Доктор Аллерголог
2.4K subscribers
265 photos
166 videos
11 files
607 links
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак!

🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог
👨‍⚕️ Болалар ва катталар шифокори
🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935

Консультация бўйича: @allergolog

Беморлар фикри (отзывы):
https://bit.ly/42mm5yl
Download Telegram
❗️“Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi

Tibbiyot mutaxassislari va ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar yakunida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda, amalga oshirilayotgan mexanizmlarni mustahkamlash va aniqlashtirish, “Elektron retsept” tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Bunda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishini nazarda tutuvchi birinchi bosqich belgilandi.

Keyingi bosqichlarda qaysi dori vositalari retseptli berilishini Ekspertlar kengashi hal qiladi.

Dorixonalarda retseptli dori vositalarini elektron retsept asosida berish (shu jumladan, bemorning JSHSHIRi orqali) tartibi belgilanadi, qolaversa, tizim to‘liq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda istisno tariqasida qog‘oz ko‘rinishidagi retseptlarni rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolinadi.

Byemor yoki uning vakilida elektron retsept bo‘lmagan taqdirda, dorixona farmatsevtiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (qog‘oz yoki elektron shaklda) asosida JSHSHIRni kiritib, tizim orqali elektron retsept bilan tanishish va retsept bo‘yicha dori vositasini berish huquqini taqdim etuvchi  mexanizm belgilanadi.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Allergik va autoimmun kasalliklarda FoxP3 genining ahamiyatini o'rgangan olimlarga Nobel mukofoti berildi!

👉 FoxP3 o'zi nima?
FoxP3 — bu transkripsion faktor bo‘lib, regulyator T-limfotsitlar (Treg) ning asosiy markeri va “master geni” hisoblanadi.

👉 Asosiy funksiyasi
FoxP3 – Treg hujayralar rivojlanishi va faoliyatini boshqaradi

👉 Treg hujayralar nima qiladi?
1. Immun javobni tormozlaydi
2. Autoimmun reaksiyalarni oldini oladi
3. Allergik va yallig‘lanish jarayonlarini nazorat qiladi
4 Immun tolerantlikni saqlaydi
❌ FoxP3 ishlamasa → Treg ham ishlamaydi

👉 Mexanizmi
FoxP3 faollashganda:
📉 IL-2, IFN-γ ishlab chiqilishi kamayadi
📉 IL-10, TGF-β sekretsiyasi oshadi
Effektor T-hujayralar bostiriladi
Natijada yallig‘lanish pasayadi

👉 FoxP3 yetishmovchiligi nimaga olib keladi?
(IPEX sindromi)
Immune dysregulation
Polyendocrinopathy
Enteropathy
X-linked syndrome

👉 FoxP3 va allergiya
🔹 FoxP3 ishlasa allergiya kamroq bo'ladi
🔹 FoxP3 ishlamasa unda
Bronxial astma
Atopik dermatit
Allergik rinit
Oziq-ovqat allergiyasi rivojlanadi
📈 Treg yo'q bo'lsa – IgE oshadi

FoxP3 geni ishlamasligiga sabab nima?

1⃣. Tug'ma (gen mutatsiyasi)
2⃣. Orttirilgan sabablar

Orttirilgan sabablar ichida quyidagilar FoxP3 faoliyatini pasaytiradi:

📉 Vitamin D kamligi
📉 Omega-3 kamligi
📉 Ichak disbiozi

Allergiya bo'lib qoldingizmi?

Unda ichaklaringizni davolang. Normal ichak mikroflorasini tiklash kerak. Vitamin-D va Omega-3 darajangizni aniqlattiring. Kamaygan bo'lsa qabul qilishni boshlang!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8❤4👍1
Доктор Аллерголог
❗️Келаси ҳафта Наманган шаҳридаги «Dr. Muyassar» клиникасига борамиз! 🗓 18–декабр куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Наманган шахридаги “Dr. Muyassar” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог Жасур Давлатов томонидан тиббий консультация ўтказилади.…
⚡️Эртага Наманганда бўламиз!

Эслатиб ўтамиз, эртага 18–декабрда Наманган шаҳридаги Dr.Muyassar клиникасида турли хил аллергик касалликлари бор беморлар учун қабул ташкил этамиз.

❗️Қабулга келишни истаганлвр олдиндан рўйхатдан ўтишлари лозим.

🚩 Манзил: Наманган ш, Ғирвонсой 11-уй
🏦 Мўлжал: “Анор Банк” рўпараси
🗺 Локация: t.me/doktorMuyassar/134553

Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998 954010606
👍6❤3😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Burun ochuvchi spreylarga qaramlik

Oksimetazolin va ksilometazolin tarkibli burun spreylari (Nazivin, Otrivin, Rinoksil va boshqalar) burun tomirlarini tez toraytiradi va nafasni ochadi. Ammo 5–7 kundan ko‘p ishlatilsa organizm ularga o‘rganib qoladi. Natijada spreysiz nafas olib bo‘lmay qoladi. Bu holat rhinitis medicamentosa (dori-chaqirgan rinit) deyiladi.

🧠 Qaramlik qanday paydo bo‘ladi?
1️⃣ Sprey tomirlarni toraytiradi - shish yo'qoladi
2️⃣ Ta’siri tugagach - tomirlar yana kengayadi (hatto avvalgidan ko‘proq)
3️⃣ Bemor yana sprey sepadi
4️⃣ Tomirlar “dangasa” bo‘lib qoladi
🔁 Yopiq aylana (cycle) paydo bo‘ladi

🚨 Belgilari
Spreysiz burun umuman ochilmaydi.
Kechasi nafas ololmaslik
Dozani ko‘paytirish ehtiyoji
Quruqlik, achishish, qonash
Hid bilish pasayishi

⛔️ Kimlarda xavf yuqori?
Allergik riniti borlar
Shamollashda uzoq sprey ishlatganlar
Bolalarda nazoratsiz qo‘llash

✅ Qutulish mumkinmi? HA!

📌 Standart davolash yondashuvlari
1-usul: Birdan to‘xtatish (eng samarali)
Spreyni to‘liq bekor qilish
3–7 kun og‘ir bo‘ladi, keyin o‘tib ketadi
Shifokor nazorati maqsadga muvofiq

2-usul: Bosqichma-bosqich kamaytirish
Avval bitta burun yo‘lida to‘xtatish
Dozani va tezligini kamaytirish
1–2 hafta davom etadi

💊 Yordamchi davolar
1️⃣ Nazal kortikosteroidlar
2️⃣ Dengiz suvi / fiziologik eritma
3️⃣ Allergiya bo‘lsa antigistaminlar
4️⃣ Og‘ir holatda qisqa muddatli oral steroidlar

Agar spreyni tashlagandan keyin ham burun ochilmasa operatsion davoni ko'rib chiqish lozim!

⚠️ Nimalarni QILMASLIK kerak?
❌ Spreyni 7 kundan ortiq ishlatish
❌ “Bolalar dozasi xavfsiz” deb o‘ylash
❌ Bir sprey ishlamasa boshqasiga o‘tish
❌ Doimiy kechasi sepish

Oldini olish
✅ Sprey = maksimal 5–7 kun
✅ Agar ochilmasa → sababni davolash
✅ Allergiya bo‘lsa → rejali davolash
✅ Bolalarda faqat shifokor tavsiyasi bilan

Oksimetazolin va ksilometazolin tarkibli spreylar kasallikni asl sababini davolamaydi, faqat vaqtincha yengillik beradi. Uzoq ishlatish qaramlik chaqiradi. To‘xtatish qiyin, lekin to‘liq tuzalish mumkin.

📌 Eng to‘g‘ri yo‘l — shifokor nazorati va to‘g‘ri reja

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Fakt_1

🧬 Gistamin – markaziy asab tizimining neyrotransmissiyalarida muhim rol o'ynaydi. U orqa gipotalamusning tuberomamillar yadrosidagi hujayra tanalari bo'lgan neyronlarda ishlab chiqariladi, ular o'z aksonlarini bosh miya, serebellum, orqa gipofiz va orqa miya bo'ylab yuboradi. U antikonvulsant faollikka ega va hushyorlikni (hushyorlik va e'tibor), bilishni, o'rganishni, xotirani va uyqu-uyg'onish siklini, shuningdek, energiya va endokrin gomeostazni tartibga solishga hissa qo'shadi.

Ba'zi antigistamin dorilar aynan shu funksiyalarning vaqtinchalik buzilishiga sabab bo'ladi. Ya'ni, dorini qabul qilish davomida hushyorlik va xotira pastligi, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
❌ Dimedrol yaxshi dori emas!

💊 DIMEDROL (Diphenhydramine)
1-avlod H1-antigistamin hisoblanadi

✅ QACHON FOYDALI?

1️⃣ Allergik simptomlarni tez kamaytiradi
Qichishishga
Qavarchiq toshmalarga
Burun oqishiga
Tez ta’sir qiladi, shu sababli ilgari ko‘p ishlatilgan.

2️⃣ Kuchli sedativ ta’sir
Ba’zi holatlarda:
Qattiq qichishish + uyqusizlik
Safar kasalligi (motion sickness)
⚠️ Ammo bu “foyda” aslida nojo‘ya ta’sir

3️⃣ Anafilaksiyada — faqat yordamchi
Asosiy dori EMAS
Adrenalin → asosiy
Dimedrol → faqat teri simptomlari uchun

❌ ASOSIY ZARARLARI

1️⃣ 🧠 Markaziy nerv tizimiga zarari
Kuchli uyquchanlik
Bosh aylanishi
Reaksiya sekinlashishi
Avtomobil haydaydiganlarga xavfli

2️⃣ 🧠 Kognitiv pasayish
📉 Xotira susayadi
📉 Diqqat buziladi
❗ Keksalarda Demensiya xavfi oshadi

3️⃣ ❄️ Termoregulyatsiya buzilishi
Gipotermiya (ayniqsa bolalarda)
Terlash va titroq refleksi susayadi
Bu — klinik jihatdan isbotlangan

4️⃣ ❤️ Yurak uchun xavf
QT oralig‘i uzayishi
Aritmiya
Doza oshsa → yurak to‘xtashi mumkin

5️⃣ 🧠 Antixolinergik sindrom
Og‘iz qurishi
Siydik tutilishi
Ich qotishi
Ko‘z bosimi oshishi (glaukoma!)
Prostata adenomasi bo‘lganlarda xavfli

6️⃣ 👶 Bolalarda — ayniqsa xavfli
Paradoksal qo‘zg‘alish
Apnoe
Tutqanoq
Gipotermiya
❗ Ko‘plab davlatlarda bolalarda cheklangan yoki tavsiya etilmaydi

Xalqaro tavsiyalar (EAACI, AAAAI, WHO) bo'yicha 1-avlod antigistaminlar muntazam davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Dimedrol - eski, ko‘p nojo‘ya ta’sirli, xavfsizligi yomon preparat hisoblanadi. Faqatgina qisqa muddat uchun, maxsus holatlardagina, shifokor nazorati bilan qo'llash mumkin.

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
⚡️O'zbekistonda allergiya ko'paymoqda!

Sevimli TV | Yangi hayot ko'rsatuvining allergik kasalliklarga bag'ishlangan soni YouTube'ga joylandi. TV orqali ko'rmagan, ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz pastda havolani qoldiraman.

📹 https://youtu.be/msrva7KM0yE?si=C5s5Jd9LyZNy3vrb
👍9❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Namangan shahrida bo'ldik

Namangan shahrida faoliyat olib boradigan shifokor hamkasblarimiz bilan allergik kasalliklar, ayniqsa pediatriya amaliyotida ko'p uchradigan, toshma bilan, teri bilan bog'liq bo'lgan turli kasalliklar haqida qizg'in muhokama qildik.

Asosan ko'pchilik shifokorlar tomonidan toshma bilan bog'liq kasalliklarni ajratib olishdagi, davolashdagi murakkabliklar, keraksiz dorilar, ayniqsa allergik kasalliklarning rivojlanishi haqida ma'ruza qildik. Umid qilamanki, ma'ruzamiz ishtirokchilar uchun manfaatli bo'ldi.

Taklif uchun Dr.Muyassar klinikasi bosh pediatri Muyassar Nishonovaga alohida tashakkur!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1👏1
❗️Qishda “Tuzaldim!” deganlar — bahorda eng ko‘p pushaymon bo‘lishadi!

ASIT (Allergen spesifik immunoterapiya) uchun ENG TO‘G‘RI VAQT — AYNAN HOZIR!

Allergik rinitli bemorlarning juda katta qismi qishda o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi kamayadi va:

“Tuzaldim shekilli…” degan xavfli xulosaga keladi.

Aslida esa bu — remissiya, vaqtincha jimlik xolos.

🌸 Bahor kelishi bilan o‘sha “jimlik” kuchli allergik xurujga aylanadi va hamma bir xil gap aytadi:

“Afsus, ASITni qishda boshlasam bo‘larkan…”

❓Nega ASITni aynan qishda boshlash kerak?

1️⃣ Allergenlar minimal darajada.
Organizm tinch holatda bo‘ladi — immun tizimni bosqichma-bosqich o‘rgatish uchun ideal vaqt.

2️⃣ Bahorgi mavsumga tayyorgarlik.
Qishda boshlangan ASIT bahor kelguncha ta’sir ko‘rsatishni boshlaydi.

3️⃣ Kasallik ildiziga yo‘naltirilgan yagona davolash.
Simptomni EMAS, sababni yo‘qotadi.

4️⃣ Vaqtni boy bermaslik.
Bahor kelganda kech bo‘ladi, simptomlar kuchaydi — ASITni boshlash qiyinlashadi yoki umuman kechiktiriladi.

🔥 ASIT uchun “keyinroq” degan narsa yo‘q. Eng yaxshi vaqt — qish fasli. Yaxshi bo‘lib qolgandek tuyilishi — tuzalganingizni anglatmaydi.

Remissiya — bu imkoniyat!
Undan foydalaning.

Allergik rinitli bemorlarga eslatma:
Hozir aynan ASIT boshlash fasli. Bahor kelganda pushaymon bo‘lmaslik uchun bugundan qadam tashlang.

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, qabulimga kelishingiz mumkin!

📞 +998946920852 (@allergolog)

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️Allergiya bo'lishni istamasangiz ichaklaringizni, ulardagi foydali bakteriyalarni avaylang!

Oxirgi tadqiqotlari ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, ichak disbiozi oziq-ovqat allergiyasi boshlanishidan oldin sodir bo'ladi va bunda disbioz vaqti uchun hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Hayotning birinchi oylari ichak mikroflorasining shakllanishi uchun juda muhimdir. Ayniqsa tug'ilgandan keyingi birinchi haftalar, ichak mikroflora va immun tizimining o'zaro ta'sirida hal qiluvchi davr hisoblanadi.

Hayotning dastlabki davridagi ichak disbiozi allergik kasalliklarni o'z ichiga olgan immunitet vositasida yuzaga keladigan kasalliklarning boshlanishiga moyil bo'lishi mumkin.

Xususan, hayotning dastlabki 6 oyidagi ichak mikroflorasining tarkibi oziq-ovqat allergiyasining boshlanishida markaziy rol o'ynaydi.

Farzandlarimizda allergiya bo'lmasligi uchun – tug'ilgandan keyin kamida 6 oy bo'lgunicha kuchli antibakterial preparatlar qabul qilishidan, ichak faoliyatini buzadigan, diareya qiladigan kasalliklardan avaylab asrashimiz lozim.

📞 +998946920852 (@allergolog)

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
❗️Shu maxsulotlarni eslab qoling!

🥔 Pishirib sovitilgan kartoshka
🍚 Pishirib sovitilgan guruch
🍌 Yashil (pishmagan) banan
🌾 Suli
🧄 Piyoz / sarimsoq
🥦 Brokkoli, gulkaram
🍏 Olma
🥛 Qatiq / Kefir
🥬 Tuzlangan karam (kimchi)

Tez kunlarda aynan mana shu maxsulotlarning qanday foydasi borligi bo'yicha ilmiy izohlangan ma'lumot tayyorlayman.

Siz esa unga qadar taxminlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!
❤14👍2
1️⃣ Chatgpt ham adashadi/chalkashadi

Hozir ko'pchilik o'zini qiynaydigan savollarga SI (sun'iy idrok) orqali javob olishga o'rganishgan. To'g'ri savol berishni bilmasangiz u ham adashishi/chalkashishi mumkin. Masalan, ushbu holatni bir bemorimiz biz bilan bo'lishgan.

Ksolar – bu omalizumab tarkibli biologik preparat bo'lib allergik kasalliklarning og'irroq va odatiy davo usullari foyda bermaganda Anti-IgE terapiya maqsadida qo'llaniladi. Hechqanday vitamin-D yetishmovchiligida ishlatiladigan dori emas.

❗️Eslatma: Shifokor nazoratiz aslo qo'llash mumkin emas. Bu sizga antigistamin dori emas, zo'r dori ekan deb dorixonadan shartta sotib olib ishlatiladigan. Narxi ham arzon emas!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Probiotiklarni foydasi yo’qmi?

O’z javobimni Instagram orqali berdim 👇

https://www.instagram.com/reel/DSwVPociDom/?igsh=MXRmaHR0emR2emVtNA==
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval umuman allergiya bo’lmagan, naslida ham allergiyaga moyillik yo’q, lekin…

Ichak disbiozi sabab avval allergiyasi yo’q insonlarda to’satdan allergik kasalliklar, asosan oziq-ovqatlarga allergiya rivojlanishi mumkin

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤2
Shamollash masalasida nega O'zbekistonliklarga Yevropa standartini tadbiq etish qiyin?

Shamollash (O‘RVI) – ilmiy haqiqat

👉 Shamollashlarning 90–95% virusli
👉 Antibiotik virusga ta’sir qilmaydi
👉 O‘rtacha sog‘lom odam 5–7 kunda o‘zi tuzaladi

Yevropa va AQShda shu fakt mutlaq haqiqat sifatida qabul qilingan.

Rivojlangan davlatlarda nega “kam dori” tavsiya etiladi?

🧠 Tibbiyot falsafasi: Evidence-based medicine
Faqat foydasi isbotlangan dori beriladi
“Zarar bermaslik” asosiy tamoyil
Keraksiz dori = potentsial zarar

Natija:
Dam olish
Ko‘p suyuqlik
Isitma bo‘lsa → paratsetamol
Xolos

O‘zbekistonda nega “ko‘p dori” ishlatishadi?

Bu birgina sabab emas, bir nechta omil yig‘indisi:

1) 🧠 Aholi psixologiyasi
“Dori ichmasam tuzalmayman”
“Ukol bo‘lmasa jiddiy emas”
“Qancha ko‘p dori – shuncha kuchli davolash”

📌 Shifokor bemordan qo‘rqadi:
“Hech narsa bermadi” degan gapdan


2) 🏥 Tizim bosimi
Qabulga ajratilgan vaqt juda qisqa
Bemorni tez “qoniqtirish” kerak
Analiz va kuzatuv imkoniyati cheklangan
Oson yo‘l → “hammasidan yozib berish”

3) 💊 Farmatsevtika bozori
Antibiotiklar erkin sotiladi
Gormonal ukollar “tez yordam” sifatida ko‘riladi
Dorixonalar faol marketing qiladi
Yevropada:
Antibiotik → qat’iy retsept bilan
Gormon → faqat aniq ko‘rsatma bo‘lsa

4) 📚 Tibbiy ta’lim merosi
Sovet tibbiyot maktabi:
“Faol davolash”
“Profilaktika uchun antibiotik”
Zamonaviy protokollar sekin singmoqda

“Dorilarsiz ham tuzalishga ishonishmaydimi?”

Yevropada:
Ha, ishonishadi
Chunki:
Aholi biologiyani tushunadi
O‘zi tuzalish – norma ekanini biladi
Antibiotik asoratlarini biladi

O‘zbekistonda:
❌ Ko‘p hollarda ishonilmaydi
Chunki:
Oldingi tajribalar
Qo‘rquv
“Qo‘shnim antibiotik ichib tuzalgan” degan misollar

Aslida kim haq?
Ilm-fan Yevropa yondashuvini qo‘llab-quvvatlaydi
Keraksiz:
Antibiotik
Gormon
“Immunitet ko‘targichlar”
5–10 ta dori

❗Natijasi:
Antibiotik rezistentligi
Allergiya
Ichak mikrofkorasi buzilishi
Keyingi kasallik og‘irroq kechishi

✅ Shamollash – kasallik emas, organizmning o‘zi virusni yengish jarayoni
✅ Dori ko‘pligi - sifatli davolash emas
✅ Kam dori – ko‘p hollarda to‘g‘ri davo

🧠 Yevropaliklar fikricha:
“Organizm o'zi biladi nima qilishni, biz faqat yordam beramiz”


😟 Bizda esa
“Biror narsa qilmasak, yomon bo‘lib ketadi


💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16❤6👍5
Yangi yilda diareya (ichketar) bo’lib qolmaslik uchun qaysi maxsulotlarni qo’shib yemaslik kerak?

Shifokor tavsiyasi:
Batafsil:
https://www.instagram.com/reel/DS61MOKiKGZ/?igsh=ZWt5dDZwa3F0Nzdm
Quyidagi gaplarni aytayotgan odamdan sekingina uzoqlashing, sababi bular shunchaki, marketing!

“Biz kasallikni ildizidan, hujayra darajasida davolaymiz”
“Bioenergetik / bioelektrik / kvant / hujayra darajasidagi tozalash”
“Dorilar faqat simptomni bosadi, biz esa hujayrani davolaymiz”

Muammo shundaki:
— Qaysi hujayra?
— Qaysi mexanizm?
— Qaysi kasallikda?
— Qaysi klinik tadqiqot bilan isbotlangan?

Bu savollarga javob bo‘lmasa, demak yolg'on reklama!
❤13👏1
❓Obunachilardan kelgan savol

Allergiyani davolashda “limfatrop usul” — ya’ni limfa sohasiga gormon (GKS) va novokain inyeksiya qilish qanchalik to‘g‘ri?

Qisqa javob:
❌ Bu usul zamonaviy allergologiyada tavsiya etilmaydi
❌ Xalqaro protokollarda yo‘q
⚠️ Asosan post-sovet hududida qolgan, dalilsiz va xavfli usul

📌 Limfatrop usul nima o‘zi?
Limfatrop terapiya — dorilarni (odatda):
Glyukokortikosteroid (deksametazon, gidrokortizon)
Novokain (prokain) ni:
limfa tugunlari atrofiga
yoki limfa drenaj yo‘llariga yaqin joyga
inyeksiya qilishni anglatadi.

Maqsad sifatida aytiladi:
“Dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri immun tizimga ta’sir qiladi”


Allergiya patogeneziga zid jihatlar

1️⃣ Allergiya — lokal emas, tizimli immun jarayon
IgE
Semiz hujayralar
eozinofillar
sitokinlar
👉 Bular butun organizm bo‘ylab ishlaydi
👉 Limfaga lokal inyeksiya bilan “o‘chirib qo‘yish” mumkin emas

2️⃣ Glyukokortikosteroidlar limfaga berilganda:
–ta’siri nazorat qilib bo‘lmaydi
–sistem ta’sir baribir yuzaga chiqadi
–lekin asorat xavfi yuqori

3️⃣ Novokainning “allergiyani davolash” xususiyati yo‘q
Novokain — mahalliy anestezik
Allergiyani kamaytiruvchi immunologik mexanizmi isbotlanmagan. Aksincha, o‘zi allergiya chaqirishi mumkin

⚠️ Xavflari (real klinik xavf)
❗ Mahalliy:
infeksiya
absess
limfadenit
nerv shikastlanishi

❗Tizimli:

Steroidga bog‘liq:
immunosupressiya (immunitet pasayishi)
glyukoza oshishi
bolalarda o‘sish sekinlashuvi
adrenal supressiya

Novokain:
anafilaksiya
aritmiya
toksik reaksiyalar

📚 Dalillarga asoslangan manbalar nima deydi?
🔹 EAACI (European Academy of Allergy & Clinical Immunology)
❌ Limfatrop terapiya tilga ham olinmaydi

🔹 AAAAI (American Academy of Allergy, Asthma & Immunology)
❌ Allergiyani davolashda bunday usul mavjud emas

🔹 UpToDate
❌ “Lymphotropic steroid injections” — tavsiyasi yo‘q ❌ “Novocaine therapy” — pseudoscientific

✅ Allergiyada to‘g‘ri, isbotlangan yondashuvlar
1️⃣ Allergendan qochish (elimenatsiya)
2️⃣ Antigistaminlar (2-avlod)
3️⃣ Intranazal / inhalyatsion steroidlar (zarur bo‘lsa)
4️⃣ Leykotriyen antagonistlari
5️⃣ ASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) — yagona kasallikni o‘zgartiruvchi usul
6️⃣ Og‘ir holatda:
Omalizumab
Dupilumab (ko‘rsatmaga ko‘ra)

🧠 Nega bu usul hanuz ishlatiladi?
—Sovet davridagi eski maktab
— “Immunitetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolaymiz” degan marketing
— Bemorni “murakkab muolaja bilan ishontirish”
👉 Ammo bu ilmiy asos emas

❌ Limfatrop usul allergiyani davolashda ilmiy asosga ega emas
❌ Xalqaro tavsiyalarda yo‘q
⚠️ Xavfi foydasidan ko‘p

✅ Allergiya — dalillarga asoslangan, tizimli yondashuv bilan davolanadi
❗ “Limfaga ukol” — bu zamonaviy allergologiyada rad etilgan usul

@allergiya
❤8👍4👏1