Talabalar | Rasmiy kanali
83.7K subscribers
1.96K photos
737 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
🪪 Bitiruvchilar ID karta olishlari shart!

❗️Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi

☝️Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.

➡️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
😊😊😊😊😊😊

😇Endilikda o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

😇Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
😇Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
😇Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
😇Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

🥲 KASALXONAGA borsang bo'sh joy yo'q - filmdan parcha

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49👏13🤣5🆒2
😊😊😊😊😊😊

Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari.

🌺Bugun soat 10.00dan 18.00 ga qadar kun davomida Beruniy maydonida (metro) "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tumanning katta tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 1 tonnaga yaqin sumalak, 1 tonnaga yaqin xalim, 5 ta dosh qozonda osh damlanib bepul aholiga tarqatiladi.

🟢Barcha 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni bayramga taklif qilamiz. Tadbir davomida konsert dasturi ham rejalashtirilgan!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55
😂 Aytishlaricha bu shifokorlar alifbosi ekan, biron yozuvni o'qib ko'ringlarchi.

➡️ Medda o'qidiganlarga yuborib qo'yamiz

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣58👍19⚡2👏2
#Sovchilikda

- Qizingiz qayerda o'qiydi?

- Jahon tillarida.
- Zo'rku, IELTS topshirganmi?
- Ha.
- Listeningdan nechchi ball olgan?
- 8.5
- Juda soz. Qulog‘iga gap kiradigan qiz ekan. Kelin qilamiz.
(qiz onasi #Ichida)
- Xudoga shukur, Speakingdan 9.0 olganini so‘rashmadi!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣117🆒5👍4👏4⚡1
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏2
❗️Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi

Hukumatning 3-oktabrdagi 561-sonli qaroriga muvofiq, tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilidan:

🔰 Barcha tibbiyot OTMlarning:

➖ «Davolash ishi»;
➖ «Pediatriya ishi»;
➖ «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

✅ Barcha tibbiyot OTMlar, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏3⚡2🔥2
​😏 Mazzami? Endi hokim yordamchilari oliygohga imtihonsiz, davlat GRANTI asosida qabul qilinadi

✅ Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

😡 Eshityapsanmi? Endi hokimning yordamchilari xalq pulidan, ya'ni bizning pulimiz hisobiga o'qishadi. Tekinga! O'qish xarajatlari byudjetdan qoplanadi. O'zi, oliy ma'lumoti bo'lmaganlar qanday qilib hokim yordamchisi bo'lishi mumkinligi alohida masala.

Layfhak: Hullas, o'qishga grant asosida kirishning yangi korrupsion sxemasi yaratilmoqda:

1-bosqich: Hokimiyatga ishga kirish;
2-bosqich: Hokimdan tavsiyanoma olish;
3-bosqich: Grant asosida o'qishga kirish

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣76👍14👏6🆒5🔥4⚡1
Hurmatli Kursdoshlar!

Navroʻz kuni menikiga kelinglar, kurka dimlayman. Bir tomonda shashlik qilamiz, farsh, jiz, tovuq aralash, qozonda qoʻy goʻshtidan shoʻrvacha biqqillab qaynab turadi, baliq pishiramiz, dasturxonni noz-neʼmatlar meva-chevalar bilan toʻldirib tashlayman, keyin katta tort ham aytib qoʻyganman, e xullas, talabalikda mazza qilib oʻtiramiz-da, bir yayraymiz, kelsangizlar boʻldi, hammasi zoʻr boʻladi, oʻyin-kulgu qilamiz, deb kimdir chaqirsa, meniyam aytinglar😅

Kursdoshlarga yuborib qo'ying! 😉

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣105👍17🆒1
⚡️ Marketing lvl 99

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣103👍14⚡4🆒2👏1
😊😊😊😊😊😊

Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - deyamush😂

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣103👍17👏2
😊😊😊😊😊😊

😁 Sizga qaysi darslar yoqadi...? Nega...?

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣125👍24⚡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'qish vaqtida...

“Oʻqisanmi, oʻqimisanmi farqi yoʻq, baribir SOQQANG BOʻLSA BITIRASAN”

Narxozdigiladan kreativ video.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57🤣31👏3⚡2🔥2
​⚡️ Nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlash Konstitutsiyada belgilanadi

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi eʼlon qilindi.

Eʼtiborlisi, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 50-moddasida “Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi”, – deyilgan.

Nodavlat taʼlim tashkilotlarining rivojlanishini taʼminlash masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi keyinchalik bir qaror bilan yopilib yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, degan taxminlarni yo‘qqa chiqaradi.

Xususan, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 16-moddasida ham “Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emas” deb belgilangan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🆒3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣76👍14⚡3👏3
😊😊😊😊😊😊

⚡️ Dunyo ta'limi haqida qiziqarli faktlar

- Yaponiyada oʻquv yili 1-apreldan boshlanadi. Chunki yaponlar bu oyni hayotning yangi bosqichi boshlanishi uchun eng qulay deb hisoblashadi.

- Xitoyda yozgi taʻtil faqat bir oy davom etadi. Shuningdek ushbu mamlakatda darslar soat 16:00 ga qadar davom etadi. Oʻquvchilar esa soat 21:00 ga qadar yana qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashishlari mumkin.

- 2003-2004-oʻquv yilida Hindistondagi Montessori maktabida 28 ming bola tahsil olgan. Bu bir maktabda taʼlim oluvchi oʻquvchilar soni boʻyicha jahon rekordi hisoblanadi.

- Dunyodagi eng qimmat maktab Angliyada joylashgan. Ushbu mamlakatdagi aristokratlar uchun moʻljallangan maktabda oʻqish oyiga taxminan 80,000 funt sterling (qariyb 1 mlrd so‘m)ni tashkil qiladi.

- Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashda joylashgan. Ushbu mamlakatdagi Karauin universitetiga 859-yilda asos solingan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🆒5⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

😂 Ko‘p 2 yoki atrabotkalaring bo‘lsa shu video senga as qotadi...

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣78👍12🔥3⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊😊

☝️ Qolingdan hech nima kelmaydi deganlarga sirayam ishonma, hatto menga ham...

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥6👏6⚡4🆒3
Hurmatli Kursdoshlar!

Navroʻz kuni menikiga kelinglar, kurka dimlayman. Bir tomonda shashlik qilamiz, farsh, jiz, tovuq aralash, qozonda qoʻy goʻshtidan shoʻrvacha biqqillab qaynab turadi, baliq pishiramiz, dasturxonni noz-neʼmatlar meva-chevalar bilan toʻldirib tashlayman, keyin katta tort ham aytib qoʻyganman, e xullas, talabalikda mazza qilib oʻtiramiz-da, bir yayraymiz, kelsangizlar boʻldi, hammasi zoʻr boʻladi, oʻyin-kulgu qilamiz, deb kimdir chaqirsa, meniyam aytinglar😅

Kursdoshlarga yuborib qo'ying! 😉

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣70👍14👏7⚡2🔥1