Talabalar | Rasmiy kanali
83.3K subscribers
1.97K photos
736 videos
118 files
3.72K links
• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Hamkorlik: t.me/tijoriy/152
Download Telegram
#Status

Bugun kuching borida ilmni ko‘tar,
Ertaga zaif bo‘lsang Ilm seni ko‘taradi!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤔1
Juma Ayyom muborak
dindoshlarim.. 🕌🌙

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi «Xalqaro erkaklar kuni»ga nima sovg‘a olar ekansiz? 😅

Skrenshot qilib ko‘ring!

Boshqalarga ham yuboring, ular ham sovg‘asini bilib olsin!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

O‘z ustingda tinmay ishla, toki o‘zingni! tanishtirishga hojat qolmasin...!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2🕊1
Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi.
Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:
👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023 yil o‘quv yilidan qo‘llaniladi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍3
​​​❓Qaysi toifaga mansub talabalarga kontrakt toʼlab beriladi?

❗️Imkoniyatdan foydalaning!

Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini oʼtkazmoqda. Bunda iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan talaba-yoshlarning toʼlov-kontrakti miqdori 50 foizgacha toʼlab beriladi.

12 toifa ushbu loyihada qatnashish uchun ariza berishi mumkin, masalan:

— oila “Temir daftar”ga kiritilgan boʼlsa;
— yetim yoki boquvchisini yoʼqotgan boʼlsa;
— ota-onasida yoki oʼzida nogironligi boʼlsa;
— mehribonlik uylari bitiruvchisi boʼlsa;
— yosh oilada er-xotin ham talaba boʼlsa;
— oilada bir nechta farzand kontraktda oʼqisa va h.k.

Batafsil roʼyxat tepadagi rasmda keltirilgan.

Loyihada qatnashishning qoʼshimcha shartlari:

• talaba 18 dan 30 yoshgacha boʼlishi kerak;
• bakalavriat hamda magistratura talabasi ham qatnasha oladi;
• kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi taʼlim shakli qatnasha oladi.

Imkoniyatdan foydalanish uchun https://yoshlardaftari.uz/#/help-student/create linki orqali tizimdan roʼyxatdan oʼtish lozim.

© @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

📌 O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida kredit-modul tizimini muvaffaqiyatli joriy qilgan oliygohlardan biri - Toshkent davlat yuridik universiteti.

❓Ushbu oliygohda kredit-modul tizimi qanday ishlaydi?

Manba: @Eduuz

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Otang seni ismingni aytib bu meni o'g'lim(qizim) deya farxlanmaguncha sen eng zo'ri emassan...!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2
OTMlardagi eng ko‘p talaba Buxoro davlat universitetida o‘qiydi

▪️2020/21-o‘quv yili bo‘yicha, BuxDU 20097 talaba, undan keyingi o‘rinda 19324 talaba bilan SamDU turadi.

Eng kam talaba Geologiya fanlari universitetiga to‘g‘ri kelib, unda150 talaba tahsil oladi.

© Xpress.uz

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🤯1
#Status

Eng birinchi maqsadim o‘qish,
Ota onam umidlarini oqlash,
Sevgi esa kutib turadi...!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍5
​​Oliy talimda kontrakda taxsil olayotgan talabalarga kontrakt toʻlovi uchun qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud?

✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, taʼlim kontrakti toʻlovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa boʻladi. OTMlarda taʼlim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.Agar siz kimnidir kontrakt pulini toʻlab bersangiz oyligizdan ushlab qolinadigan daromad soligʻi olinmaydi.

❗️Imtiyozdan kim foydalanishi mumkin

👉Farzandlari (26 yoshga toʻlmagan) shartnoma asosida oʻqiydigan ota-onalar;
👉 Turmush oʻrtoqlari shartnoma asosida oʻqiydigan shaxslar;
👉 Rasman ishlayotgan talabalar.

Shuni esdan chiqarmangki,bu imtiyoz yaqin qarindoshlar, yaʼni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini toʻlashga qoʻllanilmaydi.

❗️Soliq chegirmasi nima imtiyoz beradi

Davlat OTMlari va Oʻzbekistonda akkreditsitatsiyadan oʻtgan oliygohlarda oʻzining oʻqishi, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga soliq chegirmasi beriladi.

❗️Soliq imtiyozi qaysi daromad manbalariga tegishli

Quyidagi manbalar hisobidan oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganda, jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉Oʻz mablagʻlari;

👉Jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

👉Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar (ssudalar).

❗️Soliq imtiyozini qanday olsa boʻladi


Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq toʻlovchining toʻlov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin.

Agar soliq imtiyozi ish joyidan qoʻllanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi:

Talaba (talabalar) bilan oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar taʼlim krediti olgan boʻlsa);

Taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

Bunday holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt toʻlash uchun ajratilgan mablagʻni maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga yetkazib beradi.

© EgamnazarUz

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍5
#haqiqitmi

O‘qituvchim: Kerak bo'lsa 100 marta so‘rang, 100marta bo'lsa ham tushuntirib beraman.
*Men 2 marta so‘raganimdan keyin*
O'qituvchim: .........


© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😁8👍3❤1😱1
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#Status

Ko'pchilikka orzu bo'lgan kunlar...
Men ularda yashayapman!

©
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍2
“KONTRAKT” haqida qisqacha she'r... 😅😄

☺️ Salom Ota, qalaysiz,
😉 Kunimga siz yaraysiz,
🙄 Nega unday qaraysiz,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤔Darsda hayol suraman,
🤭 Ijarada turaman,
😍 Sizni yaxshi ko'raman,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

😔 Rosti, aytmadim qo'shib,
😭 Yig'lagim kelar jo'shib,
😫 Stipendiya tushib,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

😁 "O’qish" deya chopgandik,
😌 Oxir kamol topgandik,
😅 Yozda beshga yopgandik,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi.😢

😪 Kunimiz o'tar arang,
🤯 Asablar bo'lar tarang,
🤕 Holimizga bir qarang,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😥

🤑 Byudjet edi zo'rimiz,
🤤 Shunga edi to'rimiz,
🤷‍♀️ Qurib qopdi sho'rimiz,
🤦‍♀️ Kontrakt oshib ketdi...😢

🤭 Ota, o'yga botasizov,
😌 Novvasni ham sotasizov,
😜 Yoki qarzga botasizov,
🤦🏻‍♂️ Kontrakt oshib ketdi...😂

✍ Navro'z ZIYO

© @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
👍5😢5