Yangi yilda diareya (ichketar) bo’lib qolmaslik uchun qaysi maxsulotlarni qo’shib yemaslik kerak?
Shifokor tavsiyasi:
Batafsil: https://www.instagram.com/reel/DS61MOKiKGZ/?igsh=ZWt5dDZwa3F0Nzdm
Shifokor tavsiyasi:
Batafsil: https://www.instagram.com/reel/DS61MOKiKGZ/?igsh=ZWt5dDZwa3F0Nzdm
Quyidagi gaplarni aytayotgan odamdan sekingina uzoqlashing, sababi bular shunchaki, marketing!
“Biz kasallikni ildizidan, hujayra darajasida davolaymiz”
“Bioenergetik / bioelektrik / kvant / hujayra darajasidagi tozalash”
“Dorilar faqat simptomni bosadi, biz esa hujayrani davolaymiz”
Muammo shundaki:
— Qaysi hujayra?
— Qaysi mexanizm?
— Qaysi kasallikda?
— Qaysi klinik tadqiqot bilan isbotlangan?
Bu savollarga javob bo‘lmasa, demak yolg'on reklama!

❤13👏1
❓Obunachilardan kelgan savol
Allergiyani davolashda “limfatrop usul” — ya’ni limfa sohasiga gormon (GKS) va novokain inyeksiya qilish qanchalik to‘g‘ri?
Qisqa javob:
❌ Bu usul zamonaviy allergologiyada tavsiya etilmaydi
❌ Xalqaro protokollarda yo‘q
⚠️ Asosan post-sovet hududida qolgan, dalilsiz va xavfli usul
📌 Limfatrop usul nima o‘zi?
Limfatrop terapiya — dorilarni (odatda):
Glyukokortikosteroid (deksametazon, gidrokortizon)
Novokain (prokain) ni:
limfa tugunlari atrofiga
yoki limfa drenaj yo‘llariga yaqin joyga
inyeksiya qilishni anglatadi.
Maqsad sifatida aytiladi:
Allergiya patogeneziga zid jihatlar
1️⃣ Allergiya — lokal emas, tizimli immun jarayon
IgE
Semiz hujayralar
eozinofillar
sitokinlar
👉 Bular butun organizm bo‘ylab ishlaydi
👉 Limfaga lokal inyeksiya bilan “o‘chirib qo‘yish” mumkin emas
2️⃣ Glyukokortikosteroidlar limfaga berilganda:
–ta’siri nazorat qilib bo‘lmaydi
–sistem ta’sir baribir yuzaga chiqadi
–lekin asorat xavfi yuqori
3️⃣ Novokainning “allergiyani davolash” xususiyati yo‘q
Novokain — mahalliy anestezik
Allergiyani kamaytiruvchi immunologik mexanizmi isbotlanmagan. Aksincha, o‘zi allergiya chaqirishi mumkin
⚠️ Xavflari (real klinik xavf)
❗ Mahalliy:
infeksiya
absess
limfadenit
nerv shikastlanishi
❗Tizimli:
Steroidga bog‘liq:
immunosupressiya (immunitet pasayishi)
glyukoza oshishi
bolalarda o‘sish sekinlashuvi
adrenal supressiya
Novokain:
anafilaksiya
aritmiya
toksik reaksiyalar
📚 Dalillarga asoslangan manbalar nima deydi?
🔹 EAACI (European Academy of Allergy & Clinical Immunology)
❌ Limfatrop terapiya tilga ham olinmaydi
🔹 AAAAI (American Academy of Allergy, Asthma & Immunology)
❌ Allergiyani davolashda bunday usul mavjud emas
🔹 UpToDate
❌ “Lymphotropic steroid injections” — tavsiyasi yo‘q ❌ “Novocaine therapy” — pseudoscientific
✅ Allergiyada to‘g‘ri, isbotlangan yondashuvlar
1️⃣ Allergendan qochish (elimenatsiya)
2️⃣ Antigistaminlar (2-avlod)
3️⃣ Intranazal / inhalyatsion steroidlar (zarur bo‘lsa)
4️⃣ Leykotriyen antagonistlari
5️⃣ ASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) — yagona kasallikni o‘zgartiruvchi usul
6️⃣ Og‘ir holatda:
Omalizumab
Dupilumab (ko‘rsatmaga ko‘ra)
🧠 Nega bu usul hanuz ishlatiladi?
—Sovet davridagi eski maktab
— “Immunitetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolaymiz” degan marketing
— Bemorni “murakkab muolaja bilan ishontirish”
👉 Ammo bu ilmiy asos emas
❌ Limfatrop usul allergiyani davolashda ilmiy asosga ega emas
❌ Xalqaro tavsiyalarda yo‘q
⚠️ Xavfi foydasidan ko‘p
✅ Allergiya — dalillarga asoslangan, tizimli yondashuv bilan davolanadi
❗ “Limfaga ukol” — bu zamonaviy allergologiyada rad etilgan usul
@allergiya

“Dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri immun tizimga ta’sir qiladi”

❤8👍4👏1
Dalillarga asoslangan tibbiyot nima degani?
https://www.instagram.com/reel/DTKTbh9iK1S/?igsh=aWRiNmk4ZXBuOXN5
https://www.instagram.com/reel/DTKTbh9iK1S/?igsh=aWRiNmk4ZXBuOXN5
Instagram
@dr_jasurdavlatov
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Irritant dermatit
(kontakt dermatit hamda taglik yoki pampers allergiyasi ham deyishadi)
Nega bunaqa holat paydo bo’ladi?
@allergiya
(kontakt dermatit hamda taglik yoki pampers allergiyasi ham deyishadi)
Nega bunaqa holat paydo bo’ladi?
@allergiya
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musibat nima uchun keladi?
Musibat bandani taslimiyati uchun, taslim qilish uchun keladi. Insonda yaxshi amal, yaxshi e’tiqod bo’ladi,lekin taslimiyat yetishmayotgan bo’ladi. Shuni ro’yobga chiqarish uchun taslimiyat kerak bo’ladi unga. U hosil bo’lgach musibat ham qaytadi.
Taslimiyat - musibatlarni Allohdan deb bilish, gunohlardan to’xtash va unga qaytishdir.

❤17👍8
❗️СИРДАРЁЛИКЛАР ДИҚҚАТИГА!
➖ Сизда ёки яқинларингизда аллергия борми? Турли исботи йўқ дориларсиз, фақатгина исботланган стандартлар бўйича даволанишни истайсизми?
🗓 23–январ куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Гулистон шахридаги “Poytaxt med diagnostika” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог ЖАСУР ДАВЛАТОВ томонидан тиббий консультация ўтказилади.
Қуйидаги беморлар қабул қилинади:
🗓 Сана: 23-январ (Жума)
⏰ Вақт: 09:00 дан 16:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Гулистон ш, Сайхун 13-уй
🏣 Мўлжал: BEELINE бош офиси
🗺 Локация: http://t.me/allergiya/775
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618

✅ Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,
✅ Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши
✅ Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши
✅ Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш
✅ Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар
✅ Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар
🗓 Сана: 23-январ (Жума)
⏰ Вақт: 09:00 дан 16:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Гулистон ш, Сайхун 13-уй
🏣 Мўлжал: BEELINE бош офиси
🗺 Локация: http://t.me/allergiya/775
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618
❤5
🫁 Bolalarda obstruktiv bronxit sababchilaridan biri – RSV
RSV (Respiratory Syncytial Virus) hamma bolalarda ham obstruktiv bronxit chaqirmaydi.Lekin ayrim guruh bolalarda ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.
🦠 RSV va obstruktiv bronxit: bog‘liqlik
❓ RSV nima qiladi?
RSV pastki nafas yo‘llariga tushadi
bronxiolalarda shish + balg‘am + spazm chaqiradi. Natijada obstruksiya yuzaga kelishi mumkin
👶 Nega hamma bolada emas?
Sababi, bolalarda quyidagilar bir xil emas:
bronx diametri
immun javob
genetik moyillik
fon kasalliklari farqli
⚠️ Qaysi bolalarda RSV obstruktiv bronxitga KO‘PROQ olib keladi?
1️⃣ 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar
Bronxlar juda tor
Ozgina shish ham obstruksiya beradi
2️⃣ Muddatidan oldin tug‘ilganlar
O‘pka yetilmagan
Surfaktant kam
3️⃣ Allergik fon yoki oilaviy astma tarixi
Bronxlar giperreaktiv
Spazmga moyil
4️⃣ Atopik bolalar
Atopik dermatit
Oziq-ovqat allergiyasi fonida
5️⃣ Passiv chekuvchi bolalar
Bronx shilliq qavati doimiy shikastlangan
✅ Qaysi holatda RSV yengil kechadi?
Sog‘lom
Muddatida tug‘ilgan
Allergik fon yo‘q
Bunday bolalarda RSV ko‘pincha:
oddiy shamollash
rinofaringit
yengil bronxit bilan o‘tadi
📊 Statistik fakt
RSV bilan kasallangan bolalarning hammasida emas, taxminan 30–40% ida bronxiolit / obstruktiv bronxit rivojlanadi.
1 yoshgacha davr — xavf eng yuqori
❗ Muhim klinik nuqta
Lekin takrorlanuvchi RSV + obstruksiya
→ kelajakda astma rivojlanish xavfini oshiradi.
❌ Diqqat! Virus ta'sirida kelib chiqishini hisobga olsak, bu kasallik antibiotik bilan davolanmaydi. Bekordan-bekorga olingan antibiotik immunitetini yanada kuchsiz qiladi.
Bolalardagi obstruktiv bronxitni to'g'ri davolash uchun menga murojaat qilishingiz mumkin!
☎️ +99894-6920852 (Jasur Davlatov)

RSV sababli obstruksiya bo‘lishi
❌ har doim bronxial astma degani yoki keyinchalik astmaga aylanadi degani emas
Lekin takrorlanuvchi RSV + obstruksiya
→ kelajakda astma rivojlanish xavfini oshiradi.
❌ Diqqat! Virus ta'sirida kelib chiqishini hisobga olsak, bu kasallik antibiotik bilan davolanmaydi. Bekordan-bekorga olingan antibiotik immunitetini yanada kuchsiz qiladi.
Bolalardagi obstruktiv bronxitni to'g'ri davolash uchun menga murojaat qilishingiz mumkin!
☎️ +99894-6920852 (Jasur Davlatov)
@allergiya
❤7👍6💔2
Do’st deb bilganim, aslida “dushmanim” bo’lib chiqdi!
🐈 5 yildan beri allergik rinit doimiy turi bilan qiynalib kelgan bemorimizda uyidagi mushukka nisbatan allergiya aniqlandi. Ya’ni, burnidagi bitish, aksirish, suv kelishning asosiy sababchisi mushugi bo’lib chiqdi.
Eng oson usuli - mushukdan qutulish, lekin hammada ham emas. Bu bemorimiz analiz javobi chiqqanidan beri tushkunlikka tushib qolib, yig’lamoqda. Juda yaxshi ko’rarkan mushugini…
O’ylab-o’ylab bemorimiz ASIT (allergen spesifik immuno terapiya) orqali mushuk allergenlariga immunitet hosil qilishni tanladi.
To’g’ri tanlov! Yaxshiyamki, shunaqa davo usullari mavjud!

👍16😁7❤4
Доктор Аллерголог
Do’st deb bilganim, aslida “dushmanim” bo’lib chiqdi! 🐈 5 yildan beri allergik rinit doimiy turi bilan qiynalib kelgan bemorimizda uyidagi mushukka nisbatan allergiya aniqlandi. Ya’ni, burnidagi bitish, aksirish, suv kelishning asosiy sababchisi mushugi bo’lib…
🐱 Mushuk allergiyasi va ASIT
Uyda mushuk bo‘lsa, nima qilish kerak?
1️⃣ Ideal variant (oltin standart)
✅ Mushukni uyidan butunlay chiqarish (permanent eliminatsiya)
Nega?
Mushukning asosiy allergeni — Fel d1
U faqat junida emas, balki:
so‘lagi
teri qoldiqlari
kiyim, mebel, devor, gilamda ham bo‘ladi.
Mushuk ketganidan keyin ham allergenlar 3–6 oy, ba’zan 12 oygacha saqlanib qoladi.
📌 ASIT samarasi eng yuqori bo‘lishi uchun — allergen bilan doimiy kontakt bo‘lmasligi kerak.
2️⃣ Agar mushukni chiqarish imkoni bo‘lmasa (real hayotda ko‘p uchraydi)
✅ ASITni o‘tkazish mumkin, lekin samarasi kamroq bo‘ladi va xavflar bor.
Bu holda majburiy qoidalar:
2️⃣ Mushuk yotoqxonaga KIRMASIN
3️⃣ HEPA filtrli changyutgich (haftasiga 2–3 marta)
4️⃣ Gilam, yumshoq mebellarni imkon qadar olib tashlash
5️⃣ Mushukni haftasiga 1–2 marta yuvish
6️⃣ Qo‘l, kiyim orqali allergen tarqalishini kamaytirish
7️⃣ Havo tozalagich (HEPA) ishlatish
📌 Shunga qaramay:
👉 ASIT fonida simptomlar saqlanib qolishi mumkin
3️⃣ ASITni qachon boshlash to‘g‘ri?
🔹 Ideal:
Mushuk chiqarilgandan keyin
Uy tozalanib
kamida 3–6 oy o‘tgach
🔹 Agar mushuk qolsa:
ASIT sekin dozada boshlanadi
Kuzatuv juda ehtiyotkorlik bilan
4️⃣ Qancha vaqt eliminatsiya kerak?
📍 Minimal: 3 oy
📍 Optimal: 6–12 oy
📍 Eng yaxshisi: doimiy (agar mushuk boshqa joyga berilsa)
5️⃣ Muhim klinik eslatma ⚠️
❗ Agar bemorda:
Bronxial astma
Tez-tez bronxospazm
Kechasi bo‘g‘ilish
Kuchli rinit / konyunktivit bo‘lsa
❌ Mushuk saqlanib qolgan holda ASIT boshlash tavsiya etilmaydi

❤9💔2
Доктор Аллерголог
❗️СИРДАРЁЛИКЛАР ДИҚҚАТИГА! ➖ Сизда ёки яқинларингизда аллергия борми? Турли исботи йўқ дориларсиз, фақатгина исботланган стандартлар бўйича даволанишни истайсизми? 🗓 23–январ куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Гулистон шахридаги “Poytaxt med…
Eslatib o’tamiz, ertaga kun davomida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo’lamiz!
Qabulga kelmoqchi bo’lganlar quyidagi raqamlarga bog’lanishlari mumkin:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618
Qabulga kelmoqchi bo’lganlar quyidagi raqamlarga bog’lanishlari mumkin:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618
🤧 POST-NAZAL OQISH – BOLALARDAGI YO'TALNING ASOSIY SABABLARIDAN
Post-nazal drip (PND) – burni bitgan bolalarda ko'p kuzatilishi mumkin. Asosiy sabab burundagi ajralmaning bir qismi orqa (tomoq) tomonga oqishidir.
Qanday davolash mumkin?
(Dalillarga asoslangan tibbiyot bo'yicha)
1️⃣ Burunni yuvish (eng asosiy qadam)
Nima uchun muhim?
Shilliq suyuqlikni mexanik tozalaydi va tomoq tomonga oqishni kamaytiradi.
Qanday yuviladi?
💧 Izotonik yoki gipertonik dengiz suvi
👶 Chaqaloqlarda: tomchilatib + aspirator
👦 Kattaroqlarda: sprey / irrigatsiya
📌 Kuniga 2–4 marta
2️⃣ Xonadagi havoni namlash
Quruq havo → shilliq qavat qalinlashadi → PND kuchayadi
💨 Havo namlagich ishlatish
🌡️ Namlik: 40–60%
❌ Issiq, quruq havo va konditsionerga ehtiyot bo‘ling
3️⃣ Allergiya bo‘lsa – asosiy sababni davolash
Agar bola:
tez-tez aksirsa
burni qichishsa
ko‘zlari yoshlansa
👉 Allergik rinit ehtimoli yuqori
Davo:
🌿 Allergendan uzoqlashish
💊 Antigistaminlar (yoshiga mos)
👃 Burun ichiga kortikosteroid spreylar (2 yoshdan katta bolalarda)
📌 Allergiya davolanmasa – PND qayta-qayta bo‘ladi
4️⃣ Adenoid (burun orqa bodomsimon bez)ni baholash
Quyidagilar bo‘lsa, muhim:
😴 og‘iz ochib uxlash
😤 tunda xirillash
🤢 doimiy tomoq tozalash, yo‘tal
👉 LOR ko‘rigidan o‘tish kerak
Davo:
konservativ (spreylar, yuvish)
zarurat bo‘lsa – jarrohlik
5️⃣ Ko‘p suyuqlik ichirish
🥤 Iliq suv
🍲 Sho‘rvalar
👉 Shilliqni suyultiradi va oson chiqishini ta’minlaydi
6️⃣ Keraksiz dorilardan SAQLANISH
🚫 Antibiotik (infeksiya bo‘lmasa)
🚫 Mukolitik siroplar (kichik yoshda foydasi kam)
🚫 “Yo‘talni to‘xtatuvchi” dorilar
📌 Yo‘tal – bu oqib tushayotgan shilliqqa refleks javob
Qachon shifokorga murojaat qilinadi?
❗ Yo‘tal 3–4 haftadan uzoq davom etsa
❗ Isitma, holsizlik bo‘lsa
❗ Nafas qiyinlashsa
❗ Vazn olmaslik / qusish qo‘shilsa
❌ Antibiotiklar ko‘pincha keraksiz

❤9👍1
❗️1 феврал куни Наманган шаҳридаги «Dr. Muyassar» клиникасига борамиз!
🗓 1 феврал (Якшанба) куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Наманган шахридаги “Dr. Muyassar” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог Жасур Давлатов томонидан тиббий консультация ўтказилади.
Қуйидаги беморлар қабул қилинади:
🗓 Сана: 1 феврал (Якшанба)
⏰ Вақт: 10:30 дан 18:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Наманган ш, Ғирвонсой 11-уй
🏦 Мўлжал: “Анор Банк” рўпараси
🗺 Локация: t.me/doktorMuyassar/134553
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998 954010606
🗓 1 феврал (Якшанба) куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Наманган шахридаги “Dr. Muyassar” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог Жасур Давлатов томонидан тиббий консультация ўтказилади.
Қуйидаги беморлар қабул қилинади:
✅ Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,
✅ Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши
✅ Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши
✅ Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш
✅ Бронхиал обструктив синдром
— Аллергия фонида тез-тез қайталанадиган обструктив бронхити бор болалар
✅ Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар
✅ Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар
🗓 Сана: 1 феврал (Якшанба)
⏰ Вақт: 10:30 дан 18:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!
🚩 Манзил: Наманган ш, Ғирвонсой 11-уй
🏦 Мўлжал: “Анор Банк” рўпараси
🗺 Локация: t.me/doktorMuyassar/134553
Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998 954010606
❤7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DAO maxsuloti haqiqiy ehtiyojmand bemorga bepulga beriladi!
Gistaminoz (DAO yetishmovchiligi) bo’lgan bemorlar, bizga aloqaga chiqing!
+998 946920852
Gistaminoz (DAO yetishmovchiligi) bo’lgan bemorlar, bizga aloqaga chiqing!
+998 946920852
👍8❤1
❓ Atopik dermatitda antigistamin kerakmi?
QISQA JAVOB:
👉 Doimiy tarzda — YO‘Q
👉 Faqat ayrim holatlarda — HA
1️⃣ Nega doimiyga tavsiya etilmaydi?
📌 Atopik dermatitdagi qichishish:
gistamin bilan bog‘liq emas
asosiy mexanizm:
Shuning uchun, antigistamin qichishishni samarali kamaytirmaydi
teri yallig‘lanishiga ta’sir qilmaydi.
2️⃣ Qachon antigistamin berish mumkin?
✅ Faqat quyidagi holatlarda:
✔️ 1. Kuchli qichishish tufayli bola uxlay olmasa
qisqa muddatga sedativ antigistamin
⏱ 2–5 kecha, doimiy emas
✔️ 2. AD + allergik kasallik birga bo‘lsa
Masalan: allergik rinit, urticaria, oziq-ovqat allergiyasi
👉 Bu holatda:
2-avlod antigistaminlar mumkin.
⚠️ Ammo:
ular ADni davolamaydi, faqat qo‘shimcha allergik simptomlar uchun yordam beradi.
3️⃣ Qachon BERISH KERAK EMAS?
❌ Yengil yoki o‘rtacha AD
❌ Faqat teri qizarishi va quruqligi bo‘lsa
❌ Profilaktika sifatida
❌ Uzoq muddat (haftalab/oylab)
@allergiya
QISQA JAVOB:
👉 Doimiy tarzda — YO‘Q
👉 Faqat ayrim holatlarda — HA
1️⃣ Nega doimiyga tavsiya etilmaydi?
📌 Atopik dermatitdagi qichishish:
gistamin bilan bog‘liq emas
asosiy mexanizm:
➝ teri bareri buzilishi
➝ nevroinflamatsiya
➝ sitokinlar (IL-4, IL-13, IL-31)
Shuning uchun, antigistamin qichishishni samarali kamaytirmaydi
teri yallig‘lanishiga ta’sir qilmaydi.
2️⃣ Qachon antigistamin berish mumkin?
✅ Faqat quyidagi holatlarda:
✔️ 1. Kuchli qichishish tufayli bola uxlay olmasa
qisqa muddatga sedativ antigistamin
⏱ 2–5 kecha, doimiy emas
✔️ 2. AD + allergik kasallik birga bo‘lsa
Masalan: allergik rinit, urticaria, oziq-ovqat allergiyasi
👉 Bu holatda:
2-avlod antigistaminlar mumkin.
⚠️ Ammo:
ular ADni davolamaydi, faqat qo‘shimcha allergik simptomlar uchun yordam beradi.
3️⃣ Qachon BERISH KERAK EMAS?
❌ Yengil yoki o‘rtacha AD
❌ Faqat teri qizarishi va quruqligi bo‘lsa
❌ Profilaktika sifatida
❌ Uzoq muddat (haftalab/oylab)
@allergiya
❤4👌2👍1
❓Deksametazon bolani o‘sishdan ortda qoldiradimi?
QISQA JAVOB:
👉 HA, agar:
tizimli (ukol yoki ichish uchun)
tez-tez yoki uzoq muddat berilsa
👉 YO‘Q yoki minimal, agar:
1–2 marta, qisqa muddat, hayotiy zarurat bilan berilsa
1️⃣ Qanday mexanizm bilan o‘sishni sekinlashtiradi?
📌 Deksametazon — kuchli sistemali kortikosteroid
U quyidagilarni bostiradi:
🔻 O‘sish gormoni (GH) sekretsiyasi
🔻 IGF-1 ishlab chiqilishi
🔻 suyak epifiz plastinkasida hujayra bo‘linishi
👉 Natija:
linear o‘sish sekinlashadi, uzoq davom etsa — bo‘y past qolishi mumkin
2️⃣ Qaysi holatda XAVF ENG YUQORI?
Quyidagi holatlarda:
📆 >2 hafta uzluksiz qabul
🔁 tez-tez takrorlanuvchi kurslar
👶 kichik yosh (0–5 yosh)
💊 kuchli steroid (deksametazon > prednizolon)
🌙 kechqurun berilishi
📌 Deksametazon:
prednizolonga nisbatan 5–7 baravar kuchli
yarim parchalanish davri uzoq
Qanday holatda jiddiy ta’sir qilmaydi?
✅ Shoshilinch holatlar:
anafilaksiya
og‘ir laringospazm
og‘ir astma xuruji
👉 Bunday holatda o‘sish doimiy zarar ko‘rmaydi

Mushuk allergenlariga nisbatan allergiya
Mushukka allergiya haqida Sevimli telekanali “Yangi hayot” tok-shousining navbatdagi sonida fikrlarim bilan bo’lishdim.
@allergiya
Mushukka allergiya haqida Sevimli telekanali “Yangi hayot” tok-shousining navbatdagi sonida fikrlarim bilan bo’lishdim.
@allergiya
👍12❤2👎1
Adenoid va ichak o‘rtasida bog‘liqlik bormi?
✅ Ha, yaxshigina bog‘liqlik bor
Qanday bog‘langan?
1️⃣ Umumiy mukozal immunitet
Adenoidda faollashgan B-hujayralar ichakka ham migratsiya qiladi. Natijada ichakda ham IgA soni ko'payadi.
2️⃣ Ichak mikroflorasi ta’siri
Foydali mikroflora T-reg hujayralarni ko‘paytiradi. Bu esa allergik javobni kamaytiradi.
Disbioz bo‘lsa: adenoid doimiy yallig‘lanadi va giperplaziya kuchayadi
3️⃣ Antibiotiklar roli
Tez-tez antibiotik ta'sirida ichak florasi buziladi, natijada mukozal immunitet notekis ishlaydi. Bunga javoban adenoid infeksiyaga nisbatan “ortiqcha javob” beradi.
Ichak sog‘ligi = burun-halqum sog‘ligi
Nega adenoid kattalashadi?
Tez-tez infeksiyalar
Allergik fon
Ichak disbiozi
Passiv chekish
Havo iflosligi
Adenoid bizni himoya qilish uchun kattalashadi
Adenoid olib tashlansa immunitet tushadimi?
❌ Yo‘q
Sababi, adenoid qiladigan ishni boshqa bodomcha bezlar, ichaklar kompensatsiya qiladi
❌ Adenotomiya immunitet yetishmovchiligini chaqirmaydi

👍9❤5
OITS kasalligini davolash:
Gen terapiya – CCR5 ni o‘chirish
❓Bu nima?
👉 Virus kiradigan “eshikni yopib qo‘yish”. OIV viruslari CD4 hujayralarga kirish uchun CCR5 degan “eshik”dan foydalanadi. Aynan shu "eshik" o'chirib qo'yilsa virus organizmda faoliyati davom ettira olmaydi.
CCR5 nima o‘zi?
📌 CCR5 — bu gen va oqsil
To‘liq nomi: C-C chemokine receptor 5
Joylashuvi:
👉 CD4 T-limfotsitlar,
👉 makrofaglar,
👉 dendrit hujayralar yuzasida
Oddiy tilda tushuntirsak, CCR5 — immun hujayraning ustidagi “eshik/antenna” hisoblanadi.
CCR5 ning OIV bilan aloqasi
🔑 OIV hujayraga kirish uchun 2 ta kalit kerak:
1️⃣ CD4 — asosiy tutqich
2️⃣ CCR5 — qo‘shimcha eshik (co-receptor)
Agar CCR5 bo‘lmasa:
🚫 OIV hujayraga kira olmaydi
1996-yilda bir nechta ilmiy guruhlar - Robert Gallo, Dan Littman, Edward Berger kabi olimlar CCR5 immun hujayra retseptori ekanini va OIV uchun majburiy eshik ekanini isbotlashgan. Bu kashfiyot OIV tadqiqotida burilish nuqtasi bo‘lgan.
🧠 Bu terapiya qanday qilinadi?
CRISPR yoki boshqa usul bilan
👉 CCR5 geni o‘chirib qo‘yiladi
Qanday qilinadi?
1️⃣ Bemorning ildiz hujayralari olinadi
2️⃣ Laboratoriyada CCR5 geni o‘chiriladi
3️⃣ Qayta organizmga yuboriladi
Yangi ko'paygan CD4 hujayralar CCR5siz bo'ladi va ular OIVga chidamli bo'ladi
🚪Natijada virus kiradigan eshik yo‘qoladi
Afzalligi:
✅ Juda kuchli himoya
Kamchiligi:
❌ Juda qimmat
❌ Xavfsizlik savollari bor
❌ Texnik jihatdan murakkab
❌ OIVning CXCR4-tropik turlari bor va ular CCR5siz ham CD4 hujayralarga kira oladi.

Qiziqarli fakt: Ba’zi odamlarda tug‘ma CCR5 yo‘q bo‘ladi va ularga OIV umuman yuqmaydi. Qanday mazza-a?

📹 Namangan shahridagi “Dr.MUYASSAR” klinikasida bemorlar qabuli bo’lib o’tdi!
1-fevral, kun davomida Namangan shahrida xizmat safarida bo’ldik va turli xil allergik kasalliklari mavjud bolalar va kattalarda konsultatsiyalar o’tkazdik.
Asosan, bolalardagi qaytalanuvchi bronxoobstruktiv sindrom, bronxial astma, atopik dermatit, allergik rinit, surunkali tarqoq qavarchiq (eshakyemi) kabi kasalliklar bilan qiynalib yurgan bemorlarimizga kasallikni standartlar bo’yicha to’g’ri davolash va nazorat qilish bo’yicha o’z tavsiyalarimizni berdik.

❤11👏3👍1