Talabalar | Rasmiy kanali
84K subscribers
1.96K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
📌 Kreditni qanday hisoblanadi?

✅ Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun Biologiya yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan talabgor fanlar farqi boʻyicha chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblaydi:

Bir yillik kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi


Misol uchun:

7 400 000 ÷ 60 = 123 333 soʻm

Demak, Biologiya yoʻnalishi talabalari 1 kredit uchun 123 333 soʻm toʻlashadi. Huddi shu kabi talabalar o'zlari kredit summasini hisoblab olishlari mumkin.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1
Forwarded from Najot Ta'lim
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘mlik grant e’lon qiladi!

An'anaga muvofiq «Najot Ta’lim» va «Cambridge LC» vatan va millat oldidagi burchini his etgan holda «Kelajak yoshlari» grant dasturini davom ettiradi.

O'z qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda 2025-yilgi «Kelajak yoshlari» grantiga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz.

✅ Grant doirasida nimalar mavjud?

— 100 nafar yigit-qiz 1 yil davomida bepul ta'lim oladi;
— Yo'nalishlar: Ingliz tili + dasturlash yoki grafik dizayn;
— 50 ta joy — Toshkent filiallari uchun;
— 30 ta joy — Farg'ona filiali uchun;
— 20 ta joy — Samarqand filiali uchun;

Grant dasturi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan insonlar uchun tashkil etilgan. Grantga nomzodlar motivatsion videomurojaat va suhbat asosida saralab olinadi.

Ta'kidlab o'tamiz, «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni amalga oshirishda hech qanday moddiy manfaatlarni ko'zlamagan. Ushbu ta'lim granti haqiqatan muhtoj insonlarga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yuborishingizni so'raymiz.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

📌 Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 13-martdan 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

📞 78-888-9-888 | najottalim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤝2👌1
📌 Endi talabalar kasal boʻlganida nima qilishi kerak?

my.gov.uz davlat xizmatlari portalining sogʻliqni saqlash boʻlimida 25 ta elektron tibbiy xizmati mavjud.

Toʻgʻridan-toʻgʻri uyda turgan holda shifokor qabuliga yozilishingiz, kerakli maʼlumotlarni olishingiz yoki kasallik varaqangizni yuklab olishingiz mumkin.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalaning va poliklinikalarda soatlab navbat kutmang!


Muallif: Yusufjon Boʻriyev

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Rektorlar qanday xizmat mashinalardan foydalanmoqda?

Prezident topshirig‘idan so‘ng vazirlar va amaldorlarning xizmat avtomashinalari Mercedes-Benz va boshqa qimmat avtomobillardan Chevrolet Malibu, Tracker, Equinox, BYD kabi mahalliy modellarga almashtirildi.

🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori Baxtiyor Maxkamov – Equinox
🔹 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja – Malibu avtomashinalaridan foydalanishyapti.

Siz tahsil olayotgan OTM rektorlari qanday xizmat avtomashinalaridan foydalanishyapti?


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1
❗️Rasman: Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi.

31-mart, dushanba — barcha uchun dam olish kuni.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2
⚡️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

❌ Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

📑 Kontrakt to'lash muddatlari:

➖1-kurs talabalari uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
➖Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha;
➖Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
➖ Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1🔥1
💫 " KURSDOSHLARIM " RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN

🌙 Qutlug‘ oyning ulug‘ «HAYIT» ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganga hamdu sanolar bo‘lsin!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3❤2⚡1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma

Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

— kontrakt;
— nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
— ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.


🛡 Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡2🔥1👏1👌1
⚡️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

➖Ona tili va adabiyot
28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

➖ Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

➖O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

➖ Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏3❤2👌2⚡1🔥1
🎓 ABITURIYENT BU -

1. 📚 Kitoblar bilan do’stlashgan bilim izlovchi.
(Har kuni yangi ma’lumotlarni o’rganishga intiladi.)
2. 🕵️‍♂️ Test sinovlarining sirlarini ochishga harakat qiluvchi tadqiqotchi.
(Har bir savolning mantiqiy yechimini topishga intiladi.)
3. ☕ Kofe va choy bilan do’stlashgan kechayu kunduz o’quvchi.
(Uyquni yengib o’tib, maqsad sari intiladi.)
4. 📆 Imtihon sanalarini yoddan biladigan rejalashtiruvchi.
(Har bir kunini samarali o’tkazishga harakat qiladi.)
5. 🤞 Omad va bilimga tayanib, test sinovlariga kiruvchi jasoratli kishi.
(Har ikkisini ham yoniga olib yuradi.)
6. 📝 Shpargalkalarni san’at darajasida tayyorlaydigan ijodkor.
(Lekin ulardan foydalanmaslikni afzal ko’radi.)
7. 🎯 Maqsadiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladigan strateg.
(Har bir qadamini o’ylab bosadi.)
8. 🛌 Uyqu va dam olishni orzu qiladigan, lekin o’qishni birinchi o’ringa qo’yadigan fidoyi.
(Kelajakdagi muvaffaqiyat uchun hozirgi qulayliklardan voz kechadi.)

🤭 Siz ham shunday holatlarni boshdan kechiryapsizmi? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥6👌3🤣2⚡1❤1👏1
🟦🟦🟦🟦 O‘zbekistonliklar 9 may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

9-may, juma — Xotira va qadrlash kuni, barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

10-may, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡10👍5❤4🔥3👌3👏1
😂 Sizlarda ham shunday-mi?

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣90👍26❤10🤝5🔥4⚡3👏2👀2
⚡️ Rasman: Barcha yo'nalishlar uchun sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatildi

⚡️Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab barcha ta'lim yo'nalishlariga sirtqi shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Ya'ni endi nafaqat pedagogika yo'nalishlari, balkim iqtisodiyot, gumanitar, ishlab chiqarish hamda har qanday ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul bo'lmaydi.

⚡️ Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥7❤5⚡5👌5🤣5👏4
⚡️ Talabalar uchun forma joriy etilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

⚡️ Oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun yagona forma joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Avvalroq oliygohlarning noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqilishi aytilgandi, unda kiyinish haqida ham so‘z borgan. Vazirlik talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari himoyalanishini bildirdi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏48👍19⚡12❤6🤝5🔥4👌4🤣3
⚡️ Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

📌 Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

⌛️O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

🪑 Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

📊 Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

📝 Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

✔️ Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤6⚡3👏3🔥2
📣 DIQQAT TANLOV!
❗️ TOSHKENT shahrida istiqomat qiladiganlar va offlayn ishlay oladiganlar uchun tanlov 31-Maygacha davom etadi.

"ONGLI OZISH" online dasturimiz kengayishi munosabati bilan Sotuv-menejerlarini doimiy ish o'rniga taklif qilamiz!

Shu kunga qadar dasturimizda 12,000 dan ortiq inson o'qib, hech qanday Dorilarsiz, BAD va Vitaminlarsiz o'zlari xoxlagan natijalarga erishishdi. Va bu sonlar har oy to'xtovsiz o'sib boryapti.

---

🎯 Sizning vazifalaringiz quyidagilardan iborat bo‘ladi:
— Mijozlar bilan telefon orqali reglament bo'yicha sotuv qilish;
— Sotuv bo'yicha reja va normativlarni bajarish;
— CRM tizimida reglament bo'yicha ishlash;

🏆Bizda ishlashning ustunliklari:

⏰ Ish vaqti: 8.30 dan 17.00 gacha.
— Hamma sharoitlarga ega bo'lgan ofis;
— Sizni qo'llab quvvatlaydigan rahbariyat;
— Oylik maosh o'z vaqti, har oyning boshida beriladi;
— Siz faqat dasturimizga qatnashish istagida ro'yxatdan o'tgan insonlarga dasturni sotasiz;
— Har kvartal siz jamoa bilan sotuvga oid xalqaro ekspertlarning kurslarini o'rganib chiqasiz;
— ​​​​​​6 oy kompaniya belgilab bergan Planni bajarsangiz ROP bo'lish imkoniyati bor.
—​​​​​​​ Oylik maosh 7,000,000 so'm - 14,000,000 dan yuqori (Oklad+KPI)
— Jamoaviy o'tirishlar har oyda va sayohatlar (har kvartalda)

🧩 Sizdan nimalar talab qilinadi:
—​​​​​​​ Energiyaga to'la bo'lish;
​​​​​​​— Har doim Pozitivlik;
— Intizomli va Ma'sulyatli bo'lish;
—​​​​​​​ Hozirjavoblik va o'ziga bo'lgan ishonch;

Pastdagi havolani ustiga bosib anketani to'ldiring.

https://docs.google.com/forms/d/1jtke72YBoUtRR6dl2fzYzojAZw9bVYF5lC2SB6DiFv0/edit?ts=6836c24e

❗️DIQQAT!!! Murojaatlarni faqat 31-maygacha qabul qilamiz.
❤11🔥2⚡1👌1
Fanlar majmuasi 2025-2026 o‘quv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
#abituriyent_2025 #fanlar_majmuasi

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

⚡️ Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3⚡1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕌 Assalomu alaykum!

🎥 Ushbu videoda Saudiya Arabistonidagi universitetlar haqida muhim ma’lumotlar berilgan.


Biz haqimizda

Edusa Jamoasi — Saudiya Arabistonidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni istaganlar uchun ishonchli ko‘makchi.

Jamoamiz a’zolari 15 yildan ortiq vaqt davomida arab tili va islomiy ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zimiz Saudiya Arabistonining mashhur universitetlaridan birida — Madina Islom Universitetida tahsil olganmiz va shu sohadagi jarayonlarni chuqur bilamiz.

Agar siz ham Saudiya Arabistonida oliy ta’lim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, biz sizga hujjatlar tayyorlash, ariza topshirish va boshqa muhim bosqichlarda yaqindan yordam beramiz.

https://t.me/edusaudia/70
❤9🔥4👍1👏1👌1👀1
⚡️ Davlat OTMlarida kontrakt narxi qancha?

⚡️ Hujjat topshirish boshlanishiga oz qoldi. Kontrakt narxlarini bilib qo'yish ham tanlov qilayotganda kerakli bo'lishi mumkin.

⚡️Eslatma: bu 2024-2025-o'quv yili uchun narxlar. Yangi o'quv yilida narxlar qayta tasdiqlanadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍5⚡3🔥3👏1