TROLL.UZ
106K subscribers
6.89K photos
1.43K videos
16 files
2.25K links
18+ Kulgi aralash achchiq haqiqat.

📩 Reklama: @tanishbilish_ads
📩 Bot: @trolluzfbot
Download Telegram
Ehhe.. ikki emas uchta bayram ketma-ket ekan!

Ertaga, 22-martni norasmiy haydovchilar kuni desak ham bo'ladi.

Barcha haydovchilarni tabriklayman!)

Shu munosabat bilan Yandex Go ilovasida zo'r yangilik — ular haydovchilarga qoldirilgan choychaqalarni ikki baravar ko'paytirib berishar ekan.

Ya'ni, agar safar yakunida ilovada 10 ming so'm tanlasangiz, haydovchi 20 ming so'm qabul qiladi.

Darvoqe, haydovchilar uchun @yonalish_pro kanaliga obuna bo'lish ham ziyon qilmaydi :)

—

Оказывается даже три праздника подряд!

Завтра, 22 марта, можно считать неофициальным днем водителей. 

Поздравляю всех водителей!)

В честь этого в Yandex Go запускается крутая фича — они будут за свой счет удваивать чаевые для водителей. 
То есть, если в конце поездки вы выбираете в приложении условные 10 тысяч, водитель получает в 20 тысяч сумов.

Кстати, для водителей будет полезно подписаться на @yonalish_pro — полезный канал для автолюбителей!

Tirikchilik huquqi asosida
😁218👍58❤3822🔥14👎12😢1
2 kun umuman ish haqida ham, startap haqida ham o’ylamay, dam olishga qaror qildim. Mazza.

Lekin tadbirkorlik va startaperlik shunaqa ekan-ki:

Vaqt behuda o’tayapti, 2 kun ichida qancha muammolarni hal qilsa bo’lar edi… degan xayollar kelaveradi.

O’zingga o’zing boshliq bo’lish yaxshi, lekin bu boshlig’ing seni dam olganingni ko’rolmasligi yomon.

Sizda ham shundaymi?

—

Решил два дня вообще не думать ни о работе, ни о стартапе — просто отдохнуть. Кайф.

Но предпринимательство и стартаперство устроены так:
Постоянно лезут мысли о том, что время проходит впустую, и сколько проблем можно было бы решить за эти два дня…

Быть самому себе начальником хорошо, но очень плохо то, что этот «начальник» терпеть не может, когда ты отдыхаешь.

У всех так?

@trolluz
201👍458😁244❤4827🔥15👎5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonlik Yasmina Husniddinova “Britain’s Got Talent” ko’rsatuvida ishtirok etibdi.

Juda ajoyib kuylabdi. Ko’rib rosa xursand bo’ldim.

—-

Ясмина Хусниддинова из Узбекистана приняла участие в программе ”Britain’s Got Talent”

Очень крутое выступление! Рад за нее!

@trolluz
3👍1K❤245🔥13426👎7😢7😁5
Bitta maraz mushukni qiynab o'ldirgani haqida hissiyotlarga berilib yozmoqchi edim. Faqat unga nisbatan huquq-tartibot idoralari tomonidan chora ko'rilayotganini o'qib, biroz hovurimdan tushdim.

Lekin keyin uni aslida qanday jazo kutayotgani bilan qiziqdim va yana taajjubga tushdim.

O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga ko'ra (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish):

Hayvonlarni g'arazli yoki past niyatlarda qiynash — 3 dan 5 BHM gacha jarimaga sabab bo'ladi.

Agar qilmish hayvonning o'limi yoki mayib bo'lishiga olib kelsa yoxud bolalar ko'z o'ngida sodir etilsa — 5 dan 10 BHM gacha jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq jazosi belgilanadi.

Shu xolosmi? Men bunday «odamlar»ga qarshi kurashishda bu jazo mutlaqo yetarli emas deb hisoblayman. Bizda jinoiy javobgarlikka faqatgina shaxs bir yil ichida qilmishni takroran sodir etsa tortiladi, shunda ham har doim emas.

Men qonunchiligimizda hayvonlarga shafqatsizlik qilganlik uchun jazoni keskin kuchaytirish tarafdoriman. Bunday jinoyatlar arzimagan jarimalar bilan yopilib ketmasligi kerak!

—-

Хотел написать на эмоциях об одном мерзавце, который замучил до смерти кота. Немного выдохнул, только когда прочитал, что им уже занялись правоохранительные органы и принимаются меры.

Но потом я поинтересовался, какое реальное наказание его ждет, и снова пришел в недоумение.

Согласно Статье 111 КоАО РУз (Жестокое обращение с животными):

За истязание животных из корыстных или низменных побуждений грозит штраф от 3 до 5 БРВ.

Если это повлекло гибель или увечье животного, либо произошло на глазах у детей — штраф от 5 до 10 БРВ или административный арест до 15 суток.

И это всё? Я считаю, что такого наказания абсолютно недостаточно для борьбы с подобными «людьми». К уголовной ответственности у нас привлекают только в том случае, если живодер совершит преступление повторно в течение года, да и то далеко не всегда.

Я выступаю за то, чтобы в нашем законодательстве кардинально ужесточили наказание за жестокое обращение с животными. Такие преступления не должны сходить с рук за счет смешных штрафов!

@trolluz
4👍983🔥107🤬75❤6731👎15😁10😢5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Aviasales.uz'dan barcha yo'nalishlarga QAYNOQ AVIACHIPTALAR 🔥

🇮🇳 Toshkent-Dehli 1.4 mln so'm https://i.avs.io/wSzVTfJT
🇹🇷 Toshkent-Istanbul 2.45 mln so'm https://i.avs.io/5Ow5XYWA
🇩🇪 Toshkent-Frankfurt-Mayn 2.88 mln so'm https://i.avs.io/b6ysfZEj

🇰🇬 Toshkent-O'sh 440 843 so'm https://i.avs.io/kUf9a_PX
🇨🇳 Toshkent-Guanchjou 2.12 mln so'm https://i.avs.io/T9JxEzb5
🇺🇿 Toshkent-Nukus 566 846 so'm https://i.avs.io/-AOxvE9E

Barcha yo'nalishlar bo'yicha qaynoq aviachiptalar aviasales.uz kanalida 👈🏻 Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling

Tirikchilik huquqi asosida
148❤15👍11🔥7👎5
Soliq qo'mitasi internetdagi daromadlarni qattiqroq nazorat qilishni boshlamoqda.

Blogerlar va kontent mualliflari to'lovlarni qabul qilish, hujjatlar va soliqlar bilan qanday kurashayotgani men uchun qiziq bo'lib qoldi.

Shu sababli kichik bir so'rov tuzib chiqdim. Iltimos, vaqt ajratib, javob bersangizlar :)

Siz hali blog yuritmasangiz ham, so'rovnomada bemalol ishtirok eting!

O'zbek tilida: https://forms.gle/zZ4swKD5537hxas76

—-

Налоговый комитет начинает строже контролировать доходы в интернете.

Мне стало интересно, как блогеры и авторы контента справляются с приемом платежей, оформлением документов и налогами.

Поэтому я составил небольшой опрос. Пожалуйста, уделите немного времени и пройдите его :)

Даже если вы еще не ведете блог, а только планируете, смело принимайте участие в опросе!

На русском языке:
https://forms.gle/g82UmBzkBf15xN5v8

@trolluz
😁220👍4337❤33😢8👎5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayvonlardan ham battar joyimiz bor...
—
Хуже животных...

@trolluz
3🤬1.51K😢224👍8167👎22❤15😁7
Bugun 1-aprel. Jismoniy shaxslardan uy sotib olayotganda hammaga eskrou-hisobvaraqlaridan foydalangan holda naqd pul to‘lovlaridan voz kechish majburiyati yuklatildi. Emishki, shu yo‘l bilan xaridorning manfaatlari himoya qilinarmish.

Ammo, menimcha, eng katta muammo va eng ko‘p qonunbuzarliklar aynan quruvchi kompaniyalar tomonidan sodir bo‘lmoqda. Eskrou-hisobvaraqlarini aynan o‘sha yerda qo‘llash kerak. O‘zida ham majburiy tartibda.

Men avvalroq gapirib bergan Grand Capital bilan bog'liq voqeani bilasiz. U yerda ba'zilar hali ham kadastr ololgani yo'q. Dastlab topshirish muddati 2020-yil etib belgilangan edi. Ayrim xaridorlar to'lovni 7 yil oldin amalga oshirgan! Tasavvur qilyapsizmi?

Quruvchi esa blogerlarni jalb qilib, yangi obyektlarini reklama qilishda davom etmoqda.

Menda yana bir voqea bor. Bunisi ancha yangi. Va yana ham qiziqarliroq.

Gap mamlakatdagi eng mashhur quruvchi kompaniyalardan biri haqida ketmoqda!

Quruvchi savdo markazlari, bolalar bog'chalari va maktablari bor ulkan majmua qurishga va'da bergan edi. Bu majmuani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar reklama qilishgandi. OAVda bu haqda ko'plab video va postlar mavjud.

Amalda esa loyiha butunlay o'zgarib ketdi. Yerlar sotib yuborildi yoki boshqa quruvchilarga berildi. Faqat 1-blokni (C) kechikish bilan qurib bitkazishdi. Ikkinchi blok (D) ham yarim yilga kechikmoqda. Boshqa hech narsa bo'lmaydi. Hatoki A va B bloklari ham qurilmaydi 🤣 Va, albatta, na savdo markazi, na maktab, na bog'cha bo'ladi. Boshlang'ich konsepsiyadan asar ham qolmagan.

Shartnoma shunday tuzilganki, unda quruvchi hech narsada aybdor bo'lib chiqmaydi. Garchi qonunbuzarliklar yaqqol ko'rinib turgan bo'lsa ham. Masalan, norozi xaridor/ulushdor internetda shikoyat yozsa, shartnomaga jarima to'lashi haqidagi bandni kiritib qo'yishgan. Tasavvur qilyapsizmi?)

Vaholanki, Raqobatni rivojlantish va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish qo'mitasi quruvchiga shartnomani qonunga moslashtirib o'zgartirish haqida ko'rsatma bergan edi.

Quruvchiga advokatlik so'rovi yuborildi. Javob esa: "Nari tur. Bizda hamma narsa qonuniy" qabilida bo'ldi. Demak, quruvchi qonunga tupurganmi? Bunga javoban biz barcha masalalarni sudgacha bo'lgan tartibda hal qilish taklifi bilan xat yubordik. Bu 2026-yil 22-yanvar kuni bo'lgan edi (Chiqish raqami: 4/2026-АБ). Nima deb o'ylaysiz, ular nima deb javob berishdi? Topdingiz. Hech narsa!

Bugun 1-aprel. Oradan 2 oydan ko'proq vaqt o'tdi.

Qaysi quruvchi haqida gap ketayotganini allaqachon taxmin qilib bo'ldingizmi?

@trolluz
🤬218❤5836👍21🔥4😢4😁3
Cегодня 1 апреля. Всех заставили отказаться от наличных расчетов при покупке жилья и автомобилей между физлицами. Специально внедрили применение эскроу-счетов. Таким способом якобы хотят защитить интересы покупателя.

Но я думаю, самая большая проблема и самое большое количество нарушений — именно со стороны застройщиков. Именно там нужно применять эскроу-счета. Причем в обязательном порядке.

Вы уже знаете про историю с Grand Capital, о которой я рассказывал. Там некоторые до сих пор не могут получить кадастр. Срок сдачи изначально был в 2020 году. Некоторые покупатели производили оплату 7 лет назад! Представляете?

Застройщик продолжает рекламировать новые объекты, привлекая блогеров.

У меня есть еще одна история. Уже более свежая. И еще более интересная.

Речь идет об одном из самых известных застройщиков в стране!

Застройщик обещал построить огромный комплекс с торговыми центрами, детскими садами и школами. Этот комплекс рекламировали заслуженные артисты Узбекистана. Есть многочисленные видео и посты об этом в СМИ.

По факту же проект кардинально изменился. Земли продали или передали другим застройщикам. Построили с опозданием один блок (С). Второй блок (D) задерживается уже на полгода. Больше ничего не будет. Не будет даже блоков A и B 🤣 Ну и, конечно, ни торговых центров, ни школ, ни садов. От первоначальной концепции ничего не осталось.

Договор составлен так, что застройщик ни в чем не виноват. Хотя там есть явные нарушения закона. Например, в договор застройщик вписал штраф за то, что недовольный покупатель/дольщик будет писать жалобы в интернете. Представляете?)

И это при том, что Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей вынес предписание о том, чтобы застройщик изменил договор в соответствии с законом.

Застройщику был отправлен адвокатский запрос. Ответ был в стиле: «Отвалите. У нас все законно». Получается, застройщику плевать на закон? В ответ на это мы отправили письмо с предложением решить все в досудебном порядке. Это было 22 января 2026 года (Исх. № 4/2026-АБ). Как вы думаете, что они ответили? Правильно. Ничего!

Сегодня 1 апреля. Прошло более 2 месяцев.

Вы уже догадались, о каком застройщике идет речь?

@trolluz
1🔥150🤬8635❤33👍8😢3
Maqol esimga tushdi:

“Yaltiroq hamma narsa ham oltin emas”

-

Вспомнил пословицу:

«Не всё то золото, что блестит»

@trolluz
1😁500👍8061🔥16❤9🤬6😢5
Shu hafta ichida 3 marta sudga “chaqirilyapman”.

Bunday havolalarni bosmanglar.

—

За эту неделю в третий раз «вызывают» в суд.

Не нажимайте на такие ссылки.

@trolluz
2😁730🤬8645👍21❤13🔥13
Yuqori qavatdagilar, yaxshimi sizlar?
-
Жители верхних этажей, все норм?

@trolluz
😁348👍6941😢31❤4🔥3🤬3
Qurilayotgan “O’z Zamin” turar joy majmuasining (quruvchi – Golden House) 9-13 qavatlari orasida yong’in sodir bo’ldi.

Ayni paytda yong’in xavfsizligi xizmati yong’inning rasmiy sababini aniqlamoqda.

Shartnomaga ko’ra majmuani topshirish 2025-yilning ikkinchi choragiga rejalashtirilgan bo’lsa-da, u hali ham rasman foydalanishga topshirilmagan. Hozir 2026-yilning ikkinchi choragi keldi – kechikish bir yilni tashkil etmoqda.

Xaridorlar (ulushdorlar) muammolar va hatto yong’in sodir bo’lganligi haqida internetda yozishga qo’rqishyapti.

Sababi – shartnomaning shavqatsiz shartlari: quruvchi kompaniyani internetda tanqid qilganlik uchun katta jarima ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, shartnomani bekor qilish va pulni qaytarishni qonuniy talab qilganlik uchun ham jarima sanksiyalari nazarda tutilgan.

Avvalroq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi Golden House kompaniyasining shartnomalarini o’rganib chiqqan edi. Qo’mita quruvchiga tanqid va pulni qaytarish uchun jarimalar haqidagi bandlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ekanligini va ularni bartaraf etish kerakligini ko’rsatib, rasmiy ko'rsatma bergan. Biroq, hozirgi vaziyatga qaraganda, Golden House bu ko’rsatmani bajarishga shoshilmayapti.

Kechikishlar tufayli ko’plab oilalar og’ir moliyaviy ahvolga tushib qolishmoqda. Uy ijarasi va mavjud bo’lmagan xonadon uchun kreditlarni qaytarish imkoniyati yo’qligi sababli, odamlar qurilishi bitmagan uylarga ko’chib kirishga majbur bo’lishmoqda. Hali davlat qabulidan va xavfsizlik tekshiruvlaridan o’tmagan obyektlar odamlarning hayotini o’lim xavfiga qo’yadi.

O’z Zamin turar joy majmuasi ham bundan mustasno emas. Aytishlaricha yong’in sababli bir necha farzandli oila yashovchi uy tutunga to’lgan.

Quruvchilar xaridorlarning ijara xarajatlarini qoplashdan bosh tortmoqdalar va barcha moliyaviy xavflarni iste’molchilar yelkasiga yuklamoqdalar.

Fikrimcha, keskin va choralar zarur:

1. Ommaviy tekshiruvlar: Qurilish vazirligi Yong’in xavfsizligi inspeksiyasi bilan birgalikda mamlakatdagi qurilayotgan barcha turar joy majmualarida yong’in xavfsizligi normalariga rioya etilishi va qurilish materiallarining sifatini yalpi tekshiruvdan o'tkazishi shart.

2. Huquqiy audit: Barcha quruvchi kompaniyalarning namunaviy shartnomalarini "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonun va Fuqarolik kodeksiga muvofiqligini majburiy tartibda qayta ko'rib chiqish kerak. Kompaniyalarga asoratli shartlarni yozishga yo’l qo’ymaslik va muddatlarni buzganlik uchun javobgarlikdan qochishga imkon bermaslik lozim.

O’zbekistondagi quruvchilar o’zlarining jazosiz qolishlarini bilishgani uchun quyidagi holatlar takrorlanmoqda:

- Loyihalarni o'zboshimchalik bilan o'zgartirish: Deyarli barcha developerlar loyihalarni xaridorlar bilan kelishmasdan o’zgartiradilar. Renderlarda zamonaviy fasadlar, konseptual hovlilar, maktab va bog’chalar va'da qilinadi, amalda esa – arzon pardozlangan "qutilar" quriladi va qo’shimcha tijorat bloki foydasiga ijtimoiy infratuzilmadan voz kechiladi.

- Cheksiz kechikishlar: Obyektni topshirish muddatlari "fors-major", pandemiya yoki qurilish materiallarining kechikishini bahona qilib, yillab surilishi mumkin.

- Javobgarlikning yo'qligi: Shu bilan birga, quruvchilar kechikishlar va o'zgarishlar uchun kompensatsiya to’lashni qat’iyan xohlamaydilar, shartnomalarga esa o’zlarini moddiy javobgarlikdan maksimal darajada ozod qiladigan bandlarni kiritadilar.

- Iste’molchilarni e’tiborsiz qoldirish: Ular shartnoma tuzish bosqichida iste’molchilarning tuzatishlari va takliflarini qat’iyan qabul qilmaydilar va "Yo bizning variantimizga imzo chek, yo ket" tamoyili asosida ish tutadilar.

Men bu holatlarni shaxsiy tajribamda ko'rdim.

Toki davlat qat’iy aralashib, ulushdorlar huquqlarini himoya qilmas ekan, bu qurilish xaosi davom etaversadi va bu nafaqat odamlarning pulini kuydiradi, balki yong’in ko'rsatganidek, ularning xavfsizligiga ham tahdid soladi.

@trolluz
1👍335🤬102❤5122🔥13😢12
TROLL.UZ
Qurilayotgan “O’z Zamin” turar joy majmuasining (quruvchi – Golden House) 9-13 qavatlari orasida yong’in sodir bo’ldi. Ayni paytda yong’in xavfsizligi xizmati yong’inning rasmiy sababini aniqlamoqda. Shartnomaga ko’ra majmuani topshirish 2025-yilning ikkinchi…
Между 9 и 13 этажами строящегося жилого комплекса «O’z Zamin» (застройщик – Golden House) произошел пожар.

В настоящее время служба пожарной безопасности выясняет официальную причину возгорания.

Хотя по договору сдачу комплекса планировалось осуществить во втором квартале 2025 года, он до сих пор официально не сдан в эксплуатацию. Сейчас наступил второй квартал 2026 года – задержка составляет ровно год.

Покупатели (дольщики) боятся писать в интернете о проблемах и даже о самом факте произошедшего пожара.

Причина кроется в жестоких условиях договора: за критику компании-застройщика в интернете предусмотрен крупный штраф. Кроме того, штрафные санкции предусмотрены даже за законное требование расторгнуть договор и вернуть деньги.

Ранее Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей изучал договоры компании Golden House. Комитет выдал застройщику официальное предписание, указав, что пункты о штрафах за критику и возврат денег противоречат законодательству Республики Узбекистан и должны быть устранены. Однако, судя по нынешней ситуации, Golden House не спешит выполнять это предписание.

Из-за задержек сроков сдачи многие семьи оказываются в тяжелом финансовом положении. Не имея возможности оплачивать аренду жилья и одновременно возвращать кредиты за несуществующую квартиру, люди вынуждены переезжать в недостроенные дома. Объекты, еще не прошедшие государственную приемку и проверку безопасности, подвергают жизни людей смертельной опасности.

Жилой комплекс «O’z Zamin» не стал исключением. Говорят, что из-за пожара квартира, где проживала семья с несколькими детьми, наполнилась дымом.

Застройщики отказываются покрывать расходы покупателей на аренду жилья и перекладывают все финансовые риски на плечи потребителей.

На мой взгляд, необходимы жесткие меры:

1. Массовые проверки: Министерство строительства совместно с Инспекцией пожарной безопасности обязано провести тотальную проверку соблюдения норм пожарной безопасности и качества строительных материалов во всех строящихся жилых комплексах страны.

2. Правовой аудит: Типовые договоры всех строительных компаний должны быть в обязательном порядке пересмотрены на соответствие Закону «О защите прав потребителей» и Гражданскому кодексу. Нельзя позволять компаниям прописывать кабальные условия и давать им возможность избегать ответственности за нарушение сроков.
Поскольку застройщики в Узбекистане чувствуют свою безнаказанность, постоянно повторяются следующие ситуации:

- Самовольное изменение проектов: Практически все девелоперы меняют проекты без согласования с покупателями. На рендерах обещают современные фасады, концептуальные дворы, школы и детские сады, а на деле строятся «коробки» с дешевой отделкой и происходит отказ от социальной инфраструктуры в пользу дополнительного коммерческого блока.

- Бесконечные задержки: Сроки сдачи объектов могут переноситься годами под предлогом «форс-мажоров», пандемий или задержек в поставках стройматериалов.

- Отсутствие ответственности: При этом застройщики категорически не желают выплачивать компенсации за задержки и изменения, а в договоры включают пункты, максимально освобождающие их от материальной ответственности.

- Игнорирование потребителей: На этапе заключения договора они категорически не принимают поправки и предложения от потребителей, действуя по принципу: «Либо подписывай наш вариант, либо уходи».

Я столкнулся с этими ситуациями на личном опыте.

Пока государство жестко не вмешается и не защитит права дольщиков, этот строительный хаос будет продолжаться, не только сжигая деньги людей, но и, как показал пожар, угрожая их безопасности.

@trolluz
👍298🤬10733❤26🔥23😢13👎1