ADU.UZ | Rasmiy kanal
15.8K subscribers
49.5K photos
5.49K videos
797 files
22.4K links
✔️Veb-sayt: www.adu.uz
✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

ADU rahbariyati va talabalar muloqoti: dolzarb masalalar va amaliy yeçimlar

Bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti birinçi prorektori Talantbek Madumarov mas’ullar iştirokida Huquq-iqtisod fakultetining 1-bosqiç talabalari bilan ularning universitet muhitiga moslaşuvini qöllab-quvvatlaş, taklif va taşabbuslarini tinglaş hamda mavjud muammolarni muhokama qiliş maqsadida oçiq muloqot ötkazdi.

Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida şaffoflikni ta’minlaş, korrupsiyaning barvaqt oldini oliş, talabalarning bösh vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni qiziqişlari asosida turli tögaraklar, loyihalar va taşabbuslarga jalb qiliş, ijtimoiy faolligini oşiriş hamda universitet hayotidagi iştirokini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, universitetning içki tartib-intizom hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etiş, talaba-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, talabalarning öz huquq va majburiyatlarini çuqur anglashi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Uçraşuv yakunida içki işlar organlari xodimlari tomonidan kiberjinoyatlardan himoyalaniş, şaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy mablağlar xavfsizligini ta’minlaş, şubhali havola va fayllardan ehtiyot bölish hamda internetdan xavfsiz foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8⚡1👍1🔥1👏1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijon davlat universitetida “Milliy qadriyatlar kuni” tadbirlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi

Bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida “Milliy qadriyatlar kuni” tadbirlarini yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş hamda bu boradagi çora-tadbirlarni muvofiqlashtiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğiliş davomida milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş, talaba-yoşlar qalbida milliy urf-odat va an’analarimizga hurmat-ehtirom tuyğusini mustahkamlaş, şuningdek, “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida taşkil etiladigan tadbirlarning mazmun-mohiyatini boyitiş va ularni yuqori saviyada o‘tkaziş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, yiğilişda Mahmudova Xojiniso “Qizlarjon” klubi raisi etib saylandi. Klub faoliyatini yanada takomillaştiriş, talaba-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligi va taşabbuskorligini oşirişga qaratilgan istiqbolli çora-tadbirlar belgilab olindi.

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2💘2👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi.

Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi. Asosan «Ö», «Ğ», «Ş» hamda «Ç» harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek, «Ng» birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.

Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda özbek tilidan keng foydalanişni qulaylaştirişga qaratilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁8❤2