Talabalar | Rasmiy kanali
84.2K subscribers
1.96K photos
736 videos
117 files
3.71K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
⚡️Sirtqi ta’limga yana qabul bo’ladimi?

Gap shundaki, bugun Adliya vazirligi tomonidan Oliy ta’limga oid idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3807, 03.04.2026-y.).

🔰 Mazkur Nizom oliy ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

🎓 Unga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlarida amalga oshiriladi. Bakalavriat ta’limi kamida 3 yil davom etadi.
O‘qish muddati:
➖ sirtqi ta’limda – kamida 1 yilga,
➖ kechki ta’limda – kamida yarim yilga uzaytiriladi.

Oliy ta’lim kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy, dual va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yilib, u Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS)ga moslashtiriladi.

💼 Bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo‘lishi uchun o‘quv dasturlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

👨‍🎓

Talabalarga keng huquqlar beriladi, jumladan

:
➖ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
➖ ta’lim jarayonidagi muhokamalarda ishtirok etish;
➖ kutubxona va axborot resurslaridan bepul foydalanish;
➖ xalqaro almashinuv dasturlarida qatnashish;
➖ rahbariyat qarorlari ustidan shikoyat qilish;
➖ mehnat shartnomasi asosida ishlash;
➖ kunduzgi ta’limda stipendiya olis

h.

❗️ Talabalarni ta’limga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ichki tartib-qoidalarga ko‘ra:
➖ 18 soat dars qoldirgan talaba ogohlantiriladi;
➖ 30 soat dars qoldirgan talaba qat’iy ogohlantiriladi va ota-onasi xabardor qilinadi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
🎓 Arab dunyosining eng kuchli 10 ta universiteti

💡Nima uchun bu universitetlar tanlanadi?
✅ Yuqori texnologiyalar: Ayniqsa neft, IT va muhandislik yo'nalishlari dunyoda tan olingan.
✅ Grantlar: Ko'plab arab universitetlari xalqaro talabalar uchun to'liq moliyalashtiriladigan grantlar taklif qiladi.
✅ Diplom tan olinishi: Ushbu ro'yxatdagi diplomlar bilan dunyoning istalgan nuqtasida ish topish imkoniyati yuqori.


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏1
⚡️Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Askarlar uchun “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarga imtiyoz beriladi.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/kr/99189691

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
🗿 Kontrakt miqdorlari oshishi kutilmoqda.

Aytishlaricha, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdorlari 20 foizgacha oshishi mumkin.

Buning asosiy sababi — amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha past bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida reinvestitsiya qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.

Sodda qilib aytganda, yangi kitoblar, laboratoriya jihozlari yoki zamonaviy uskunalar xarid qilish uchun oliygohlarda yetarli moddiy resurslar bo‘lishi zarur.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣14🤪10👀7❤4⚡2👏1👌1
⚡️Kontrakt narxlari ko'tariladi

Yangi o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim muassasalarida amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha pastligi va bu OTMlarning imkoniyatlarini cheklab qo'yayotganligi sababli kontrakt narxlari 20% gacha ko'tarilishi rejalashtirilmoqda.

Yuqoridagi rasmda amaldagi kontrakt narxlari keltirilgan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👀5🤣4🔥2👌2🤪2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ SAT'dan 1200+ olganlar imtihonsiz GRANTga kiradi!

Joriy yildan boshlab “Scholastic Aptitude Test — SAT" xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shimcha grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bu haqda 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7⚡4👏3🔥1🤣1
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va muddatlari qanday?

✅ Javob: Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1. Birinchi bosqich (5-iyundan 25-iyungacha): Abituriyentlar test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili, test topshirish hududi hamda (agar bo‘lsa) kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan OTMni tanlaydi.

2. Ikkinchi bosqich (testlar tugagach, 15 kun davomida): Abituriyentlar test natijalaridan kelib chiqib, 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, OTMlar, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.

📌 Asos: VM 578-son qarori

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
⚡️ HEMIS tizimining yangi versiyasi (v1.8.6) foydalanishga topshirildi!

➖ HEMIS tizimining yangi 1.8.6 versiyasi ishga tushdi! 2026-yilgi yangilanishda AI integratsiyasi, dars jadvali avtomatlashtirish, antiplagiat tizimi va boshqaruv imkoniyatlari kengaytirildi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👌1
Assalomu alaykum!
"Madaniyat" vazirligi huzuridagi
"GULISTON" VA "TEATR" jurnallarida onlayn konkursga start berildi havola orqali bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna boʻling va qimmat baho sovg'alarimizni yutib oling😊😊😊

Havolani do‘stlaringiz va tanishlaringizga yuboring

🥇 1-o‘rin — Mobil telefon

🥈 2-o‘rin — Quloqchin (naushnik)

🥉 3-o‘rin — Kitoblar va jurnal to‘plami

❗️ Oxirgi muddat 14-aprel 23:59 gacha

https://t.me/birlashgan_tahririyat_tanlovbot?start=1882390509
❤3🔥1👌1
🔣 Taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

❓Bu nima degani?

Masalan, bakalavriatni istalgan yo‘nalishda ingliz tilida o’qib tugatgan talabalar magistraturaga kirishda til sertifikati topshirishi shart bo‘lmaydi. O’zbek tilida o’qigan yo’nalishlarga bu taalluqli emas.

❗️To’ldirish: ushbu qoida ta’lim dasturi xorijiy tilda olib boriladigan barcha yo’nalishlarga taalluqli. Boshqacha aytganda, ta’lim tiliga qaraladi.

Masalan, tibbiyot yo’nalishini ingliz yoki nemis tilida yakunlagan bo’lsa, darslar to’liq chet tilida o’tilgan bo’lsa, unda ushbu yo’nalishni tugatganlardan ham magistraturaga imtihon topshirayotganda sertifikat talab etilmaydi.

👉 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
⚡️Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:

➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.

➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.

❗️Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Vazirlik formasiz talabani darsga kiritmaslik boʻyicha topshiriq bermagan” — Qoʻngʻirotboy Sharipov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri forma kiymaganlarni darsga kiritmaslik notoʻgʻri ekanini aytdi. Masalani sekin-asta tushuntirish lozimligiga urgʻu berdi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥4
❗️3 yillik bakalavr yo‘nalishlari 7 taga ko'paydi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab agrar oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda. Endilikda quyidagi 7 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim muddati 3 yilni tashkil etadi:

1. Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi (60810300);
2. Agrokimyo va tuproqshunoslik (60810200);
3. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik (60811000);
4. Ipakchilik va tutchilik (60810900);
5. O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish (60820100);
6. Suv bioresurslari va akvakultura (60830100);
7. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi (60811100).


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣17❤12👀2⚡1👌1
🍇 Uzum bank bepul Visa kartasi va 45 000 so‘m bonus taklif qilmoqda.
❤️ Karta ochish: 👇

https://b.2u.uz/ref?c=50&a=sHhty6LbD1
https://b.2u.uz/ref?c=50&a=sHhty6LbD1
https://b.2u.uz/ref?c=50&a=sHhty6LbD1

1️⃣ Tepadagi havola orqali Uzum bank ilovasiga kiring (yoki yuklab oling).

2️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting; ro‘yxatdan o‘tishingiz bilan bepul Visa kartasi rasmiylashtiriladi.

3️⃣ Referal havolangizni oling va taklif qilgan har bir do‘stingiz uchun 45 000 so‘m oling.

❗️Bu konkurs rasmiy "Uzum bank" tomonidan olib borilmoqda. Ilovadan ham tekshirib koʻrishingiz mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Oʻzgarishsiz qoldi! Hech narsa oʻzgarmadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!


✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7⚡3👍3🔥2👌1
Toshqulov Abduqodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi raisi lavozimiga tayinlandi.

Fanlar akademiyasining Surxondaryo hududiy boʻlimi Termiz davlat universitetining Ilmiy-tadqiqot markazida faoliyat olib boradi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1👏1
⚡️Talabalarning davomatini sababli qilish funksiyasi oʻzgardi

Hemis va DMED axborot tizimlarining o'zaro integratsiyasi

✅Hemis va DMED axborot tizimlarini o'zaro integratsiya qilish orqali bu tizimlar o'rtasida talabalarning mehnatga layoqatsizlik (kasallik) maʼlumotlarini almashish imkoniyati yaratildi.

Talabalarning sababsiz qoldirgan dars soatlarini tekshirish va o'zgartirish funktsionali ushbu integratsiya asosida takomillashtirildi (Davomat / Davomat statusi)

Endilikda talabalarning davomatini sababli qilishda quyidagi 9 ta toifadan biridan foydalaniladi:
1. Talabaning kasalligi sababli;
2. Nogironlik tibbiy ko'rigi sababli;
3. Talabaning nikoh to'yi sababli;
4. Yaqin qarindoshining marosimi;
5. Xomiladorlik taʼtili sababli;
6. Tadbirlarda ishtiroki sababli;
7. Tabiiy ofat va baxtsiz xodisalar sababli;
8. VIZА muddati tugaganligi sababli;
9. OTM tashabbusi sababli.
Talabaning kasalligi sababli uning davomatini sababli qilishda Xemis tizimi tegishli kasallik maʼlumotlarini DMED tizimidan tekshiradi va shunga qarab ruxsat beradi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
⚡️Talabalar va maktab o‘quvchilari narkotik testdan o'tkaziladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalarni narkotik iste’mol qilgan yoki qilmaganini aniqlash uchun test o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqida dori vositalari xavfsizligi markazi va narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov ma'lum qildi.

Yangi tizim mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor “poloska” testlari orqali amalga oshiriladi. Ular so‘lak orqali 3 soniyada natija berib, 16 turdagi narkotikni aniqlay oladi.

Shuningdek, soch tolasi orqali 3 oydan 6 oygacha iste’mol qilganligini aniqlash imkonini beruvchi apparatlar ishlab chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, testlar avval sinovdan o‘tkazilib, keyin maktab va oliy ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18❤12👍7⚡3👏2👌1
❗️Davlat OTMlarida qabul qachondan boshlanadi?

—
Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)
👉 my.uzbmb.uz

—
Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3👏1👌1🤣1