Talabalar | Rasmiy kanali
84.1K subscribers
1.96K photos
736 videos
117 files
3.71K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?

➖ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 15-iyul kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

✅ Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

👨‍💻 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

👨‍💻 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6⚡6🔥3👏1👌1
⚡️O‘zbekistonda nodavlat OTMlar uchun qo‘shimcha talablar joriy etildi

Hukumat qaroriga muvofiq, endi nodavlat OTM ochmoqchi bo‘lgan talabgor:

🔸ta’lim tashkilotining konsepsiyasini taqdim etadi;
🔸$2 mln ekvivalentidagi ustav fondini shakllantiradi;
🔸$350 ming mablag‘ni depozitga joylashtiradi;
🔸kamida 5 ming kv.m ta’lim binosiga ega bo‘lishi (yoki 5 yillik ijara shartnomasiga ega bo‘lishi) lozim;
🔸ilk 5 yilda yillik foydaning 80%, keyingi yillarda kamida 50%ni rivojlantirishga yo‘naltiradi.


Qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi. Ushbu muddatgacha lisenziya olganlar 2026 yil 1 yanvargacha faoliyatini yangi talablarga moslashtirishi shart.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👏3⚡1🔥1
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi, @MandatIarBot'da osonroq!

❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2⚡1🔥1👏1
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
#abituriyent

Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).

Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.


❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13⚡4🔥3👏1👀1
⚡️Rektor, bosh hisobchi va boshqalar: Andijon davlat universitetining bir guruh mansabdorlari qamaldi

✅ Universitetda 27 yildan buyon bosh hisobchi lavozimida ishlab kelgan shaxs, rektor va yana 11 kishi jinoiy reja tuzib, jami 53,6 mlrd so‘m davlat budjeti mablag‘larini talon-toroj qilgan. Ular turli yo‘llar bilan stipendiya, konrakt, rag‘batlantirish, yotoqxona pullari va boshqa mablag‘larni o‘zlashtirishgan. Buning uchun hatto talabalarning imzosi, boshqa hujjatlar qalbakilashtirilgan.

👉 https://kun.uz/10892893

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏7🤣7⚡3🔥1
📄 Abituriyent ruxsatnomasi telegramda!

✅ Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun o'z ruxsatnomangizni @MandatIarbot orqali yuklab oling!

Abituriyentlar ruxsatnomasida:
👉 Тest topshirish hududi va  kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim tili boʻladi.

Hoziroq telegramda yuklab oling!
👉 @MandatIarbot
👉
@MandatIarbot
👉 @MandatIarbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👏3👌2👀1
⚡️Bakalavr diplomini olish uchun 3 yil tahsil olinadigan yo'nalishlar ro'txati

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga kerakli maʼlumotlar: @MandatIarBot'ida!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👌3🔥2⚡1👍1
🏠 SQB ilovasida bonus olish yo‘li!
Yangi ilova ochayotganlar uchun yaxshi bonus bor ekan. Men sinab ko‘rdim – hammasi ishlayapti.


🧠 Nima qilish kerak:

1️⃣ SQB Mobile ilovasini yuklab oling

2️⃣ Ro‘yxatdan o‘tayotganda kodga shu raqamni kiriting: O5ZJPXCK

3️⃣ Shaxsingizni tasdiqlang, bepul humo virtual karta oching va bonuslarni yigʻing!


📌 Ilovada karta ochish, to‘lov qilish, pul yuborish – hammasi bor.
🎁 Bonusni olish uchun faqat yangi foydalanuvchi bo‘lish kerak va shu kodni kiritish kerak: O5ZJPXCK

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7⚡2🔥1👏1
#Qabul2025

❌ Buni koʻrmasdan testga kirmang!

Test sinovlarini oʻtkazish va test materiallaridan foydalanish tartibi

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4👌4👏1🤝1
❌ Pasportsiz imtihonga kiritilmaysiz!

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart.

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

Yodingizda bo‘lsin:

✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.


Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11⚡2👏2👀2👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️14-iyulidan 23-iyuligacha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi

📊 671.397 nafar abituriyent testga kiradi!
📈 143.356 nafari sertifikatga ega!
❌ 678 nafarida 5 ta fandan ham bor!
⛔️ 3.370 ta sertifikat soxta bo'lib chiqdi!

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

🔠Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.

🔠Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

🔠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.

🔠Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

🔠85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.

🔠Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥3⚡2👍2👌2👏1
⚡️361 nafar abituriyent muddatidan avval sertifikatlari bilan 189 ballni naqd qilib qo'yishdi!

Test sinovlarida ishtirok etmaydigan abituriyentlar haqida:

🧾  Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagan. Ular quyidagi ballar bo‘yicha taqsimlangan:

▪️ 189 ball – 361 nafar
▪️ 180–189 ball oralig‘i – 207 nafar
▪️ 170–180 ball oralig‘i – 57 nafar
▪️ 160–170 ball oralig‘i – 46 nafar
▪️ 150–160 ball oralig‘i – 3 nafar
▪️ 126 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 3 nafar
▪️ 96 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 1 nafar


🗓 Test sinovlari yakunlangach, ushbu abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida, 15 kun davomida quyidagilarni tanlaydi:

✅ Oliy ta’lim muassasasi
✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
✅ Ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi)
✅ Tanlov ustuvorligi

⚠️ Eslatma: Belgilangan muddatda tanlovni amalga oshirmagan yuqoridagi toifaga kiruvchi abituriyentlar oliy ta’lim bakalavriati tanlovida ishtirok eta olmaydi va talabalikka tavsiya etilmaydi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24⚡2🔥2👍1👏1🤣1
⚡️Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi. Nimalarni bilish muhim?

🔥 Ertaga 14-iyuldan boshlab kirish imtihonlari boshlanadi.

⏰ Soat nechchida borish kerak?
📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, ertalabki smenaga tushganlar soat 06:30 da, peshingi smenadagilar esa 13:30 da test hududida bo'lishlari kerak.


🗂 Qanday hujjatlar kerak?
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.


🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

✅ Nima olib kirish mumkin?
➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖ abituriyent ruxsatnomasi;
➖ oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);
➖ optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
➖ pul;
➖ dastro‘mol;
➖ kalit;
➖ sog'lik uchun zarur dorilar.
💬 Imtihon natijalarini bilish uchun bot:
👉
@MandatIarBot | @MandatIarBot

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14⚡4🔥2👏2👀2👍1
⚡️Asrga tatigulik motivatsiya

📍 Ushbu postni aloqador odamlarga yuborib qoʻying, Abuturiyentlarga foydali bo'ladi: @MandatIarBot!


✅ @Talabalar • kanalimiz👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣39❤5👏4⚡2🔥1
ABITURIYENTLAR UCHUN DUOLAR TOʻPLAMI 🤲

Ilm olish niyatida boʻlgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Alloh taolodan soʻrab qolamiz.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

💬 Imtihon natijalarini bilish uchun:
👉
@MandatIarBot | @MandatIarBot


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29🔥9⚡3🤣3👍1🤝1
⚡Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

▫️Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Shu kabi, Departamentning Norin tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


❗️Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤣4⚡3🔥2👍1👏1