ADU.UZ | Rasmiy kanal
15.7K subscribers
49.6K photos
5.51K videos
797 files
22.4K links
✔️Veb-sayt: www.adu.uz
✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijon davlat universitetida bitiruvchilar bilan dual ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 17-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Bexzod Axmedov universitetning 4-bosqich talabalari bilan uchrashib, dual ta’lim tizimining mazmun-mohiyati, istiqbollari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. Xususan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlashda dual ta’lim tizimining muhim o‘rni qayd etildi.

Muloqot davomida dual ta’limning talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, mehnat faoliyatiga moslashish hamda zarur tajriba orttirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyotda mas’uliyat va tashabbuskorlikni namoyon etish, kasbiy bilimlarni muntazam takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida talabalarga dual ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, amaliy ko‘nikma va kasbiy malakalarini rivojlantirish hamda kelgusida o‘z sohasining yetuk va raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishish uchun mas’uliyat bilan yondashish muhimligi ta’kidlandi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4😍3
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Sobiq bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi
imtihonlari o‘tkazildi

Bugun, 17-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining ma’ruzalar zalida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan sobiq bitiruvchilar uchun yakuniy imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihon jarayonlari belgilangan grafik asosida, barcha auditoriyalarda to‘liq videokuzatuv ostida tashkil etilib, ularning adolatli va shaffof o‘tkazilishi O‘quv-uslubiy boshqarma mas’ullari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG!

Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, yana kimdir muhandis. Kimdir tadbirkor, sportchi, olim yoki san’atkor. Har bir yoshning o‘z maqsadlari bor.

Ammo giyohvandlik insonni istaklaridan uzoqlashtiradi, hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.

❗️Eslab qoling, qonunchilikda:
🔹giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq (MJtKning 56 prim 1 - moddasi);
🔹taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 270-moddasi);
🔹 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 273-moddasi);
🔹 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 276 prim 1-moddasi) jazosi belgilangan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

👩 “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanloviga taklif etamiz!

“ART & MUSIC PLANET” MCHJ tomonidan iqtidorli yoshlar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini namoyon etish hamda xalqaro ijodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Kuz fantaziyasi” xalqaro ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Tanlovda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan musiqa va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, ijodkor ustozlar, erkin ijodkorlar, yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

🎭Tanlov yo‘nalishlari:

➡️Xoreografiya — milliy, zamonaviy va jahon xalqlari raqslari;
➡️Xonandalik — estrada, an’anaviy va akademik xonandalik, folklor, baxshichilik va xor jamoalari;
➡️Cholg‘u ijrochiligi — fortepiano, xalq cholg‘ulari, torli, damli va zarbli cholg‘ular;
➡️Teatr aktyorligi va askiya san’ati;
➡️Tasviriy va amaliy san’at, dizayn.
➡️Yosh toifalari: 5 yoshdan 40 yoshgacha hamda aralash guruhlar.

📑Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

➡️I bosqich — onlayn saralash: ishtirokchilarning video ijrolari va ijodiy ishlari asosida;
➡️ II bosqich — oflayn final: jonli ijro va amaliy ishlar orqali.
📅Arizalar va video ijrolar 2026-yil 20-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

🏆 Tanlov ishtirokchilari natijalariga ko‘ra diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Final bosqichida laureatlar aniqlanib, Gran-pri sohiblariga maxsus pul mukofotlari, statuetkalar hamda xalqaro festivallarda ishtirok etish uchun yo‘llanmalar taqdim etiladi.

Ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha:
☎️Telefon: +998 90 866 80 01

🍁Iste’dodingizni namoyon eting, ijodingiz bilan yangi marralarni zabt eting va xalqaro san’at maydonida o‘z o‘rningizni toping!


⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡1👏1
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumi doirasida fakultet bosqichiga o’tkaziladi!

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iste’dod va salohiyatini namoyon etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida fakultet bosqichiga 19-oktyabr sanasida start beriladi.

Olimpiada doirasida talabalar o‘rtasida yengil atletika, voleybol, stritbol, stol tennisi va mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etilib, ularda yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun saralab olinadi.

🗄Musobaqa nizomi

👉Olimpiadada ishtirok etish istagida bo’lgan barcha talabalarni o‘zlariga biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilib, 5 turdagi sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!


⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2😍2👏1
🗓🗓🗓🗓🗓🗓

📅Bugun 18-oktyabr, yakshanba.

🌏Butunjahon ayollar baxti kuni.

🇺🇳Xalqaro boʻyinbogʻlar kuni.
🇺🇿Oʻzbekiston - Samarqand shahri kuni.
🇦🇿Ozarbayjon - Mustaqillik kuni.

⏳Tarixiy voqealar:

📄1667-yil - Amerikada gollandiyaliklar tomonidan Bryukelen (Bruklin)ga asos solindi.
🌌1967-yil - “Venera-4” kosmik kemasi Venera sayyorasiga yetib bordi.
🏛1996-yil - Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
🌇1996-yil - Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🕵🏻1847-yil 18-oktyabr
- rus elektrotexnika muhandisi, choʻgʻlanma lampa ixtirochisi Aleksandr Lodygin.
🤵🏻‍♀️1948-yil 18-oktyabr - raqqosa, baletmeyster, Oʻzbekistonda xizmat ko’rsatgan san’atkor Gavhar Matyoqubova.
🧑🏻‍✈️1959-yil 18-oktyabr - rossiyalik teleboshlovchi Sergey Dorenko.
🤵🏻1960-yil 18-oktyabr - amerikalik aktyor, rejissyor va ssenarist, “Bryussel mushugi” Jan Klod Vandam.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐️ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😍1
🗓🗓🗓🗓🗓🗓

📅Bugun 19-oktyabr, dushanba.

🌏Butunjahon balet kuni.
🌏Kelajakka xat yozish kuni.

🇵🇼Qozogʻiston - Qutqaruvchilar kuni.
🇲🇩Moldova - Huquqshunoslar kuni.

⏳Tarixiy voqealar:

🪖1453-yil - Fransiya va Angliya oʻrtasidagi yuz yillik urush yakuniga etdi.
💣1916-yil - Qrimda “Mariya” linkori portlab ketdi.
📚1955-yil - Jon Tolkinning “Qirolning qaytishi” romani nashr etildi.
🧮2011-yil - Aleksandr Yi va Shigeru Kondo Pi qiymatini verguldan keyin 10 trillion raqamgacha aniq hisobladilar.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵🏻‍♂️1862-yil 19-oktyabr
- fransuz ixtirochisi, ukasi Lui bilan kinematografiyaga asos solgan Ogyust Lyumer.
🤵🏻1962-yil 19-oktyabr - amerikalik bokschi, toʻrt karra jahon chempioni Evander Xolifeld.
🤵🏻‍♀️1909-yil 19-oktyabr - Oʻzbekiston xalq sanʼatkori Maryam Yoqubova.
🧑🏻‍💼1978-yil 19-oktyabr - ogʻir vaznli o'zbek bokschisi, ikki karra jahon chempioni, sobiq WBA jahon chempioni Ruslan Chagayev.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐️ Facebook ⭐️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2😍2😁1
Forwarded from Edu.uz
#Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi


“Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum Prezidentimizning 2025-yil 15-sentyabrdagi yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.


Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.

Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.


Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.

🔗 Roʻyxatdan oʻtish: forum.kasbedu.uz

📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤‍🔥1🔥1
Forwarded from Edu.uz
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi.

Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin?

Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Apellyatsiya berish tartibi
Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin.

Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim.

Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi.

#StipendiyaTanlovlariNatijalari

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram