#feedback@allergiya
2008-yil tug'ilgan ushbu bemorimizga allergik rinit kasalligining mavsumiy turi tashxisi qo'yilgan va barcha zarur tekshiruvlar o'tkazilgan. Analiz natijalari quyidagicha edi:
✅ Обший IgE: 275.1 ME/ml
☑️ Пыльца лебеды: 55
☑️ Пыльца подорожник: 38
☑️ Постенница: 5.5
Bemor va uning yaqinlariga ASIT (allergen spesifik immunoterapiya) ya'ni, xalq tilida aytganda allergiya vaksinasi va uning samarasi bo'yicha barcha ma'lumotlar berildi va 2025-yilning yanvar-fevral oylarida ushbu terapiya boshlangan edi.
Hozirda bemorda ijodiy yaxshilanishlar kuzatilgan. Xalqaro standart bo'yicha ASIT kamida 3 yil davomida o'tkazilganda o'zining maksimal samarasini beradi.
❗️ASIT – allergiyani davolashning xalqaro, samarali, yagona va eng ishonchli usulidir. Doimiy dori qabul qilishdan qutulishning ham yagona yo'li hisoblanadi!
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Avval ko'zim qizarib, qichishib yurardi, hozir unaqa bo'lmayapti

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
#feedback@allergiya
2011-yil tug'ilgan ushbu bemorimizda allergik rinit kasalligining doimiy turi tashxisi qo'yilgan edi. Barcha zarur tekshiruvlar o'tkazilgan va natijalarga ko'ra polisensibilizatsiya aniqlangan.
Shu yilning yanvar-fevral oylarida bemorimizning ota-onasiga ASIT terapiya (allergo-vaksina) haqida barcha ma'lumotlar berilgan va terapiya boshlangan.
Alhamdulillah, ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Eng muhimi, bemorimiz gormonal ukollarga ehtiyojdan batamom qutilgan. Terapiya yana davom etadi!
Xalqaro standart bo'yicha ASIT kamida 3 yil davomida o'tkazilganda o'zining maksimal samarasini beradi.
❗️ASIT – allergiyani davolashning xalqaro, samarali, yagona va eng ishonchli usulidir. Doimiy dori qabul qilishdan qutulishning ham yagona yo'li hisoblanadi!
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
O'tgan yilgiga qaraganda ahvoli yaxshi, ko'zi, burni, tomog'i kamroq qichiydigan bo'ldi. Bu yil hechqanday ukol olmadi!
2011-yil tug'ilgan ushbu bemorimizda allergik rinit kasalligining doimiy turi tashxisi qo'yilgan edi. Barcha zarur tekshiruvlar o'tkazilgan va natijalarga ko'ra polisensibilizatsiya aniqlangan.
Shu yilning yanvar-fevral oylarida bemorimizning ota-onasiga ASIT terapiya (allergo-vaksina) haqida barcha ma'lumotlar berilgan va terapiya boshlangan.
Alhamdulillah, ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Eng muhimi, bemorimiz gormonal ukollarga ehtiyojdan batamom qutilgan. Terapiya yana davom etadi!
Xalqaro standart bo'yicha ASIT kamida 3 yil davomida o'tkazilganda o'zining maksimal samarasini beradi.
❗️ASIT – allergiyani davolashning xalqaro, samarali, yagona va eng ishonchli usulidir. Doimiy dori qabul qilishdan qutulishning ham yagona yo'li hisoblanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
👶👩⚕️ Bolalar va kattalar terisi: Asosiy farqlar
Chaqaloq tug'ilgach 9 oy davomida ona bachadonida amnion suyuqligi bilan o'ralgan nam muhitdan quruq muhitga tushadi va hayotining dastlabki yillarida moslashish davrida bo'ladi.
1️⃣ Tuzilishi va qalinligi
Bolalarda teri — kattalarnikiga nisbatan ancha yupqa. Epidermis qatlamlari yupqaroq va teri yumshoqroq. Ayniqsa, eng tashqi muguz qatlam kattalarnikiga nisbatan taxminan 20–30% yupqaroq.
2️⃣ Namlik saqlash va bug‘lanish
Bolalarda teri hujayralari kichik, teri qatlamlari yupqa — bu esa namlikni ushlab qolishini kamaytiradi. Shuning uchun bolalar terisi kattalarnikiga nisbatan namlikni tezroq yo‘qotadi va yana tez quruq va sezuvchan bo‘ladi.
3️⃣ Himoya barreyeri va himoyalanish kuchi
Bolalarda terining “himoya bariyer”i to‘liq shakllanmagan: lipidlar, tabiiy namlantiruvchi faktorlar, melanin miqdori kam. Bu esa terini kimyoviy moddalar, mikroblar, UV-nurlar va boshqa tashqi ta’sirlardan himoya qilish kuchini kamaytiradi.
4️⃣ pH va kislota qatlami rivojlanishi
Tug‘ilganda bolalarda teri pH darajasi nisbatan yuqori (kislotaliligi past), kislotali qatlam hali to‘liq shakllanmagan. Bosqichma-bosqich kislotali qatlam shakllanishi terini bakterial koloniya, ekzema va boshqa teri kasalliklaridan himoya qilishda muhim.
5️⃣ Sezuvchanlik va allergiya, infektsiyaga moyillik
Yupqa teri, zaif barriyer, kam lipid + kam melanin — bu chiroyli, yumshoq teri bo‘lishi bilan birga, infeksiya, allergik reaksiyalar, teri yallig‘lanishlariga ham moyillikni oshiradi. Masalan, pH past bo‘lmagani uchun patogen mikroblar osongina teriga kirishi mumkin.
6️⃣ Termoregulyatsiya va tana haroratini saqlash
Teri osti yog‘ qatlami va ter bezlari faoliyati to‘liq emas. Bu esa bola terisiga yanada ehtiyotkor parvarishni talab qiladi, ayniqsa sovuq / issiq sharoitlarda.
❓Nega bu farqlar muhim?
Teri parvarishida nimalarga e’tibor berish kerak
Chaqalog'i bor yaqinlarga yuborib qo'ying!

— Bolalarda teri tez quriydi, shu sabab muntazam namlantiruvchi kremlar / emolliеntlardan foydalanish muhim;
— Kimyoviy yoki kuchli kosmetik vositalardan saqlanish kerak: spirt yoki kuchli antiseptik moddali preparatlar noqulaylik, qichishish, kuchli sezuvchanlik keltirib chiqarishi mumkin.
— pH darajasi neytral bo'lgan bolalar terisiga mos antiseptik, sovun, shampunlardan foydalanish lozim;
— Quyosh nurlaridan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bolalar terisida melanin pigmenti kam. Bu esa quyoshning UV nurlariga nisbatan terini sezuvchan qiladi. Issiq havoda SPF kremlar tavsiya qilinadi.
Chaqalog'i bor yaqinlarga yuborib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Forwarded from UzA | Расмий канал
Чангдан ҳимоя: ҳаво тозалагич, тиббий ниқоблар ёки хона гуллари (+видео)
Бугунги кунда катта-ю кичикни хавотирга солаётган ҳодиса бу юртимизда кузатилаётган ҳавонинг ифлосланиши бўлиб қолди. Қиш келиб ҳаво совуганига қарамасдан на ёмғир, на қор ёғишидан ҳозирча дарак йўқ. Бу эса ифлосланган ҳавони янада тарқалишига олиб келмоқда. Албатта, бу ҳаво соғлом одамлар учун ҳам, касалманд одамлар учун алоҳида бир синовга айланмоқда. Чанг уйлар, ишхоналар, автомобилларнинг эшик-деразаларидан сизиб кириб, аллергик касаллиги бор беморлар учун даҳшатга айланмоқда.
🎥 https://youtu.be/HH1T-0TVdIc
Батафсил: https://uza.uz/posts/790469
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTube | X

👍4❤2
❗️Qishda “Tuzaldim!” deganlar — bahorda eng ko‘p pushaymon bo‘lishadi!
ASIT (Allergen spesifik immunoterapiya) uchun ENG TO‘G‘RI VAQT — AYNAN HOZIR!
Allergik rinitli bemorlarning juda katta qismi qishda o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi kamayadi va:
“Tuzaldim shekilli…” degan xavfli xulosaga keladi.
Aslida esa bu — remissiya, vaqtincha jimlik xolos.
🌸 Bahor kelishi bilan o‘sha “jimlik” kuchli allergik xurujga aylanadi va hamma bir xil gap aytadi:
“Afsus, ASITni qishda boshlasam bo‘larkan…”
❓Nega ASITni aynan qishda boshlash kerak?
1️⃣ Allergenlar minimal darajada.
Organizm tinch holatda bo‘ladi — immun tizimni bosqichma-bosqich o‘rgatish uchun ideal vaqt.
2️⃣ Bahorgi mavsumga tayyorgarlik.
Qishda boshlangan ASIT bahor kelguncha ta’sir ko‘rsatishni boshlaydi.
3️⃣ Kasallik ildiziga yo‘naltirilgan yagona davolash.
Simptomni EMAS, sababni yo‘qotadi.
4️⃣ Vaqtni boy bermaslik.
Bahor kelganda kech bo‘ladi, simptomlar kuchaydi — ASITni boshlash qiyinlashadi yoki umuman kechiktiriladi.
🔥 ASIT uchun “keyinroq” degan narsa yo‘q. Eng yaxshi vaqt — qish fasli. Yaxshi bo‘lib qolgandek tuyilishi — tuzalganingizni anglatmaydi.
Remissiya — bu imkoniyat!
Undan foydalaning.
Allergik rinitli bemorlarga eslatma:
Hozir aynan ASIT boshlash fasli. Bahor kelganda pushaymon bo‘lmaslik uchun bugundan qadam tashlang.
❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, qabulimga kelishingiz mumkin!
📞 +998946920852 (@allergolog)

❤5
Surunkali eshakyemi: Plazmaforez kerakmi?
❌ Xalqaro tashkilotlarning asosiy guideline'lariga ko‘ra, plazmaforez standart (first-line) davo emas!
✅ Surunkali urtikariyaning ba'zi shakllari patogenezida autoimmun mexanizm (IgG anti-FcεRI, anti-IgE) bo‘lsa ham, plazmaforezning samaradorligi bo‘yicha isbotlangan dalillar yetarli emas.
✅ Surunkali eshakyemi kasalligini davolash xalqaro standartlar bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va buni shifokor-allergolog nazorat qiladi.
Plazmaforez qachon kerak bo'lishi mumkin?
Faqatgina istisno holatlar:
Juda og‘ir, barcha standart davo qilinganda ham yaxshilanish bo'lmagan, REFRAKTOR autoimmun eshakyemining tasdiqlangan shakli, Omalizumab va Ciklosporin A ikkalasiga ham ijobiy natija bo‘lmasa o'ylab ko'rish mumkin bu usulni.
⚠️ Ammo bu holatlar juda kam uchraydi va shu sababli ham "yoppasiga hammaga" plazmoforez tavsiya qilinavermaydi. (Bemorni hurmat qilgan shifokor tavsiya qilmasligi kerak aniqrog'i).
Nima uchun tavsiya qilinmaydi?
💸 Qimmat
💉 Invaziv
⏳ Qisqa muddatli effekt
🪫 Klinik tadqiqotlar yetarli emas
Qaytaraman: Plazmoforez orqali qondagi autoantitelalarni kamaytirish faqatgina standart davoga natija bermaydigan holatlarda — foydali bo‘lishi mumkin. Ya’ni, plazmoforez “umumiy tavsiya” emas, balki muhim holatlarda, ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan “alternativ/qo‘shimcha” usul.

👍4
❗️Келаси ҳафта Сирдарёга борамиз!
🗓 11–декабр куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Гулистон шахридаги “Poytaxt med diagnostika” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог ЖАСУР ДАВЛАТОВ томонидан тиббий консультация ўтказилади.
Қуйидаги беморлар қабул қилинади:
🗓 Сана: 11-декабр (Пайшанба)
⏰ Вақт: 09:00 дан 15:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Гулистон ш, Сайхун 13-уй
🏣 Мўлжал: BEELINE бош офиси
🗺 Локация: t.me/allergiya/775
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618

✅ Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,
✅ Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши
✅ Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши
✅ Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш
✅ Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар
✅ Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар
🗓 Сана: 11-декабр (Пайшанба)
⏰ Вақт: 09:00 дан 15:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Гулистон ш, Сайхун 13-уй
🏣 Мўлжал: BEELINE бош офиси
🗺 Локация: t.me/allergiya/775
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618
👍4❤3👏2
Forwarded from Klinika va shifokor aksiyalari | Акции клиник
Biz nafas olayotgan havo o‘zgaryapti.
Kasalliklar kuchayapti.
Va eng yomoni — biz buni sezmayapmiz.
Shifokor mutaxassis bilan suhbatda PM2.5 ning haqiqiy xavfi, ekologiyaning buzilishi, oddiy niqoblarning qaysi biri himoya qilishi va qaysi biri faqat “xavfsizlik illyuziyasi” ekanini ochiqchasiga muhokama qildik.
Ko‘pchilik bilmaydi:
PM2.5 qon tomiriga o‘tadi, o‘pkani shikastlaydi, va hatto rakka sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, shamollash aslida virusmi yoki bakteriyami, bronxit va pnevmoniya nega ko‘paygani, dorilar ortidagi marketing, stress va changning immunitetga ta’siri — barchasi shu videoda.
Alergiya nega ortyapti?
Qachon allergologga murojaat qilish kerak?
Va eng xavotirli savol: allergiya davolanmasa o‘limga olib keladimi?
Agar siz sog‘ligingizga befarq bo‘lmasangiz, bu videoni albatta ko‘ring.
▶️ Videoni tomosha qiling:
https://youtu.be/bD-k1r7Fmx8?si

❤3👍1
🌫️ Havo namlagich apparatsiz ham xonada namlikni oshirish usullari bor!
Qabulimga quruq yo'tal shikoyati bilan kelayotgan, shamollashdan keyin uzoq vaqt yo'talib yurgan deyarli barcha bemorlarga uyiga havo namlagich o'rnatishni tavsiya qilamiz. Aynan hozirgi isitish mavsumida!
Afsuski, hammada ham apparat olishga imkoniyat bo'lmasligi mumkin. Lekin uy sharoitida qilsa bo'ladigan, havoni namlovchi sinalgan usullar ham bor:
1️⃣ Ho‘l sochiq / mato usuli
Radiator yoki isitgich ustiga ho‘l sochiq qo‘ying. Suv bug‘lanib xonani sekin-sekin namlaydi.
⚠️ Judayam isigan temirga yuvilgan kirlarningizni qo'ymang. Kiyimlarda qolgan kimyoviy yuvish vositalari bug'alanib havoni ifloslantiradi
2️⃣ Keng idishda suv qo‘yish
Xonaning burchaklariga keng, yuza qismi katta idishda suv qo‘ying.
Suv asta-sekin bug‘lanadi → namlik oshadi. Issiq joyga qo‘yilsa bug‘lanish kuchayadi.
3️⃣ Suv purkash (sprey)
Sprey idishlarga toza suv solib, devorlarga emas — havoga mayda purkash yaxshi foyda beradi. Kuniga 2–3 marta takrorlash mumkin.
⚠️ Juda ko‘p purkalsa devorlarda mog‘or paydo bo‘lishi mumkin!
4️⃣ Dushdan keyin eshikni ochiq qoldirish
Issiq dushdan keyin hammomdagi bug‘ boshqa xonalarga tarqaladi. Ayniqsa qishda juda samarali.
5️⃣ Xonada nam matolar osib qo‘yish
Noodatiy tuyuladi, lekin eng kuchli usullardan. Ho‘l matoni ichki tomondagi eshikka yoki yuvilgan kiyimlar turadigan stellajga osib qo‘yish kifoya.
6️⃣ Xona ichida gullar (o‘simliklar)
Ular tabiiy ravishda suv bug‘latadi.
Ayniqsa: spatifillum, drasena, aloe. Faqat allergiyasi bo‘lganlar ehtiyot bo'lishi kerak.
7⃣ Isitgich yoniga suv to‘ldirilgan keramik krujka / choynak qo‘yish
Hech qanaqa hid chiqmaydi, xavfsiz.
Bug‘lanish doimiy bo‘ladi va xona havosining qurib ketishidan himoya qiladi.
Yaqinlarga yuborib qo'ying

👍8❤2👏2
Bolalarda allergiya rivojlanmasligi uchun 10 ta isbotlangan choralar
(ilmiy manbalarga asoslangan)
1️⃣ Gigiyena “ortiqcha” bo‘lmasin
Tuproqda, qumda o'ynasin, oyoqyalang yursin, hayvonlar bilan kontaktda bo'laversin. Bola mikroblar bilan yetarlicha “tanishishi” immun tizimni to‘g‘ri tarbiyalaydi. Haddan tashqari antiseptiklar, dezinfeksiya, sterillik → allergiya xavfini oshiradi.
2️⃣ Uy sharoitida: chang, mog‘or, namlik va uy changi kanachalarini kamaytirish
Toza yuvilgan choyshablar, changyutkichda HEPA filtri, uy hayvonlari tukini nazorat qilish.
Allergen yuklamalar kamayishi allergiya xavfini kamaytiradi
3️⃣ Ovqatlanish: bola ertaroq turli taomlar bilan tanishishi shart
4–6 oydan boshlab yeryong‘oq, tuxum, baliq kabi allergen maxsulotlarni xavfsiz sharoitda tanishtirish allergiya xavfini pasaytiradi.
Kech kiritish esa xavfni oshiradi.
4️⃣ Ichak mikroflorasini sog‘lom saqlash
Tug‘ilishdan boshlab mikroflora immun tizimni “tarbiyalaydi”.
Asosiy choralar: onaning sog‘lom ovqatlanishi, bola uchun tabiiy tug‘ruq imkon bo‘lsa qoldirish, ortiqcha antibiotik bermaslik. Ko'krak suti bilan oziqlantirish
5️⃣ Keraksiz antibiotiklardan saqlanish
Antibiotiklar ichak mikroflorasini buzadi. Natijada allergiya, astma xavfini oshiradi (ko‘plab meta-analizlarda isbotlangan).
Faqat aniq bakterial infeksiyada qo‘llash kerak.
6️⃣ Uy ichida chekishni 100% taqiqlash
Passiv chekish – bola immun tizimini buzadi, allergik rinit va astma xavfini keskin oshiradi.
7️⃣ Doimiy toza havo va namlik balansi
Havo namligi 40–60% bo‘lishi nafas yo'llari shilliq qavatini himoyalaydi.
Qurib ketgan shilliq qavat esa allergenlar oson kirishiga sabab bo'ladi.
8️⃣ Uy mog‘origa qarshi kurash
Mog‘or = allergik rinit, astma va atopik dermatitning asosiy uy ichki triggerlaridan biri. Ventilyatsiya, nam joylarni quritish, ehtiyoj bo‘lsa dezinfeksiyaga rioya qilish kerak.
9️⃣ Ortiqcha tana vazni va shirinlikni cheklash
Bolalarda semirish allergiya, astma, dermatit xavfini oshiradi (yallig‘lanish markerlari ko‘tariladi).
🔟 Teri parvarishi (atopik dermatit xavfi bo‘lsa): doimiy emolentlar
Teri baryerini mustahkamlaydi, natijada allergenlarning kirishi va “sensibilizatsiya” ehtimolini kamaytiradi. Emolentni har kuni, ayniqsa qishda ishlatish foydali.
Allergiyani oldini olish — bu mikroblardan himoyalash emas, balki balansni to‘g‘ri saqlashdir!

👍7❤4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️31 yoshli erkak burun operatsiyasi qilinishi kerak edi. Lekin, aytilishicha operatsiya boshlanmasdan avval vafot etgan
Joriy yilning 12-noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan “Ibatov” xususiy tibbiyot muassasasida 31 yoshli erkak o‘tkazilgan burun operatsiyasi chog‘ida vafot etdi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, xususiy klinika faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Operatsiya boshlanmasdan avval?
Menimcha, bu narkoz berish bosqichida dorilarga nisbatan kuchli anafilaktik allergik reaksiya bo'lishi mumkin.
Afsuski, shunday holatlar bo'ladiki, harqancha tezkor birinchi yordam ko'rsatilmasin, eng tajribali reanimatolog bo'lmasin, anafilaktik shok baribir o'lim bilan yakunlanishi mumkin. O'zingizni asrang, allergiyaga yuzaki qaramang!
💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Joriy yilning 12-noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan “Ibatov” xususiy tibbiyot muassasasida 31 yoshli erkak o‘tkazilgan burun operatsiyasi chog‘ida vafot etdi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, xususiy klinika faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Operatsiya boshlanmasdan avval?
Menimcha, bu narkoz berish bosqichida dorilarga nisbatan kuchli anafilaktik allergik reaksiya bo'lishi mumkin.
Afsuski, shunday holatlar bo'ladiki, harqancha tezkor birinchi yordam ko'rsatilmasin, eng tajribali reanimatolog bo'lmasin, anafilaktik shok baribir o'lim bilan yakunlanishi mumkin. O'zingizni asrang, allergiyaga yuzaki qaramang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😢4
Sizning tuzalishingizga bizni sababchi qilsin!
Avvalo biz insonmiz, biz ham Allohning bir qulimiz. Yolg'iz undan najot so'raymiz va unga ibodat qilamiz. Uning taqdiriga, bergan rizqiga shukr qilamiz. Har safar duo qilsam, kasbimni bemorlarimga manfaatli qilishini, tuzalishiga sababchi qilishini so'rayman va bu uchun imkonim va ilmim boricha harakat qilaman, bemorni har tomonlama o'rganib, ularga mos zamonaviy va professional xizmat ko'rsatishga harakat qilaman!
Ilohim, Yaratgan Egam barcha biz kabi tibbiyot xodimlarini bemorlarning faqatgina sog'ayishiga sababchi qilsin, ularning zarariga yoki o'limiga emas! Chunki qismat kelganda harqancha chiranmasin banda baribir ojizligicha qolishi mumkin. Buni unutmang!
O'zingizni asrang, kasal bo'lmang!

❤12👏3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
DAO (Diamin oksidaza) yetishmovchiligi — isbotlangan tibbiyot nima deydi?
🧪 1️⃣ DAO — gistaminni parchalaydigan asosiy ferment
DAO ichakda faqatgina ovqatdan kelgan (ekzogen) gistaminni parchalaydigan fermentdir. Gistamin endogen hosil bo'lishi ham mumkin.
🧬 2️⃣ DAO past bo‘lsa, gistamin qonda ko‘payishi mumkin
Ba’zi insonlarda ichak DAO faolligi past bo‘lsa qonda gistamin to‘planishi kuzatilgan. Analizda gistamin balandligi, DAO fermeni esa pastligi aniqlangan.
🩺 3️⃣ DAO yetishmovchiligi hozircha rasmiy kasallik sifatida tan olinmagan
DAO yetishmovchiligi alohida “mustaqil sindrom” sifatida tasdiqlanmagan.
📉 4️⃣ DAO faolligini pasaytiruvchi aniq holatlar isbotlangan
• Kron kasalligi
• Seliakiya
• Gastroenteritlar
• Spirtli ichimliklar
• Ba'zi dori preparatlari
🧬 5️⃣ Genetik omillar DAOga ta’sir qilishi isbotlangan
Ammo simptomlar bilan bog‘liqligi bir xil emas.
👶 6️⃣ Homiladorlikda DAO ko‘tarilishi — ilmiy fakt
Platsenta DAO ishlab chiqarishni rag'atlantiradi. Bu esa homilaga gistamin ko'p kirishiga qarshi mexanizmdir.
⚠️ 7️⃣ DAO pastligiga xos deyiladigan simptomlar universal emas
Terida qizarish, boshda og‘riq, yurak tez urishi, qichishish, oshqozon-ichak simptomlari — lekin ular ko‘plab boshqa kasalliklarda ham bo‘ladi. Shu sabab DAO yetishmovchiligini allergik reaksiya deb nomlash noto'g'ri.
🧪 8️⃣ DAO tahlili — ishonchli diagnostika emas
Qondagi DAO darajasi ichak faoliyatini aks ettirmaydi. Standart aniq mezon yo‘q.
💊 9️⃣ DAO qo'shimchalarini ichib yurish yordam beradimi?
Yengil yordam bergan kichik tadqiqotlar bor. Katta, sifatli tadqiqotlar hozircha yo‘q. Shuning uchun ularning samarasi ilmiy jihatdan kuchli isbotlanmagan.
🍽️ 🔟 Past gistaminli dieta — eng ko‘p isbotlangan yondashuv
Simptomlarni samarali yengillatgani klinik kuzatuvlarda qayd etilgan.

❤2