Talabalar | Rasmiy kanali
84K subscribers
1.96K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌O‘z iqtidori bilan yurtimizni dunyoga tanitayotgan talabaning ijodiy ustaxonasiga kutilmagan tashrif

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti, “Suyunov_art_studio” ijodiy ustaxonasi asoschisi, Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi Suyunov Shohrux bilan uchrashdi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡5👏4🔥3❤1👀1
🔥 Bellissimo Pizza bilan ezgulikka qo‘shiling!

Xayrli ishlar tabassumdan boshlanadi! Bellissimo Pizza’da Ramazon-kombo buyurtma berib, savobli tashabbusning bir qismi bo‘ling — buyurtmangizning 5% qismi “Vaqf” jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. To‘yimli kechki ovqatingiz ezgu amalga qo’shiladi! ❤️

🥘 Kombo tarkibi:
✔️ Pepperoni pitsa (20 sm)
✔️ Qarsildoq kartoshka fri
✔️ 3 ta yumshoq tovuq stripsi
🎁 Xurmo sovg’a!

Ramazon oyida Bellissimo Pizza yetkazib berish xizmati soat 11:00 dan 5:00 gacha ishlaydi
📲 Buyurtma berish
👍3⚡2👏2
⚡️ Endi taʼlim oʻzbek tilida boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Bu haqida Maktab ta'limi vazirligi xabar berdi.

2025-yilidan taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan (o'zbek tili) yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘ladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Startaplar va venchur investitsiyalar kelajak poydevorimi?

🔹 Podkastimizning ushbu sonida iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan AQSh va O‘zbekiston startap ekotizimi haqida fikr almashdik.

✈️ Mana shunday suhbatlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizga obuna boʻling:

https://t.me/+PRXYTmRHLs5iMmIy
https://t.me/+PRXYTmRHLs5iMmIy
https://t.me/+PRXYTmRHLs5iMmIy

Suhbat davomida:


🖤 To'liq suhbat ko'rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi OTMlar rektorlari sport musobaqasida qatnashdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan OTMlar rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasi o'tkazildi.

Bu tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, OTMlarda sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
🌸 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

💐 Barcha moʻtabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go‘zallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz!

💐 Baxtimizga har doim sog‘-omon bo‘lishlaringizni tilaymiz!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤5👍5👏3⚡1
⚡️ Rasman: bu yil ham kirish imtihonlarida maksimal ball — 189 ball bo'ladi

OTMlarga test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1👌1
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar

Mazkur tartib bo’yicha ko’plab savollar yuzaga kelayotgani sababli, Oliy ta’lim vazirligining mas’ullari bilan bog’lanib, ayrim masalalarga aniqlik kiritishga harakat qildim.

❓Nechanchi kurslarga taalluqli?

✅ JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.

❓Magistrlarga taalluqlimi?

✅ JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;

2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;

3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.

❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?

✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.

❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?

✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.

❓Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?

✅ JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.

Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2
📌 Kreditni qanday hisoblanadi?

✅ Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun Biologiya yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan talabgor fanlar farqi boʻyicha chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblaydi:

Bir yillik kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi


Misol uchun:

7 400 000 ÷ 60 = 123 333 soʻm

Demak, Biologiya yoʻnalishi talabalari 1 kredit uchun 123 333 soʻm toʻlashadi. Huddi shu kabi talabalar o'zlari kredit summasini hisoblab olishlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1
Forwarded from Najot Ta'lim
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘mlik grant e’lon qiladi!

An'anaga muvofiq «Najot Ta’lim» va «Cambridge LC» vatan va millat oldidagi burchini his etgan holda «Kelajak yoshlari» grant dasturini davom ettiradi.

O'z qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda 2025-yilgi «Kelajak yoshlari» grantiga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz.

✅ Grant doirasida nimalar mavjud?

— 100 nafar yigit-qiz 1 yil davomida bepul ta'lim oladi;
— Yo'nalishlar: Ingliz tili + dasturlash yoki grafik dizayn;
— 50 ta joy — Toshkent filiallari uchun;
— 30 ta joy — Farg'ona filiali uchun;
— 20 ta joy — Samarqand filiali uchun;

Grant dasturi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan insonlar uchun tashkil etilgan. Grantga nomzodlar motivatsion videomurojaat va suhbat asosida saralab olinadi.

Ta'kidlab o'tamiz, «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni amalga oshirishda hech qanday moddiy manfaatlarni ko'zlamagan. Ushbu ta'lim granti haqiqatan muhtoj insonlarga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yuborishingizni so'raymiz.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

📌 Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 13-martdan 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

📞 78-888-9-888 | najottalim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤝2👌1
📌 Endi talabalar kasal boʻlganida nima qilishi kerak?

my.gov.uz davlat xizmatlari portalining sogʻliqni saqlash boʻlimida 25 ta elektron tibbiy xizmati mavjud.

Toʻgʻridan-toʻgʻri uyda turgan holda shifokor qabuliga yozilishingiz, kerakli maʼlumotlarni olishingiz yoki kasallik varaqangizni yuklab olishingiz mumkin.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalaning va poliklinikalarda soatlab navbat kutmang!


Muallif: Yusufjon Boʻriyev

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Rektorlar qanday xizmat mashinalardan foydalanmoqda?

Prezident topshirig‘idan so‘ng vazirlar va amaldorlarning xizmat avtomashinalari Mercedes-Benz va boshqa qimmat avtomobillardan Chevrolet Malibu, Tracker, Equinox, BYD kabi mahalliy modellarga almashtirildi.

🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori Baxtiyor Maxkamov – Equinox
🔹 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja – Malibu avtomashinalaridan foydalanishyapti.

Siz tahsil olayotgan OTM rektorlari qanday xizmat avtomashinalaridan foydalanishyapti?


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1
❗️Rasman: Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi.

31-mart, dushanba — barcha uchun dam olish kuni.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2
⚡️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

❌ Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

📑 Kontrakt to'lash muddatlari:

➖1-kurs talabalari uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
➖Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha;
➖Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
➖ Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1🔥1
💫 " KURSDOSHLARIM " RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN

🌙 Qutlug‘ oyning ulug‘ «HAYIT» ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganga hamdu sanolar bo‘lsin!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3❤2⚡1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma

Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.


🛡 Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡2🔥1👏1👌1
⚡️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

➖Ona tili va adabiyot
28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

➖ Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

➖O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏3❤2👌2⚡1🔥1
🎓 ABITURIYENT BU -

1. 📚 Kitoblar bilan do’stlashgan bilim izlovchi.
(Har kuni yangi ma’lumotlarni o’rganishga intiladi.)
2. 🕵️‍♂️ Test sinovlarining sirlarini ochishga harakat qiluvchi tadqiqotchi.
(Har bir savolning mantiqiy yechimini topishga intiladi.)
3. ☕ Kofe va choy bilan do’stlashgan kechayu kunduz o’quvchi.
(Uyquni yengib o’tib, maqsad sari intiladi.)
4. 📆 Imtihon sanalarini yoddan biladigan rejalashtiruvchi.
(Har bir kunini samarali o’tkazishga harakat qiladi.)
5. 🤞 Omad va bilimga tayanib, test sinovlariga kiruvchi jasoratli kishi.
(Har ikkisini ham yoniga olib yuradi.)
6. 📝 Shpargalkalarni san’at darajasida tayyorlaydigan ijodkor.
(Lekin ulardan foydalanmaslikni afzal ko’radi.)
7. 🎯 Maqsadiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladigan strateg.
(Har bir qadamini o’ylab bosadi.)
8. 🛌 Uyqu va dam olishni orzu qiladigan, lekin o’qishni birinchi o’ringa qo’yadigan fidoyi.
(Kelajakdagi muvaffaqiyat uchun hozirgi qulayliklardan voz kechadi.)

🤭 Siz ham shunday holatlarni boshdan kechiryapsizmi? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥6👌3🤣2⚡1❤1👏1
🟦🟦🟦🟦 O‘zbekistonliklar 9 may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

9-may, juma — Xotira va qadrlash kuni, barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

10-may, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡10👍5❤4🔥3👌3👏1