Talabalar | Rasmiy kanali
83.5K subscribers
1.96K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤67👍43🔥4😢4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nimadan uyalishini aytdi.

"Oliy ta’lim korrupsiyadan xoli soha deb e’lon qilingani bu siz bilan bizga berilgan daraja emas!" — deydi vazir

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍25🔥6😢1
#tabassum_vaqti

TVda va hayotda...😅

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁194👍66😢29🔥11❤10👏1
❗️OTMlar 30-fevraldan yana online ta'limga o'tkazilarmish..)

Biz 31-fevraldan deb eshitdik...🧐

Kimdir bu vaziyatni va xabarni izohlarda tushuntirib bera oladimi👇


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁688👍85😢36🔥16❤10😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Vazir Abduqodir Toshqulov ta’lim sifatini oshirish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga murojaat qildi.

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍36🔥8😢6😁4
#sessiya_haqida

​📌 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib,shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

📌 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

📌 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

📌 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varaqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

📌 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

📌 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

📌 Sessiya bu - 12 varaqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

📌 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

📌 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

📌 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

📌 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...

#albatta_hazil Davomi bor...

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍68😁15❤8🔥6
#Bilasizmi

❓Oylik ijara toʻlovining 50 foizi kimlarga qoplab beriladi?


✅ 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

✅ Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

✅ Mazkur toifaga mansub talabalar ijara to‘lovlari bo‘yicha o‘zi tahsil olayotgan Oliy ta’lim muassasasi yoki tuman(shahar) hokimligiga murojaat qilish mumkin.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍37🔥6😢2
#Status

Hayot yo'llarida qilib g'alaba,
Orzuyim ushalib bo'ldim talaba!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍91❤26🔥15😁8😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekistonda tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun ish kunini soat 8:30da boshlash, talabalar uchun esa soat 10:00dan o‘qish taklif qilindi.

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning fikricha, tirbandliklarning asosiy sababi talabalardir. Shu sababli talabalar uchun universitetlarda o'qishni soat 10:00 dan boshlashni taklif qiladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarida ish kunini soat 8:30 dan boshlash taklif qilinmoqda.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍141😁36😢28🔥15❤5
#talabalogiya

❗️99 foiz...

Kursdoshlar to‘plangan guruhlar ko‘pincha "Talabalik davrim" deb nomlanadi. Tug‘ilgan kun bo‘lib qolsa, "patochniy" gruppaning nomini birinchilardan bo‘lib kun egasining eng yaqin do‘sti o‘zgartiradi.

Guruhlarda eng ko‘p so‘rovlar:

— Ertaga nechchi para?
— Ertaga qaysi fanlar, yozvoringlar?
— Yangi raspisaniya kimda bor?
— Palonchi fandan ma’ruzalar matni kimda bor?
— Ustoz kirmadimi?
— Imtihonni javoblarini kim topdi?
— Nb qo'ydirmay turinglar, avtobusdaman.
— Yakuniydan 48-variyant kimga tushgan? va hakozo

Guruhlar bitta bo‘lmaydi:
1. Patochniy
2. Guruh
3. Yigitlarsiz
4. Qizlarsiz
5. Ustozsiz
6. Guruh ichida mini guruhlar
7. Buqa sostav
8. 8-mart va 14-yanvar va hk.

Ha bu davrlar bir umrga esdan chiqmaydi!

Sizlarda ham shu holatlar kuzatilganmi? Kursdoshlar guruhini qanday nomlagansiz? Kommentariyada qoldiring😉

© Talabauz

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍155😁43❤17🔥15
⚡️ Navoiy politexnika universiteti tashkil etiladi !

📃 Mazkur universitet Navoiy davlat konchilik instituti negizida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, universitet Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufida faoliyat yuritadi hamda Navoiy davlat konchilik institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Universitetga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Navoiy davlat konchilik institutida tahsil olayotgan talabalar esa universitetda o‘qishni davom ettiradi.

✅ Ta'lim maskani bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi hamda akademik mustaqillik beriladi. Qolaversa, hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan kelishuv asosida ta'lim jarayoniga ularning professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi va chet tillarida o‘qitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.

✅ Navoiy viloyati hokimligi universitetga yangi bino va inshootlarni qurish maqsadida 2022 yil may oyiga qadar yer maydoni ajratadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati esa oliygoh uchun yangidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida belgilangan tartibda kiritilishini ta'minlaydi.


☑️ Qaror loyihasida universitetning huquqlari, asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍48❤8🔥8😢1
​Talaba nolasi

Dada, koʻproq pul bering,
Xarajatlar koʻpaydi.
Oʻgʻlingiz erta borib,
Shartnomani toʻlaydi!

Dada, koʻproq pul bering,
Kiyim-kechak olaman.
Yoʻqsa qishda shamollab,
Darsga bormay qolaman!

Dada, koʻproq pul bering,
Telefonim buzildi.
Oʻrtada qizlar bilan
Aloqalar uzildi!

Dada, koʻproq pul bering,
Sizdan boshqa kimim bor.
Oldimizda sessiya,
Bizni kutar intizor!

Dada, koʻproq pul bering,

Onamdan soʻrolmayman.
Qancha kerak deysiz-mi?
Oldindan bilolmayman!

Dada, koʻproq pul bering...

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍109😁59😢26🔥9❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kontrakt uchun to‘lagan mablag‘ingizning 12% ni qonuniy yo‘l bilan olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

☑️ Bu imtiyozdan kimlar va qanday foydalanadi batafsil videoda.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍40😢10🔥8❤6😁4
😅 Talabalar haqida she'r.

​​Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.

Arz qilamiz kimga ham,
Bankda ozi pullar kam.
Isbot uchun har yili,
Dekan minar jiguli,

Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba,
Zato bizlar TALABA...


😊 Talabalarga yuborib qo'yamiz!

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍190😁67❤25😢22🔥19
Albert Eynshteyn ham bir paytlar bitta fanni yopa olmagan ekan va uni bugun butun dunyo taniydi. Bu rasm Sessiya payti talabalarga bir dalda boʻlar 😅:)

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍70😁26🔥12😢11❤7
​📝Eh talaba, talaba...

Qoʻlda eski diplomat,
Turar tikka sarvqomat,
Unga kulgani omad,
Eh talaba, talaba.

Yilda bir bor kiyinar,
Ozgʻinligi bilinar,
Domlalarga ilinar,
Eh talaba, talaba.

Toʻyib yemaydi ovqat,
Qoldi suyagi faqat,
Kun-u tun o‘qir “doklat”,
Eh talaba, talaba.

Imtixonga oz qoldi,
Boshga ne kunlar soldi,
Domla jonimiz oldi,
Eh talaba, talaba...

Yurar baho ololmay,
Choʻntakka pul sololmay,
Darslariga qololmay,
Eh talaba, talaba.

Yotoqxona manzili,
Charchab osilar tili,
Baʼzan oʻksinar dili,
Eh talaba, talaba.

Kitoblari hayoti,
Sessiyadir mamoti,
Kim ham eshitar dodi?
Eh talaba, talaba.

Uy qidirib sargardon,
Yoqtirgan soʻzi arzon,
Buzilgandir oshqozon,
Eh talaba , talaba,

Gemoglabin tushmoqda,
Boshidan xush uchmoqda,
Uni sinov quchmoqda,
Eh talaba, talaba.

Bizni kutar kelajak,
Kulib boqar gʻalaba.
Ilmimiz boʻlar tirgak,
Biz talaba, talaba.

Budir omad, bu oq yoʻl,
Boshimizdan yogʻsin doʻl,
Maqsadga beraylik qoʻl,
Biz talaba, talaba.

(Hazil sheʼr)

Davomi bor....👇

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍92😁21❤11😢9🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar qaysidir fanni o‘zining OTMsida emas, boshqa OTMda ham o‘qishi mumkin bo‘ladi

▪️"Masalan, Moliya institutida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talaba biror fanni Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin. Faqat buning uchun OTMlar o‘rtasida shartnoma bo‘lsa yetarli", – deya ma’lumot berdi Oliy ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Vohid Zayniddinov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍29😢20🔥8❤6😁5