❌ Umumiy IgE pasayganiga qarab “allergiya tuzaldi” deb xulosa qilish mumkin emas
Ba’zi hamkasblarimiz shunaqa Do/Posle natijalar bilan odamlarni chalg’itishmoqda.
1 oy oldin: umumiy IgE ≈ 1300 kME/L
1 oy keyin: umumiy IgE ≈ 207 kME/L
Bu juda katta pasayish (taxminan 84%), lekin buni quyidagicha talqin qilish kerak:
✅ Bu ijobiy o‘zgarish, ammo kasallik tuzalganini isbotlamaydi.
Umumiy IgE organizmning umumiy allergik moyilligini ko’rsatadi, lekin:
simptomlarning og’irligi bilan har doim ham mos kelmaydi, davolash samaradorligini kuzatish uchun ishonchli marker hisoblanmaydi.
Allergiya nazoratga olinganini asosan:
bemorning shikoyatlari kamaygani, burun, ko‘z, teri yoki astma simptomlari yo‘qolgani, o‘pkaning funksiyasi (astmada), kerak bo‘lsa, spetsifik IgE yoki boshqa tekshiruvlar bilan baholanadi.
Yana bir muhim jihat
Bu ikki tahlil ikki xil laboratoriyada bajarilgan. Turli laboratoriyalar turli analizator va reagentlardan foydalanishi mumkin. Dinamikani baholash uchun odatda bir xil laboratoriyada tekshirish ma’qul.
IgE umumiy darajasiga bog’lanib, “uni nima qilib bo’lsa bam pasaytirishim kerak “deb halovatni yo’qotmang. Bu sizga qondagi glyukoza emas yoki qon bosimi emas pasaytirib yuriladigan!
✅ @allergiya

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🤧 Burun bitishi va tinimsiz aksirish bezovta qiladimi?
😣 Teringizda qichishuvchi toshmalar, eshak-yemi tez-tez paydo bo'ladimi?
😮💨 Bronxial astma, nafas qisishi, xirillash yoki allergiyaga bog'liq yo'tal bilan qiynalasizmi?
❗️Allergiya belgilarini e'tiborsiz qoldirmang!
Qabul quyidagi muammolar bo'yicha:
✅
Allergik rinit
✅
Allergik konyunktivit
✅
Krapivnitsa (eshak yemi)
✅
Bronxial astma
✅
Atopik dermatit (diatez)
✅
Oziq-ovqat allergiyasi
+99878-707-70-80
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2
Atopik dermatitli bolaning terisi sog‘lom teridan nimasi bilan farq qiladi?
Muhim jihati shundaki, Atopik dermatitda hatto toshmasiz, sog‘lom ko‘rinayotgan teri ham biologik jihatdan to‘liq sog‘lom emas.
👶 Sog‘lom terida:
🟢 Teri barrieri mustahkam
🟢 Suv yo‘qotilishi kam
🟢 Filaggrin va seramidlar yetarli
🟢 Allergen va mikroblarning kirishi cheklangan
🟢 Mikrobiom xilma-xilligi saqlangan
🔴 Atopik dermatitda:
🔻 Teri barrieri zaiflashadi
🔻 Filaggrin/barrier oqsillari kamayishi mumkin
🔻 Seramid va lipid tarkibi buziladi
🔺 suv yo’qotilishi oshadi → teri quriydi
🔺 Allergen va irritantlar osonroq kiradi
🔺 T2-yallig‘lanish (IL-4, IL-13) kuchayadi
🔺 S. aureus kolonizatsiyasi ko‘payadi
🔺 Qichishish → qashish → barrierning yanada buzilishi yuz beradi
♻️ Natijada patologik aylana shakllanadi:
Barrier buzilishi → quruqlik → allergen/mikroblar kirishi → yallig‘lanish → qichishish va qashish → barrierning yanada buzilishi
Atopik dermatit — shunchaki “teridagi toshma” emas. Bu, avvalo, teri barrieri va immun javob o‘rtasidagi murakkab kasallikdir.
👉 Shuning uchun emollientlar faqat toshmaga emas, butun quruq va atopik dermatitga moyil teriga muntazam qo‘llanadi.

❤6
⚠️ Kecha yegan ovqatingiz allergiya bermadi, bugun esa berdi. Nega?
🥜 Tasavvur qiling: siz ma’lum bir mahsulotni oz miqdorda yedingiz — hech qanday reaksiya bo‘lmadi. Boshqa safar xuddi shu miqdorni yedingiz va birdaniga toshma, shish yoki hatto anafilaksiya yuz berdi.
Buning sabablaridan biri — KOFAKTORLAR bo‘lishi mumkin.
🧩 Allergiyada “threshold” degan tushuncha bor. Bu — organizmda allergik reaksiya boshlanishi uchun zarur bo‘lgan allergen miqdori.
Ayrim holatlar bu chegarani pasaytirib yuboradi. Natijada oldin muammo tug‘dirmagan miqdordagi ovqat ham reaksiya chaqirishi yoki reaksiyani og‘irlashtirishi mumkin.
🔻 Thresholdni pasaytirishi mumkin bo‘lgan asosiy kofaktorlar:
🏃♂️ Jismoniy zo‘riqish — yugurish, sport, intensiv mashq
💊 Nosterioid yallig'lanishga qarshi dorilar — aspirin, ibuprofen, diklofenak, naproksen kabi preparatlar
🍷 Alkogol
🤒 Infeksiya va isitma — ayniqsa organizm kasallik bilan kurashayotgan paytda
😴 Uyqusizlik
😰 Kuchli stress va emotsional zo‘riqish
🩸 Hayz ko‘rish davri — ayrim ayollarda
🔥 Issiq muhit / tana haroratining oshishi
💧 Suvsizlanish
🫃 Oshqozon-ichak bilan bog‘liq ayrim holatlar — allergenning so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkin
💊 Ayrim boshqa dorilar — individual vaziyatlarda reaksiyaga ta’sir qilishi mumkin
Masalan: Bemorda bug‘doyga allergiya bor. Bug‘doyli ovqat yeganida hech narsa bo‘lmasligi mumkin.
Ammo:
🥖 Bug‘doy + 🏃♂️ jismoniy zo‘riqish
yoki
🥖 Bug‘doy + 💊 aspirin ichish yoki
🥖 Bug‘doy + 🍷 alkogol
→ allergik reaksiya, hatto ANAFILAKSIYA rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun:
“Men bu ovqatni oldin ham yeganman, hech narsa bo‘lmagan” deb — oziq-ovqat allergiyasini to‘liq inkor qilmaydi.
Allergik reaksiya kuzatilganda faqat “Nima yedingiz?” deb emas, balki:
🔎 “O‘sha kuni sport bilan shugullandingizmi?”
🔎 “Og‘riq qoldiruvchi dori ichdingizmi?”
🔎 “Alkogol iste’mol qildingizmi?”
🔎 “Infeksiya yoki isitma bormidi?”
🔎 “Uyqusizlik yoki kuchli stress bo‘lganmi?”
degan savollar ham muhim.
Ba’zan allergik reaksiyani faqat ovqat emas, OVQAT + KOFAKTOR kombinatsiyasi yuzaga chiqaradi.

👍12❤6
🫁 Bolangizda obstruktiv bronxit tez-tez qaytalaydimi? Gripp vaksinasi foyda berishi mumkin!
Kuz-qish mavsumida ayrim bolalarda deyarli har bir virusli infeksiyadan keyin xirillash, hansirash va bronxial obstruksiya boshlanadi.
Bunday bolalarda grippga qarshi vaksina qilish kerakmi?
💉 Ha, ayniqsa tavsiya etiladi.
Sababi oddiy: influenza (gripp) virusi bronxial obstruksiya va astma xurujini qo‘zg‘atuvchi viruslardan biridir.
Tadqiqotlarda gripp vaksinasi bolalarda:
🔹 gripp bilan kasallanish xavfini kamaytirishi;
🔹 gripp sababli shifoxonaga tushishni ~53–57% gacha kamaytirishi;
🔹 astma/hirillashli bemorlarda gripp bilan bog‘liq og‘ir xurujlar va shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyojni kamaytirishi ko‘rsatilgan.
❗️Lekin muhim nuqta:
Gripp vaksinasi “obstruktiv bronxitga qarshi vaksina” emas.
U eng asosiy rinovirus, RSV va boshqa viruslardan himoya qilmaydi. Ya’ni bolada obstruksiya umuman qaytalanmaydi, deb kafolat berolmaymiz.
Ammo obstruksiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan muhim triggerlardan biri — gripp virusini kamaytiramiz.

👍5❤2
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Har bir xonadonda sog‘lik, tinchlik va farovonlik, yurtimizda esa taraqqiyot va osoyishtalik bardavom bo‘lsin. Farzandlarimiz sog‘lom, bilimli va Vatanimiz kelajagiga munosib avlod bo‘lib ulg‘aysin!
Mustaqilligimiz abadiy, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jasur Davlatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤7
🍂 Kuz keldi — allergiya mavsumi yana boshlandi!
Har yili kuzda:
🤧 aksirish,
👃 burun oqishi yoki bitishi,
👁 ko‘z qichishishi,
😮💨 yo‘tal va xirillash
yana qaytadan boshlanadimi?
Bunday holatda faqat simptomni bosuvchi dorilar bilan cheklanib qolish yetarli emas. Eng muhim savol:
Allergiyani aynan qaysi allergen chaqiryapti?
Agar sabab o'simlik changi yoki boshqa klinik ahamiyatli allergen ekanligi tasdiqlansa, ayrim bemorlarda ASIT — allergen-spetsifik immunoterapiya tavsiya qilinishi mumkin.
💉 ASIT nima?
Bu organizmga sababchi allergenni nazoratlangan dozada berib, immun tizimining unga bo‘lgan ortiqcha reaksiyasini asta-sekin kamaytirishga qaratilgan davolash usuli.
ASITning asosiy afzalligi — u faqat simptomni vaqtincha bostirmaydi, balki allergik kasallikning o‘z mexanizmiga ta’sir qiladi.
✅ simptomlar pasayadi/yo'qoladi
✅ dorilarga ehtiyoj kamayadi
✅ davolash tugagandan keyin ham uzoq muddatli foyda saqlanishi mumkin
❗️Lekin ASIT hamma allergiyaga ham qilinmaydi. Avval allergolog ko‘rigidan o‘tib, analizlar orqali haqiqiy sababchi allergenni to‘g‘ri aniqlash kerak.
🌿 Har kuz allergiyadan azob chekishni odatiy hol deb qabul qilmang. Balki bu safar faqat simptomni emas, sababini davolash vaqti kelgandir!
Murojaat qiling:
📞 +998946920852 (@allergolog)

❤9
🚨 BOLANING LABI, QOVOG’I SHISHDI… DARROV “ALLERGIYA!” DEMANG!
Ko‘z atrofi, lab yoki yuzning birdan shishishi — Kvinke shishi (angioedema) bo‘lishi mumkin.
Lekin uning sababi har doim ham allergiya emas! 👇
🦠 1. Infeksiya — eng muhim sababchilardan biri
Bolalarda virusli infeksiyalar angioedema va eshakemini tez-tez qo‘zg‘atishi mumkin. Oddiy shamollashdan keyin ham paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
💊 2. Dorilar
Ayrim antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchilar va boshqa dorilar shish chaqirishi mumkin.
🍓 3. Oziq-ovqat allergiyasi
Tuxum, sut, yong‘oq, baliq va boshqa mahsulotlar sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo “biror narsa yedi → labi shishdi” degani hali allergiya tashxisi emas. Ayniqsa reaksiya har safar aynan bir mahsulotdan keyin takrorlanishi muhim.
🤷♂️ Ba’zan esa aniq sabab topilmaydi — bu ham mumkin.
⏳ Odatda qancha davom etadi?
O‘tkir angioedema ko‘pincha vaqtinchalik bo‘lib, bir necha soatdan 2–3 kungacha davom etishi mumkin. Gistamin bilan bog‘liq holatlarda zamonaviy antigistaminlar yordam beradi.
🚨 Ammo til yoki tomoq shishishi, nafas olish qiyinlashishi, xirillash, hushdan ketish kuzatilsa — zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.
👨⚕️ Kvinke shishi takrorlanayotgan bo‘lsa, sababini o‘zingizcha taxmin qilmang. Allergologga murojaat qiling.
Shishni yo‘qotish muhim. Ammo undan ham muhimi — uning sababini aniqlash!

❤1
❗️NAMANGANDA — ALLERGOLOG QABULI!
Allergiya bezovta qilyaptimi? 27-sentyabr kuni allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov Namanganda bemorlar qabulini o‘tkazadi.
🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🤧 Allergik rinit va konyunktivit
😮💨 Bronxial astma, allergik yo‘tal va nafas qisishi
😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema
🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari
🍎 Oziq-ovqat allergiyasi
💊 Dori vositalariga allergiya
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 27-SENTYABR | 09:00–15:00
Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99895-4010606

❤1👍1
🫁 BRONXIAL ASTMANI DAVOLASHDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN 7 TA XATO! ⚠️
Astma bilan og‘rigan bemorga dori yozildi. Ammo nega nazoratga erishilmayapti?
Ba’zan muammo preparatda emas, balki davolash yondashuvida bo‘ladi. 👇
❌ 1. Faqat salbutamolga tayanish
SABA (salbutamol) simptomni tez yengillashtiradi, ammo yallig‘lanishni nazorat qilmaydi.
📌 Astma davolashida ICS saqlovchi terapiya muhim.
❌ 2. Ingalator texnikasini tekshirmaslik
Bemor dori qabul qilmoqda, lekin uni noto‘g‘ri ishlatyapti!
🎯 Har bir tashrifda ingalatsiya texnikasini tekshirish kerak.
❌ 3. ICS terapiyasiga rioya qilmaslik
Bemor simptomlar kamaygach, ingalyatsion kortikosteroidni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatadi.
⚠️ Bu astma nazoratining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
❌ 4. Triggerlarni e’tiborsiz qoldirish
🌿 Allergiya, virusli infeksiyalar, tamaki tutuni va boshqa triggerlar hisobga olinmaydi. Bemorning individual xavf omillarini aniqlash muhim.
❌ 5. Tashxisni qayta baholamaslik
Har qanday yo‘tal yoki xirillash — astma degani emas. Zarur hollarda spirometriya va differensial diagnostika o‘tkaziladi.
❌ 6. Astma nazoratini baholamaslik
Faqat bemorning «yaxshiman» degan javobiga tayanish yetarli emas. Simptomlar, tungi uyg‘onishlar, reliever ehtiyoji va zo‘rayishlar baholanadi.
❌ 7. Davolashni individual tanlamaslik
Har bir bemorga bir xil sxema mos kelmaydi. Yosh, simptomlar, o‘pka funksiyasi, xavf omillari va davolashga javob hisobga olinadi.

👍8❤2
❗️NAMANGANGA BORAMIZ!
Allergiya bezovta qilyaptimi? 27-sentyabr kuni allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov Namanganda bemorlar qabulini o‘tkazadi.
🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🤧 Allergik rinit va konyunktivit
😮💨 Bronxial astma, allergik yo‘tal va nafas qisishi
😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema
🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari
🍎 Oziq-ovqat allergiyasi
💊 Dori vositalariga allergiya
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 27-SENTYABR | 09:00–15:00
Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99895-4010606
Allergiya bezovta qilyaptimi? 27-sentyabr kuni allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov Namanganda bemorlar qabulini o‘tkazadi.
🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🤧 Allergik rinit va konyunktivit
😮💨 Bronxial astma, allergik yo‘tal va nafas qisishi
😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema
🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari
🍎 Oziq-ovqat allergiyasi
💊 Dori vositalariga allergiya
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 27-SENTYABR | 09:00–15:00
Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
+99895-4010606
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
🤧 Allergik rinit astmaga o‘tmasin!
Agar sizda allergik rinit bo‘lsa, faqat simptomlarni vaqtincha bosish bilan cheklanib qolmaslik kerak.
🔬 ASIT — allergenga xos immunoterapiya allergiyaning sababiga ta’sir qiladigan, kasallik kechishini o‘zgartirishga qaratilgan davolash usulidir.
📚 Tadqiqotlarda ASIT olgan bemorlarda:
• astma rivojlanish xavfi kamayishi mumkinligi;
• ayniqsa bolalarda va kamida 3 yil davom ettirilganda profilaktik ta’sir kuchliroq bo‘lishi;
• allergik rinit simptomlari va dori vositalariga ehtiyoj kamayishi ko‘rsatilgan. (PubMed)
Agar astma allaqachon rivojlangan bo‘lsa, to‘g‘ri tanlangan bemorlarda ASIT asosiy davolashga qo‘shimcha sifatida simptomlar, dori ehtiyoji va ayrim astma ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam berishi mumkin. (PubMed)
⚠️ Eslatma: ASIT hamma bemorga bir xil tarzda buyurilmaydi. Avval allergen aniqlanadi, kasallik turi va astma nazorati baholanadi.
🩺 Sizda allergik rinit bormi?
Allergiya sababini aniqlash va ASIT sizga mos keladimi-yo‘qmi bilish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.
📩 Konsultatsiya uchun @allergolog profiliga yozing

❤3
📊 ESHAKYEMI HAQIDA 10 TA MUHIM FAKT
Surunkali spontan qavarchiq (Eshayemi) kasalligi haqida bemorlar va shifokorlar bilishi kerak bo‘lgan statistikalar:
1️⃣ Qanchalik ko‘p uchraydi?
Aholining taxminan 1% ida surunkali qavarchiq kuzatiladi.
2️⃣ Ayollarda ko‘proqmi?
Ha. Surunkali spontan qavarchiq kasalligi ayollarda erkaklarga nisbatan taxminan 2 baravar ko‘proq uchraydi.
3️⃣ Qaysi yoshda boshlanadi?
Ko‘pincha 20–50 yosh oralig‘ida, lekin har qanday yoshda uchrashi mumkin.
4️⃣ Qachon surunkali hisoblanadi?
Qavarchiq 6 haftadan ortiq davom etsa yoki qaytalansa, surunkali deb baholanadi.
5️⃣ O‘tkir qavarchiq surunkaliga aylanadimi?
O‘tkir qavarchiqning surunkaliga o‘tishi kam uchraydi. Tadqiqotlarda bu ko‘rsatkich ko‘pincha 8% dan past.
6️⃣ Qachon remissiya kuzatiladi?
Tadqiqotlar bo‘yicha taxminan 17% bemorda 1 yil ichida, 45% ida esa 5 yil ichida remissiya kuzatiladi.
7️⃣ Kasallik qancha davom etadi?
Ko‘pchilikda bir necha yil davom etishi mumkin. Ayrim bemorlarda 10 yil yoki undan ko‘proq saqlanadi.
8️⃣ Remissiya doimiymi?
Har doim ham emas. Kasallik qaytalanishi mumkin.
9️⃣ Angioedema ham kuzatiladimi?
Ha. Bemorlarining taxminan 40–50% ida hayotining biror davrida angioedema kuzatilishi mumkin.
🔟 Surunkali spontan qavarchiq allergiyami?
Ko‘pincha klassik allergiya emas. Semiz hujayralar faollashuvi bilan bog‘liq surunkali kasallikdir.
❗️Surunkali spontan qavarchiq kasalligi bor bemorlarning 80-90% qismida aniq sabab odatda aniqlanmaydi va ko‘pincha nazorat qilinadigan kasallik hisoblanadi. Remissiya muddati har bir bemorda turlicha bo‘ladi.

❤2
NAMANGANDA BUGUNGI BEMORLAR QABULIDAN
Bugun Namanganda bemorlar qabulini amalga oshirdik. Qabul davomida eng ko‘p uchragan kasalliklar bolalarda — qaytalanuvchi obstruktiv bronxit, kattalarda esa — bronxial astma bo‘ldi.
Ayniqsa, 6–7 yoshli bolalarda ham bronxial astma holatlari uchrayotgani e’tiborimizni tortdi.
📌 Bemorlar orasida quvonarli holatlar ham, muammolar ham bor.
Ko‘plab bemorlarimiz qayta ko‘rikka kelishdi. Ularning ayrimlarida astma nazoratiga erishilgan, ya’ni kasallik belgilari ancha kamaygan va bemorlarning ahvoli yaxshilangan.
Ammo ba’zi bemorlarda astmani nazoratga olish qiyin kechmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri — davolovchi ingalyatorlardan noto‘g‘ri va tartibsiz foydalanish.
❗️ Astma nazoratga olinmasligining ayrim sabablari:
🔹 Shifokor buyurgan ingalyatorni muntazam ishlatmaslik.
🔹 Dori tugagach, davolashni davom ettirmaslik.
🔹 Bemor o‘zini yaxshi his qilgach, ingalyatorni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatish.
🔹 Ingalyatordan foydalanish texnikasiga rioya qilmaslik.
🔹 Davolash rejasiga amal qilmaslik.
Shuni unutmasligimiz kerak: bronxial astma — faqat xuruj vaqtida davolanadigan kasallik emas!
Astmani samarali davolashning asosiy maqsadi — kasallikni nazorat qilish, xurujlarning oldini olish va bemorning hayot sifatini yaxshilashdir.
💡 Astmani davolash nazoratdan boshlanadi.
Nazorat esa shifokor tavsiya qilgan davolovchi ingalyatorni to‘g‘ri, muntazam va o‘z vaqtida qo‘llashdan boshlanadi.
Davolashni o‘zboshimchalik bilan to‘xtatmang. Dori tugashini kutmasdan, shifokor bilan bog‘laning va davolash rejasiga amal qiling.
Astma bilan yashash mumkin. Eng muhimi — uni to‘g‘ri nazorat qilishni o‘rganish!

❤9👍3😢1
❄️ SOVUQ TA’SIRIDA QAVARCHIQLAR QANDAY PAYDO BO‘LADI?
Sovuq havoga chiqqanda terida qichishuvchi qavarchiqlar (eshakyemi) paydo bo‘lishi — cold urticaria (sovuq urtikariya) belgisi bo‘lishi mumkin.
🧬 Patogenezi qanday?
1️⃣ Sovuq stimul — teri haroratining pasayishi, ayrim hollarda esa qayta isishi reaksiyani boshlaydi.
2️⃣ Semiz hujayralar faollashadi — bu jarayonning asosiy mexanizmi. Ammo sovuq aynan qanday molekulyar signal orqali semiz hujayralarni faollashtirishi hali to‘liq aniqlanmagan.
3️⃣ Mediatorlar ajraladi — gistamin, PAF va boshqa yallig‘lanish mediatorlari ajralishi mumkin.
4️⃣ Qavarchiq hosil bo‘ladi — qon tomirlari kengayadi, ularning o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada terida shish, qizarish va qichishish yuzaga keladi.
🔬 Molekulyar mexanizm haqida nimalar ma’lum?
Olimlar bir nechta gipotezalarni o‘rganmoqda:
🔹 IgE va autoallergenlar: sovuq ta’sirida o‘zgargan oqsillar semiz hujayralarni faollashtirishi mumkin. Biroq aniq autoallergen hozircha ishonchli aniqlanmagan.
🔹 Komplement tizimi: C5a kabi komponentlar ayrim sharoitlarda semiz hujayralar faollashuviga hissa qo‘shishi mumkin. Ammo bu barcha bemorlarda tasdiqlanmagan.
🔹 Neyroimmun mexanizmlar: sovuqni sezuvchi TRP kanallari, nervlar va semiz hujayralar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir o‘rganilmoqda. Ularning sovuq urtikariyadagi aniq roli hali to‘liq isbotlanmagan.

❤4
❗️NAMANGANGA BORAMIZ!
Allergiya bezovta qilyaptimi? 25-oktyabr kuni Toshkent shahri “Poytaxt med diagnostika” klinikasi shifokor allergolog va klinik immunologi Jasur Davlatov Namanganda navbatdagi bemorlar qabulini o‘tkazadi.
🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🤧 Allergik rinit va konyunktivit
😮💨 Bronxial astma, allergik yo‘tal va nafas qisishi
😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema
🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari
🍎 Oziq-ovqat allergiyasi
💊 Dori vositalariga allergiya
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 25-OKTYABR | 09:00–16:00
Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99895-4010606
Allergiya bezovta qilyaptimi? 25-oktyabr kuni Toshkent shahri “Poytaxt med diagnostika” klinikasi shifokor allergolog va klinik immunologi Jasur Davlatov Namanganda navbatdagi bemorlar qabulini o‘tkazadi.
🩺 Quyidagi kasallik va holatlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🤧 Allergik rinit va konyunktivit
😮💨 Bronxial astma, allergik yo‘tal va nafas qisishi
😣 Urtikariya (eshak-yemi) va angioedema
🧴 Atopik dermatit va boshqa allergik teri kasalliklari
🍎 Oziq-ovqat allergiyasi
💊 Dori vositalariga allergiya
👶 Bolalar va kattalar qabul qilinadi.
📅 25-OKTYABR | 09:00–16:00
Manzil: Namangan sh., G'irvonsoy 11-uy
Mo'ljal: «Anor Bank» ro'parasi
+99895-4010606
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
ASTMASI BOR FARZANDINI KATTA QILAYOTGAN OTA-ONALARGA OSON EMAS…
Farzandingiz tunda yo‘talib uyg‘onsa, nafas olishi qiyinlashsa yoki ko‘kragidan xirillash eshitilsa, uning yonida bedor qolgan tunlaringizni faqat o‘zingiz bilasiz…
😔 Har bir shamollashdan xavotirlanasiz.
😔 Yugurib-o‘ynab kelganida nafasini kuzatasiz.
😔 “Yana xuruji boshlanmaydimi?”, “Tez yordam chaqirishga to‘g‘ri kelmaydimi?” degan savollar xayolingizdan ketmaydi.
😔 Ba’zan bolangiz bog‘chaga yoki maktabga bemalol bora olarmikan, deb ham tashvishlanasiz.
Bolalikdagi bronxial astma — bu shunchaki yo‘tal yoki vaqti-vaqti bilan nafas qisishi emas. U bolaning kundalik hayotiga ham, butun oilaning ruhiy holatiga ham ta’sir qilishi mumkin.
💪 Lekin eng muhim haqiqat bor: astma nazorat qilinadigan kasallik.
✅ To‘g‘ri tashxis qo‘yish.
✅ Bolaning yoshiga va holatiga mos davolash rejasini tanlash.
✅ Ingalatordan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish.
✅ Xuruj paytida nima qilish kerakligini oldindan bilish.
✅ Shifokor tavsiyalariga muvofiq muntazam nazoratda bo‘lish.
Bular bolangizning faol o‘ynashi, yaxshi uxlashi, sport bilan shug‘ullanishi va tengdoshlari kabi to‘laqonli hayot kechirishi uchun muhim qadamlardir.
⚠️ Astma borligi bolani doimo cheklash, yugurtirmaslik yoki sportdan mahrum qilish kerak degani emas. Yaxshi nazorat bilan ko‘pchilik bolalar faol hayot kechira oladi.
👨⚕️ Ota-onalarga murojaatim:
Farzandingiz tez-tez yo‘talsa, ayniqsa tunda, jismoniy faollikda yoki shamollashdan keyin nafasida xirillash kuzatilsa, buni oddiy shamollash deb qabul qilib yuravermang. Shifokor ko‘rigidan o‘tkazing.
Farzandingizga faqat xuruj paytida yordam berish emas, xurujlarning oldini olishni ham o‘rganish muhim.

😢5❤3
ALLERGIK KONYUNKTIVIT
Allergiyasi bor insonlarning 40–60% ida ko‘z belgilari ham kuzatilishi mumkin. Afsuski, ko‘pincha bu holat oddiy qizarish deb qabul qilinadi yoki noto‘g‘ri tomchilar bilan davolanadi.
🔎 1. ASOSIY BELGI — QICHISHISH
Allergik konyunktivitga xos belgilar:
🔹 Ikkala ko‘zning qizarishi;
🔹 Ko‘p miqdorda suvli ko‘z yoshi;
🔹 Qovoqlarning shishishi;
🔹 Ko‘zning ichki shilliq qavati — konyunktivaning shishishi;
🔹 Aksirish va burun bitishi bilan birga kechishi.
🧬 2. ALLERGIK KONYUNKTIVITNING TURLARI
Kasallikning barcha shakllari bir xil mexanizm bilan kechmaydi.
1️⃣ IgE bilan bog‘liq shakllar
🌿 Mavsumiy allergik konyunktivit — daraxt, o‘t va begona o‘tlar changi ta’sirida yuzaga keladi.
🏠 Yil davomida kuzatiladigan shakl — uy changi kanasi, hayvon allergenlari yoki mog‘or bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mexanizmi qanday?
Allergen semiz hujayralarni faollashtiradi va gistamin ajralishiga olib keladi. Natijada bir necha daqiqada qichishish, qizarish va ko‘z yoshlanishi boshlanishi mumkin.
2️⃣ Og‘ir surunkali shakllar
⚠️ Bahorgi keratokonyunktivit (VKC) — ko‘proq bolalar va o‘smirlarda, ayniqsa issiq iqlimli hududlarda uchraydi. Yuqori qovoq ostida gigant so‘rg‘ichlar va limbda Trantas nuqtalari paydo bo‘lishi mumkin.
⚠️ Atopik keratokonyunktivit (AKC) — ko‘pincha atopik dermatit bilan bog‘liq surunkali kasallik. Qovoq terisi zararlanishi va shox parda asoratlari kuzatilishi mumkin.
Bu shakllarda faqat IgE emas, balki T-limfotsitlar va boshqa yallig‘lanish mexanizmlari ham ishtirok etadi. Shu sababli oddiy antigistamin tomchilar har doim ham yetarli bo‘lmaydi.
Og'ir holatlarda VKC va AKC shox parda zararlanishi, keratokonus, chandiqlanish va ko‘rishning pasayishiga olib kelishi mumkin.
🔬 3. ZAMONAVIY TASHXIS
Tashxis, avvalo, klinik belgilar va oftalmologik tekshiruvga asoslanadi.
Molekulyar allergodiagnostika esa ayrim holatlarda qaysi allergen komponentlariga sezuvchanlik mavjudligini aniqlashga yordam beradi. Bu haqiqiy birlamchi sezuvchanlikni ayrim kesishgan reaksiyalardan farqlash va allergen-immunoterapiya uchun bemorni to‘g‘ri tanlashda foydali bo‘lishi mumkin.
🛡 4. KUNDALIK HAYOTDA NIMA QILISH KERAK?
✅ Ko‘zlarni ishqalamang — bu yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkin.
✅ Sun’iy ko‘z yoshi va sovuq kompress qichishish hamda noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi.
✅ Chang mavsumida quyosh ko‘zoynagi taqing, tashqaridan kelgach yuzingizni yuving.
✅ Belgilar kuchayganida kontakt linzalardan vaqtincha voz keching.
✅ Allergik rinit ham mavjud bo‘lsa, uni ham nazorat qiling. Burun ichiga qo‘llanadigan kortikosteroidlar ayrim bemorlarda ko‘z belgilarini ham kamaytiradi.
❌ 5. QANDAY TOMCHILARDAN EHTIYOT BO‘LISH KERAK?
🚫 Nafazolin va tetrizolin kabi tomir toraytiruvchi tomchilar qizarishni vaqtincha kamaytiradi, ammo uzoq qo‘llanganda qaytuvchi qizarishga olib kelishi mumkin.
🚫 Og‘iz orqali qabul qilinadigan ayrim antigistaminlar ko‘z qurishini kuchaytiradi. Ko‘z belgilari ustun bo‘lsa, mahalliy davolash ko‘pincha afzal bo‘ladi.
Albatta kasallikni to'g'ri davolash, nazorat qilish uchun ham allergolog ham oftalmolog shifokor bilan birga shug'ullanish lozim!
👨⚕️ Allergolog va klinik immunolog — Jasur Davlatov MD

👍5❤3
❗️NAMANGANGA BORAMIZ!
🩺 Eslatib o’tamiz, shu hafta oxirida, 25-oktyabr kuni, shifokor allergolog va klinik immunolog Jasur Davlatov Namanganda bolalar va kattalar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazadi.
Allergik kasalliklar bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha konsultatsiya olishingiz mumkin.
📅 25-oktyabr | 09:00–16:00
📍Manzil: Namangan shahri, G‘irvonsoy ko‘chasi, 11-uy
Mo‘ljal: «Anor Bank» ro‘parasi
📞 Qabulga yozilish:
+99895 401 06 06