣. Hukumatning 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori.

Bunga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi. Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi. ️

Tatbiq etilmaydi:
❌ tegishli tartibda ariza bermaganlarga;
❌ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
❌ nodavlat OTMlarning magistraturalariga. 

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏5🔥2👎1
😊😊😊😊😊😊

⚡️ 2022-yilda eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi

OTM daromadlari quyidagilardan shakllangan:
•
budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar (umumiy daromadlarning 25 foiz);
• to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar (71,6 foiz);
• rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar (3,4 foiz).

2022-yilda eng ko‘p sof daromad ko‘rgan 5 ta oliygoh:
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
▫️Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
▫️Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
▫️Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
▫️Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;

2022-yilda xarajati umumiy daromadidan eng ko‘p miqdorda oshib ketgan 5 ta oliygoh:
▪️Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
▪️Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
▪️Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
▪️Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🆒1